Научная статья на тему 'SHAXSNING NOANIQLIK SHAROITLARIDA QAROR QABUL QILISH XUSUSIYATLARI'

SHAXSNING NOANIQLIK SHAROITLARIDA QAROR QABUL QILISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
320
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / noaniqlik / qaror qabul qilish / qaror qabul qilish darajalari.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Umida Aliboevna Butayeva

Ushbu maqola shaxsning noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish xususiyatlarini nazariy asosda tahlil qilishga qaratilgan. Bunda shaxs muammoli vaziyat bilan to„qnash kelib, ma‟lum qarorni qabul qilishi zaruratida bo„lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo„lsa ham aniqlab olishi lozim. Maqolada noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish masalalarini keng ilmiy-nazariy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSNING NOANIQLIK SHAROITLARIDA QAROR QABUL QILISH XUSUSIYATLARI»

SHAXSNING NOANIQLIK SHAROITLARIDA QAROR QABUL QILISH

XUSUSIYATLARI

Umida Aliboevna Butayeva

Samarqand davlat universiteti, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,

"Psixologiya" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola shaxsning noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish xususiyatlarini nazariy asosda tahlil qilishga qaratilgan. Bunda shaxs muammoli vaziyat bilan to'qnash kelib, ma'lum qarorni qabul qilishi zaruratida bo'lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo'lsa ham aniqlab olishi lozim. Maqolada noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish masalalarini keng ilmiy-nazariy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: shaxs, noaniqlik , qaror qabul qilish, qaror qabul qilish darajalari.

KIRISH

Qaror qabul qiluvchiga qo'yiladigan talablarning o'zgarishi ko'rsatkichlaridan biri bu mutaxassislarga amaliy ehtiyojning doimiy ortib borishi bo'lib, ular A.G. Asmolov (2002), "noaniqlik maktabi" dan o'tgan va samarali qaror qabul qilishi va o'z sezgilariga asoslanib harakat qilishi, sezgiga ishonchni namoyon qilishi mumkin (Vudkok, Frensis, 1991; Allison, Chell, Hayes, 2000; Jonston, Daumer, 1993). Intuitsiya bo'yicha yangi tadqiqotlar natijasida chet elda paydo bo'lgan juda ko'p asarlar bilan ular sezgidan tanlov uchun asos sifatida foydalanishni oqlash muammosiga aniq yechim taklif qilmaydi (Abernathy, Hamm, 1995; Atkinson, Claxton, 2000; Hammond, 2000; Hogarth, 2001; Klein, 1998; Liberman, 2000; Myers, 2002). Sezgi adekvat yoki noadekvat qarorlarga olib keladimi, intuitiv bashoratlarni oqilona yoki irratsional tanlovlar xususiyati deb hisoblash kerakmi, degan savollar hal qilinmagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaxsning noaniq vaziyatlarda qaror qabul qilish asosiy jihatlaridan biri, vaziyatning noaniqligidir.

Qaror qabul qilish darajalari. Qaror qabul qilishning to'rtta darajasi farqlanib, ularning har biri doirasida harakat qilish uchun ma'lum boshqaruv malakalari talab etiladi.

Odatiy qarorlar ma'lum reja bo'yicha amalga oshuvchi kundalik dastur asosida qabul qilinadi. Paydo bo'lgan muammo mavjud yechimlar majmuasi bilan qiyoslanadi, ular ichida maqbuli qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Tashkilotdagi odatiy hollarda «mana bunday vaziyatda, mana bunday qilish kerak» qabilida ish tutiladi va aynan shu uslub o'rta va quyi bo'g'in menejerlariga xos asosiy qaror qabul qilish shakliga aylanadi. Bunday vaziyatdagi qiyinchiliklar menejerning malakasizligi, mavjud yo'riqnomalarni yaxshi bilmaslik, vaziyatni noto'g'ri baholash yoki shaxsning jur'atsizligi asosida kelib chiqishi mumkin. Vaziyatni to'g'ri idrok etuvchi va maqbul xulosalar chiqaruvchi hamda natijalarni nazorat eta olish qobiliyatiga ega bo'lgan menejer ushbu vaziyat uchun uzukka ko'z qo'ygandek bo'ladi. Qaror qabul qilishning bu darajasida ijodiy yondashuv talab etilmaydi, chunki vaziyat yechimlari avvaldan belgilangandir.

Tanlovga asoslangan (selektiv) darajada shaxs mavjud muammo bo'yicha qator imkoniyatlarni taqqoslab ko'radi va ular ichidan aynan shu muammo yechimiga eng mos keluvchi samarali va tejamlisi ustida to'xtaladi.

Moslashuvchan darajadagi qaror qabul qilish bir muncha murakkab bo'lib, bunda shaxs tanish muammoga yangicha yechim topishi talab etiladi. Bunda u mavjud muammoga eskicha yondashishdan voz kechishi va ijodiy qarorga kelishi lozim. Ayni sharoitda shaxs muvaffaqiyati, uning shaxsiy tashabbusi va noma'lumlikka shaxdam qadam qo'ya olishi bilan asoslanadi.

Innovatsion, ya'ni yangiliklarni joriy etish bilan bog'liq qarorlar ancha murakkab hisoblanadi. Noaniq vaziyatda shaxsning yangicha yondashuv uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g'oyalaridan foylana olishi talab etiladi.

Shaxsga ayni muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo'lishini qisman bo'lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo'l qanchalik to'g'ri yoki noto'g'riligi haqidagi ma'lumot bilan birga, zarur bo'lgan taqdirda harakat uslubini o'zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o'ylab qabul Qilinganligi uni biron-bir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo'lsa ham oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir.

Qaror qabul qilish bosqichlari. Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira ichida o'tishi qiyin. Har bir shaxs o'z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namayon etadi. Mana shu omillar mavjud muammo yechimiga o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi.

Qaror yaratilishi davomida shaxs o'z ichki dunyosida sodir bo'layotgan

jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning asosiy tavsiflari beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko'pqirrali va murakkab jarayon bo'lib, unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o'tish mumkin: 1 - muammoni o'rganish; 2 - g'oyalar ishlab chiqish; 3 - ma'qul keluvchi g'oyalarni ajratib olish; 4 - yangilikni joriy etishni rejalashtirish; 5 - qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o'tilgan har bir bosqichni ko'rib chiqsak.

Qaror qabul qilishning birinchi «Muammoni o'rganish» bosqichida ham quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi:

1 - vazifa: «Muammoni qo'yish» deb atalib, unda ushbu masala bo'yicha qanday qiyinchiliklar borligi aniqlanadi va muammoning mazmuni tushuniladi. Agar hal qilinishi lozim bo'lgan muammo noto'g'ri tushunilsa, hamma bo'lajak harakatlar va moliyaviy xarajatlar zoe ketadi, shuning uchun ham muammoni aniq tasavvur etib olish boshlang'ich bosqichning asosiy vazifasidir. Ko'p hollarda masalani noto'g'ri aks ettirishga malakasizlik, kasbiy bilimning kamligi, shuningdek, mazkur toifadagi masalalarni hal eta olishga tayyor emaslik, hamda ba'zi bir muammo va yechimlarning «yuqoridan tushirilganligi» sabab bo'lishi mumkin. Muammoni qo'yish quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi:

1. Muammo tabiatini, undagi qiyinchilikni anglash.

2. Muammo yechimi orqali qanday maqsadga erishish lozimligini aniqlash.

3. Maqsadga erishilgan taqdirda qanday belgilar, ko'rsatkichlar mavjud bo'lishini aniqlab olish.

Oxirgi natija nimadan iborat bo'lishi kerak, degan savolga javob olinishi

lozim.

2 - vazifa: majburiyatlarni taqsimlash. Shaxs doimo hamma muammolarni o'zi hal eta olmaydi, shuning uchun ham bu bosqichda u ba'zi-bir majburiyatlarni malakali mutaxassis ixtiyoriga topshirgani ma'qul. Mutaxassis, bu bosqichda, mazkur muammo yuzasidan barcha ma'lumotlarni yig'ish va masalani har tomonlama o'rganish bilan shug'ullanadi.

3 - vazifa: ma'lumotlar yig'ish, muammoli vaziyatning informatsion modelini yaratish. Bunda nafaqat «o'zining» ma'lumotlari, balki, muxoliflar, raqobatdosh tomonlarning ham ma'lumotini hisobga olish lozim. Ba'zi bir paytda muxoliflar, ular bergan ma'lumot kamsitiladi, inkor etiladi va unga e'tibor berilmaydi. Bu esa mutlaqo xatodir. Ma'lumot yig'ishda unga mas'ul shaxs, ushbu muammo yuzasidan chuqur bilimga ega ekspertlar fikrini o'rganishi o'ta muhimdir.

4 - vazifa: muammoli vaziyatning konseptual modelini yaratish, mazkur

muammoni bir butun, yaxlit tarzda tushunish. Muammo bu tarzda aks ettirilganda, uning avvalgi muammolardan farqi, uning yangi jihatlari va yechimga yangicha yondoshish zarurati anglanadi.

II - bosqich - g'oya yaratish. Masala yechimiga oid g'oyani yaratishning turli usullari bo'lib, ular ichida eng samaralisi «aqliy hujum» uslubidir. Bu uslubning asosiy tamoyillari quyidagilar:

• turli kasbga mansub 5-10 ta mutaxassislardan iborat guruh ishlaydi;

• ushbu guruh a'zolari iloji boricha ruhiy va jismoniy jihatdan o'zlarini erkin sezishlari lozim;

• yechimga oid taklif etilayotgan g'oyalarni tanqid qilish ta'qiqlanadi. Boshqalar berayotgan g'oyani faqatgina rivojlantirish, maqtash mumkin yoki uning o'rniga o'z g'oyasini taklif etish lozim;

• har qaysi g'oya, garchand u g'aroyib va ma'qul kelmasligiga qaramay «aqliy hujum»ning boshlang'ich davrida unga baho berilmaydi va hamma fikrlar yozib boriladi;

• g ' oya muallifi ko ' rsatilmaydi ;

• ish tugagandan so'ng hamma taklif etilgan g'oyalar mantiqiy tarzda tartibga keltiriladi va ekspertlardan iborat guruhda muhokama etiladi.

III - bosqich: yig'ilgan g'oyalarni baholash, maqbul fikrlarni saralash. Avvaliga har bir g'oyaning ijobiy tomonini baholab chiqish, so'ngra uning samaradorligini, amalga oshirish imkoniyatini, xarajatli tomonlari va boshqa o'lchamlarini aniqlab olish zarur. Shu bilan birga, ushbu g'oyaning tanlanishi oqibatida yuz beradigan xavf baholanar ekan, afsuski ko'pchilik shaxslar uchun ayni mezon yetakchi o'ringa chiqib qoladi. Bunda taklif etilayotgan g'oya chetda qolib, boshqa yo'nalish tanlansa, masala yechimi tamoman boshqa tus oladi va guruh boshi berk ko'chaga kirib qoladi.

IV - bosqich: yangi qarorni rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir. Bunda qaysi ish, qanday muddatda va kimning ishtirokida bajarilishi kerak, degan savollarga javob olinadi. Qarorni amalga oshirishga jalb etiluvchi ishchi guruhi, umumiy rejani va unga oid amaliy harakatlarni aniq tasavvur eta olishi lozim.

V - bosqich quyidagi amaliy tadbirlarni o'z ichiga oladi: 1) qabul qilingan qarorni, reja va harakatni amalga oshirish; 2) amalga oshirilgan harakat va natijalarni yanada yaxshilash maqsadida nazorat etish; 3) zarur bo'lgan taqdirda qarorni takomillashtirish, ya'ni «muammoni o'rganish» bosqichiga yoki g'oya yaratish va boshqa oraliq bosqichga qaytish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qaror qabul qilish - psixologik jarayon sifatida. Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki, to'g'ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun shaxs psixologik jihatdan ham ma'lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, shaxs muammoli vaziyat haqida ma'lumot yig'ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur -informatsion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma'lumotning to'la-to'kisligi, har tomonlamaligiga bog'liq.

Afsuski, tashqi muhitdagi ko'pgina omillar ta'sirida shaxs vaziyat yuzasidan ob'ektiv bo'lmagan ma'lumotlar oladi va o'z idroki jarayonida ma'lum sub'ektivliklarga yo'l qo'yadi. Ayniqsa, bunday tavofutga shaxsning jinsi, yoshi yoki atrofidagi odamlarning ta'siri kuchli bo'ladi. Shakllanayotgan informatsion model iloji boricha ob'ektiv bo'lishi uchun shaxs vaziyat haqida har tomonlama ma'lumot yig'ishi, tashqi olamni to'la-to'kis aks ettirishni cheklovchi idrok stereotip va ustanovkalardan chetlanishi lozim. Informatsion model tahlil etilishi va qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitish natijasida natijasida shaxs ongida konseptual model, ya'ni vaziyat haqidagi uzil-kesil qarash shakllanadi. Konseptual model o'z ichiga informatsion modeldan shakllangan fikr va hissiyotlarni, shuningdek shaxsning o'tmish shaxsiy tajribasi, bilimlarini qamrab oladi. Shaxs mavjud vaziyatning mohiyatini tushungan paytda konseptual model shakllandi deyish mumkin. Eng ajablanarlisi shuki, konseptual model haqiqiy vaziyatga doimo ham mos kelavermaydi. Bu mos kelmaslik darajasi har bir shaxsda turlichadir. Kimdadir bu farq katta bo'lsa, kimdadir juda kichik. Konseptual model va ob'ektiv vaziyat o'rtasidagi farq qanchalik kichik bo'lsa, to'g'ri qaror qabul qilishga shunchalik zamin yaratiladi.

Shaxs o'zining individual psixologik xususiyatlariga ko'ra olayotgan ma'lumotning ba'zisiga e'tibor bermasligi, yoki ayrimlarini bo'rttirib aks ettirishi mumkin. Shuning uchun ham shaxs vaziyat haqidagi o'z tasavvurining qanchalik ob'ektivligi, haqqoniyligi haqida kayg'urishi lozim. Aynan shu boradagi psixologik tavsiya quyidagicha - informatsion model va konseptual modellardagi tarkibiy qismlar orasida iloji boricha muvofiqlik ko'proq bo'lgani ma'qul, ya'ni konseptual model yaratilishi mobaynida qo'llanilayotgan birliklar iloji boricha informatsion modelda ham ko'p uchrashi kerak. Masalan, vaziyat ishtirokchilari, muammodagi asosiy masala, yechim vositalari kabilar ikkala modelda uchrashi mumkin bo'lgan birliklar hisoblanadi. Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi - muammo yuzaga

kelgan ob'ektiv borliq, informatsion va konseptual model uchburchak shaklida iloji boricha bir-biriga uyg'unlashgan bo'lishi hamda uchburchakning, aytaylik, bir burchagi ikkitasidan yuqorida yoki pastda joylashmasligi kerak.

Bu taqqoslashda birlamchi manba sifatida muammoli vaziyat, ya'ni borliq qabul qilinadi.

Turli vaziyatlarda qarorlarini qabul qilishga oid ko'pgina tadqiqotlarda yechilishi lozim bo'lgan muammoning aniqlik darajasiga katta e'tibor beriladi. Shu ma'noda aniqlik va noaniqlik vaziyatlarida qabul qilinuvchi qarorlar haqida aytib o'tish lozim. Bunday vaziyatlardagi qaror qabul qilish tezligi va mazmuni ham bir -biridan farq qiladi.

Aniqlik vaziyatida qaror qabul qilish avvalgi tajribaga asoslanishni taqozo etadi. Mazkur sharoitda inson tajribasi hamda bilimlari, vaziyatni hal etish manbai bo'lib hisoblanadi va tabiiyki, qaror qabul qilish holatida ishonch va tezkorlik hukm suradi.

Noaniqlik vaziyatida esa shaxsdan vaziyatga ijodiy yondoshish talab etiladi. Ma'lum miqdorda o'z intuitsiyasiga asoslanish izlanuvchan shaxs uchun yangi imkoniyatlar tug'diradi. Biroq, bunday holda chiqariladigan hukm o'zida ma'lum xavf-xatarni ham mujassamlashtirganligi sababli, qaror qabul qilinganda xatoga yo'l qo'yish ehtimoli oshadi. Demak, shaxs har qanday muammoli vaziyatga to'qnash kelar ekan, uning aniqlik va noaniqlik darajalarini aniqlab olishi lozim.

Keyingi qadam sifatida shaxs, masala dolzarbligidan kelib chiqib, unga oydinlik kiritishi, vaziyatdagi noaniq tomonlarini yoritgan holda aniqlik doirasini kengaytirishi lozim. Yechimda mujassamlanadigan ijodiy ulushlarning asosiy qismi masalani oydinlashtirish bosqichida saraflangani ma'qul, deb hisoblanadi.

Asosiy qiyinchilik qabul qilingan qarorni amalga oshirish bosqichida uchrashi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, qaror ijrosiga oid vazifalarning aniq taqsimlanishi va ijro vaqtini ko'rsatish nazorat samarasini ta'minlaydi. Lekin qaror yuzasidan norozi bo'lgan xodim va ayrim o'rta bo'g'in shaxsi ham ijro bosqichida su st harakat etishi mumkin. Bunga sabab bir nechta: birinchidan, ular qaror qabul qilishda qatnashmagan yoki ushbu qarordan norozi bo'lgan; ikkinchidan, qarorning hayotga tatbiq etish muvaffaqiyat keltirishiga ishonch yo'q; uchinchi sabab, xodimning sustkashligi yoki uquvsizligi bo'lishi mumkin. O'ylashimizcha, birinchi va ikkinchi sabab ijtimoiy-psixologik yechimga ega bo'lib, agar guruhning ahillik darajasi yuqori bo'lsa, qaror ijrosida xodimlar iloji boricha jadal qatnashadilar. Uchinchi sababning bartaraf etilishi esa qarorga oid vazifalar taqsimlanishi paytida hisobga olinishi lozim.

Qaror ijrosidagi tomonlar hamkorligi uni qabul qilish bosqichida ta'minlanadi. Qaror qabul qilinishi chog'ida o'zgalar qarshiligini yengish, iloji boricha tomonlar

uchun «beshikast» o'tishi lozim. Oqibatda maqbul deb, topilgan qaror iloji boricha konsensus (kelishuv) asosida qabul qilinishi kerak. Demak, shaxs oldida tomonlarni yarashtirish va ziddiyatlarni yumshatish, tadbirdan so'ng g'ubor qolmasligini ta'minlash vazifasi turadi. Agar qaror guruhiy tarzda qabul qilinayotgan bo'lsa, va uning ijrosi jamoa a'zolari ishtiroki orqali ta'minlansa, har bir xodim va shaxs quyidagini yodda tutishi maslahat beriladi: «Bugun boshqa xodim taklif etgan qaror bajarilayapti. Bu jarayonga mening munosabatim va ishtirokim, ertaga men taklif etgan qarorga nisbatan munosabat va boshqalarning qanday ishtirok etishini belgilaydi».

XULOSA

1. O'tkazilgan tadqiqotlar intellektual qarorlar qabul qilishning psixologik kontseptsiyasini qurishni ularning funktsional darajadagi tartibga solinish yo'nalishlarining ko'rsatkichi sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, asosiy jarayonlarning ko'pligi va turli darajalarini va ularning o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi, bu jarayonning aktual genezini vositachi qiladi. sub'ektning tanlov harakatlaridagi intellektual va shaxsiy harakatlari.

2. Intellektual qarorlarni psixologik tartibga solish kontseptsiyasi individual qarorlarning tartibga soluvchi profilini belgilaydigan determinantlar ierarxiyasining ochiqligini nazarda tutadi. Mavzu qaror mezonlarini shaxsan o'zi tomonidan belgilab qo'yilgan tanlov doirasining maqbulligi qoidalari nuqtai nazaridan quradi va qarorlarni psixologik tartibga solish ierarxiyasi faqat funktsional deb ta'riflanishi mumkin.

3. Noaniqlik sharoitida tanlovni intellektual va shaxsiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyati vaziyat timsolida tasvirlashdir. Noaniqlik shartlarini samarali qaror qabul qilish sifatida sub'ektiv xavf omili bo'linish va shaxsning saylovlar uchun javobgarligi (yopiq vazifalar va intellektual strategiyalarda).

REFERENCES

1. Андреева Т.В. Психология современной семьи. - СПб.: Речь, 2005. -436 с.

2. Авлаев, О., & Жураева, С. (2019). —Бахтни белгилашда адаптация даражасининг нисбийлиги11. "ПСИХОЛОГИЯ" илмий журнал, 4, 121-128.

3. Авлаев, О., & Маматкулова, З. (2019). Динамика межличностного отношения компонентов социального интеллекта студентов. Наука и образование сегодня, 12(47), 67-74.

4. Корнеева И.Е. Готовность к объединению с другими людьми как фактор самоорганизации. // Материалы Всероссийской научно-практической

конференции. - Иваново, 2005. - С. 120-124.

5. Минигалиева М.Р. Личностная зрелость и готовность к профессиональной деятельности специалиста по социальной работе. Часть 1 // Психология зрелости и старения: Ежеквартальный научно-практический журнал / ред. О.В. Краснова. - 2013. - № 3 (63). - С. 62-85.

6. Соломин П.Л. Психологическая готовность к профессиональному самоопределению подростков, находящихся в разных социальных ситуациях развития. // Прикладная психология. - 2009. - № 8. С. 154-162.

7. Ременник Л.И Наука быт вдвоем. - Владикавказ. "Ир", 1990, -124 с.

8. Салахутдинова М., Мусинова Р. Общая психология. Учебное пособие. Самарканд, СамГУ, 2020. - 312 с.

9. Salaxutdinova M.I. Rivojlanish va yosh psixologiyasi. O'quv qo'llanma. Samarqand, SamDU, 2020. - 156 b.

10.Авлаев, О. У., & Маматкулова, З. Г. (2019). Динамика межличностного отношения компонентов социального интеллекта студентов. Наука и образование сегодня, (12 (47)).

11.Авлаев, О., & Жураева, С. (2019). Бахтни белгилашда адаптация даражасининг нисбийлиги. ПСИХОЛОГИЯ" илмий журнал, 4, 121-128.

12.Valieva, M. S., & Avlaev, O. U. (2021). The influence of educational factors on the formation of personality. Heraldpedagogiki. Nauka i Praktyka, 1(2).

13.Авлаев, О. У. (2021). Талабалар камолотида ижтимоий интеллектнинг гендер фарклари.«. PSIXOLOGIYA"ILMIYJURNAL, 3441.

14.Avlaev, O. U. (2020). The role of social intelligence in personal development. Association with Novateur Publication India's A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

15.Mirqosimova, X. M., & Avlaev, O. U. (2021). The intellectual dynamics of adolescents. Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 1(2).

16.Абдуллаева, Ю., & Авлаев, О. (2021). Эшитишдa муaммолaри булган yкувчилaрни консилиум асосида луFaт бойлигини ошириш. Academic research in educational sciences, 2(5), 922-932.

17.Авлаев, О. У., & Бутаева, У. А. (2021). Талаба подхологик камолоти масаласи. Academic research in educational sciences, 2(5), 4-11.

18.Avlayev O.U., Jurayeva S.N., Mirzayeva S.R. Teaching methods. Tashkent. Navruz. 2017

19.Авлаев, О. У. (2021). Талабалар касбий камолотида установкаларнинг урни. Academic research in educational sciences, 2(10), 1247-1258.

20.^урбонова, Б. К., Авлаев, О. А. У., & Абдукаримов, Ш. У. У. (2021). Ташиш жараёнида автомобилларнинг эксплуатацион хусусиятини бахолаш. Academic research in educational sciences, 2(12), 548-555.

21.Авлаев, О. У. (2021). Укитувчининг бошкдрувчанлик услублари. Academic research in educational sciences, 2(10), 1239-1246.

22.BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika O'zbek tilinikognitiv o 'rganish omillari, vazifalari va ahamiyati. Архив исследований, 8-8.

23.BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika Frazeologizmlar-ozbek xalqining madaniyatini ifodalovchi til durdonasidir. Архив исследований, 8-8.

24.BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika Педагогик махоратни шакллантиришнинг мухим хусусиятлари. Архив исследований, 6-6.

25.BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika O'zbek antroponimlari lingvokulturologiyaning o'rganish obyekti sifatida. Архив исследований, 6-6.

26.BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika Komponenti semantik jihatdan turli guruhlarga mansub bo lgan frazeologik birliklarning lingvomadaniy xossalari. Архив исследований, 7-7.

27.Исаева, М. (2020). Оилавий муносабатлар психодиагностикаси. Интернаука, (23-3), 63-66.

28.Исаева, М. А., & Эшонхужаева, В. Ж. (2021). Оилавий муносабатларни урганувчи психологик методикалар тахлили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 109-115.

29.Isayeva, M. A. (2014). Religious and psychological aspects of family functions. The Way of Science, 90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.