Научная статья на тему 'SHАXSDА EMOTSIONАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHDА QUR’ON VА HАDISDАGI KOʼRSАTMАLАRNING АHАMIYATI'

SHАXSDА EMOTSIONАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHDА QUR’ON VА HАDISDАGI KOʼRSАTMАLАRNING АHАMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

73
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHАXSDА EMOTSIONАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHDА QUR’ON VА HАDISDАGI KOʼRSАTMАLАRNING АHАMIYATI»

SHAXSDA EMOTSIONAL MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA QUR'ON VA HADISDAGI KO'RSATMALARNING AHAMIYATI

Dildoraxon Xikmat qizi Ulmasova

O'zXIAsi "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi tayanch doktoranti

Dildora04.30@mail.ru

Bugungi kunda psixologiyada ruhiy farovonlik, psixologik salomatlik kabi atamalar keng qo'llanila boshlandi. Shaxs psixologik salomatlikka erishish orqali depressiya holati, xarakterda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan buzilishlardan himoyalagan bo'ladi. Psixologik jihatdan sog'lom bo'lish uchun, avvalo, shaxs emotsoinal intellekti rivojlangan bo'lishi lozim. Quyida shaxs emotsional madaniyatini oshirishda islom dini ko'rsatmalarining ahamiyatini tahlil etishga urinamiz.

Ma'lumki, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, ongida obyektiv olamni sub'ektiv aks ettiradi, atrof muhit bilan aloqaga kirishadi. Shaxs tashqi muhitdan olayotgan axborotlarini tahlil qilaar ekan, ularni qayta ishlaydi, natijada turli emotsiyalarni o'zida his qiladi.

Bugungi global zamonda shaxsni emotsional intellektini o'stirish muhimdir. Chunki bu orqali insonning emotsional jihatdan farovonligi ta'minlanibgina qolmay, unda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan psixosomatik kasalliklarning ham oldi olinadi.

Emotsional intellektni shaxs hayotidagi amaliy ahamiyatini D.Goulmen o'zining "Emotsional intellekt" kitiobida asoslab berib, emotsional kompetentlik nazariyasiga asos soladi.

X.Vaysbax va U.Daks esa emotsional intellektni o'z emotsional hayotini "intellektual" boshqara olish layoqati deb tushuntiradi.

D.Goulmen 4ta shunday xarakteristikalarni ajratadi:

• O'z-o'zini anglash (emotsional o'zini anglash, o'ziga adekvat baxo berish va o'ziga ishonch)

• O'z-o'zini nazorat (emotsiyalarni, ochiqlikni, moslashuvchanlikni nazorat, g'alabaga, tashabbuskorlikka, optimizmga bo'lgan intilish)

• Ijtimoiy xushyorlik (hamdardlik, ehtiyotkorlik)

• Munosabatlarni boshqarish (o'zini mukammallashtirishdagi g'ayrat, ta'sir ko'rsatish, yordam qilish, ijobiy o'zgarishlarga harakat qilish, nizolarni boshqarish, guruhiy ish hamda hamkorlik).

Shaxs hayoti, muvaffaqiyati, tanlov va qarorlari

https://ares.uz/

emotsiyalarini qay darajada boshqara olishi bilan bevosita

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

bog'liq.Shuning uchun ham individda o'z emotsiyalarni boshqarish, zarur vaqtda ularni to'g'ri yo'naltira olish ko'nikmasini shakllantirish zarur.

Emotsional intellektning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar turli olimlar tomonidan tadqiq etilgan va xilma-xil fikr mulohazalar ilgari surilgan. Bunday olimlar qatoriga O.I.Vlasova, Dj.Meyer, D.Goulman, T.P.Berezovskaya, A.V.Libin, V.M.Rusalov, S.I.Dudin, A.Ellis, X.Djekins, D.D.Guastello, S.Dj.Guastello, V.D.Shadrikovalarni kiritish mumkin. Psixologlar emotsional intellekt rivojlanishiga ta'sir etuvchi biologik hamda ijtimoiy omillarni ajratdilar. Olimlar din omilini shaxs emotsional intellekti rivojlanishiga ko'mak beruvchi ijtimoiy omil sifatida e'tirof etishdi.

Xususan, islom dini manbalari bo'lmish Qur'on va hadisda ham shodlik, xafalik, g'azab, qo'rquv, hasad kabi insonlar his etadigan asosiy emotsiyalar va shunday hissiyotlarni his etayotganda o'zini qanday tutish lozimligi haqida ko'rsatmalar keltirilgan.

Qur'oni Karimning Oli imron surasining 134 oyatida taqvodorlar sifatida farovonlik va tanglik kunlarida ham hayr-sadaqa qiluvchilarni, g'azablarini yutadigan va odamlarning xato-kamchiliklarini afv etadiganlar ettirof etiladi.

Emotsional intellektning muhim komponentlaridan biri o'z hissiyotlarini boshqara olish layoqatidir. Emotsiyalar ichida g'azabni boshqarish eng murakkablaridan sanaladi. Psixologiyada ham g'azabni boshqarishga oid turli tavsiyalar ular hadisdagi ko'rsatmalar bilan o'zaro iutanosibdir. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan xadisda "Kuchli odam kurashib yiqitishi bilan bilinmaydi, balki g'azabi kelganda o'zini boshqara olgan odam haqiqiy kuchlidir" deyiladi.

Buxoriy va Termiziydan rivoyat qilingan boshqa hadisda qayd etishicha, bir odam Rasululloh (s.a.v) yonlariga kelib, unutib qo'yishi mumkinligini aytib qisqaroq maslahat berishlarini so'raganida, "G'azablanma", deya nasihat qilganlar.

Qur'on va hadisda emotsional intellektning barcha komponentlarini qamrab oluvchi ko'rsatmalar kelgan bo'lib, ushbu ko'rsatmalarga amal qilgan shaxsda emotsional madaniyat shakllanadi. Xususan, emotsional intellektning muhim koponentlaridan biri o'zini anglashdir. Islom dini ta'limotida ham o'zini anglagan robbini anglashi ta'kidlanadi.

Emotsional kompetentlikka erishishning muhim unsuri adaptatsiya yatni joriy holatga moslasha olishi ko'nikmasidir. Ushbu ko'nikma shakllanishida sabr va shukrning o'rni beqiyosdir. Qur'oni Karimning 70dan ortiq o'rnida sabr zikr etiladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, shaxsda emotsional intellektni oshirish orqali uni stresga bardoshli, irodali qilib tarbiyalash mumkin. Yoshlarda emotsiyalarni to'g'ri anglash va boshqarishni qobiliyatini dinimiz ko'rsatmalariga amal qilish ko'nikmasini hosil qilish orqali shakllantishimiz mumkin.

Buning uchun maktab ta'limida Tarbiya darslarida esa ularda sabr,

https://ares.uz/

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

shukr, kechirimlilik, xushmuomalalik kabi mavzular haqida suhbatlar qilish, bu boradagi

dinimiz ko'rsatmalarini ularga tanishtirish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

2. Bakhriddin, U., & Ulmasova, D. (2021). THE INFLUENCE OF EMOTIONAL INTELLIGENCE ON MENTAL HEALTH. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.9 Psychological sciences).

3. Bar-On R. Emotional Quotient Inventory: a measure of emotional intelligence. NY: Multi-Health Systems, Inc. 2008. 36 p.

4. Dr. Avvod Halaf. Olti muhaddis ittifoq qilgan sahih hadislar: diniy ma'rifiy. Munir-2021.

5. GoulmanD. Emotsionalbnbiy intellekt //D.Goulman; per. s ang. A.P.Isaevoy. -M.: ASTMOSKVA; Vladimir: VKT, 2009.

6. Mirqosimova M. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES Vol 1, Issue 4 , 2021.

7. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.

8. Rasulova, N., & Ulmasova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF FOLLOWING THE PROFESSIONAL AND ETHICAL PRINCIPLES OF THE PSYCHOLOGIST IN THE PROVISION OF PSYCHOLOGICAL SERVICES. The Light of Islam, 2020(3), 192200.

9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi tarjimasi. Hilol- 2020.

10. Ulmasova, D. (2021). Emotsional intellektning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar. Obshestvo i innovatsii, 2(11/S), 166-169.

11. Абдуганиева, Д. A. (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

12. Андреева И.Н. Эмоциональный интеллект как феномен современной психологии. Нов;.,ополоцк: ПГУ, 2011.

13. Аскарова, Н. А. (2022). ОСОБЕННОСТИ ЭМОЦИНАЛЬНО-ВОЛЕВОЙ СФЕРЫ ДЕТЕЙ С СИНДРОМОМ ДЕФИЦИТА ВНИМАНИЯ И ГИПЕРАКТИВНОСТИ. Gospodarka i Innowacje., 22, 266-271.

14. Дусмухамедова, Ш. А. (1987). Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей шестилетнего возраста. Педагогическая и возрастная психология". М.

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

246

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.