TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNINIG HOZIRGI KUNDAGI DOLZARBLIGI
Karimova Barno,
Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi, Nasirova Zilolaxon Marat qizi,
2 kurs magitiranti.
Annotatsiya: Maqola talabalarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirishninig hozirgi kundagi dolzarbligi va ahamiyati haqida bo'lib, ko'proq e 'tibor talabalar jamoasi va ular o'rtasida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning ahamiyati, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotga ulkan islohatlarga daxldorlikxissini kuchaytirish, shaxslararo amalga oshiriladigan murakkab munosabatlarda to'g'ri, adekvat qarorlar qabul qilishni rivojlantirish borasida so'z boradi.
Kalitso'zlar: muloqot, muloqot madaniyati, munosabat, shaxslararo munosabatlar, murakkab munosabatlar, munosabat madaniyati, qaror, farmon.
Аннотация: статья посвящена актуальности и значимости в настоящее время развития культуры межличностных отношений у студентов, больше внимания уделяется значимости формирования культуры межличностных отношений между студентами и их коллективом, усилению чувства их причастности к осуществляемым в нашей стране масштабным реформам, развитию принятия правильных, адекватных решений в сложных межличностных отношениях.
Ключевые слова: общение, культура общения, отношение, межличностные отношения, сложные отношения, культура отношений, решение, постановление.
Annotation: the article is about the current relevance and importance of the development of the culture of interpersonal relations in tiudents, and more attention is paid to the importance of the formation of a culture of interpersonal relations between the tiudent body and them, lengthening the personality of the greater reforms to their implementation in our country, developing correct, adequate decision-making in
Keywords: communication, culture of communication, attitude, interpersonal relationships, complex relationships, culture of attitude, decision, decree.
Farovon hayot - mukammal tarbiyadan boshlanadi. Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. "Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi" deb bejizga aytishmagan donishmandlar. Hozirgi qaltis davrda tarbiya mukammal bo'lishi uchun bu masalada bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi" - deydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1.
1 O'zbekMon Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbeki^on yoshlar ittifoqining IV qurultoyida so'zlagan nutqi, 2017 yil.
Shunday ekan, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, O'zbeki&on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid yoshlarni tarbiyalashdagi yangi 7ta muhim tashabbusi, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalarining filiallari va fakultetlarining ochilishi, me'yoriy-huquqiy ta'minotni takomillashtirish hamda moddiy-texnik sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan yurt i&iqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash bilan bir qatorda pedagogika oliy ta'lim muassasalari bo'lajak o'qituvchilarining tashabbuslarini to'g'ri yo'naltirgan holda, ularda konfliktologik jarayonlarni bartaraf etishda yangi adabiyotlarni joriy etish, rivojlantirish borasida ta'lim tizimiga izchil o'zgartirishlar kiritilmoqda.
O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbeki&on yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmoni hamda O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son "O'zbeki&on Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni jahonning rivojlangan mamlakatlari ta'lim tajribalarini o'rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda. Shuningdek, mazkur faoliyatga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu o'quv qo'llanma muayyan darajada xizmat qiladi. Mu&aqillik yillari tom ma'noda O'zbeki&on Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti i&iqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o'rin egallashga intilish yo'lidagi keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. O'zbeki&on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Oliy ta'lim tizimini zamonaviy usullar yordamida samarali boshqarish, sohada moddiy-texnik bazani kuchaytirish, o'quv-metodik ishlarni takomillashtirish bo'yicha jiddiy choralar ko'rishimiz zarur. Kadrlar buyurtmachilari hisoblangan iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojidan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning &rategiyasini belgilash, davlat ta'lim &andartlari va malaka talablarini qayta ishlab chiqish, talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish lozim"1. Bu esa, o'z navbatida, oliy ta'lim o'qituvchilarining intellektual, axloqiy, ruhiy jihatdan kuchli, etuk malakali kadrlar bo'lishni taqozo etadi.
Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish da&urlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo'llaniladi.
Bugungi kunda ta'limning demokratik modelini vujudga keltirish muhim masalalardan biridir. Ta'lim, ayniqsa, o'quvbiluv jarayoni demokratik modelining da&labki elementi talaba shaxsining individual faoliyat ko'rsatishida namoyon bo'ladi.
Odamlar o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha muammolar psixologik maslahat o'tkazish amaliyotida juda ko'p uchraydi va mijoz ular borasida to'g'ridan-to'g'ri
gapirmasa ham, shaxsiy mazmundagi boshqa muammolardan shikoyat qilganida, bu aslida unda shaxslararo munosabatlar bo'yicha uning muammosi yo'qligini anglatmaydi. Hayotda esa ko'p hollarda buning aksi bo'lib chiqadi: agarda mijozni shaxslararo munosabatlar bo'yicha mavjud holati tashvishlantirsa, shunday holatda har doim unda o'z xarakteriga taalluqli shaxsiy mazmundagi muammosini ham aniqlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, bu ikkala muammoni amaliy hal etish usullari ko'p jihatdan bir-biriga o'xshashdir. Shunga qaramay, bu muammolarni alohida ko'rib chiqish kerak, chunki ular har doim shaxsiy mazmundagi muammoga qaraganda, bir muncha boshqacharoq hal qilinadi. Shu odamning boshqa odamlar bilan munosabatlarini boshqarish yo'li bilan hal etiladi. Bundan farqli ravishda o'z shaxsiy muammosini har doim odam individual va boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilmay ham hal etishi mumkin.
Bundan tashqari shaxsiy va shaxslararo mazmundagi muammolarni hal etish usullarida katta farq mavjud. Agarda shaxsiy muammolar odatda odamning ichki dunyosini tubdan o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'lsa, shaxslararo muammolar odamning, asosan, xulqi tashqi shakllarini o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'ladi. Odamning atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlariga tegishli psixologik muammolar xususiyati bo'yicha turlicha bo'lishi mumkin. Ular atrofdagilar bilan odamning shaxsiy va amaliy o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, unga yaqin va ancha uzoq bo'lgan, masalan, qarindoshlari hamda begonalar bilan o'zaro munosabatlariga taalluqli bo'lishi mumkin. Bu muammo yaqqol ifodalangan yosh farqiga ham ega bo'ladi.
Masalan, mijozning tengdoshlari yoki boshqa avlod, ancha yosh yoinki o'zidan ancha katta yoshli odamlar bilan o'zaro munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin. Shaxslararo munosabatlar muammolari turli jinsli odamlarga ham taalluqli bo'lishi mumkin.
Aytib o'tilgan muammolarning ko'p jihatliligi odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning murakkabligini ko'rsatadi. Bu muammolarning ko'pchiligini bu yerda biz alohida muhokama qilsak ham, biroq bu muammolar hayotda bir-biriga bog'liqligini va ko'pchilik hollarda kompleks hal etilishi zarurligini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda odatiy qiyinchiliklarning yuzaga kelishida ba'zi umumiy sabablar mavjud. Biroq odamlar o'zaro munosabatlari alohida turlariga xos bo'lgan xususiy, o'ziga xos qiyinchiliklar sabablari ham mavjud.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati — bu o'qituvchining o'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o'zi uchun eng qulay bo'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o'quvchilarda mu&aqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilish;
• o'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o'z fik-mulohazalarini cho'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o'rgatish;
• o'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
Ta'lim oluvchi ta'lim - tarbiyaviy faoliyatni talabalar bilan birgalikda tashkil
etadi. Bunda sinfning faol talabalari hamda norasmiy liderlari bilan o'zaro muloqotning adolatli bo'lishi muhim ahamiyatga ega: talabalarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mu^aqil bajarishga jalb etish, bunda talabalarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
Ta'lim oluvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti talabaning o'zligini anglash fonksiyasini takomillashtiradi. Bunda ta'lim oluvchining vazi-fasi muloqot asosida talabalarga o'zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati pedagogik muloqot tuzilishijihatidan ta'lim oluvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar ta'lim oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, awalo, ta'lim oluvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi.
Talabalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar
Ta'lim tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning eng muhim vazifalaridan biri bu talabalar jamoasini shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu nafaqat u yoki bu ta'lim tarbiya muassasinigina emas, balki konkret o'quv guruhi - sinfga ham taalluqli. Chunki qayerda, qaysi jamoada shaxslararo munosabatlar yaxshi tashkil etilgan bo'lsa, shu jamoa o'z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga asos yaratilgan bo'ladi. Bunday jamoada o'z-o'zini boshqarishni joriy qilish ham yaxshi samaralar berishi mumkin. Shaxslararo munosabatlarni o'rganish metodlaridan biri sotsiometriya metodidir. Sotsiometriya tushunchasi Amerika olimi J.Moreno tomonidan taklif etilgan bo'lib, guruhdagi o'zaro munosabatlarni o'rganish degan ma'noni bildiradi. Sotsiometriya metodi turli guruhlarda, jamoalarda shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini o'rganishning psixologiyada keng qo'llaniladigan eng samarador vositalaridan hisoblanadi. Sotsiometrik tahlil ma'lumotlari shaxsning guruhda tutgan o'rni, guruhda shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari, guruh yulduzlari, guruh lideri (guruhning tan olingan sardori) guruhning yakkalanib qolgan (izolatsiyaga tushib qolgan) a'zosi, guruhdagi kichik guruxchalar (mikro gruppalar), ularning tarkibi, o'zaro munosabatlari va yana qator shu kabi ma'lumotlarni olish imkonini beradi.
Talabalar bilan shaxslararo munosabatlar tizimidagi muammolarni hal qilishda trening mashg'ulotlarini olib borish samarali natija beradi. Bunda qiyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
Mashq: «Bir-biringizni biling»
Guruhda qoidalar hosil qilish. Guruh a'zolari aylana bo'lib o'tiradilar va guruhiy ish tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo'lgan qoidalar hamda mashg'ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a'zolarining rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari buzilganda jazolash) belgilab olinadi. Guruh a'zolarining roziligidan so'nggina, bunga qat'iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati hisoblanadi.
Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikki guruhga ajratiladi. Guruh a'zolarining vazifasi bir-birlari haqida ko'proq ma'lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan iboratdir.
Mashq: «Assotsiatsiya»
Ushbu mashq yaqin kishilari va oila a'zolari haqida ma'lumotlar yig'ishga yordam beradi. «Assotsitsiya» mashqi o'smirlarning shaxslararo munosabatlari bo'yicha psixodiagno^ik xususiyatga ham ega. Mashq ularning yaqin odamlari va ota-onalari bilan assotsitsiyalashuvini ko'rsatadi. Bu mashq ishtirokchilarda ancha jonlanish va qiziqish uyg'otishi kuzatiladi.
"O'yla va ayt, oila a'zolaringdan qaysilari senda assotsitsiya uyg'otadi?" Navbatdagi mashq o'smirlarni atrofdagilarga munosabati va xohish-i^aklarini namoyon qilishga o'rgatadi. Buning uchun «Do'^imga maktub» mashqi taqdim qilinadi.
Mashq: «Do'^imga maktub»
Ko'rsatma. Sizga do'^ingizga maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o'zingiz haqingizda do'^ingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So'ngra siz maktubni xat jildga joylashtiring. Maktub anonim bo'lishi mumkin. Oxirgi mashg'ulotda hamma o'z maktubini oladi, o'qiydi va treningdan sovg'a sifatida olib qo'yadi.
Mashq: «Kundalik daftar yuritishga o'rgatish»
Kundalik daftarni «Mening g'alabam va muvaffaqiyatlarim» mavzusi bo'yicha yuritish trening ishtirokchilarining har kungi ishlarini hamda boshqalarning xattiharakatlarini tahlil qilishga imkon beradi. Ishtirokchilarga kundalik daftar yuritishni mu^aqil boshlashlari taklif etiladi. Ular kundalik daftarda o'z holatlari, kechinmalari, tuyg'ulari haqida o'z taassurotlarini yozib borishlari lozim.
Daftlab har bir ishtirokchiga qog'oz berilib, quyidagi gaplarni yakunlash so'raladi:
Men treningga kelganimda...
Menga yoqqan narsa...
Menda aytish xohishi yo'q ...
Men mashg'ulotlarda.........lar haqida ko'proq bilib olaman.
Men hozir.........ni his qilyapman.
Treningdan so'ng mening kayfiyatim......
Bu safar men.........ga harakat qilaman.
Men navbatdagi uchrashuvda......ni isbot qilaman.
Albatta, ushbu psixologik trening natijalarini ishtirokchilarning kayfiyati hamda xohish-i^aklari orqali aniqlash mumkin. Buning uchun xayrlashuv rituallariga ham e'tibor qaratish lozim. Guruh a'zolari doira bo'lib tik turadilar. Trener qo'lini oldinga cho'zib, «Hammangizga rahmat!» deb aytadi. So'ngra boshqa ishtirokchi trenerning qo'liga qo'lini qo'yadi va «Bugun zo'r bo'ldi!» deydi, qolganlar ham o'z i^aklarini shu tarzda bay on qiladilar. Tilaklar aytib bo'lingach, qo'llar birlashtiriladi, trener ishtirokchilar bilan xayrlashadi va hamma tarqaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbeki^on Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil i^iqbollariga bag'ishlangan majlisidagi O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti nutqi. // "Xalq so'zi" gazetasi, 2017, 16-yanvar, № 11.
2. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - "O'zbekifton", 2017.
3. O'zbeki^on Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar ^rategiyasi. O'zbeki^on Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbeki^on Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.
4. Mirziyoyev Sh. M. Qonun u^uvorligi - inson manfaatlarini ta'minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - "O'zbeki^on", 2017.
5. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida "U^oz-shogird" tizimi to'g'risidagi NIZOM. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va ijtimoiy himoya Kengashining 2005-yil 21-yanvar majlisi qarori bilan tasdiqlangan (2004 yil 25 avgu^ 87-02-1279-sonli modemnomasi).
6. Андреева Г.Н. Социалная психология. -М.: 1980.
7. Karimova V.M. Psixologiya. Ma'ruzalar matni. -T.: 2000.
8. Nemova R.S. Psixologiya 3 tomlik. 1-kitob.
9. Психологические исследования социалного развития личности. -М.: 1991.
10.Петровский А.В. Социальная психология. -М.: 1987
Elektron ta'lim resurslari:
www.ziyonet.uz
www.arxiv.uz
www.tdpu.uz