Научная статья на тему 'SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MANIPULYATIV TA’SIR USULLARI TAHLILI'

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MANIPULYATIV TA’SIR USULLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
465
732
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / boshqaruv psixologiyasi / jamoa / muloqot madaniyati / manipulyatsiya / shaxslararo munosabat / diagnostika / muloqot usullari / ta’sir usullari / manipulyativ harakat. / личность / психология управления / коллектив / культура общения / манипуляция / межличностные отношения / диагностика / методы общения / методы воздействия / манипулятивное действие

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Rajabov Murodil Jumabayevich

Maqolada insonga ta’sir o‘tkazishda o‘zaro ta’sir madaniyati, bevosita yoki bilvosita muloqot turlari, umumiy, shaxslararo, imperativ muloqot, manipulyatsiya qilish istagi, uning tajovuzkor istaklaridan kelib chiqadigan manipulyatsiyaning asosiy usullari haqida nazariy bilimlar berilgan. Shaxsni boshqarishda psixologik ta’sirning manipulyativ usuli orqali adresatga ta’sirini o‘rganish uchun T.Lirining “Shaxslararo munosabatlar” diagnostikasi texnikasi o‘tkazilgani va bu jarayonning korrelyatsion tahlili Bass–Dark so‘rovnomasi yordamida amalga oshirilgani haqida bayon qilingan. Manipulyatorning manipulyativ harakatlarini aniqlash bo‘yicha respondentlardan olingan natijalardan chiqarilgan xulosalar, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ МЕТОДОВ МАНИПУЛЯТИВНОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ В МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЯХ

В статье даны теоретические знания о культуре взаимодействия при воздействии на человека, о видах прямого или косвенного общения, об общем, межличностном, императивном общении, стремлении к манипуляции, об основных методах манипуляции, вытекающих из агрессивных желаний человека. Для изучения влияния психологического воздействия на адресата через манипулятивный метод управления личностью использована методика диагностики “межличностных отношений” Т.Лири, и выполнен корреляционный анализ этого процесса с использованием опросника Басса-Дарка. На основе полученных от респондентов результатов сформулированы выводы, рекомендации по выявлению манипулятивных действий манипулятора.

Текст научной работы на тему «SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MANIPULYATIV TA’SIR USULLARI TAHLILI»

Rajabov Murodil Jumabayevich,

Farg'ona davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MANIPULYATIV TASIR USULLARI TAHLILI

UO'K: 159.9.072 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_5_5

RAJABOV M.J. SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MANIPULYATIV TA SIR USULLARI TAHLILI

Maqolada insonga ta'sir o'tkazishda o'zaro ta'sir madaniyati, bevosita yoki bilvosita muloqot turlari, umumiy, shaxslararo, imperativ muloqot, manipulyatsiya qilish istagi, uning tajovuzkor istaklaridan kelib chiqadigan manipulyatsiyaning asosiy usullari haqida nazariy bilimlar berilgan. Shaxsni boshqarishda psixologik ta'sirning manipulyativ usuli orqali adresatga ta'sirini o'rganish uchun T.Lirining "Shaxslararo munosabatlar" diagnostikasi texnikasi o'tkazilgani va bu jarayonning korrelyatsion tahlili Bass-Dark so'rovnomasi yordamida amalga oshirilgani haqida bayon qilingan. Manipulyatorning manipulyativ harakatlarini aniqlash bo'yicha respondentlardan olingan natijalardan chiqarilgan xulosalar, tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: shaxs, boshqaruv psixologiyasi, jamoa, muloqot madaniyati, manipulyatsiya, shaxslararo munosabat, diagnostika, muloqot usullari, ta'sir usullari, manipulyativ harakat.

РАДЖАБОВ М.Ж. АНАЛИЗ МЕТОДОВ МАНИПУЛЯТИВНОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ В МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЯХ

В статье даны теоретические знания о культуре взаимодействия при воздействии на человека, о видах прямого или косвенного общения, об общем, межличностном, императивном общении, стремлении к манипуляции, об основных методах манипуляции, вытекающих из агрессивных желаний человека. Для изучения влияния психологического воздействия на адресата через манипулятивный метод управления личностью использована методика диагностики "межличностных отношений" Т.Лири, и выполнен корреляционный анализ этого процесса с использованием опросника Басса-Дарка. На основе полученных от респондентов результатов сформулированы выводы, рекомендации по выявлению манипулятивных действий манипулятора.

Ключевые слова и понятия: личность, психология управления, коллектив, культура общения, манипуляция, межличностные отношения, диагностика, методы общения, методы воздействия, манипулятивное действие.

RAJABOV МJ. ANALYSIS OF METHODS OF MANIPULATIVE INFLUENCE IN INTERPERSONAL RELATIONSHIPS

The article provides theoretical knowledge about the culture of interaction when influencing a person, about the types of direct or indirect communication, about general, interpersonal, imperative communication, the desire for manipulation, about the main methods of manipulation arising from his aggressive desires. To study the influence of psychological impact on the addressee through the manipulative method of controlling the personality of T. It was stated that

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

Leary's method of diagnosing «interpersonal relations» was carried out, and that the correlation analysis of this process was performed using the Bass-dark questionnaire. Conclusions are given, recommendations for identifying the manipulative actions of the manipulator, made from the results obtained from the respondents.

Key words and concepts: personality, psychology of management, team, culture of communication, manipulation, interpersonal relations, diagnostics, methods of communication, methods of influence, manipulative action.

Kirish. Mavzuning dolzarbligi.

Mamlakatimizni sobitqadamlik bilan taraqqiy etishida inson salohiyati jamiyat taraqqiyotida bunyodkor omil ekanligi sir emas. Shuning uchun inson omilini ham jismoniy, ham ruhiy tarbiyalab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, har bir insonning huquqlarini himoya qil-ish davlatimiz Konstitutsiyasida ko'rsatib qo'yilgan bo'lib, unga fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi beril-gan.

Ilmiy psixologik adabiyotlarda odamga ta'sir etishning bir necha tipologik usullari keltirilib, ulardan ba'zilari o'zaro shaxslararo munosabat-larda ob'yektga yoki sub'yektga ta'sir qilishdir.

Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyil-ishining eng asosiy sababi uning doimo inson-lar davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri - muloqot ekanligiga ishora qiladi.

Insoniy munosabatlar shunday o'zaro ta'sir jarayonlari-ki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo'ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o'rtasida ro'y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu quvonchlar almashinu-vini nazarda tutadi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili.

Shaxsga ta'sir o'tkazishda o'zaro muloqot jarayonida muloqot madaniyati asosiy o'rin tut-adi. Bu holda suhbatdoshimizga emotsional, verbal, noverbal ta'sir o'tkazamiz1. Shaxsga ta'sir o'tkazishda o'zaro muloqotning turlari mavjud bo'lib, u quyidagilarga bo'linadi: bevosita yoki bilvosita muloqot, umumiy muloqot, shaxslararo muloqot, imperativ muloqot (lat., imper-ativus2 - boshliq), manipulyativ muloqotdir. V.V.Dementiyeva fikricha, bilvosita muloqot - bu,

1 Муминов А.Г. "Empaty in modern conditions: views, factors, manifestations" Журнал: Социальных Исследований, 2021, №4, Р.13-23.

2 Словарь иностранных слов. - 13 - э изд., стереотип. М., изд., "Русский язык", 1979, с изменением, 189 с.

"murakkab muloqot bo'lib, unda aytilgan so'zni tushunishda gapning ichida mavjud bo'lmagan ma'nolarni o'z ichiga oladi va adresat tomonidan izohlashuv qo'shimcha harakatlari talab etiladi"3. Buni o'zbeklarning "Qizim sanga aytaman, kelinim san eshit" maqolida ham ko'rishimiz mumkin.

Manipulyatsiya zo'ravonlik emas, balki yo'ldan ozdirishdir. Muvaffaqiyatli manipulyatsiya qilish-ning birinchi va asosiy sharti shunda-ki, aksariyat hollarda suhbatdoshni turli xabarlarga aqlni ishlat-masdan shubha bilan qarashga undashdir4. Muvaffaqiyatli manipulyatsiya qilishning muhim sharti

- bu, insonning ma'lumotni tanqidiy qabul qilish qobiliyatiga asoslangan psixologik himoyasini yo'q qilishdir5. "Kuch bilan ochiq, niqobsiz, majburiy ta'sirga - zo'ravonlik orqali bostirishga, hukmron-lik orqali majburlashga, qattiq tartib - qo'pol maj-burlash yordamida" boshqarishga asoslangan huk-mronlik manipulyatsiyaning imperativ tomonidir6.

Odamni manipulyatsiya qilish istagi har qanday jamiyat a'zosining o'zaro munosabatlarida mavjud bo'lgan. Bugungi kunga kelib, manipulyatsiya ma'lum bir faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun tan olingan vosita (va ba'zan asosiy shart sifatida) bo'lib qolmoqda. Manipulyatsiyaning asosiy texnikasi bilan tanishish va undan suhbat jarayonida foydalanish suhbatdosh ustidan g'alaba qozonish kalitidir. Kundalik o'zaro munosabatlarda muloqotning noverbal ko'rinishining roli ko'p yil-lardan beri o'rganilib kelinmoqda7. Noverbal manipulyatsiya vositalariga verbal ovozlar (yo'tal,

3 Дементьевa В.В. - Вестник РУДН. Серия: ЛИНГВИСТИКА. 2018. Т. 22. № 4. С. 919—944.

4 Кара-Мурза С.Г. Манипуляция сознанием/ - М.: "Алгоритм", 2000, 15 с.

5 Зелинский C.A. Анализ массовых манипуляций в России. Анализ задействования манипулятивных методик управления массами в исследовании деструктивности современной эпохи на примере России. Психоаналитический подход. - Санкт-Петербург: СКИФИЯ, 2008. - 84 с.

6 Кара-Мурза С.Г.. Манипуляция сознанием. - М.: Изд-во: Эксмо, 2005. - 43 с.

7 Крейдлин Г.Е. Невербальная семиотика в ее соотношении с вербальной: дис. ... д-ра филол. наук: 10.02.19.

- Москва, 2000. 171 с

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

V____

1-jadval. "Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish metodikasi" omillari bo'yicha olingan natijalar

№ T.Lirining "Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish metodikasi"ning omillari Respondentlar soni Respondentlar % hisobida

1. AP - dominantlik, avtokratlilik 77 20,58

2. BS - o'taketgan manmanlik, raqobatlashuvchanlik 69 18,44

3. DE - tajovuskor, g'ayratli, 82 21,92

4. FG - tanqidiy, shubhalilik 43 11,49

5. HI - kamtarlik, xo'rlanganlik 25 6,68

6. JK - konformlilik (qulaylilik), giperkonformlilik (juda qulaylilik) 21 5,61

7. LM - kooperativlilik (aloqalilik), giperafiliativlik 25 6,68

8. NO - giperprotektivlik, javobgarlilik (javobgarlik xissi) 32 8,60

Jami: 374 100

xirillash, turli xil ovozlarni chiqarish, ba'zan sukunat va boshqalar kiradi), mimik belgilar (ko'z qarashi, "ko'z bilan otish", qoshlarning, og'iz va shu kabi-larning "ifodasi"), imo-ishoralar, tana harakatlari va boshqalar kiradi. O'rganilgan adabiyotlarda ko'pincha manipulyativ ta'sir agressiv xohishlari-dan barpo etilishini va bu asosan qoralanganligini aytish mumkin.

Tadqiqotning maqsadi.

Shaxsni boshqarishda psixologik ta'sirning manipulyativ usuli orqali adresatga ta'sir ko'rsatishni o'rganish maqolamizning maqsadi qilib olindi.

Tadqiqotning usullari.

Shaxslararo munosabatlarda shaxsni boshqar-ishda psixologik ta'sir usullari diagnostikasi.

Tadqiqotning ob'yekti qilib, 374 respondent olindi. Ular to'liqsiz oliy ma'lumotga ega bo'lib, barchasi ijtimoiy yaxshi ta'minlangan va hayotda o'z o'rnini egallashga intilayotgan talabalardir.

Asosiy qism.

Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib, shax-sni boshqarishda psixologik ta'sir usullaridan biri manipulyatsiyaning o'rnini, ya'ni manipulyator sifatida T.Lirining1 "Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish metodikasi"ning sakkiz omilidan qaysi biri orqali adresatga ta'sir ko'rsatish mum-kinligini aniqlandi va bu jarayonni Bass-Darkning2 "Agressiv holatlarni" aniqlash so'rovnomasi orqali korrelyatsion tahlil qilindi.

T.Lirining "Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish metodi"dan olingan natijalar matema-

1 Головей Л.А., Рибалко Е.Ф. Практикум по возрастной психологии. - Санкт-Петербург, "Речь, 2002. - 683 с.

2 Головей Л.А., Рибалко Е.Ф. Практикум по возрастной

психологии. - Санкт-Петербург, "Речь", 2002. - 332 с.

tik-statistik tahlil qilinib, quyidagi 1-jadval holatiga keltirildi.

T.Lirining "Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish metodikasi"ning natijalarini korre-lyatsiya qilish maqsadida Bass-Darkning "Agressiv holatlarni" aniqlash so'rovnomasini o'tkazdik. Unga ko'ra olingan natijalar matematik-statistik tahlil qilinib, quyidagi 2-jadval holatiga keltirildi.

Shaxsni psixologik boshqarish jarayonida adresatga manipulyativ ta'sir etishda tajovuskorlik, ayblovchi, tez va ikkilanmasdan harakatlanadi-gan, hujumkor, to'g'ridan-to'g'ri tanqidona hara-kat qiluvchi respondentlar 21,92%ni tashkil qilar ekan. Bass-Dark so'rovnomasi bo'yicha jahldor-likka moyillik 22,19 %ni tashkil qilib, respondentlar muloqotda ancha jirrakilik, jizzakilik ozgina o'zgarishga jahlni ko'rsatishga tayyorlik kabi xususiyatlari bilan boshqa respondentlardan farq qilishlarini bildirganlar. Shaxs psixologiyasi nazari-yasi mutaxassislaridan biri Teodor Millon agressiv shaxslarni atrof olam bilan o'zaro aloqalarda faol va mustaqil deb ta'kidlaydi. Uning fikricha, bunday shaxslar o'z ehtiyojlari qondirilishiga faol ravishda ishonch hosil qilgan holda atrofidagilarga qaram bo'lib qolmaslik istagida bo'ladi. Muallif shuning-dek, faol va mustaqil shaxsning ikki turi mavjud deb hisoblaydi: ular o'z harakat tartibini jami-yatda mavjud qoidalarga yetarlicha moslashtira olishi mumkin; ikkinchisi qonunda ko'rsatilgan talablarga amal qilishda ichki qarama-qarshi-liklarga uchraydi3.

T.Liri metodikasi natijalari bo'yicha ikkinchi omil o'ta ketgan manmanlik, raqobatlashuvchan-lik, maqtanchoqlik, takabburlik, mag'rurlik, ishonch bilan harakatlanuvchi, mustaqil, ishonchsizlik yuzaga keliruvchi respondentlarning bergan javo-

3 Millon T. Disorders of Personality. Wiley-Interscience, 1981 г. -182 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ 45

ч_

2 - jadval. "Agressiv holatlar"ni aniqlash so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalar

№ Bass-Darkning "Agressiv holatlar"i turlari Respondentlar soni Respondentlar % hisobida

1. Jismoniy agressiya (hujum) 77 20,59

2. O'ziga bog'lik agressiya 41 10,96

3. Jahldorlikka moyillik (jahldorlik, jizzakilik) 83 22,19

4. Negativlik 34 9,1

5. Xafachilik 31 8,28

6. Gumonsirash 31 8,28

7. Verbal agressiya 44 11,8

8. Vijdon azobi, ayb hisi 33 8,8

Jami: 374 100 %

blari 18,44 % ni tashkil qildi. Jismoniy agressiya (hujum) - o'zgaga jismoniy kuch ishlatish bo'yicha olingan natijalar 20,59 %ni tashkil qildi. Bu respon-dentlarda vaqti bilan boshqalarga ziyon yetka-zish xohishini so'ndirolmasligi, har qanday hol-atni javobsiz qoldirmasligi, jahlini bosa olmasligini ta'kidlaganlar.

Dominantlik, avtokratlilik bo'yicha respondent-lardan olingan javoblarni tahlil qiladigan bo'lsak, egalik qilish, hukmronlik, buyruq beruvchi rah-barlik, xiralik qilish, boshqarish, maslahat berish istagi, o'rgatishni yoqtiradigan shaxslar 20,58 % ni tashkil qildi. Adresatga baqirish, so'kinish, stolni mushtlash, depsinish va hokazolar orqali adresatni boshqarishga harakat qilishni o'ziga ma'qullagan respondentlarda 11,49 %ni tashkil qildi. Baqirish, so'kinish verbal agressiya deb atalib, nutq orqali ob'yektda salbiy emotsional psixologik holatni (qo'rquv, umidsizlik va h.k.) keltirib chiqarishga qaratilgan maqsadli kommunikativ harakat hiso-blanadi. Bunda imo-ishoralar ko'rinishini og'zaki bo'lmagan tana harakatlariga bog'lash kerak. Dun-yoda har bir madaniyat o'ziga xos (Qarang: Jelvis 1997; Sternin 2001), tajovuzkor, tahdid qiluvchi, kinoyali va shu kabi imo-ishoralar tizimi mavjuddir. Ba'zan sukut (tahdid qiluvchi, kinoyali, norozilik va h.k.) tajovuzni ifoda etishning og'zaki bo'lmagan vositasi deb ham tasniflanishi mumkin.

Tanqidiylik, shubhalilikni respondentlarimizning 11,49%ni tashkil qilib, shikoyat g'azablantiruvchi harakat, ishonchsiz, shubhali, o'ziga nisbatan boshqalarning do'stona bo'lmagan harakatlarga chorlovchi skeptik ko'rinishdagi xulq-atvor bilan shaxsni psixologik boshqarish usulidan foydala-nadilar va transaktsion munosabatda bo'ladilar. Negativlik, rahbar xodimga yo'naltirilgan qarama-qarshi xulq me'yori bo'lib, bunday xususiyatga ega respondentlar 9,1%ni tashkil qildi.

T.Liri metodikasi bo'yicha qolgan omillar giperprotektivlik, javobgarlilik 8,6 %ni, kamtar-

lik, xo'rlanganlik va kooperativlilik, 6,68 %ni, kon-formlilik va giperkonformlilik 5,61 %ni tashkil qildi. Bass-Dark metodikasi bo'yicha qolgan omillar gumonsirash, taqdiridan noliydigan, vijdon azo-bidan qiynaluvchi respondentlar 8,28 %ni tashkil qildi.

Xulosa.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin-ki, shaxsga manipulyativ ta'sir etishda ko'p hollarda odamlar dominantlik, avtokratlilik, o'zining fikrini zo'rma-zo'raki o'tkazish xususiyatlaridan foydalanishlari ma'lum bo'ldi. Ayrim hollarda biror kishi muayyan raqibiga nisbatan qandaydir ustunlikka ega bo'lsa, u haqida kuchli xususiyatga ega (kuchli mutax-assis, dominant xarakterli, ruhan tetik) deyiladi. Aksincha, ayrim kamchiliklarga ega bo'lgan kishi to'g'risida zaiflikka ega va ba'zi emotsional yoki psixologik ta'sirlarga barqaror emas deyiladi. Shu bilan birga, raqobatlashuvchanlik, huquqini himoya qilish uchun kerak bo'lsa jismoniy kuch ishlatishga qodirlik ham shular jumlasidandir. Bu esa odamlardagi jahldorlikka moyillik holatining mavjudligi bo'lib, achinarlidir. Ochiq manipulyativ ta'sir adresatga baqirish, so'kinish, stolni mushtlab gapirishga o'tishi va shu orqali o'z fikrini o'tkazish maqtanchoqlik, takabburlik, mag'rurlik kabi illatlar bilan bog'liqdir. Ba'zan o'ziga hurmat, iltimos qil-inmasa yuklatilgan vazifani bajarmaslik o'zini tan oldirishga intilish borligidan dalolatdir. Lekin o'zini o'zi ayblovchi, aybdorlik hisi mujassam insonlarni diniy sektalar, ayrim ekstremistik guruhlar o'zlarini g'araz niyatlarida juda ustalik bilan foydalanishlari barchamizga ayon. Erkinlik va mas'uliyat o'rtasidagi tenglikning buzilishi bir tomonlama yutuq manipulyator tomonida bo'lishidadir1.

1 Ражабов М.Ж. Психолингвистик жараёнда манипуля-циянинг роли // Инновации в педагогике и психологии. - 2021. - Т. 4. - №. 7.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyida suhbat jarayonida manipulyatorning manipulyativ harakatlarini aniqlash uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz.

- fazoviy psixologik maydonni buzib, muno-sabatga kirishish, aloqa o'rnatishga harakat qilish;

- suqlanib, ko'z uzmasdan yoki sezib qol-maslik uchun ko'zini olib qochish, siz orqali orqa-

ngizdagi voqea-hodisa, predmet va hokazolarni kuzatish, qarash;

- qisqa muddatda qaror qabul qilish vaqtida sun'iy ravishda vaqt cho'zishga harakat qilish va shu orqali o'zini shartini qo'yish;

- sizni shaxsiy hayotingizga o'ta qiziqishi va bilishga ko'p vaqt ajratishi (oila a'zolaringiz, hayo-tingiz, xobbi, sog'lig'ingiz, o'zgalar bilan munosa-batingiz, voqea-hodisalarga fikringiz va hokazo);

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Головей Л.А., Рибалко Е.Ф. "Практикум по возрастной психологии. - Санкт-Петербург, "Речь", 2002. - 683 с.

2. Головей Л.А., Рибалко Е.Ф. Практикум по возрастной психологии. - Санкт-Петербург, "Речь", 2002. - 332 с.

3. Millon T. Disorders of Personality. Wiley-Interscience, 1981 г. -182 с.

4. Дементьевa В.В. - Вестник РУДН. Серия: ЛИНГВИСТИКА. 2018. Т. 22. № 4. С. 919— 944/

5. Крейдлин Г.Е. Невербальная семиотика в ее соотношении с вербальной: дис. ... д-ра филол. наук: 10.02.19. - Москва, 2000. 592 с.

6. Кара-Мурза С.Г. Манипуляция сознанием/ - М.: "Алгоритм", 2000, 15 с.

7. Зелинский C.A. Анализ массовых манипуляций в России. Анализ задействования манипулятивных методик управления массами в исследовании деструктивно-сти современной эпохи на примере России. Психоаналитический подход. - Санкт-Петербург: СКИФИЯ, 2008. - 84 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Словарь иностранных слов. 13-е изд., стереотип. - М.: изд., "Русский язык", 1979, с изменением, 189 с.

9. Ражабов М.Ж. Психолингвистик жараёнда манипуляциянинг роли // Инновации в педагогике и психологии. - 2021. - Т. 4. - №. 7.

10. Marifjon o'gli, Mo'minov Davronjon, and Davlatov Iqboljon Sharofiddin o'g'li. The breadth of information and its manipulative effect on the human mind. // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.7 (2022): 17-21.

11. Marifjon o'gli, M.M. D., & Sharofiddin o'g'li, D. I. (2022). "The breadth of information and its manipulative effect on the human mind". Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 17-21.

12. Муминов А.Г. "Empaty in modern conditions: views, factors, manifestations" Журнал: Социальных Исследований, 2021, №4, Р.13-23.

13. Jumaboyevich R.M. "Black Three in Personal Psychological Characteristics or Maciavelism, Psychopathy and Narsism //Eurasian Scientific Herald". - 2022. - Т. 8. - С. 38-41.

14. Nuriddinov R.S. (2020). "Information as a social-psychological problem". "Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества" (pp. 380-382).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.