Научная статья на тему 'IKKILAMCHI SHO‘RXOKLAR MORFOLOGIYASI, SHAKLLANISHI, TUZ TARKIBI VA EVOLYUTSIYASI'

IKKILAMCHI SHO‘RXOKLAR MORFOLOGIYASI, SHAKLLANISHI, TUZ TARKIBI VA EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
54
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mineralizatsiya / sho‘rxoklar / sizot suvlari / tuzlar zaxirasi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yuldashev G‘, Z.Azimov, I.Mamajonov

Ushbu maqalada ikkilamchi sho‘rxoklar morfologiyasi, shakllanishi, tuz tarkibi va evolyutsiyasi yoritilgan bo‘lib, unda suvli so‘rim tarkibining sifat o‘zgarishi va miqdoriy ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan. Unda Mardon fermer xo‘jaligi hududida shakllangan ikkilamchi sho‘rxoklarda sizot suvlarining sathi nisbatan baland bo‘lganligi tufayli, Abdulloh fermer xo‘jaligi hududidagi sho‘rxoklardan ko‘pligi qayd etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKILAMCHI SHO‘RXOKLAR MORFOLOGIYASI, SHAKLLANISHI, TUZ TARKIBI VA EVOLYUTSIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

IKKILAMCHI SHO'RXOKLAR MORFOLOGIYASI, SHAKLLANISHI, TUZ TARKIBI

VA EVOLYUTSIYASI 1Yuldashev G'.,2Z.Azimov , 3I.Mamajonov

1Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.d., professor 2'3Farg'ona davlat universiteti, tayanch doktonatlar https://doi.org/10.5281/zenodo.8007288

Annotatsiya. Ushbu maqalada ikkilamchi sho'rxoklar morfologiyasi, shakllanishi, tuz tarkibi va evolyutsiyasi yoritilgan bo'lib, unda suvli so'rim tarkibining sifat o'zgarishi va miqdoriy ko'rsatkichlari ko'rsatilgan. Unda Mardon fermer xojaligi hududida shakllangan ikkilamchi sho'rxoklarda sizot suvlarining sathi nisbatan baland bo'lganligi tufayli, Abdulloh fermer xojaligi hududidagi sho'rxoklardan ko'pligi qayd etilgan.

Kalit so'zlar: mineralizatsiya, sho'rxoklar, sizot suvlari, tuzlar zaxirasi.

Markaziy Farg'onaning markaziy qismi va daryolarning konus yoyilmalarini chekka qismlarida sho'rxoklar shakllangan. Hozirgi kunda ana shu sho'rxoklar dehqonchilikka tortiladigan yer fondlaridan biriga aylanib qolgan. Bu holat xususan Farg'ona vodiysiga xos [1]. Misol uchun yangidan o'zlashtirilgan sho'rlangan o'tloqi-saz tuproqlar ichida ikkilamchi, aniqrog'i sho'ri yuvilgan maydonlardagi relyef jihatdan nisbatan kichik-kichik balandliklari bilan ajralib turadigan, lekin 2019 yilning 22 oktabr kunida sho'rxoklar ko'rinishi holiga kelib qolgan sho'rxoklardan iborat bo'lib, ular Yozyovon tumanidagi "Abdullox" va "Mardon" fermer xo'jaliklari dalasi ekinlari ichida xususan qo'qon jo'xori ekilgan maydon o'rtasida, bug'doydan keyin ekilmay qolib ketgan dala ichida joylashgan. Ushbu yerlardan olingan tayanch kesmalarning biridagi morfologik belgilarga kelsak, u quyidagicha tavsiflanadi.

Bu borada Isfayramsoyning o'ng shoxobchasi Quvasoy daryosining ko'lli konuslarida, ya'ni cho'kmasida keng tarqalgan Yozyovon tumanida joylashgan "Abdulloh" nomli fermer xo'jaligidagi 11 gektarli hozirda o'zlashtirilgan, ya'ni ikkilamchi sho'rxoklarga aylangan sho'rxoklar morfologiyasi bilan tanishsak. Tayanch kesma 2019 yil oktabr oyida, ya'ni 10 oktabrda muallif tomonidan olingan va tavsif berilgan.

Kesma 1. "Abdulloh" fermer xo'jaligining 11 gektarli maydoni o'rtasida joylashgan. Joylashgan o'rni tadqiqot obyektidagi rasmda ko'rsatilgan. Fermer xo'jaligi tomonidan 10-15 yildan buyon dehqonchilik qilinadi, hozirgi holati sho'rxoklar qatoridan joy oladi, lekin har yili sho'ri yuviladi va dehqonchilikka tortiladi, aniqrog'i boshoqli don yetishtirishda foydalaniladi. Kuzatuv yilida ikkinchi ekin, ya'ni bug'doydan keyin ekilmagan, begona o'tlar, xususan bangidevona, ituzum, qililmiya, qo'ytikan, qamish va boshqalar avj olib o'sib turibdi. Fermer vaqtinchalik madaniy yaylov sifatida foydalanib turibdi.

0-23 sm. Haydov qatlami och bo'zrang, usti, ya'ni tuproq yuzasi oq dog'lar bilan qonlangan. Kulrang, tovlanib turadi, usti quruq, quyi tomon namlik darajasi yuqorilashib boradi, og'ir va o'rta qumoq, donadek kesakchali, yumshoq, mayda ildizlar oz bo'lsada ajralib turadi, yumshoq mog'orsimon oqish dog'lar qatlamning quyi qismlarida uchraydi. Yangi yaralmalar mavjud, qo'shilmalar yo'q, keyingi qatlamga o'tish xususiyati zichligiga ko'ra.

23-50 sm. Haydov osti qatlami bo'lib, to'liq shakllanmagan, ya'ni haydov qatlamidan ajralib turadi, nisbatan zichroq. Eskidan sug'oriladigan yerlardagi haydov osti qatlami, ya'ni plug osti o'ta zich qatlamga o'xshab 10-15 sm qalinlikda ajralib turadigan darajada shakllanmagan, og'ir va o'rta qumoq, mayda ildizlar, chala chirigan alohida o'simlik ildizi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

mavjud, yumshoq mog'orsimon dog'lar, oq dog'lar, tuzli dog'lar mavjud. Qo'shilmalar yo'q, lekin qatlamning quyi chegarasida yangi yaralmalar, xususan tomirli dog'lar ko'p. Keyingi qatlamga o'tish xususiyati sekinlik bilan rangiga ko'ra.

50-100 sm. Och bo'zrang, tomirli sarg'ish va ko'kimtir-yashil dog'lar qatlamning ustidan boshlab quyi chegarasigacha ortib boradi, og'ir va o'rta qumoq, nisbatan zich, ildizlar kam, yangi yaralmalar ko'p, qo'shilmalar yo'q, gipsli va ohakli dog'lar, arzik-shoxli donachalar qattiq ko'rinishda uchraydi. Keyingi qatlamga o'tish xususiyati rangiga va namligiga ko'ra sekinlik bilan.

100-150 sm. Nam va xo'l holatda qoramtir kulrang bo'lib, jigarrang va kulrang tovlanib turadi, ko'kimtir-yashil, qora dog'lar ko'p, o'rta qumoq, yuqori namlikka ega, quyi tomon namlik ortib to'qnam, ya'ni kontakt zonalarda xo'l, qatlamning oralaarida suv va havo tiqilib qolgan, tuzlar bilan to'lib qolgan g'ovakliklarni ko'rish mumkin. Ildizlar va hayvonot dunyosi izlari yo'q, 145-150 sm larda sizot suvlar buloqday otilib chiqadi, ta'miga ko'ra achchiq va sho'r, hidli.

Ko'rinib turibdiki tuproq qatlami dog'lar shaklida mavjud bo'lib, ularning ayrimlarini genezisi F.R. Zaydelman va boshqalar [2,3,4] tomonidan yoritilgan. Yana sho'rlangan tuproqlar, sho'rxoklar va boshqalar ham mavjud. Harakterli xususiyatlaridan biri tosh-shag'alli qatlamlar yo'q, qolaversa Quvasoy konus yoyilmasining chekka qismlarida sho'rxoklar shakllangan, lekin ko'p emas.

Mexanik tarkib og'irlashgan sayin, sho'rxoklar maydoni oshib boradi, albatta minerallashgan sizot suvlari bilan bog'liq holda. Shuni alohida qayd etish kerakki, avvalo qayd etilganidek ikkilamchi, ya'ni inson omili ta'sirida katta maydonlarda shakllangan sho'rxoklar minerallashgan sizot suvlari chuqur bo'lmagan cho'l sharoitida xususan og'ir mexanik tarkibli sharoitda shakllanadi. Unga to'g'ri ta'sir ko'rsatib borilsa, o'tloqi-voha tuproqlarigacha evolyutsiyalanishi mumkin. Lekin bu jarayon qaytar, uni quyidagicha tasvirlash mumkin.Sho'rxoklar ^ sug'oriladigan o'tloqi-saz tuproqlar ^ ikkilamchi sho'rxoklar ^ yuvilgan sug'oriladigan o'tloqi-saz tuproqlar ^ o'tloqi-voha tuproqlar.

Bu jarayon murakkab bo'lib, har biri o'ziga xos sharoitda yuzaga keladi, shu bilan birga o'ziga xos fizikaviy, agrokimyoviy xossalariga ega bo'ladi. Bu nuqtai-nazardan qaraydigan bo'lsak, tabiiy yodgorlik tariqasida ajratilgan hududdagi sho'rxoklar bilan, Quva tumanidagi tajriba stansiyasi maydonida joylashgan qo'riqxona sho'rxoklari tuzlar tarkibi va miqdori jihatidan yaqinligi ko'rinib turibdi (1-jadval).

1-jadval

Sho'rxoklarda zararli va zararsiz tuzlarning o'zgarishi, t/ga

kesma tartib raqami va joyi chuqurligi, sm tuzlar t/ga

zararli zararsiz jami zararli tuzlarning jamiga nisbatan % miqdori

Kesma-1. Yozyovon tumani "Abdullox" f/x ikkilamchi sho'rxok 0-50 119,69 77,94 197,63 60,6

50-100 52,50 39,76 92,26 56,9

0-100 172,19 117,6 289,89 59,4

Kesma-2. Yozyovon tumani, "Mardon " f/x, ikkilamchi sho'rxok 0-50 116,34 81,2 197,54 58,9

50-100 79,38 49,41 128,79 61,6

0-100 195,72 130,61 326,30 60,0

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Shuncha tuzlar tarkibini va miqdorlarini ko'rib chiqdik, jiddiy xulosalar uchun zaharli va zaharsiz tuzlarni 0-50 sm, 50-100 sm, 0-100 sm qatlamlaridagi miqdorlari ushbu tuproqlarni sho'rini yuvish uchun asos bo'ladi. Jadval ma'lumotlariga ko'ra 0-50 sm qatlamda tabiiy yodgorlik sho'rxoklarida 160,92 t/ga, qo'riqxona sho'rxoklarida esa 127,9 t/ga zaharli tuzlar va ushbu qatlamda mos ravishda 109,0 hamda 67,8 t/ga zaharsiz tuzlar akkumulyatsiyalangan, keyingi, ya'ni 50-100 sm da esa zaharli tuzlar mos ravishda 197,2-109,0 t/ga, zaharsizlari esa 137,43 hamda 121,33 t/ga miqdorni tashkil qiladi.

Jamida ham ushbu raqamlarga mos ravishda 604,6 va 419,9 t/ga tuzlar mavjudligi aniqlangan. Ammo ikkilamchi sho'rxoklarda keskin o'zgarishlar tuzlarning akkumulyatsiyasida ko'zga tashlanadi. Bu o'rinda qiziqarlisi 2 va 1 kesmalarning 0-100 sm qatlamlarida jami tuzlar yig'indisida keskin farq bor, ya'ni 1 kesmada jami tuzlar 290 t/ga bo'lgan taqdirda 2 kesmada 326,3 t/ga ni ya'ni 36,3 t/ga farqni tashkil qiladi. Demak "Mardon" fermer xo'jaligida sizot suvi yer yuzasiga "Abdullox" fermer xo'jaligiga nisbatan yuqori bo'lganligi tufayli tuproqni sho'rlanishi nisbatan jadal sur'atda kechgan. Yuqorida ushbu tuproqlarda soda hosil bo'lishi jarayoniga to'xtalgan edi, lekin illi qatlamlarda, xususan kontakt zonalarda mikroorganizmlar ishtirokidagi soda hosil bo'lishiga to'xtalmagan edi. Ushbu zonada, ayniqsa gleyli, kislorod yetishmaydigan sharoitda, hamma sho'rxoklarda xususan ikkilamchi sho'rxoklarda soda nazariy jihatdan sulfobakterlar ishtirokida sxematik tarzda quyidagicha hosil bo'lgan bo'lishi mumkin.

Na2SO4 + Fe(OH)3 + 9H+ ^ FeS + 2NaOH + 5H2O;

2NaOH + 2CO2 ^ 2NaHCO3;

2NaHCO3 ^ Na2CO3 + H2O + CO2.

Bu o'rinda sulfatlar, ya'ni MgSO4, FeSO4, Na2SO4 va boshqalar ham qaytarilish jarayonida qatnashishi mumkin. Nima uchun soda ushbu holatda hosil bo'ladigan bo'lsa, ko'p miqdorda hosil bo'lmaydi, sulfatlar yetarliku? Ushbu savol bo'lishi tabiiy, lekin ushbu jarayon organik modda energiyasi hisobiga sodir bo'ladi, sho'rxoklarda esa organik modda juda kam, sizot suvlari bilan gleyli qatlam onalik jinslarini kontakt zonalarida yana ham kam, shunga qaramasdan sulfobakterlar bu yerda tuzlar, gidroksidlar tarkibidagi kisloroddan foydalanadi. Umumiy olganda hamma sho'rxoklarda hosil bo'lgan tuzlar bug'lanuvchi va karbonat-gipsli ikki tomonlama pedobiogeokimyoviy baryerlarda akkumulyatsiyalanadi. Bunday baryerga, cho'l mintaqasida sulfatli, qisman xloridli tuzlarni akkumulyatsiyasi xos bo'lib ular o'zaro korrelyatsiyalanadi (2-jadval). Olingan hisob-kitoblar natijalariga ko'ra ushbu juftliklarda

o'rtacha kvadratik chetlanishlar 0,14-0,63 ni, variatsiya koeffitsiyentlari 36,9-46,3 ni, korrelyatsiya koeffitsiyentlari 0,76-0,98 ni tashkil qiladi. Eng zich korrelyatsiya koeffitsiyenti quruq qoldiq, ya'ni tuzlar summasi bilan zaharsiz tuzlarga, eng kuchsiz esa osh tuzi bilan zaharsiz tuzlarga to'g'ri keladi.

2-jadval

Tuzlarning o'zaro korrelyatsiyasi

Juftliklar O'rtacha kvadratik chetlanish, ± Variatsiya koeffitsiyenti, ± O'rtacha xatolik, ± Korrelyatsiya koeffitsiyenti Korrelyatsiya koeffitsiyenti kvadrati

Zaharli:zaharsiz 0,63 40,8 0,16 0,90 0,81

Quruq 0,63 40,8 0,16 0,98 0,97

860

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

qoldiq:zaharsiz 0,40 39,8 0,10 0,96 0,92

Quruq 0,44 46,3 0,12 0,88 0,77

qoldiq:zaharli

0,44 46,3 0,11 0,95 0,90

Zaharsiz:

MgSO4 0,14 36,9 3,71 0,89 0,79

Zaharli: 0,14 36,9 3,71 0,76 0,58

MgSO4

Zaharli:NaCl

Zaharsiz : NaCl

Bug'lanuvchi baryerlar uchun cho'l mintaqasining xarakterli xususiyati sho'rlangan qatqaloqlar, uning tagidagi tuzli qatlamlar, shularga mos ravishda sho'rxoklar florasi Markaziy Farg'ona sho'rxoklarining pedobiogeokimyoviy baryerlarida kuchsiz ishqoriy muhit ta'sirida Na, K, Cl, S, Ca, Sr, Mo, Se va boshqa makro- va mikroelementlar, siklik elementlar akkumulyatsiyalanadi.

natriy karbonat kalsiy gidrokarbonat kalsiy sulfat

magniy sulfat magniy xlorid —•—natriy sulfat

1-rasm. Ikkilamchi sho'rxoklarning tuzlar tarkibi va miqdori, % (kesma 1)

—♦—natriy karbonat —■—kalsiy gidrokarbonat —A—kalsiy sulfat —*—magniy sulfat —*—magniy xlorid —«—natriy sulfat

2-rasm. Ikkilamchi sho'rxoklarning tuzlar tarkibi va miqdori, % (kesma 2)

Yuqoridagi ma'lumotlar asosida ushbu sho'rxoklardagi suvda eruvchi tuzlar miqdorini (1-2-rasmlar) ruxsat etilgan konsentratsiyaga tushirish uchun Volobuyev formulasi asosida sho'r yuvish uchun sarflanadigan suv miqdorini zaharli tuzlar asosida hisoblaydigan bo'lsak, quyidagi miqdorlarda suv sarflanadi ya'ni sho'rxoklar uchun bu ko'rsatkich 11530 dan 9000 m3/ga bo'lib, ushbu ma'lumotlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. Панков М.А. Почвы Ферганской области: Т. 1957. 53 с.

2. Зайдельман Ф.Р Теория образования светлых кислых элювиальных горизонтов почв и ее прикладные аспекты. М. 2010. 248 с.

3. Закирова С.Х., Г.Юлдашев Повышения производительной способности песков Фергана. 2022. 196 с.

4. Юлдашев F., Рахимов А., Азимов З.М Шурланган тупроклар мелиорацияси. Тошкент 2022. 257 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.