Научная статья на тему 'SHAXSIYAT XUSUSIYATLARINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR'

SHAXSIYAT XUSUSIYATLARINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
4
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birliklar / shaxsiyat / intellektual qobiliyatlar / insonlararo munosabatlar / yashash sharoiti / madaniyat / an’analar / tilshunoslik.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Tursunova Nodirabegim Fayzullo Qizi, Ergasheva Nargiza Shavkatbek Qizi

ushbu maqola frazeologik birliklarning shaxsiyat, intellektual qobiliyat, insonlararo munosabatlar, harakatlar va yashash sharoitlarini ifodalovchi xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada misollar keltirilgan holda, har bir frazeologik birlikning ma'nosi va ulardan qanday foydalanganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bu birliklar orqali o‘zbek tilining boyligi va ifodalovchi kuchi namoyon bo‘ladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSIYAT XUSUSIYATLARINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR»

ARTICLE INFO

SHAXSIYAT XUSUSIYATLARINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizi

f.f.f.d (PhD). Ergasheva Nargiza Shavkatbek qizi

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13924588

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 12- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

frazeologik birliklar, shaxsiyat, intellektual qobiliyatlar,

insonlararo munosabatlar, yashash sharoiti, madaniyat, an'analar, tilshunoslik.

ushbu maqola frazeologik birliklarning shaxsiyat, intellektual qobiliyat, insonlararo munosabatlar, harakatlar va yashash sharoitlarini ifodalovchi xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada misollar keltirilgan holda, har bir frazeologik birlikning ma'nosi va ulardan qanday foydalanganligi ko'rsatib o'tiladi. Bu birliklar orqali o'zbek tilining boyligi va ifodalovchi kuchi namoyon bo'ladi.

Frazeologik birliklar — bu oddiy so'zlar va iboralar emas, balki chuqur ma'no va konteksta ko'plab his-tuyg'ularni, tajribalarni va fikrlarni o'z ichiga oladigan birliklardir. Ular ko'pincha ma'naviy va ruhiy holatni, shaxsiyat xususiyatlarini, yashash sharoitlarini o'z ichiga oladi. Misol uchun, "bug'doy noni bo'lmasa ham bug'doy so'zi bor" kabi iboralar, shirin so'zlar va mehmondo'stlikni anglatadi, bu esa o'zbek xalqining asosiy qadriyatlaridan biridir. Bundan tashqari, frazeologik birliklar, shaxsning qilmishlari va harakatlarini tasvirlashda ham qo'llaniladi. "Oldiga poxol solmoq" yoki "ko'zga tikanday" kabi iboralar, insonlarning muayyan xulq-atvori va o'zaro munosabatlaridagi to'siqlarni ochib beradi. Bu orqali biz o'zaro muloqotda ko'proq anglab, hissiyotlarni ifodalash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Shuningdek, frazeologik birliklar shaxsning intellektual qobiliyatini aks ettiradi. "Kitob ko'rmagan bola" yoki "oq tolni tolga ulab yuboradi" kabi iboralar, insonning bilim darajasi va o'zini tutish uslubini belgilaydi. Bu frazeologizmlar orqali, biz odamlarning qobiliyatlari, tajribasi va muvofiqligini baholay olamiz.

Bunday frazeologik birliklarni o'rganish, nafaqat tilni boyitadi, balki bizga o'zimizni va atrofimizdagi insonlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ular tilda mavjud bo'lgan boylik va chuqurlikni ochadi va milliy qadriyatlarni saqlab qolish uchun zaruriy vosita sifatida xizmat qiladi.

Shu sababli, frazeologik birliklar o'zbek tili va madaniyatida markaziy ahamiyatga ega bo'lib, ularni tahlil qilish va o'rganish, nafaqat tilshunoslar, balki barcha qiziquvchilar uchun qiziqarli va foydali jarayon hisoblanadi. Ular yordamida biz o'zimizni ifoda etish, o'zaro muloqot qilish va insoniyat tajribasini boyitish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Asosiy qism. Bug'doy noni bo'lmasa ham bug'doy so'zi bor- yeyishga hech narsasi bo'lmasa ham shirin so'zi, mehmondo'stligi bor ma'nosida.

Volume 2, Issue 10, October 2024

To'g'ri daraxtdan egri soya tushmaydi-yaxshi insonning bolasi yaxshi bo'lishi haqida. Bir qop yong'oq-xushchaqchaq, ichida kiri yo'q qo'li gul har ishga mohir, o'z ishining ustasi. — Biz uni [Tojimatni] yoshligimizda, bir qop yong'oq, der edik. Essiz, — deb achindi Nazarov. S.Anorboyev, Oqsoy[Umrzoq ota:] Ha, G'ani samovarchi eski qadrdonim. Qurmag'ur bir qop yong'oq: borsam, sira zeriktirmaydi. H. G'ulom, Mash'al Osmondagi qushning og'zidagi donni olmoq-epchil, olg'ir Piyoz dastro'moli bor, ko'zyoshiga ishonmang-ayyor Intellektual qobiliyatini ifodalovchi frazeologik birliklar. Daraxtning bargida yurmoq-ishbilarmon, oldindan ko'ra oladigan yoki shumlik Kitob ko'rmagan bola/giyoh unmagan dala- ilmi kam bo'lgan insonlar uchun Nokku hali-aqliy tomondan yetilmagan, tajribasi yo'q Oq tolni tolga, olmani o'rikka, tolni terakka ulab yuboradi-g'oyat usta, ishbilarmon gapga chechan inson Shaxsning boshqa odamlar bilan munosabatini ifodalovchi frazeologik birliklar. Tikan bo'lmoq-o'rtada to'siq, g'ov bo'lmoq. Uning [Zaynabning] bu holi ersa mening uchun yaxshi emas, u yana ko'p vaqt bizning oramizda tikan bo'lmoqchi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar Arpasini xom o'rmoq-biror kishiga yoqmaydigan xatti-harakat qilmoq Alisher Navoiyga qarshi tillaringni muncha qayray berdilaring! U janob senlarning arpalaringni xom o'rdimi? Oybek, Navoiy Arpaning ichida kesak bor-sirdosh, samimiy do'stlar orasiga begona odamning kirib qolishi Shaxsning qilmishi va harakatlarini ifodalovchi frazeologik birliklar. Oldiga poxol solmoq-quruq gap, va'da bilan aldamoq Olaxo'ja maxsum, Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi, deb nodonlarning oldiga poxol solib turadi — dedi Abdurasul.P. Tursun, O'qituvchi. Ko'zga tikanday-kishilarga yomon ko'ringan kimsa yoki narsa haqida Shivit bo'lmoq-hijolat bo'lmoq,qilgan ishidan uyalmoq Kechalarni uyqusiz o'tkazaman. Rayon to'g'risida o'ylayman, yuzim shivit bo'lmasin, deyman.Sh. Rashidov, Bo'rondan kuchliUzr so'radim. Ammo hali ham yuzim shivit.S. Ahmad. "Qadrdon dalalar" Yashash sharoitini ifodalovchi frazeologik birliklar. Palak otmoq=tup qo'yib,palak otmoq- 1) ildiz otmoq 2) farzandli bo'lib ko'paymoq 3) yangi joyda yashashga moslashmoq

-Palak otmoq Ildiz otmoq, avj olmoq; ko'paymoq, mustahkamlanmoq.

Natijada VIII—IX asrlardan boshlab Termizda sayidlar avlodi palak otib, mashhur bo'lib ketdi. Fan va turmush.

Chunki bu yerda rasmiyatchilik palak otgan: mendan ketguncha, egasiga yetguncha, qabilida ish tutilmoqda. Gazetadan

- Tup qo'yib, palak otmoq Mustahkam o'rnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali bo'lib ketmoq.

Arpaga uvoq bo'lmaslik-yetishmovchilik, yetkazolmaslik

Bug'doy noni bo'lmasa ham bug'doy so'zi bor-yeyishga hech narsasi bo'lmasa ham shirin so'zi, mehmondo'stligi bor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://savodxon.uz/izoh

2. Tursunova N.F."Turli tizimli tillardagi milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi frazeologizmlar va ularning lingvokulturologik tahlili" f.f.f.d uchun diss. Andijon-2021.b-46

3. Karamatova K.M,Karamatov H.S.Maqollar. Mehnat:-Toshkent.2000.-b 145.

4. Sh.Shomaqsudov, S.Dolimov "Keng uyning kelinchagi" Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti. 1964-yil. 19-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.