Научная статья на тему 'JANUBIY FARG‘ONA SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARIDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI'

JANUBIY FARG‘ONA SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARIDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / geokimyoviy landshaft / akkumullyatsiya / biomikroelement / o‘simlik / barer / ta’minlanganlik darajasi / qishloq xo‘jaligi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna, Sotiboldiyeva Go‘Zalxon Tolibjonovna, Iminchayev Raxmatjon Ahmadovich

Maqolada Janubiy Farg‘onaning konus yoyilmalarida shakllangan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda biomikroelementlarning biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishi, bu esa ularning biogeokimyoviy oziqa zanjiri bo‘ylab faol migratsiyasi bilan birga kechishi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANUBIY FARG‘ONA SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARIDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI»

JANUBIY FARG'ONA SUG'ORILADIGAN TUPROQLARIDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORINING O'ZGARISHI 1Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna, 2Sotiboldiyeva Go'zalxon Tolibjonovna,

3Iminchayev Raxmatjon Ahmadovich

uB.f.f.d. (PhD) 3Tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.10935231

Annotatsiya. Maqolada Janubiy Farg'onaning konus yoyilmalarida shakllangan sug'oriladigan bo'z tuproqlarda biomikroelementlarning biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishi, bu esa ularning biogeokimyoviy oziqa zanjiri bo'ylab faol migratsiyasi bilan birga kechishi keltirilgan.

Kalit so'zlar: tuproq, geokimyoviy landshaft, akkumullyatsiya, biomikroelement, o'simlik, barer, ta'minlanganlik darajasi, qishloq xo'jaligi.

Аннотация. В статье описано участие биомикроэлементов в биохимических процессах в орошаемых сероземах, сформировавшихся на территории Южной Ферганы, что сопровождается их активной миграцией по биогеохимической пищевой цепи.

Ключевые слова: почва, геохимический ландшафт, аккумуляция, биомикроэлемент, растение, барьер, уровень обеспеченности, сельскохозяйство.

Abstract. The article describes the participation of biomicroelements in biochemical processes in irrigated gray soils formed on the territory of Southern Fergana, which is accompanied by their active migration along the biogeochemicalfood chain.

Keywords: soil, geochemical landscape, accumulation, biomicroelement, plant, barrier, level of provision, agriculture.

Bugungi kunda sug'oriladigan tuproqlar bizning eng katta boyligimiz hisoblanib, ulardan oqilona foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, tuproqning element tarkibini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkich bu uning unumdorligidir. Tuproq element tarkibi tog' jinslari va mineralogik tarkibga bog'liq bo'lib, ularga ko'plab omillar salbiy ta'sir ko'rsatadi hamda miqdor va sifat jihatidan o'zarib turadi, bu esa tuproq xususiyatlariga ta'sirini o'rganish, monitoringini yuritish doimiy talab etiladigan jarayon hisoblanadi.

Shu o'rinda tuproq xossalariga va bu xossalar orqali o'simliklarning morfofiziologik belgilari, hosildorligi, hosil tarkibi va sifatiga ta'sir etuvchi bir guruh kimyoviy elementlarni keltirishimiz mumkin. Bu guruhga sug'oriladigan tuproqlar sharoitida temir, marganets, mis, rux, kobalt, bor, nikel, litiy, stronsiy va boshqalarni kiritish mumkin. Ushbu elementlarni tuproqdagi miqdorlarini aniqlash, meyorlashtirish va doimiy ravishda monitoringini olib borish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Ma'lumotlarda qayd qilinganidek, har xil qishloq xo'jalik o'simliklari turli xil tuproqdagi mikroelementlarga turlicha munosabat bildiradi. Shu bois, sug'oriladigan yerlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini samarali joylashtirishda elementlarning tuproqdagi miqdoriga qarab monitoring tadqiqotlarini olib borishda bu kabi ilmiy tadqiqotlar amaliy yordam beradi. Har bir tuproq, o'simlik navi, uning rivojlanish fazasi aniq bir element yoki elementlar guruhiga nisbatan individual tavsifga ega bo'ladi. Shunga qaramasdan nisbiy ko'rsatkichlar bo'lsada ayrim mulohaza qiluvchi xuloslarga olib keladi.

Sug'oriladigan bo'z tuproqlardagi makro- va mikroelementlar miqdori o'simliklar tarkibiga va ularning hosildorligiga, sifatiga, bu ko'rsatkichlar orqali hayvonot dunyosiga, inson salomatligiga ta'sir qiladi.

Ma'lumotlardan ma'lum bo'ladiki, sug'oriladigan tuproqlarda biomikroelementlarning miqdori va meyorlarini o'rganishda elementlarning yalpi miqdorlari yoki konsentratsiya klarklari bilan emas, balki ularning tuproqdagi harakatchan miqdorlari konsentratsiyasi bilan ishlash nisbatan to'g'ri xulosalar chiqarishga olib keladi. Konsentratsiya klarki aniq tuproqdagi elementlar miqdorlarining yetishmovchi, ortiqcha provinsiya holatini ko'rsatishda muhim hisoblanadi. Bu esa elementlar yetishmovchi, meyoriy va ortiqcha provinsiallik holatlarini ajratishni talab etadi. Bu holatlar esa sug'oriladigan tuproqlar ekologik holatini aniqlashda va yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi ekinlari turini to'g'ri tanlashda, o'g'itlashda amaliy yordam beradi va asos bo'lib xizmat qiladi.

Zamonaviy tasnifga muvofiq mikroelementlarga yer qobig'ida, tuproqda (yoki ularning klark) miqdori 1*10"3% dan oshmaydigan kimyoviy elementlar tushuniladi. Ko'pchilik mikroelementlar o'simliklar, hayvonlar va odamlar uchun juda muhim elementlar hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligini yuritish, transport, metallurgiya va foydali qazilma konlari qazish ko'plab mikroelementlarning biogeokimyoviy sikllariga kuchli ta'sir qiladi va odatda ularning tirik organizmlar tomonidan o'zlashtirilishini oshiradi. Ammo meyoridan tashqari konsentratsiyalarda o'zlashtirilganda ko'plab mikroelementlar toksik ta'sirda bo'ladi, masalan, B, Cr, Mn, So, Ni, Cu va Zn. Shunga o'xshash toksiklik B, Mo, Ce va As uchun ham ko'rsatib o'tish mumkin. Keltirilgan metallar va metallmaslar tirik organizmlardagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi, bu ularning biogeokimyoviy oziqa zanjiri bo'ylab faol migratsiyasi bilan birga kechadi.

Tuproqning yuqori potensial unumdorligini qishloq xo'jaligi ekinlarining samarali unumdorligi orqali to'liq amalga oshirilmaydi, chunki unumdorlik sharoitlari uning darajasini cheklaydi. Tuproqlardan oqilona foydalanish va shu bilan birga ularning ekologik holatini saqlab qolish uchun ustuvor yo'nalishlarni, ayniqsa, qishloq xo'jaligi intensiv rivojlangan mintaqalar sharoitida to'g'ri belgilash zarur. Kimyoviy elementlarning ma'lum bir tabiiy tizimda, xususan, turli xil madaniylashgan sug'oriladigan tuproqlarda tarqalishi tuproq, uni hosil qiluvchi ona jins va o'simliklarning genezisidagi rolini aks ettiruvchi eng muhim geokimyoviy xarakteristik belgilardan biri hisoblanadi.

Biomikroelementlarga qiziqish ularning eng muhim hayotiy jarayon - metabolizmda ishtirok etishidan kelib chiqadi. Har qanday organizmning hayotiy faoliyati tabiiy mikroelementlarsiz kechmaydi. Tuproq va o'simliklarda mikroelementlarning nisbatan past bo'lishiga qaramay, ular asosiy fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlarda qatnashadi.

Sug'oriladigan bo'z tuproqlarda va tuproq hosil qiluvchi jinslarda kimyoviy elementlar tarkibidagi har qanday tebranishlar ularda o'sadigan qishloq xo'jalik o'simliklarining kimyoviy tarkibida o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. O'simliklar uchun muhim bo'lgan kobalt, mis, rux, marganets, bor mikroelementlari - paxta, bug'doy va boshqalar o'simliklarda boshqa elementlar bilan almashtirib bo'lmaydi va o'ziga xos biogeokimyoviy rol o'ynaydi.

Farg'ona vodiysining janubida shakllangan sug'oriladigan bo'z tuproqlari, madaniy o'simliklarida biomikroelementlarning tarkibi va miqdorini aniqlash, laboratoriya sharoitida neytron-aktivatsion hamda Ye.K.Kruglova va K.V.Verigina usuli bo'yicha amalga oshirilgan hamda olingan tahlil natijalari matematik qayta ishlash orqali hisoblab chiqildi.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, eskidan sug'oriladigan bo'z-o'tloqli tuproqlar va bo'z yerlar odatda yalpi kobalt miqdorini taqsimlanishiga ko'ra ancha boyligi kuzatildi.

1-jadval. Konus yoyilma tuproqlari, g'o'za va bug'doy tarkibida biomikroelementlar miqdorining o'zgarishi

Kesma Chuqurlik, sm Yalpi Harakatchan

№ Co Zn Mn B Mo Co Zn Mn B Mo

Eskidan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproq

0-25 6,8 72 350 42,3 1,10 2,04 1,41 117,1 1,12 0,25

25-35 7,2 74 330 55,4 0,20 2,11 1,50 123,5 1,01 0,10

6/AX 35-66 9,3 97 430 53,4 0,68 2,20 1,43 141,0 0,96 0,24

66-98 19,0 110 670 56,8 6,01 2,18 1,27 156,2 0,95 0,76

98-140 13,0 100 660 63,9 4,20 2,41 1,10 164,7 2,74 0,63

G'o'za 0,31 35,0 57,1 20,5 7,9 0,31 35,0 57,1 18,5 7,9

Bug'doy 0,27 9,0 33,8 16,7 4,7 0,27 9,0 33,8 12,7 4,7

Bo'z yer

0-22 11,0 77 500 30,7 1,70 1,17 1,46 27,7 0,12 0,25

7/AX 22-37 9,5 79 520 25,6 1,80 1,14 1,51 43,5 0,22 0,10

37-50 11,0 75 420 23,9 1,40 1,09 1,67 65,1 0,33 0,63

Litosfera klarki 8 83 1000 12 1,1 8 83 1000 12 1,1

Vinogradov bo'yicha

n - namunlar soni.

Tadqiqot ishlari olib borilgan tuproqlarning ona jinslarida deyarli bir xil miqdorda kobalt mavjud bo'lib, bu yerda uning yalpi shakli 6,8-13,0 mg/kg oralig'ida o'zgarib turadi. Kobalt miqdori bo'yicha butun profil bo'ylab o'rganilgan tuproqlar quyidagi ketma-ketlikda joylashadi: bo'z yer > bo'z-o'tloq.

Konys yoyilmada shakllangan bo'z tuproqlarning barcha tipchalarida harakatchan kobaltning yalpi miqdoriga nisbatan o'n baravar past miqdorga ega, lekin uning miqdori bo'z-o'tloqi tuproqlardan bo'z yer tomonga kamayish tendensiyasi saqlanib qoladi. Yalpi miqdorga ko'ra, kobalt va molibden o'rganilgan boshqa biomikroelementlarga nisbatan past ko'rsatkichlarni beradi, bu ushbu elementlarning klark miqdorlariga bog'liq. Rux va borning miqdori bir-biriga nisbatan yaqin bo'lib, oraliq pozitsiyani egallaydi. Marganetsning yuqori miqdori tuproqlarda ham, ona jinslarida ham kuzatilgan. Shunga qaramay, ta'kidlash kerakki, odatdagi bo'z-o'tloqi tuproqlarning ona jinslarida marganetsning umumiy miqdori tuproqning o'zidan deyarli 2 baravar yuqori, bu esa geokimyoviy baryerlar va gleylanish jarayonlari hamda ona jins mineralogik tarkibi bilan bog'liq.

Sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarda pastqam relyefli, yer osti suvlarining yuzaga yaqinlashishi sharoitida, superakval landshaftda vaziyatga qarab harakatchan mikroelementlar kapillyarlar orqali ildiz qatlamigacha ko'tarilishi mumkin. Bizning sharoitimizda superakval landshaft Shoximardonsoy konus yoyilmasining pastqamli relyef elementlarida joylashgan bo'lib, u yerda yuqori element tarkibli, ya'ni yalpi bor miqdori bo'yicha borli biogeokimyoviy provinsiya

hosil bo'lishi kuzatildi. Lekin ushbu miqdorlar ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan past ko'rsatkichni ko'rsatadi.

O'rganilgan tuproqlarda mikroelementlarning migratsiyasi va to'planishini tartibga soluvchi tuproq omillariga karbonatlar (6-10%) va gips, kam gumuslilik va bir qator baryerlar, jumladan, karbonat-gips va gleyli qatlamlar kiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, sug'oriladigan bo'z tuproqlar mintaqasida qishloq xo'jaligi ekinlari uchun mikroelementlarning asosiy manbai tuproq hisoblanadi. Ushbu tuproqlarda antropogen omilning agronomik bosimi juda yuqori bo'lishiga qaramay, harakatchan mikroelementlarning migratsiyasi, ya'ni qishloq xo'jaligi ekinlari bilan olib chiqib ketilishi bilan bog'liq. Pedogeokimyoviy tadqiqotlarda ularning tuproqdagi yalpi shakllari muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Абдухакимова, Х.А. (2021). Шохимардонсой конус ёйилмаси сугориладиган тупрокларининг геокимёси. Б.ф.ф.д. дисс. автореф. Ф., 42.

2. Burkhonovich, M. U., & Abdullaevna, A. K. (2023). THE USAGE OF INTERACTIVE METHODS AND TECHNOLOGIES IN TEACHING SOIL PHYSICS COURSE. Science and Innovation, 2(11), 203-208.

3. Исагалиев, М. Т., Юлдашев, Г., Абдухакимова, Х. А., & Обидов, М. В. (2020). Биомикроэлементы в сероземах юга Ферганы. In Аграрная наука-сельскому хозяйству (pp. 364-366).

4. Abdukhakimova K. et al. CHANGE IN AGROCHEMICAL PROPERTIES OF SIEROZEM UNDER THE INFLUENCE OF AGRICULTURE: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1364 //RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021. - №. 18.06.

5. Abdukhakimova H. GENERAL PHYSICAL PROPERTIES OF IRRIGATED SIEROZEM-MEADOW SOILS //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D2. - С. 140-142.

6. Yusupova, M. A., Idrisov, X. A., Abduxakimova, H., Eshpulatov, S. Y., Darmonov, D. Y., Matxoliqov, R. B., & Mamatqulov, O. O. (2023, February). Changes in the morphological structure and mechanical properties of sandy soils. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1138, No. 1, p. 012036). IOP Publishing.

7. Sabirjan Isaev, Maksudkhon Sarimsakov, Mukhayyokhon Sarimsakova, Avazbek Turdaliev, Khusnidakhon Abdukhakimova, Mutabar Mirzaeva. Application of water-saving irrigation technologies of intensive apple orchards in the irrigated regions of Uzbekistan. E3S Web of Conferences. Ural Environmental Science Forum "Sustainable Development of Industrial Region" (UESF-2023).

8. Юлдашев, Г., Исагалиев, М. Т., Абдухакимова, Х. А., & Исомиддинов, З. Ж. (2020). Проблемы мониторинга элементов в орошаемых почвах. In Аграрная наука-сельскому хозяйству (pp. 429-431).

9. Абдухакимова, Х.А. Tuproqshunoslik fanlarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish //"O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar" jurnali. 18-son. 2023. 278-281 b.

10. Abduxakimova, X. A. (2023). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO 'LLASH ASOSIDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 471-474.

11. Abdullayevna, A. X. (2023). SUG 'ORILADIGAN TIPIK BO 'Z TUPROQLARDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORI VA RAQAMLI XARITALASH. QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 265-267.

12. Isag'aliyev M., Abduxakimova X., Mirzajonov I. Sug 'oriladigan o 'tloqi saz tuproqlarining agrokimyoviy xossalari //Fanning dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani materiallari.-F.: FDU. - 2018. - C. 84-86.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.