Научная статья на тему 'FOSFOR SAQLOVCHI O‘G‘ITLARNI QORA KISHMISH NAVI HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI'

FOSFOR SAQLOVCHI O‘G‘ITLARNI QORA KISHMISH NAVI HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

33
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq-iqlim sharoiti / qora kishmish navi / Ammoniy fosfat / Superfosfat / suv rejimi / gullash / pishish / uglevodlar / saxaroza / mayiz olish / Soil and climate conditions / black currant variety / Ammonium phosphate / Superphosphate / water regime / flowering / ripening / carbohydrates / sucrose / raisin production.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Baxtiyor Ahmatov

Hozirgi kunda qishloq xo„jaligining jadal rivojlanib borayotgan bog„dorchilik yo„nalishining bir tarmog„i bu uzumchilik hisoblanadi. Uzumchilik eng qadimiy tarmoqlardan biri bo„lib, dunyo qishloq xo„jaligi va sanoatida muhim o„rin egallaydi. Hozirda dunyoning 85 ta mamlakatida uzumchilik yuqori darajada yo„lga qo„yilgan. Uzumchilikning yurtimizda ham yuqori saviyada rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Jumladan vino sanoati, mayizchilik yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega yo„nalishlardan biridir. Yurtimizda ko„olab maydonlarda yetishtiriladigan uzumning qora kishmish navi xuddi shu sohalarning eng munosib xomashyosi desak to„g„ri bo„ladi. Uzumning qora kishmish navi o„suv davrida fosforli o„g„itlarga talabchanligi yuqori bo„lmasada pishish va yetilish davrida ko„plab uglevod va organik birikmalar yig„ishi barobarida fosforli mineral o„g„itlarga ehtiyoji katta bo„ladi. Maqolada qora kishmishning hosili va hosil sifatiga ta‟siri fosforli mineral o„g„itlar misolida o„rganilishi bo„yicha tahlil va ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, viticulture is a branch of the horticulture direction that is rapidly developing in agriculture. Viticulture is one of the oldest industries and occupies an important place in world agriculture and industry. Currently, viticulture is developed at a high level in 85 countries of the world. It is no secret that viticulture is developing at a high level in our country. In particular, the wine industry, raisin growing is one of the areas with high economic efficiency. It is correct to say that the black raisin variety of grapes grown in our country is the most suitable raw material for these areas. While the black raisin variety of grapes does not have a high demand for phosphorus fertilizers during the growth period, the need for phosphorus mineral fertilizers increases as it collects a lot of carbohydrates and organic compounds during the ripening and ripening period. The article presents analysis and data on the study of the effect of black currant on the yield and quality of the crop using phosphorus mineral fertilizers.

Текст научной работы на тему «FOSFOR SAQLOVCHI O‘G‘ITLARNI QORA KISHMISH NAVI HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

FOSFOR SAQLOVCHI O'G'ITLARNI QORA KISHMISH NAVI HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA'SIRI

Baxtiyor Ahmatov

SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti magistranti

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligining jadal rivojlanib borayotgan bog'dorchilik yo'nalishining bir tarmog'i bu uzumchilik hisoblanadi. Uzumchilik eng qadimiy tarmoqlardan biri bo'lib, dunyo qishloq xo'jaligi va sanoatida muhim o'rin egallaydi. Hozirda dunyoning 85 ta mamlakatida uzumchilik yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. Uzumchilikning yurtimizda ham yuqori saviyada rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Jumladan vino sanoati, mayizchilik yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega yo'nalishlardan biridir. Yurtimizda ko'olab maydonlarda yetishtiriladigan uzumning qora kishmish navi xuddi shu sohalarning eng munosib xomashyosi desak to'g'ri bo'ladi. Uzumning qora kishmish navi o'suv davrida fosforli o'g'itlarga talabchanligi yuqori bo'lmasada pishish va yetilish davrida ko'plab uglevod va organik birikmalar yig'ishi barobarida fosforli mineral o'g'itlarga ehtiyoji katta bo'ladi. Maqolada qora kishmishning hosili va hosil sifatiga ta'siri fosforli mineral o'g'itlar misolida o'rganilishi bo'yicha tahlil va ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tuproq-iqlim sharoiti, qora kishmish navi, Ammoniy fosfat, Superfosfat, suv rejimi, gullash, pishish, uglevodlar, saxaroza, mayiz olish.

Currently, viticulture is a branch of the horticulture direction that is rapidly developing in agriculture. Viticulture is one of the oldest industries and occupies an important place in world agriculture and industry. Currently, viticulture is developed at a high level in 85 countries of the world. It is no secret that viticulture is developing at a high level in our country. In particular, the wine industry, raisin growing is one of the areas with high economic efficiency. It is correct to say that the black raisin variety of grapes grown in our country is the most suitable raw material for these areas. While the black raisin variety of grapes does not have a high demand for phosphorus fertilizers during the growth period, the need for phosphorus mineral fertilizers increases as it collects a lot of carbohydrates and organic compounds during the ripening and ripening period. The

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

article presents analysis and data on the study of the effect of black currant on the yield and quality of the crop using phosphorus mineral fertilizers.

Keywords: Soil and climate conditions, black currant variety, Ammonium phosphate, Superphosphate, water regime, flowering, ripening, carbohydrates, sucrose, raisin production.

Kirish:mahalliy ertapishar xo'raki va mayizbop urug'siz uzum navi. O'zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-georafik navlar guruhiga kiradi. Tupi o'rtacha o'sadi. Bargi o'rtacha, to'garak, o'rtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o'rtacha (bo'yi 18-25 sm, eni 11 - 13 sm), konussimon; shingillari havol. G'ujumi o'rtacha tig'iz, tuxumsimon, uchi to'mtoq, po'sti qora; yupqa, eti shirali, karsillaydi. Tarkibida 2 4 - 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 - 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri - avgustning 2-yarmida to'liq pishadi. Kul, antraknoz, oidium va serkosporozdan zararlanadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi (25-27% mayiz chiqadi). O'zbekistonning hamma viloyatlarida o'stiriladi. Uzumning bu navidan xorijda asosan vino yetishtirish uchun foydalaniladi (Barclay Poling, E., ed. Shimoliy Karolina vino uzum yetishtiruvchilar uchun qo'llanma. Raleigh: Shimoliy Karolina shtat universiteti, 2015 yil). Undan tashqari katta plantatsiyalarda ekoturistik zonalarda yetishtiriladi va uzum olinadi (Bordelon, B. P. "Indiana uchun uzum navlari." Axborotnomasi HO-221-W. Lafayette, Ind.: Purdue Extension, 2009 yil). Uzumzorlarning eng katta qismlari AQSH, Meksika, Rossiya, Shimoliy amerika, Yevropaning mo'tadil iqlimli hududlari (Maier, B. "Uzumzorlar uchun Trellis End Post Assambleyasi dizaynlari." H-331 qo 'llanma. Las Cruces: Nyu-Meksiko Davlat Universiteti, 2012 yil). Ochiq hududlarda ustunlarga o'ralib o'sadigan uzum navlari yetishtirish birmuncha samaradorligi bilan yuqori o'rinlarda turadi(Kornell universiteti NYSIPM Fruit Fact Sheets Reisch, B.I., D.V. Peterson va M.H.Martens. "Salqin iqlim uchun stol uzum navlari." Axborotnomaning moslashuvi 234. Ithaca: Cornell Cooperative Extension, 1993 yil, Stafne, E. T. va J. R. Klark. "Arkanzas stolli uzum navlari." eXtension.org, 2013 yil.Strik, B. C. "Stol uzumlarini etishtirish." EC 1639. Korvallis: Oregon shtat universitetining kengaytmasi, 2011 yil). Sharob ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan uzumlar sirasig ham kiradi (Wolf, T. va boshqalar. al. Sharqiy Shimoliy Amerika uchun sharob uzum ishlab chiqarish bo'yicha qo'llanma. NRAES-145. Itaka: O'simlik va hayotfanlari nashriyoti, 2008yil).

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Foidalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalarini Samarqand viloyati Narpay tumanining gipsli tuproqlari sharoitida o'tkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida kuchsiz gipsli och bo„z tuproqlar va uzumning Qora kishmish navi olindi.

Qora kishmishning asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanishi, oziqlanishini o'rganish uchun dalaga ekiladi va o'suv fazalari bo'yicha biometrik o'lchashlar va fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Azotli o'g'itlar ammiakli selitra - NH4NO3 (34,5% N), fosforli o'g'it murakkab o'g'it bo'lgan ammofos - NH4H2PO4 (11% N va 46% P2O5), kaliyli Dala tajribasi obe'kti, metodlari va materiallar. Tajriba uchun jami 142 m2 maydon tanlandi va tajriba 6 ta variant va 4 ta takrorlikda olib borildi. Dala tajribalari va barcha tahlillar "Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivntix xlopkovtix rayonax" qo'llanmalarida keltirilgan uslublar asosida amalga oshirildi va olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov (1985) bo'yicha tahlil qilindi.

Olingan natijalar va ularning ahamiyati ma'nosi: Qora kishmish navi uchun muhim oziq moddalardan biri tuproqdagi harakatchan fosfor xisoblanadi. gipsli tuproqlarda qabul qilingan tasnif bo'yicha tuproqda fosfor miqdori kam bo'lishi aniqlandi. Ushbu tuproqlarda tabiiy sharoitda harakatchan fosfor dinamikasida kuchli o'zgarishlar kuzatilmadi. Faqat, erta bahordan iyul oyining uchinchi dekadasigacha tuproqda harakatchan fosfor miqdori biroz ortib bordi, keyin esa biroz kamaydi. Bunda tuproqning harakatchan fosfor bo'yicha fosfat rejimi muhim ahamiyatga ega. Chunki fosforli o'g'itlardagi fosforning ko'p qisimini o'simlik o'zlashtira olmaydigan fosfatlarga o'tib ketishi extimoli juda yuqori. Tadqiqotlarni ko'rsatishicha o'g'itsiz nazorat variantida tabiiy holda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo'ladi. Uning miqdori erta bahordan yoz oylarining oxirigacha ortib boradi. Qora kishmishni gullash davri oxiriga kelib kamaya boshladi. Fosforli o'g'itlar yuqori me'yorda qo'llanilgan variantlarda, ya'ni FON+R180 variantida tuproqda harakatchan fosfor miqdori sezilarli ortdi. Masalan, 2022 yil o'tkazilgan tadqiqotda nazorat variantida tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 10-aprelda 10.3 mg/kg tuproqda, 10 mayda 12.6 mg/kg,10-iyunda 14.5 mg/kg, 10-avgustda 13.5 mg/kg tuproqda bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar ushbu sanalarga mos ravishda N250K200 fon variantida 17.5; 18.6;19.8;14.6 mg/kg tuproqda bo'lishi ma'lum bo'ldi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

Xuddi shunga o'xshash ma'lumotlar

fosforli o'g'itlar qo'llanilgan tadqiqotlarda ham kuzatildi. N250K200 fonida fosforli o'g'itlarni 90; 120; 150 va 180 kg/ga me'yorlarda qo'llash tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunda fosforli o'g'itlar me'yori ortib borishi bilan tuproqda harakatchan fosfor miqdori ham ortib bordi. Azotli va kaliyli o'g'itlar qo'llanilgan variant ya'ni N250K200 variantida gipsli tuproqda harakatchan fosfor miqdori keskin kamaydi. Bu asosan fosforli o'g'itlarni qo'llash bilan bog'liq. Chunki fosforli o'g'itlar tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini keskin oshiradi.

Xulosalar. Demak, tabiiy holdagi tuproqda harakatchan shakldagi fosfor miqdori kam bo'ladi. Bu tadqiqotlarimizni nazarot (o'g'itsiz) variantida kuzatildi. Fosforli o'g'itlar me'yorini 90-180 kg/gacha ortishi natijasida kuchsiz gipslangan bo'z tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini ishonarli oshiradi va fosfat rejimi va dinamikasiga ijobiy ta'sir qiladi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б.

2. Машрабов М.И., Хайитов М. Изменение фосфатного режима почв с карбонатно-магниевым засолением, под влиянием новых комплексных удобрений, при возделивании хлопчатника // Журнал Актуалные проблемы современной науки. № 4(95). Москва, 2017. - С. 267- 270

3. Mashrabov M., Maxmatmurodov A EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021 - Volume 22 [Issue 55-56]. EUROPE: International Knowledge Press, S107, 3 Hardman Square, Spinning fields, Manchester, M3 3EB, UK. Page: 33-41

4. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.

May 12-13

1066

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.