INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
MARKAZIY FARG'ONA YERLARIDA ARIDLANISH JARAYONIGA DOIR 1Azimov Z., 2Nematov A.A., 3Madaminov A.A.
1,2,3Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8004085
Annotatsiya. Maqolada adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanib hozirgi kundagi Quva tajriba stansiyasi, Qo'qon meteorologik stansiyalari ma'lumotlariga tayanib keyingi yillarda Markaziy Farg'onada yog'inlar va haroratlarning o'rtacha miqdori 1973-yildagiga nisbatan oshganligi isbotlangan.
Kalit so'zlar: arid, meteorologik, stansiya, yillik, o'rtacha, harorat, yo'g'in, atmosfera, iqlim, tuproq, korrelyatsiya.
Atmosfera iqlimi ayni vaqtda tuproq iqlimini shakllanishida qatnashadi va bu borada yetakchilik qiladi. Tuproq namligi, harorati, tuproq havosi kabi kattaliklarga ta'sir qiladi. Hammasi birgalikda tuproqni shakllantiruvchi jarayonni vujudga keltiradi. Har bir iqlim tipi o'ziga xos tuproq hosil qiluvchi jarayonni vujudga keltiradi.
Lekin atmosfera iqlimidan tuproq iqlimi farq qiladi. Masalan tuproq havosi bosimi, namligi, harorati atmosfera ko'rsatkichlaridan keskin farq qiladi. Shu bois tuproq tiplarida, tipchalarida, ayirmalarida bu ko'rsatkichlar o'rtasida farq bo'ladi.
Lekin bu kabi ko'rsatkichlar va ularning o'zaro aloqadorligi, korrelyatsiyalari yetarli o'rganilmagan. Har bir iqlim zonasidagi tuproqlarning bu, ya'ni iqlimiy ko'rsatkichlari o'zaro yaqin aloqadorlikda turadi. Shunga alohida e'tibor qaratish kerakki, havo harorati ortib borishi bilan tuproq harorati ham ortib boradi, lekin bu jarayon proporsional emas.
Masalan, minerallarning parchalanishi, organik birikmalarning mineralizatsiyasi tezlashadi. Bu holat albatta tuproq tarkibidagi suv bilan, bu suv esa atmosfera tarkibidagi suv bilan bog'liq bo'ladi. Shu bilan birga atmosfera ob havosi bilan bog'liq ravishda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati o'zgaradi.
Tuproqdagi nurash jarayoni ham atmosfera va tuproqdagi iqlim bilan bog'liq kechadi. Havo orqali tuproqdagi haroratni o'zgarishi tuproqda bevosita fizik nurashga, organik moddalarnimineralizatsiyasi yoki gumifikatsiyasiga, ya'ni uning tezligiga, nurashning yangi mahsulotlariga ta'sir qiladi.
Hatto haroratni keskin pasayishi tuproq strukturasi ta'siri endilikda hammaga ma'lum. Bu jarayonni tuproq ichidagi suvni muzlashidan hosil bo'lgan suv bo'laklarini tuproqni bir-biridan ajratishdagi o'rni tariqasida tushinish mumkin. Yoki tuproq ichidagi suvni muzdan suvga aylanishida tuproq struktura bo'lakchalarini erishi, ya'ni namlanib loyga aylanishini ham tasavvur qilish mumkin.
Endilikda ko'pchilikka ma'lum asta-sekinlik bilan tuproqni muzlashi natijasida nisbatan yirik struktura bo'lakchalarini hosil bo'lishi. Yuqori haroratlar ta'sirida ayrim sersuv kristallgidratlarning tarkibida suv miqdori kamayadi, aksincha sernam yillari bu ko'rsatkichlar o'z o'rniga qaytadi, lekin bunday kuzatuvlar hozircha yo'q darajada.
Farg'ona viloyati bo'yicha iqlimiy ko'rsatkichlarning ko'p yillik o'rtachasi quyida jadvalda keltirilgan bo'lib, unga ko'ra, ya'ni Quva meteorologik stansiya ma'lumotlariga ko'ra cho'l mintaqasini yillik o'rtacha harorati so'nggi yillarda 14,5oC ni, o'rtacha yog'in miqdori esa 180 mm ni tashkil qiladi.S.S.Neustruyev [1977] tomonidan keltirilgan Vild ma'lumotlariga ko'ra
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
cho'l mintaqasida yillik o'rtacha harorat 8,1oS, yog'in miqdori esa 98 mm, bug'lanish 1436 mm ni tashkil qilgan bo'lib, oylar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan.
Ushbu ma'lumotlarni hozirgi holatga, ya'ni 2010-2020 yillardagi oxirgi o'n bir yillik ma'lumotlarga solishtiradigan bo'lsak, u holda Farg'ona vodiysining cho'l mintaqasini tavsiflovchi Qo'qon gidrometeorologiya xizmat markazining harorat va yog'in bo'yicha o'lchov natijalari hamda Neustruyev tomonidan keltirilgan ma'lumotlar o'rtasidagi farqni ko'rish qiyin emas (ma'lumotlar ilovada keltirilgan).
Neustruyev ma'lumotlarida o'rtacha harorat 8,1oC, yog'in miqdori esa 98,0 mm ni tashkil qiladi. Keyingi o'n bir yillik ma'lumotlar bilan solishtirilganda ko'p yillik o'rtacha harorat 15,6oC ni, yog'in miqdori esa 123,6 mm ni tashkil qilgan, ya'ni harorat bilan birga yog'in miqdori ham oshgan.
Harorat o'rtacha 19,2 %, yog'inlar esa 26,1 % ga oshgan. Harorat bo'yicha aridlanish 1920 % oshgan taqdirda yog'in bo'yicha 26-27 % ga oshganligini ko'rish mumkin. Harorat va yog'inlar mintaqadagi tuproq tiplari va tipchalarini shakllantirishda qatnashadi hamda o'ziga xos tuproqlar, ya'ni sug'oriladigan gidromorf tuproqlar, tabiiy, antropogen sho'rxoklar shakllanadi. Yog'in miqdori hamma tipdagi tuproq hosil qiluvchi jarayonlarga o'ziga xos tarzda ta'sir ko'rsatadi.
Tuproq ustiga tushgan suv o'zining miqdori va ko'rinishiga qarab tuproqqa ijobiy yoki salbiy ta'sir qiladi. Ijobiy ta'siri uni, ya'ni tuproqni tarkibidagi suv shakllarini miqdorini o'zgartiradi, o'simlik olishi mumkin bo'lgan suv miqdorini oshiradi va boshqalar. Salbiy tomoni ko'p miqdorda yog'inlar yog'sa tuproqda suvda eruvchi oziqa moddalarini quyi qatlamlarga yuvib ketadi, eroziya turini kuchaytiradi, havo rejimini buzadi, ya'ni qaytarish jarayonini tezligini o'zgartiradi va boshqalar.
Yog'in shakli ham qor bo'lsa uning qalinligi sekin-tez erishi ham tuproq xossalariga ta'sir qiladi. Yog'inning yil fasllaridagi, hatto dekadalardagi taqsimoti ham tuproqqa xilma-xil ta'sir qiladi.
Bu o'rinda relyefning ham alohida roli ajralib turadi.Yog'inlar miqdori shamollar ishiga ham ta'sir qiladi. Shamollarni tuproq hosil qilishdagi roli ham albatta alohida qiziqish uyg'otadi. Shamollarning ta'siri ham xilma-xil, ya'ni tog'li va tog'oldi tekisliklarda, cho'l va chalacho'llarda alohida-alohida ifodalanadi.
Ayniqsa bu borada impulverizatsiya roli katta, ya'ni shamollar ta'sirida mayda zarrachalar uchirilib ketilgandan so'ng, tuproqlarning mexanik tarkibi o'zgaradi yoki bu jarayonda suvda eruvchi tuzlar qatnashsa, sho'r emas yerlar sho'rlanadi yoki ma'lum qism tuzlar sho'rxoklardan o'chiriladi.
Sho'rxoklar ustiga qo'shimcha ravishda tuzlar yog'inlar miqdori orqali ham kelib qo'shilishi mumkin. Impulverizatsiya jarayoni tuproq-suv-havo o'rtasida modda almashinish jarayoniga ta'sir ko'rsatadi. Bu borada Orol dengizining qurib qolgan qismidagi tuzlar migratsiyasi, impulverizatsiyasini misol qilib olish mumkin.Bu masala ham o'z yechimini kutmoqda. Lekin shunga alohida e'tibor qaratish kerakki, iqlim, impulverizatsiya kattaliklari relyefga bog'liq kechadi.
Albatta tuproq hosil qiluvchi omillardan biri bo'lib, u tuproqdagi dinamik jarayonlarga, tuproq iqlimiga, suv, haroratni taqsimlay olish qobiliyati bilan ta'sir ko'rsatadi. Relyef tuproq va tuproq-gruntlarining yonbag'irlar bo'yicha xarakatida, fizik nurashda, tuproqning namlanishida, sho'rlanishida, eroziya jarayonida katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Bundan tashqari relyef yer usti va yer osti suvlarining xarakati, taqsimoti, mineralizatsiyasida alohida o'rin egallaydi. Bu borada vodiyning cho'l mintaqasi tuproqlarining sizot suvlarining taqsimoti, sho'rxoklarining kelib chiqishi nazariy-amaliy ahamiyat kasb etishini eslatish kifoya.
Ehtimoldan holi emas, bizning cho'llarimizda sho'rxoklarning sizot suvlari manbalaridan biri yon atrofdagi tog'liklardan kelayotgan sizot suvlari bo'lishi. Mayda tepaliklar cho'l mintaqasida sho'rxoklarning shakllanishiga olib keladi.
harorat yog,in; haromt y«^5; 170,4 yog'in
yog'in; 2018; 150
\ / yog'in; 201y6oyni'2i0iy/?g13^,2019; 139'2
\ / .....yog'in; 2020; 115,2
'••..;;:. yog'in; 20yog9n;720y°g100,2°14; 103,2
— — -Q«rof«t;^0a0p 1B?73011pT1ft;«0l29 rU4;g20H0oi1ft;6!0149 rat; 20159 iH5;82Qt6Q l#;3g0l1i7io1iaS92010; 15,5
1-rasm. Harorat va yog'in miqdorining o'rtacha o'zgarishi
Relyef elementlarining o'zgarishi tuproqlarni transformatsiyalanishiga olib keladi. Shunday qilib relyefni tuproq hosil bo'lishidagi ta'siri xilma xil bo'lib, relyef ko'rinishiga boshqa omillar ham qo'shilib ketadi.
Cho'l mintaqasida quruq iqlimda fizik nurash yetakchilik qiladi, tuproq hosil bo'lish jarayoni tabiiy sharoitda kuchsiz, mayda yumshoq oqizindilar qatlami ham ko'rinib turadi, o'simlik qoplami sifat va tarkib jihatdan ham juda kam va siyrak, defilyatsiya va eol transporti, ya'ni zarrachalarni tashilishi kuchliligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni element tarkibini shakllanishida o'simlik va hayvonot dunyosining ahamiyati to'g'risida.
Dunyo olimlari tomonidan o'simlik va hayvonot dunyosini tuproq hosil qilishdagi roli har xil darajada o'rganilgan. Bu o'rinda V.V.Dokuchayev hamma tuproq hosil bo'lishi jarayonlarini ularda o'sadigan o'simliklarga bog'langanligini va buning ahamiyati fon va ishlab chiqarishda keyinchalik katta ekanligi endilikda hammaga ma'lum.
1-jadval
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Cho'l mintaqasining o'rtacha harorati, yog'inlari, bug'lanishi (Neustruyev 1977)
Oylar I II III IV V VI VII VII I IX X XI XI -a a o i.
O'rta-cha harorat, oC -9,7 -10,6 -0,3 ,2 19,9 23,7 25,2 23,6 15,7 ,9 O'I- cha
Yog'inl ar, mm 10,2 10,6 13,8 11,5 13,6 ,2 ,5 ,5 ci ,8 ci ,7 I/o" ,0 OcT ,6 OcT ,0 OcT 9 W
Bug'lani sh, mm 0 9 5 o 3 (N 5 3 (N 2 (N 9 (N On 7 On 0 6 VO m
Dokuchayev va boshqalar qora tuproqlarning shakllanishida ularda o'sadigan o'simliklar rolini har tomonlama va chuqur tahlil qilib bergan. Lekin sho'rlangan aridlanishga yuz tutgan, ya'ni harorat oshishi bilan yog'in miqdori asta sekinlik bilan ortib borishi bilan yerlardagi o'simliklaming dorivorligi, tuproq sho'rini kamaytirishdagi yoki unumdorligini oshirishdagi roli xususan sho'rxoklarda va sho'rlangan saz rejimdagi tuproqlarda ularning qator xususiyatlari, jumladan biogeokimyoviy xususiyatlari, mahsuldorligi element tarkibi va ularning miqdori bilan tuproqdagi miqdorlari o'rtasidagi korrelyatsion bog'lanishlar siklik elementlar misolida deyarli o'rganilmagan.
2-jadval
Qo'qon gidrometeorologiya xizmat markazining 2010-2021-yillar uchun oyma-oy
ma'lumotlari "harorat"
Yillar I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII O'rtacha
2010 t^ On (N t^ I/o t^
,4 2 8, 1, 6, 7, 7, 1, 6, ,8 ,1 5,
m (N (N (N (N (N (N
2011 m i/o i/o VO vo m
,1 ,8 ,1 9, 4, 7, 8, 7, 2, 6, ,5 ,6 5,
o m (N (N (N (N (N VO o
2012 I/o i/o OO On
,4 ,1 ,3 0, 2, 6, 8, 8 2 4, ,1 ,4 4,
O o OO (N (N (N (N (N (N o
2013 OO VO
,2 ,6 1, 7, 2, 6, 8 7 3, 5, ,2 ,4 5,
O I/o (N (N (N (N (N (N
2014 (N m (N (N m O
,7 ,8 6, 4, 6, 8, 7, 2, 4, ,5 ,9 5,
(N On (N (N (N (N (N VO O
2015 ON i/o (N VO i/o VO vo OO
,3 ,6 ,7 7, 2, 7, 9, 6, 1, 5, ,3 ,1 5,
(N i/o On (N (N (N (N (N OO m
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
2016 ON ON m m VO (N m
,7 ,4 4, 8 2, 7, 8, 7, 4, 3, ,5 6,
m VO 1-h (N (N (N (N (N I/O m
2017 I/O OO m ON (N ON
,5 ,1 2 6, 3, 7, 9, 7, 3 4, 0, 5,
C) (N (N (N (N (N 1-h (N
2018 vo i/O VO (N I/O
,1 ,8 3, 7 1, 6, 0, 7, 2, 3, ,3 ,4 5,
(N (N m (N (N VO (N
2019 OO (N OO VO
,5 ,5 3, 8, 3, 5, 0, 7, 2, 6, ,4 ,4 6,
(N I/O (N (N m (N (N VO m
2020 i/o (N OO VO
,4 ,6 3, 8 3, 6, 8, 7, 1, 3, ,4 ,4 5,
(N VO (N (N (N (N (N
O'rtacha ON ON OO On VO O vo
,6 ,6 1, 7, 2, 6, 8, 7, 2, 5, ,9 ,0 5,
(N (N (N (N (N VO (N
3-jadval
Qo'qon gidrometeorologiya xizmat markazining 2010-2021-yillar uchun oyma-oy
ma'lumotlari "yog'in"
Yillar I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII Summa
2010 vo (N 00 m ^^^ 5
,3 0, ,1 3, 9 2, ,1 ,7 ,9 1, 6
ON m m 1-h (N O (N ON o
2011 I/O (N l/^ 4
,7 1, 3, ,5 0, 7, 9, 5, 6
o (N ON l/o o o VO
2012 (N
,1 ,7 3 2, ,3 6, 1, ,3 ,9 8,
O (N m i-h (N o o I/O ON
2013 m 00 t> l/^
,6 4, 4, 6, 0 ,8 (N ,5 (N ,8 0, 10
(N (N 1-h ON m (N I/O o
2014 I/O VO (N 3
,5 3, 8, 2 ,7 ,9 2, ,1 r^ 0
ON (N (N O m o o VO 1-h
2015 m VO (N 0
5, 6, ,9 5, 5, ,3 ,3 1, 4, 7
m (N ON o 00 (N (N 00
2016 t^
(N ,9 ,6 3, ,9 1, 4, ,3 3, 41
t^ o O i/O ON o o VO m 1-h
2017 i/o 00 (N VO 00, 4
(N 4, 5, 8, 2, (N r^ 3 ,3 3
t^ (N (N (N O o r^ (N 1-h
2018 On i/O 00 0
(N 0, 5 6, ,5 1, 0, ,6 ,8 5
I/O (N m I/O m o O o m C5 1-h
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
_JUNE 6-7, 2023_
2019 5 ,5 9, 6, 30,9 18,7 4, о ,7 (N ,8 OCT 8, 139,5
2020 ,9 vcT 32,6 4 12,7 i'oi 3 m (N ,9 8, ,5 9, 5, 115,4
O'rtacha ,7 19,7 18,2 17,2 16,9 10,6 7, ,0 13,7 14,6 Os 3
Adabiyotlar ma'lumotlariga va kuzatuvlarimizga ko'ra Markaziy Farg'onada keyingi 45 yil davomida haroratning 7,5 0C oshganligi, ko'p yillik ma'lumotlarga ko'ra ushbu hududda yog'inlar miqdorini 17,4 mm oshganligi aniqlandi, demak Markaziy Farg'onada cho'llanish jarayoni jadal suratlarda davom etmoqda.
REFERENCES
1. Неуструев С.С. Естественно-исторический очерк Наманганскрго уезда.Ташкент. 1913.
2. Yuldashev G'., Raximov A., Azimov Z. Sho'rlangan tuproqlar melioratsiyasi. 2022. 257 s.
3. Yuldashev G'., Jabborov Z., Abduraxmonov T. Tuproq kimyosi. 2019. 246 s.
4. Ruziyev R.K., Yuldashev G'. O'zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish. 2019.
5. G'. Yuldashev. Meliorativ tuproqshunoslik. 2008. 132 s.
6. Максудов.А. Почвы Центральной Ферганы. Ташкент. 1979, 120 стр.