Научная статья на тему 'JANUBIY FARG‘ONA TUPROQLARINING BIOMIKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI VA RAQAMLI XARITALASH'

JANUBIY FARG‘ONA TUPROQLARINING BIOMIKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI VA RAQAMLI XARITALASH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
20
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq-geokimyoviy xaritalar / akkumullyatsiya / biomikroelement / o‘simlik / baryer / ta’minlanganlik darajasi / differensiatsiya

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mirzayev Ulug‘bek Burxonovich, Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna

Maqolada biomikroelementlar, ya’ni rux, marganets, bor, molibdenlarni o‘simlik va tirik organizmlar uchun ahamiyati, tuproqdagi ta’minlanganlik darajasi va harakatchan marganets uchun geokimyoviy raqamli xarita keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANUBIY FARG‘ONA TUPROQLARINING BIOMIKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI VA RAQAMLI XARITALASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

JANUBIY FARG'ONA TUPROQLARINING BIOMIKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI VA RAQAMLI XARITALASH

1Mirzayev Ulug'bek Burxonovich, 2Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna

1Farg'ona davlat universiteti, b.f.n., dotsent 2Farg'ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.8009517

Annotatsiya. Maqolada biomikroelementlar, ya'ni rux, marganets, bor, molibdenlarni o'simlik va tirik organizmlar uchun ahamiyati, tuproqdagi ta'minlanganlik darajasi va harakatchan marganets uchun geokimyoviy raqamli xarita keltirilgan.

Kalit so'zlar: tuproq-geokimyoviy xaritalar, akkumullyatsiya, biomikroelement, o'simlik, baryer, ta'minlanganlik darajasi, differensiatsiya.

Bugungi kunda tuproq-geokimyoviy tadqiqot natijasidagi xaritanomalarning ham obyekti tuproq va tuproq qoplami, xususan tuproqdagi kimyoviy elementlar hisoblanadi. Kimyoviy elementlar hamda moddalarning tabiiy va texnologik oqimlari, shuningdek ularning o'zaro ta'sirini aks ettiruvchi alohida yangi yo'nalishdagi xaritanomalar qatoridan raqamli tuproq-geokimyoviy xaritalari joy oladi. Chunki har qanday geokimyoviy jarayon tuproqda sodir bo'ladi, unda kimyoviy elementlar va moddalar akkumulyasiyalanadi, differensiatsiyasi kuzatiladi. Bu jarayon faqat tabiiy yo'l bilan sodir bo'lmasdan, balki texnogen ta'sirda ham sodir bo'ladi. Bu holatlar tuproqlarda, o'simliklarda atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda har xil ijobiy va salbiy ko'rinishda namoyon bo'ladi.

O'zbekistonda dastlabki bunday ishlar Ye.K.Kruglova, M.M.Aliyeva, G.I.Kobzeva va T.P.Popovalar nomlari bilan bog'liq bo'lib, ular tomonidan respublikaning sug'oriladigan tuproqlarda mikroelementlar va mikroo'g'itlardan foydalanish bo'yicha monografiya tayyorlandi va dastlabki kartosxemalar ishlab chiqildi Bu xaritalar asosida sug'oriladigan tuproqlar maydoni biomikroelementlarning yalpi va harakatchan miqdorlari bo'yicha tasnifi ishlab chiqilgan (1-jadval).

1-jadval

Biomikroelementlar bilan ta'minlanganlik darajasi tasnifi

Ta'minlan- ganlik darajasi yalpi, mg/kg harakatchan, mg/kg

Zn Mn B Mo Zn Mn B Mo

Yetarli emas <52 <600 <53 <1,5 <1,5 <80 <0,8 <0,25

Meyorida 52-70 601-800 54-100 1,6-3,0 1,5-2,5 81-100 0,81-1,2 0,26-0,35

Yuqori >70 8001000 101-150 3,1-4,5 >2,51 101-150 1,21-3,0 >0,36

To'yingan - >1000 >150 >4,5 - >150 >3,0 -

Tuproqlarning biomikroelementlar bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra to'yingan, yuqori, meyorida, yetarli emas darajalariga ajratilgan bo'lib, tuproqlardan samarali faydalanish nafaqat ichki bozorni balki, dunyo bozoring olib chiqish uchun eksportbop ekologik toza, sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish uchun ham tuproqdagi biomikroelementlarni chuqur biogeokimyoviy tahlili va raqamli xaritalarini tuzishni zarurati bor.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'simliklarni mikroelementlarga bo'lgan talabi tabiiy sharoitlarda hamda sug'oriladigan tuproqlarda tuproq hisobidan qondiriladi. Bu guruh mikroelementlarga asosan mis, ruh, marganets, bor, kobalt, molibdenlar kiradi. O'simliklar orqali hayvonot dunyosi va insonlarni bu elementlarga bo'lgan talabi qondiriladi. Shu bois ushbu elementlarni tuproqdagi miqdori, migratsiya va akkumulyatsiyasi katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi Shu bois ushbu elementlarni tuproqdagi miqdori, migratsiya va akkumulyatsiyasi katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ko'pchilik olimlarning tadqiqot natijalariga ko'ra, bu mikroelementlarning miqdori tuproqning qator xossalariga, xususan, mexanik tarkibiga va qatlam qalinligiga bog'liq

[1, 4].

Fermer xo'jaliklari tuproqlarida o'simliklar uchun mikroelementlar yetishmasligini o'rganishda yirik masshtabli kartogrammalar tuzish kerakligini o'z davrida olimlar Ye.K.Kruglova, V.G.Meneyevlar tomonidan ta'kidlangan bo'lib, mikroo'g'itlarni qo'llash, xususan ammofos yoki boshqa mineral o'g'itlar bilan qo'shib berish birinchi vazifa sifatida belgilash talab etiladi.

Keyingi vaqtlarda NPK li mineral o'g'itlarni yuqori meyorda solish amaliyoti kuchayib bordi. Ye.K.Kruglova va boshqalarning ta'kidlashicha, ushbu o'g'itlarni meyorini oshirilishi g'o'zada hosil miqdorini ortishiga olib kelmayapti, faqat tuproqqa kam miqdorda o'simliklarga oson o'zlashadigan mikroelementlarni kiritish 10-12% ga hosil miqdorini oshirishga olib kelmoqda.

Shohimardonsoy konus yoyilmasi tuproqlarida mikroelementlarning yuqori miqdori, to'yingan provinsiyasi uchun tuproq-geokimyoviy kartogrammasi tuzish va mikroelementli o'g'itlar solish tavsiya etilmaydi.

Biz ham yuqoridagi tasnif va uslubiyatlar asosida Shohimardonsoy konus yoyilmasi Vodil Qizilqo'rg'on massivi "Inoyatxon Shahnoza" va Damko'l Oqtom Guliston massivi "Rahmonali Kenjayev" nomli fermer xo'jaliklari uchun harakatchan Mn, Mo va Zn elementlari uchun kartogramma ishlab chiqib amaliyotga joriy qilindi.

O'simliklar oziqlanishida, hosil va uni sifatini shakllanishida mikroelementlar, xususan, marganets, molibden va rux muhim ahamiyat kasb etishi o'z davrida ko'pchilik olimlar tomomnidan ta'kidlangan. Mikroelementlar o'simliklarda kechadigan ko'plab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ular ko'pchilik fermentlar, vitaminlar, o'suv moddalari tarkibiga kirib, biokimyoviy jarayonlarni biologik tezlatuvchi va boshqaruvchi rolni bajaradi.

Shohimardonsoy konus yoyilmasi "Vodil Qizilqo'rg'on" massividagi "Inoyatxon Shahnoza" nomli fermer xo'jaligining tuproqlari harakatchan Mn, Mo va Zn miqdorlariga ko'ra kam ta'minlangan guruhga kiradi (2-jadval). Quyida marganetsning Ye.K.Kruglova va boshqalar ma'lumotlari asosida eskidan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlardagi harakatchan miqdori ishlab chiqildi.

2-jadval

"Vodil Qizilqo'rg'on" massivi "Inoyatxon Shahnoza" fermer xo'jaligi eskidan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarida harakatchan Mn ning miqdoriy tasnifi

Mn bilan ta'minlanganlik darajasi Tuproqda, mg/kg hisobida Miqdori, mg/kg Maydoni, gektarda

Kam <80 33,6 62

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

O'rtacha 81-100

Yuqori 101-150

Juda yuqori >150

Rasm-1. Marganets mikroelementi miqdorining raqamli kartogrammasi

REFERENCES

1. ro^gameB, F., CoraGo^gneBa, r. T., & ÄögyxaKHMOBa, X. X. (2020). BIOGEOCHEMICAL PROPERTIES OF CALCIUM AND STRONTIUM IN GRAY SOILS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(5), 61-67.

2. Abduxakimova, X. A., & Isagaliyev, M. T. (2020). Izmeneniye soderjaniya mwshyaka i tyajelbix metallov v serozemax Yuga Ferganw. Nauchnoye obozreniye. Biologicheskiye nauki,(4), 16-21.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

3. Абдухакимова Х. А. Шохимардонсой конус ёйилмаси сугориладиган тупрокларининг геокимёси //Б. ф. ф. д. дисс. автореф. Фаргона. - 2021. - Т. 42.

4. Isag'aliyev M., Abduxakimova X., Mirzajonov I. Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarining agrokimyoviy xossalari //Fanning dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani materiallari.-F.: FDU. - 2018. - С. 84-86.

5. Murodjon I., Gulyam Y., Khusnida A. Geochemistry of biomicroelements in irrigated serozems in the south of Fergana//European science review. 2018. Т., №. 11-12. С. 25-27.

6. Yuldashev G'., Sotiboldiyeva G., Abduxakimova X. Biogeochemical features of rare elements in irrigated, colmated soils. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 2020. 105-110 b.

7. Исагалиев, М. Т., Юлдашев, Г., Абдухакимова, Х. А., & Обидов, М. В. (2020). Биомикроэлементы в сероземах юга Ферганы. In Аграрная наука-сельскому хозяйству (pp. 364-366).

8. Isag'aliyev, M., Abduxakimova, X., & Mirzajonov, I. (2018). Sug 'oriladigan o 'tloqi saz tuproqlarining agrokimyoviy xossalari. Fanning dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani materiaUari.-F.: FDU, 84-86.

9. Абдухакимова, Х., Сотиболдиева, Г., Юлдашев, А., & Маматов, Ж. (2022). Сугориладиган буз тупрокларининг агрокимёвий хусусиятларини дехкончилик таъсирида узгариши.". Агроилм" жур. Т, (4), 57-58.

10. Obidov, M., Isagaliev, M., Abdukhakimova, K., & Madalova, M. (2021). COEFFICIENT BIOLOGICAL ABSORPTION OF HEAVY METALS IN MEDICINAL PLANTS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1339. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

11. Юлдашев, Г., Исагалиев, М., Хайдаров, М., & Абдухакимова, Х. (2019). Теоретические основы применения гуминовых препаратов на орошаемых светлых сероземах. Живые и биокосные системы, 29.

12. Sotiboldiyeva, G., Abdukhakimova, K., & Niyozov, Q. (2021). About digital mapping of biomicroelements: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1366. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

13. Sotiboldieva, G., Abduxakimova, X., Mirzakarimova, I., Xojiboev, B., & Qirgizova, M. (2022). СУГОРИЛАДИГАН БУЗ ТУПРО^ЛАР МИНТА^АСИДА КАЛЬЦИЙНИНГ БИОГЕОКИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ. Science and innovation, 1(A7), 121-126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.