Научная статья на тему 'SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA INDIVIDUAL O‘SIMLIK BIOGEOKIMYOSI'

SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA INDIVIDUAL O‘SIMLIK BIOGEOKIMYOSI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
biogeokimyo / meliorativ / fitomeliorativ / toksik / sho‘rxok / arzik-shox / migratsiya / akkumulyatsiya / litosfera / lognormal.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — G‘. Yuldashev, Z. Azimov, M.Odilova

Ushbu maqolada sho‘rxok yerlarda o‘suvchi ituzum o‘simligining kimyoviy element tarkibi atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, unga asosan o‘simlik tuproqdan olayotgan suvda erigan tuzlarning anion va kationlari, o‘simlik-hayvon-inson zanjiri uchun toksik ta’sir xossalariga ega bo‘lgan hususiyatlarini lognormal spektrlar asosida tasvirlangan. Qolaversa, ituzum o‘simligining dorivorlik va fitomeliorantlik xossasi bo‘yicha atroflicha so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA INDIVIDUAL O‘SIMLIK BIOGEOKIMYOSI»

SHO'RLANGAN TUPROQLARDA INDIVIDUAL O'SIMLIK BIOGEOKIMYOSI

1G'. Yuldashev, 2Z. Azimov, 3M.Odilova

1FarDU q/x fanlari doktori., professor, 2FarDU tuproqshunoslik kafedrasi, katta

o'qituvchisi.,b.f.f.d (PhD), 3FarDU tuproqshunoslik kafedrasi, 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10930462

Annotatsiya. Ushbu maqolada sho'rxok yerlarda o'suvchi ituzum o'simligining kimyoviy element tarkibi atroflicha o'rganilgan bo'lib, unga asosan o'simlik tuproqdan olayotgan suvda erigan tuzlarning anion va kationlari, o'simlik-hayvon-inson zanjiri uchun toksik ta'sir xossalariga ega bo'lgan hususiyatlarini lognormalspektrlar asosida tasvirlangan.

Qolaversa, ituzum o'simligining dorivorlik va fitomeliorantlik xossasi bo'yicha atroflicha so'z boradi.

Kalit so'zlar: biogeokimyo, meliorativ, fitomeliorativ, toksik, sho'rxok, arzik-shox, migratsiya, akkumulyatsiya, litosfera, lognormal.

Аннотация. В данной статье подробно изучен химический элементный состав растения паслен чёрный, произрастающего на засоленных землях, главным образом анионы и катионы солей, растворенные в воде, которих растения поглащает из почвы, и токсическое действие в цепи растения-животных-человек. Характеристики елементов свойств описываются на основе логнормальных спектров.

Кроме того, подробно рассмотрены лечебные и фитомелиоративные свойства растений паслен чёрный.

Ключевые слова: биогеохимия, мелиорация, фитомелиорация, токсичный, солончак, arzik-shox, миграция, аккумуляция, литосфера, логнормал.

Abstract. This article has studied in detail the chemical elemental composition of the Solanum nigrum plant growing in saline lands, mainly the anions and cations of salts dissolved in the water that the plant receives from the soil, and the toxic effect on the plant-animal-human chain. The characteristics of secret properties are described on the basis of lognormal spectra.

In addition, the medicinal and phytoremedial properties of the Solanum nigrum plant are discussed in detail.

Keywords: biogeochemistry, reclamation, phytomelioration, toxic, saline soil, arzik-shox, migration, accumulation, lithosphere, lognormal.

Mavzuning dolzarbligi. Oxirgi yillarda Markaziy Farg'onada turli tuproq-meliorativ tadbirlar o'tkazilishi natijasida nisbatan oson qishloq xo'jaligi aylanma xarakatiga kiritish ya'ni dehqonchilikka tortishi mumkin bo'lgan tuproqli yerlar kamayib bormoqda. Tuproq-meliorativ nuqtai nazardan o'zlashtirilishi qiyin murakkab bo'lgan sho'rxoklar, qumli, arzik-shoxli dahalar ko'plab uchraydi. O'zlashtirilgan yerlarda qishloq xo'jalik ekinlarini hosildorligi ortish o'rniga kamayishi kuzatilmoqda.

Sho'rxoklar va sug'oriladigan tuproqlarning geokimyoviy, biogeokimyoviy, agrokimyoviy, kimyoviy, fizikaviy hamda meliorativ xossalarini tadqiq qilish, tuproqdagi kimyoviy elementlarni migratsiyasi, akkumulyatsiyasi va tuproq hamda o'simliklardagi mavjud tuzlarning konsentratsiyalanishi va dekonsentratsiyalanishi sabablarini o'rganish va tadqiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Sho'rlangan tuproqlardagi o'simliklarni sharoitga moslashuvining biogeokimyoviy va ekomeliorativ hususiyatlarini aniqlash hamda shu asosda ularni qishloq xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali foydalanish katta amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

Elementlarning o'simlikka singdirilishi, tuproq-o'simlik zanjiridagi migratsiyasi ularning mexanizmini ochishga yordam beradi. Bu boradagi ishlar o'simliklarning makro- va mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini, kasalliklarining potologiyasini o'rganishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Ularning bunday o'zgarishlarida muhit rolini ochishda yordam beradi. Bu sohadagi, ya'ni tuproq-o'simlik zanjiridagi kimyoviy elementlar migratsiyasi, akkumulyatsiyasini yechimi organizmlar evolyutsiyasini o'rganishda muhim nazariy kalit bo'lib xizmat qiladi [1,3].

Tadqiqot natijalari. Tuproq-o'simlik zanjiridagi tadqiqotlar tabiiy sho'rxoklar va antropogen sho'rxoklarda o'suvchi tabiiy o'simliklar formatsiyasi negizida amalga oshirilgan bo'lib, ushbu tuproqlar, ya'ni sho'rxoklar Na, Ni, Sb, As, Mo larga to'yingan, ya'ni ushbu elementlar o'rganilgan sho'rxoklarda ortiqcha provinsiya holatlarni tashkil qiladi, shunday sharoitda ituzum va boshqalar o'sadi.

Bugungi kunda qurg'oqchilikka va tuproq sho'rlanishiga chidamli o'simliklarning qariyb 700 ga yaqin turi dorishunoslikda va fitomeliorativ tadbirlarda qo'llanilmoqda [2].

O'simlik organizmiga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar ko'p bo'lib, ular qatoriga geokimyoviy, biogeokimyoviy omillar, xususan o'simlik o'sayotgan substrat, tuproq xossalarining ta'siri katta. Bu borada tuproq bilan o'simlik o'rtasidagi aloqadorlikni o'rnatish tuproq biogeokimyosini negizini tashkil qiladi va bu negiz tuproq tipi, tipchasi, o'simlik turi va boshqalarga bog'liq [4,5].

O'rganilgan sho'rxoklarda tabiiy va antropogen sharoitda siklik elementlar konsentratsiyasi ituzum o'simligida har xil miqdor va sifatda ekanligini quyidagi diogramma misolida ko'rishimiz mumkin.

log A.P.Vinogradov ......ituzum

Litosfera va o'simlikda elementlarni lognormal spektri.

Diogramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, ituzum o'simligini tuproqdan har xil miqdorda suvda erigan tuzlarning anion va kationlari hamda o'simliklar uchun toksik ta'sir xossalariga ega bo'lgan metallmaslar va og'ir metallar hamda radionuklidlarni tanalarida olib chiqib ketishini bashorat qilish qiyin emas. Qolaversa, ituzum o'simligi uchun individual miqdoriy geokimyoviy spektr tuzadigan bo'lsak, quyidagi ko'rinishlarga ega bo'ladi.

Ituzum: 20Ca40 > 19K39 > 11Na23 > 26Fe56 > 38Sm > 30Zn65 > 25Mn55 > 56Bam > 24Cr52 > 28Ni53 > 42Mo96 > 33As75 > 27C059 > 51Sbl22 ;

Biogeokimyoviy spektrdan ko'rinib turibdiki, o'rganilgan o'simlikda eng kichik miqdor surmaga tegishli, undan ko'proq miqdorlar kobalt, mishyak, molibden, va nikellarga to'g'ri keladi. Bu elementlar og'ir metallar qatorida turadi. Lekin bunda mishyak va surma metallmas bo'lsada,

ayrim adabiyotlarda zaharli og'ir metallar qatoriga kiritilgan, bu bejiz emas, chunki ularning zaharlilik darajasi og'ir metallarga yaqin.

Xulosa. Sho'rxok o'simliklar formatsiyasi tuproqning ichki qatlamlaridan o'zlariga kerak elemenlarni olishga moslashgan va o'zlarini tanalarini shu asosda qurganlar, zaharli, zararli elementlarni olmaslik uchun biogeokimyoviy baryerlarni tanalarida shakllantiradi, ayrim kimyoviy elementlarni tanalaridan chiqarib tashlashga moslashgan.

Sho'rlangan sug'oriladigan o'tloqi-saz tuproqlar tarqalgan cho'l mintaqasi maydonlarida sizot suvlari kuchsiz harakatda va harakatsiz, har xil darajada va sifatda minerallashgan bo'ladi. Galofil o'simliklar sho'r tuproqlarga moslashgan, shu bois ularni har mavsum yig'ishtirib, dorivorlik hususiyatlarini o'rgangan holda qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, ituzum o'simligini sho'rlangan tuproqlarda yetishtirish ikki tomonlama, ya'ni tuproq sho'rlanishiga qarshi kurashishda fitomeliorant o'simlik sifatida va dorivorlik hususiyatlaridan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Виноградов А.П. Геохимия редких и рассеянных химических элементов в почвах. М.1957. 238 с.

2. International Institute for Environment and Development (http://www.iied.org) International Center for Bio saline Agriculture (http://www.biosaline.org).

3. Abakumov E., G'.Yuldashev. et al. The Current State of Irrigated Soils in the Central Fergana Desert under the Effect of Anthropogenic Factors //Geosciences. - 2023. - Т. 13. - №. 3. -С. 90.

4. Yuldashev G., Azimov Z., Mamajonov I. Changes in Cyclic Chemical Elements in Saline Landscape //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2023. - Т. 17. - С. 38-42.

5. Юлдашев Г., Азимов З. и др. Изменение запаса водорастворимых солей в природных и антропогенных солончаках //Аграрная наука-сельскому хозяйству. - 2023. - С. 140-141.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.