Научная статья на тему 'SHE’RIYATDA RITORIK MUNOSABAT VA BADIIY MOHIYAT'

SHE’RIYATDA RITORIK MUNOSABAT VA BADIIY MOHIYAT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
233
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ritorik munosabat / badiiy nutq / yashirin dialog / nutqiy integratsiya / badiiy kommunikatsiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Matyakupov Sa’Dulla Gaipovich

Maqolada she’riyatda ritorik munosabat hosil qilish usullari, yashirin dialogning vujudga kelishi, badiiy nutqda tasvir va ifoda muqobilligi masalalari ilmiy-nazariy umumlashtiriladi. Shuningdek, hayotni poetik tadqiq etish jarayonida murojaat shakli vazifadoshligi, monolog va ruhiy kechinma tadriji tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHE’RIYATDA RITORIK MUNOSABAT VA BADIIY MOHIYAT»

SHE'RIYATDA RITORIK MUNOSABAT VA BADIIY MOHIYAT

Matyakupov Sa'dulla Gaipovich sadulla.yoqub@gmail.com Nukus davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada she'riyatda ritorik munosabat hosil qilish usullari, yashirin dialogning vujudga kelishi, badiiy nutqda tasvir va ifoda muqobilligi masalalari ilmiy-nazariy umumlashtiriladi. Shuningdek, hayotni poetik tadqiq etish jarayonida murojaat shakli vazifadoshligi, monolog va ruhiy kechinma tadriji tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: ritorik munosabat, badiiy nutq, yashirin dialog, nutqiy integratsiya, badiiy kommunikatsiya.

RHETORICAL ATTITUDE AND ARTISTIC ESSENCE IN POETRY

Matyakupov Sadulla Gaipovich sadulla.yoqub@gmail.com Nukus State Pedagogical Institute

Abstract: The article summarizes the methods of creating a rhetorical attitude in poetry, the creation of a hidden dialogue, the alternative of image and expression in artistic speech. Also, in the process of poetic research of life, the function of the form of address, the monologue and the dynamics of spiritual experience are analyzed.

Keywords: rhetorical attitude, artistic speech, hidden dialogue, speech integration, artistic communication.

Lirikada so'zga yuklatilgan ritorik munosabat tadqiq sahniga chiqqan holda matndagi nozik tuyg'u muallif shaxsiyati va she'r ruhiyatini bir-biriga muqobillashtiradi. Aynan badiiy nutqda tasavvur va g'oya raqobatga kirishuvini inobatga olsak, mazkur masala mohiyati yanada oydinlashadi. Poetik tushunchada ma'no tarmoqlanishi tahlil malakasi ustuvorlashuviga zamin hozirlaydi. Ushbu jarayonda ijodiy hamkorlik qadriyat, an'ana va madaniyat jipslashib, adabiy talqin ijtimoiy voqelik hamda badiiy shartlilikni vujudga keltiradi. Matndagi qiymat, nuqtai nazar va idrok she'riy yo'sin tabiatini belgilaydi. Lug'aviy birlik o'rnini egallaydigan matn esa ritorik munosabat yaratadi. Unda kuzatish va mushohada qorishgan holda ijodkorning dialoglashgan tuyg'ularini yuzaga chiqaradi va bundan poetik idrok shakllanadi.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,

Hammaga ishondim, mana oqibat:

O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,

Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat [6. 57].

Muhammad Yusuf qalamiga mansub "Onamga xat" she'ri olti banddan iborat. Unda cheksiz sog'inch yuragini o'rtagan farzand ona siymosi bilan ritorik munosabatga kirishadi. "Tunlari charog'on shunday shaharda" ham yolg'iz lirik subyekt hayot va xayol ziddiyatidan iztirob chekadi. Orzularga hamroh ko'ngil izhori dag'al voqelik silsilasida sinadi. Ruhiy holatning aniq manzarasi hamda ifoda mantig'i soddaligi she'rga samimiyat baxsh etadi. Muallif dil rozini oshkor etish yordamida kitobxon qalbida hamdardlik uyg'otadi. Shuning uchun ham aldov va riyodan holi satrlar o'quvchini ishontirgan holda murojaat zamiriga singib ketgan savol kitobxonni ham o'yga toldiradi. Binobarin, "ichki dunyosi boy ko'ngil kishilariga yashash hamisha qiyin kechadi. Sababi bunday shaxs voqelikning hech qanday ishtirokisiz ham doim qarama-qarshi ikki kuch: ruh va tana o'rtasidagi kurash og'ushida kun kechirishga mahkum. Ruhiyat, ko'ngil odamni yuksaklarga chorlasa, tana uni yerga tortib, nafsning istaklarini qondirishga undaydi" [4. 306].

Chinakam tuyg'udan o'sib chiqqan, ezgulik va go'zallikka qoniq misralar har qanday g'araz hamda manfaatdan yuksak turadigan nozik sezimni uyg'otadi. Ta'kidlash kerakki, she'r ritorikasi hayotiy vaziyatni oydinlashtiradi, muloqot ishtirokchilari nuqtai nazarini keskinlashtiradi, badiiy axborotning yo'naltirilganlik darajasini tavsiflaydi, tahlil va talqin o'rin almashinuv jarayonini markaziy nuqtaga olib chiqadi. Tasvir va ifoda esa bir-birini to'ldiruvchi omilga o'zgaradi. Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oq badan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman... [6. 57].

Lirik qahramon tomonidan g'oyat o'ziga xos sharhlangan ruhiy holat muallif pozitsiyasini belgilab beradi. Maqsad va vazifa nisbati esa tasvirdagi manzaradan harakatga o'tishga zamin hozirlaydi. She'r mohiyatidan anglashiladigan dard ("Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon") lirik qahramon ("Uyuridan ajrab qolgan qulunday") ahvoliga sabab bo'ladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ichki nutq qo'llangan tashbehdan tugallanmagan ifoda munosabatini hosil qilishga yo'naltiriladi. Aniqrog'i, matn darajasidan muallif tanloviga o'tish monologik tafakkur mutanosibligini vujudga keltiradi. Dialog talqinida "san'atkorning san'ati shundaki, u har bir so'z, holatdagi ma'nolarni bus-butun qamrab olishga so'zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga intiladi" [8. 44]. Bu vaziyatda so'z ruhiy holat va poetik g'oya bilan aloqaga kirishadi. She'rda muallif tinglovchi sifatida parda ortidagi ona timsolini tanlab oladi.

She'riyat muttasil rivishda inson idrok tuyg'usini tahlil qilishga intiladi. Chunki ushbu holat sabab va oqibat o'rtasida munosabat hosil qiladi, his-tuyg'uni ma'no tarangligiga yo'naltiradi. Unda tasvir ruhiyati teranligi, bilish va anglash darajasi tadriji, falsafiy fikr yangilanishi his qilinadi. Shakl va ifoda yurishi davomiyligi, g'oya estetik quvvat-hofizasini belgilash ehtiyoji, tushunchada tashbeh o'yini she'riy nutqda o'ziga xoslik kasb etadi. Binobarin, tuyg'u va ong ziddiyati matn yaxlitligini ta'minlaydigan tayanch markaz, izchil mushohada miqyosini kengaytiradigan tuyg'u aniqlikdan mavhumlik paydo etadi. Aslida oniy kechinmani ilg'ash murakkab jarayon hisoblanadi.

Lo'lilardan bir to'p bola so'rashdi bir kun:

- Ayting qani, biror Vatan bormi sizlarda?

Ular dedi:

- Kezmas edik dunyoni dilxun

Sizlar aytgan o'sha Vatan bo'lsa bizlarda... [1. 233].

Azim Suyunning "Vatan" she'rida ritorik ohang ifoda va hikmatni uyg'unlashtiradi. Munosabatli nutq azaliy hamda abadiy muammo - odamzod kindik qoni to'kilgan yurtdan bahs ochadi. Bolalar va lo'lilar orasida kechgan muloqot kitobxonni o'yga toldiradi: hamisha o'ziga tortib turadigan go'sha qanday sir-sinoatga ega?! Bu holatni his qilish oson emas, zotan, bir siqim tuproq qadrini musofir yaxshi ilg'aydi. Murojaat keskinligi (Ayting qani, biror Vatan bormi sizlarda?) hamda javob aniqligi (Kezmas edik dunyoni dilxun, Sizlar aytgan o'sha Vtan bo'lsa bizlarda) masalani yanada oydinlashtiradi. Shoir tafsilotdan anglashilgan g'oya zalvoriga e'tibor qaratmaydi, balki u keltirib chiqargan kayfiyat ifodasiga urg'u beradi. Bu o'rinda badiiy nutq so'zlovchi va tinglovchi manfaatini tenglashtiradi. Ichki ruhiyatda mujassamlashgan kompozitsiya dialogni yetakchi estetik baholash mezoni darajasiga chiqaradi.

Odatda, rivoya texnikasi she'rda tavsifiylikni tartibga solib turish vazifasini o'taydi. Unda hayotiy aqida tuyg'u haqqoniyligiga payvandlanadi. Shakl tugallanmasiga intiladigan ong tipida mohiyat yaxlitligini ta'min etish darajasi ustuvorlashadi. Eng avvalo, monolog va dialog munosabatida mushohada yig'iqligi badiiy axborot ta'sirchanligi hamda tezkorligini belgilash imkonini beradi. Muayyan she'r poetik strukturasida ko'zga tashlanadigan radikal o'zgarishlar (assotsiatsiyalar, tahlil malakasi) aslida nutq tiplari mustaqilligi janr pozitsiyasini egallashga mayl kuchayishi natijasi o'laroq hosil bo'ladi. Mavjud vaziyatda mavzu va muammo ta'kidi tadqiq sahniga chiqib, universal tamoyillarni tubdan o'zgartirib yuboradi.

- Azizim, aytingchi muhabbat nima?..

- Hayot dengizida suzgan bir kema:

Kimnidir bag'riga olgay qo'noqqa,

Kimnidir u tashlab ketgay qirg'oqqa [1. 233].

"Muhabbat" she'ri odatiy savol-javob asosiga qurilgan. Ma'shuqa tomonidan berilgan so'roq (Azizim, aytingchi muhabbat nima?) va masalaga oydinlik kiritishga xizmat qiladigan keng sharh (Hayot dengizida suzgan bir kema: kimnidir bag'riga olgay qo'noqqa, kimnidir tashlab ketgay qirg'oqqa) bir-birini to'ldiradi. Tayanch so'z-timsol (kema) hayot dengizida ikki qutb (ezgulik va razolat) qarama-qarshiligini tavsiflaydi. Joriy holatda tahlil malakasi nozik tasvir, ruhiyat dramatizmi hamda tarang vaziyatni jipslashtirishga xizmat qiladi. Ma'naviy mezon va axloqiy o'lcham qorishiqligi esa poetik ifoda yangilanganligini ko'rsatib beradi.

Til materialidan vazifa hamda maqsadga ko'ra foydalanish o'ziga xos yondashuvni taqozo qiladi. Zero, turli tarzda namoyon bo'ladigan usul lirikada muayyan ma'noda tafovutlanadi. Badiiy nutq shakli sifatida dialog, avvalo, she'riy idrok yo'sinini belgilaydigan asosiy estetik vosita, ikkinchidan, ijtimoiy kommunikatsiya sathlarini birlashtiradigan tizim, uchinchidan, ifoda va tasvirni uyushtiradigan semiotik markaz hisoblanadi. Binobarin, "she'r - tuyg'u suvrati. Unda emotsiya, ramz, obraz, badiiy san'at bo'lishi kerak; she'rda shoir sub'ekti, individual uslubi, "men"i, o'z ovozi aks etishi lozim" [5. 86]. Mazkur iqtibosda bir nechta jihat e'tiborni tortadi: xususan, she'rda shoir subyekti talabi unda ruhiy munosabat ustuvorligini anglatadi, shuningdek, ijodkor konsepsiyasini belgilash obraz, badiiy san'at va adabiy talqin malakasiga bog'lanadi, murakkab bog'lanishdagi kompleks esa muqoyasa, analogiya hamda tavsifni muhim shart qilib qo'yadi. Qolaversa, individual uslub muallif va qahramon orasida mavjud rishtani yangilaydi. Bu jarayonda tasvir va ifoda bog'lami bir-biriga o'tib turadi: "Tuproqdayin muztar bo'l" derlar, Os(i)monlik istamaymanmi? Ko'z yoshimday loy bo'lsam bir kun, O'z xalqimga sachramaymanmi? [2. 6].

G.Asqarova adabiy talqinida mushohada muloqot tipi emas, balki murojaat shakli sifatida namoyon bo'ladi. Aslida muallif o'z qarashlarini tasdiqdan o'tkazishga intiladi: ko'z yoshimday loy bo'lsam bir kun, o'z xalqimga sachramaymanmi?. Ilinj, iltijo, istak va gumon omuxtalashgan ritorik ohang mohiyatida istak ustuvorlashadi. "Derlar menga: "so'zlar ganjidan, xayolingdek bir hur kitob tuz" qatimida shoira armoni quyuqlashadi. Hatto biroz shakkoklik ham (Xalq demayman o'z xalqimni ham, Meni HAQqa olib bormasa) kitobxon g'ashiga tegmaydi. Negaki, his-tuyg'u samimiyati bunga yo'l qo'ymaydi. Hayot haqiqatidan ruhiyat dalolatini kashf qilgan ijodkor aql, idrok, sezim va mantiq tabiiy stixiyasini buzishga ham jazm qiladi. Men tuproqqa ketgayman singib, Ruhimni xalq bilan qormasam. Xalq demayman o'z xalqimni ham, Meni HAQqa olib bormasa! [2. 6].

Lirik qahramon o'y-xayollari tasvirini quyuqlashtiradigan lavhada falsafa teranlashadi. Ichtuyg'u tahlili o'quvchini muntazam his-hayajonda tutib turadi. Javobi tayin, ayni paytda, javobsiz murojaat ifoda tengsiz imkoniyatlarini hosil qiladi. Ko'z, ko'ngil va tilaro rishta mohiyatni anglashga yo'l ochadi, poetik nutq tabiati "ruhimni xalq bilan qormasam" yanglig' betakror tashbehlarni ko'ndalang qo'yadi, olam va odam idrokini yanada teranlashtirishga xizmat etadi. Shaxs sezimi ritorik munosabatni bog'lovchi asosiy vosita, "ezgulikka chorlasam agar, ergasharmu shu xalq ortimdan" jumlasi zamirida tasdiq va inkor yaxlitlashadi. Muallif inson botinida qoyim o'zak sifatlarni anglashga urinarkan, ruhiyat nozik sir-asrori sari yuzlanadi, lirik kechinma hissiy tovlanishlarini ilg'ashga harakat qiladi:

Mag'lubning onasi... qanchalar ma'yus!

Yomg'irday jontortar, toshday jim, kabir.

- Ona, menga bergil yana bir imkon?

- Bolam, shu turishing qahramonlikdir [9. 117].

Shodmonqul Salom dialog usulidan xalq arsenalida mavjud aqidani yangilash maqsadida unumli tarzda foydalanadi: - Ona, menga bergil yana bir imkon? - Bolam, shu turishing qahramonlikdir!. Jonli muloqot kitobxon tasavvurida jang-muhoraba manzaralarini gavdalantiradi, biroq she'riy lavha o'zgacha ruhiy holatni taqdim etadi. Shoir "hayot ziddiyatlardan iborat" aksiomasiga asosan lirik qahramonni "dag'al voqelikka" qarshi qo'yadi. "Yomg'irday jontortar, toshday jim, kabir" Ona farzand iztirobidan dard tuyadi. "Yana bir imkon" kurash davomiyligiga ishora etadi. "Samovotda yulduzlar tugal", "Oy vazmin suzadi tunni oralab" hamda "Hayot g'oliblarni bo'pti saralab" - yorqin chizgilar she'rdagi g'oya zalvorini oshiradi. Tafsilotga ortilgan estetik yuk "Ona, yetolmadim jo'nab ketdi yo'l" aslida saodat manzili olis va qiyinchilik-mashaqqatlarga bog'liqligini asoslaydi.

She'riyatda dialog, bir tomondan, ijodkor maqsad-muddaosini tayin etadigan tizim shaklida namoyon bo'lsa, ikkinchi tomondan, shoir badiiy aloqa usullarini shakllantiradigan vosita vazifasini o'taydi. Mazkur ikki nutqni bir-biridan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. Binobarin, lirika tasvir ruhiyati talablariga tayanadi. Unda "tasvir vositalari uyg'unligi, o'zaro chambarchas bog'lanib ketganligi, biri ikkinchisini keltirib chiqarganligi tasvir mukammalligini ta'minlaydi" [4. 131]. Aynan tasavvurda tahlil va idrok yaxlitlashuvi mohiyatni ochishga xizmat qiladi. Badiiy nutq asnosidagi munosabat hissiyot va holat mantiqiy izchilligini vujudga keltiradi.

Nasrullo qalamiga mansub "Chalkash chiziqlar" she'ri voqeabandlik asosiga qurilgan. Shoir oddiy tafsilotdan nozik falsafiy mushohada yaratadi, matn mantig'i keltirib chiqaradigan hukm-xulosa nihoyatda qat'iy. Zero, ishqni anglash ham, anglatish ham imkoniyatdan tashqari hodisadir. Oshiq "umriga tutash" sezim salmog'i hech bir o'lchamga to'g'ri kelmaydi, ta'rifga sig'maydi, lirik qahramon his-

tuyg'ularini chiziqlarda jonlantirishga intiladi. "To'xtab qolgan eng so'nggi lahza" ifodasida esa muloqot tildan ko'zga ko'chishiga zamin hozirlaydi. Aslida "badiiy adabiyotda personaj ruhiyatini ochib berish, uning ongida kechayotgan o'ylov-mushohada jarayonlarini tasvirlash maqsadida "ichki nutqdan" keng foydalaniladi" [10. 251]. She'riy idrokda tushuncha moddiy ko'rinish hosil qiladi, bu holat tahlil va talqin aloqadorligiga bog'liqligi masalani oydinlashtiradi. Poetik dunyoqarash dialoglashgan ong qirralarini jipslashtiradi. Unda vazifa aniqligi uslubni tavsiflaydi. O'qituvchi eding, men-chi, talaba, bir kun so'rab qolding darsda nogahon: "Kimga qanday shakl yoqadi? - deya -Men aytib beraman, u qanday inson" [7. 17].

Muallif matematik amal (chalkash chiziqlar) darajasini real hayotga qiyoslaydi. Inson qismati bir tekis kechmaydi, unda past-baland nuqtalar mavjud. Shoir yuklagan ma'no idrok sezgisi bilan bog'liq bo'lib odamzod hayot tarzida shodlik g'am bilan yonma-yon turadi, omadsizlik muvaffaqiyatni ibtidolaydi. Nutq malakasi aynan so'zdan manzil-maqsadli foydalanish salohiyatini muhim shart qilib qo'yadi. Unda harakat va holat muttasil o'zgarishlarga moyil bo'ladi. Rivoya texnikasi esa kayfiyat hamda ruhiyatni bir-biriga payvandlagan holda mushohada va tuyg'uni o'z erkiga qo'yish ijodiy muddaoni mustaqillashtiradi. Mavjud vaziyatda muayyan nominativ birlik poetik yo'nalish oladi hamda ifoda daxlsizligini ta'minlash barobarida ma'no kuchayishini jarayon tarziga keltiradi va unda manzara moddiylashadi. Ketgan hislar to'lqinlardek qaytadi, Qalbingizda ma'yus armon, sevasiz. Bir kun ketsam, ruhim kelib aytadi: Buncha oz sevasiz, yomon sevasiz! [3. 194].

Guljamol Asqarovaning "Oz sevasiz" she'ri adresantga yo'g'rilgan tuyg'ular shodasini tavsiflaydi. Munosabat ottenkasi subyektiv xarakter kasb etadi: "g'amlar cho'kib yotgan g'amgin ko'z", "bo'ron", "xazon", "ketgan hislar" va "ma'yus armon" matn fojeaviy ruhini quyuqlashtiradi. Bu o'rinda muallif dialogning o'ziga xos shakllanish tarzini yaratadi: So'raydilar: nechun hamon sevasiz? Mening odamlarga bitta so'zim bor: Buncha oz sevasiz, yomon sevasiz!. Satrlardan anglashiladigan mohiyat (hijron azobi davomiyligi, ilinj-umidsizlik soyasi) tragik keskinlikni saqlab turadi. Ma'shuqa ruhiyatini falsafiy yo'sinda tasvirlashga bo'lgan mayl she'rga aniq manzara baxsh etadi. Shoira lirik qahramon ko'nglidan kechgan nozik ruhiy holatni badiiy atribut darajasiga ko'taradi. Shuningdek, asosiy ma'noga urg'u berish (buncha oz sevasiz, yomon sevasiz) yordamida kayfiyat ifodasini muayyan markazga yig'ishga intiladi.

Poeziyada ritorik munosabatni shakllantirish ma'no vositasida amalga oshadi. Badiiy kommunikatsiyada ovoz, ohang, marom, musiqa, so'z va g'oya munosabati

tavsifni asosiy o'ringa ko'taradi. Ruhiy holat, manzara yoki tasvir shakli badiiy nutq tipini barqarorlashtiradi. Unda ijodkor fitrati va kitobxon saviyasi jiddiy tafovutlanadi. Sharh va adabiy talqin muloqot ko'p qatlamliligini ko'rsatadi. Aynan bilish, anglash hamda his qilish semantik sathda amalga oshadi. Shu ma'noda, mazmun poetik g'oya izchilligini ta'minlash barobarida estetik idrok sezgisiga ta'sir etadi.

Lirikada ong, shu jumladan, badiiy nutq shakllari voqelikni poetik tadqiq etish asosiy vositasi sanaladi. Unda monolog, dialog va polilog badiiy vazifadoshligi matn poetik strukturasini hosil qiladi. Axborot hajmini kuzatish va mushohada nisbati asosida baholash munosabat ottenkasini birlamchi o'ringa chiqaradi, so'z va ifoda yurishlari adabiy talqin uslubini belgilaydi. Tushunchalararo hamkorlik g'oya tarqoqligiga zamin hozirlaydi. She'r badiiy hujayralarini jilolantirish aynan rivoya texnikasi o'ziga xosligiga bog'lanadi. Unda tushuncha - so'z - g'oya - ifoda - matn bir-birini to'ldiradi, aniqlaydi hamda muayyan estetik qiymat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A3HM CyroH. Y3ÖeKwpT. - TomKeHT: AgaöueT Ba caHtaT, 2015.

2. Ac^apoBa r. 3pKanuK HMTue3H. - TomKeHT: AgaöueT Ba caHtaT, 2012.

3. Ac^apoBa r. Myx,a66arnoMa. - TomKeHT: AKageMHamp, 2014..

4. HyngomeB Ohkhh cy3. -TomKeHT: Ta^aKKyp, 2019.

5. KapuMoB E. Pyxu^T ann^öocn. - TomKeHT: AgaöueT Ba caHtaT, 2016.

6. MyxaMMag rocy$. CafinaHMa. -TomKeHT: fflapK, 2007.

7. Hacpynno. HKKHMH3gaH kphchh anaHra. - TomKeHT: AKageMHamp, 2018.

8. PacynoB A. EaguufinuK - 6e3aBon AHrunuK. -TomKeHT: fflapK, 2007.

9. fflogMoH^yn CanoM. ffletp cafiepacu. -TomKeHT: AgaöueT, 2020.

10. KypoHoB AgaöueT Hasapuacu acocnapu. -TomKeHT: HaBoufi yHHBepcuTeTH, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.