Научная статья на тему 'DINIY KOPING TАSNIFIGА DOIR QАRАSHLАR'

DINIY KOPING TАSNIFIGА DOIR QАRАSHLАR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

43
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DINIY KOPING TАSNIFIGА DOIR QАRАSHLАR»

DINIY KOPING TASNIFIGA DOIR QARASHLAR

U. A. Muxiddinova

O'zXIA tayanch doktoranti

Hozirgi davrda jamiyatning e'tibori nizoli, stressli, xavotirlanish holatini yuzaga keltiruvchi vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyalarini o'rganishga tobora ko'proq qaratilmoqda. Avvalo, bu shaxsning ijtimoiy sharoitga uzviy aloqadorligi bilan bog'liq bo'lib, deyarli har bir kishi inqirozli vaziyatlarga duch keladi va uni yengishda ma'lum bir strategiya ishlab chiqadi. Mazkur strategiyalarni ilmiy jihatdan o'rganish boshlanganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, bu sohada qator ishlar amalga oshirildi.

Amaliy jihatdan olib qaralganda, qiyinchiliklarni yengib o'tish (koping)ni o'rganishga doir tadqiqotlar insonlarning psixologik barqarorligini ta'minlash masalasi bilan bevosita bog'liqdir. Koping-strategiyalarni o'rganish masalasi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan muammolardan deyish mumkin. Chunki jamiyatda sodir bo'layotgan katta miqdordagi stressli vaziyatlar insonlarning psixologik barqarorligini buzishi, va ayniqsa hozirgi paytda global muammoga aylangan pandemiya masalasi bunga yorqin dalildir.

"Koping" tushunchasini shaxsiy, shaxslararo va kasbiy muammolarni samarali yechimini topishga yo'naltirilgan, stress chaqiruvchi vaziyatlar talablariga insonni moslashtirish, ya'ni ularni yengish, yengillashtirish yoki yumshatish orqali psixologik barqarorlikni qayta tiklash singari turli jarayonlar bilan bog'lash mumkin. Odatda, "koping" tushunchasiga stressga nisbatan javob reaksiyasining strategiyasi sifatida qaraladi, lekin proaktiv koping ham mavjud bo'lib, u bo'lajak stressorni oldini olishga va bo'lishi mumkin bo'lgan stressli vaziyatga tayyorgarlikka yo'naltirilgan bo'ladi.

Koping-strategiyalarni tadqiq etish katta va murakkab tarixga egadir. Koping-strategiya muammosining rivojlanishiga ta'sir etgan uch asosiy manbaani ajratish mumkin:

1. Psixodinamik yondashuv doirasida boshlanib, zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan davom ettirilgan psixologik himoyalarni o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar. (Nikolskaya, Granovskaya, 2001)

2. Insonning kasallik holati va sog'lig'iga tahdid soluvchi stressli vaziyatlarga nisbatan reaksiyasini o'rganishni o'z ichiga

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

201

oluvchi stress psixologiyasiga oid tadqiqoqtlar. (Lazarus, Folkman, 1984)

3. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, o'zini o'zi boshqarish, maqsad qo'yish, o'qish, mehnat va boshqa faoliyatlarda muvaffaqiyatsizlik hamda qiyinchiliklarga duch kelganda subyekt tomonidan yuzaga keladigan reaksiyalarni o'rganish asnosida amalga oshirilgan faoliyat motivatsiyasiga doir tadqiqotlar. (Leonova, 2011; Brown et al., 2005; Carver, Scheier, 2000)

Birinchi yo'nalishda psixologik barqarorlikka erishish uchun turli xil himoya mexanizmlarining rolini aniqlashga doir tadqiqotlar bo'lgan bo'lsa, ikkinchi yo'nalishda esa aynan stress chaqiruvchi vaziyatlarning o'zi tadqiq etilib, ularga nisbatan bo'ladigan javob reaksiyalarning tiplari o'rganilgan. Uchinchi yo'nalish o'zini o'zi boshqarish jarayonida hamda samarali faoliyatni amalga oshirishda kopinglarning rolini tadqiq etgan. Oxirgi yillarda koping-strategiyalar shaxs potensialining bir komponenti sifatida talqin etilib (Leontev, 2011), olimlar tomonidan faoliyatdagi turli vaziyatlarda o'zini o'zi yaxshi boshqara olishni belgilab beruvchi shaxs omillari tizimi, deb qaralmoqda.

Koping-strategiyalar xilma-xildir. Hozirgi kunga qadar tadqiqotchilar tomonidan hayotiy qiyinchiliklarni yengib o'tishga doir 400 dan ziyod strategiyalar ajratib ko'rsatilgan (Skinner et al., 2003) va ularni klassifikatsiyasini ishlab chiqishga urinishlar bo'lgan, ammo umumiy tasnif haligacha mavjud emas.

Mazkur masalada diniy koping tushunchasi ham alohida e'tibor, chuqur tahliliy o'rganish talab etadigan muammolardan biri hisoblanadi. Diniy koping - hayotiy qiyinchiliklarga duch kelganda dinga murojaat etish, dindoshlaridan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashlik qidirishdir. Diniy kopingni kognitiv sohaning adaptiv varianti deb hisoblash mumkin (hayotiy qiyinchiliklarni baholashga yo'nalgan tafakkur shakllari ishlaydi).

Diniy koping tushunchasi XX asr boshlarida paydo bo'lgan bo'lib, hozirgi kunga qadar uning ikkita klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.

Kennet Pargament quyidagicha klassifikatsiyani taklif etgan: • Hamkorlikdagi koping - Yaratuvchi bilan birgalikda psixologik muammolarni

• Bo'ysunuvchi koping - o'z muammolarini Yaratuvchi irodasiga tashlab qo'yish;

• Mustaqil koping - muammolarini Yaratuvchiga murojaat qilmasdan o'z kuchi bilan yengishga intilish;

• Shuningdek, K.Pargament terapevtning psixoterapevtik amaliyotida din bilan aloqasiga ko'ra to'rtta yondashuv

yechish;

ajratgan: «rejektionist» (psixoterapevtik amaliyot bilan din

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

o'rtasida bog'liqlikni inkor etuvchi); «eksklyuzivist» (dindor insonlar bilan ishlovchi); «konstruktivist» (voqealarni mantiqqa asoslanib tushuntiruvchi); «plyuralist» (borliqning bir qancha boshlanishi mavjudligiga ishonuvchi).

I.M.Shmelev diniy koping darajasiga ko'ra quyidagicha klassifikatsiyani ishlab chiqqan:

• Ong usti xulq - oliy daraja bo'lib, o'z ichiga quyidagilarni oladi: mas'uliyatni qabul qilish, ma'naviy va shaxsiy qo'llab-quvvatlashni qidirish. Mazkur bosqichda vaziyatni ijobiy qayta baholash sodir bo'ladi, qaror qabul qilinadi, hayotiy qiyinchiliklarni yechimini topish maqsadida aniq harakatlar amalga oshiriladi. Bu bosqichda diniy e'tiqod, oliy qadriyatlar va mohiyatni birlashishi, ma'naviy qadriyatlar, meta-qadriyatlar, chidamlilikning mavjudligi manbalar sifatida namoyon bo'ladi. Bu darajada asosiy e'tibor o'zini ma'naviy borliq bilan bog'lashga qaratilgan.

•Ongli xulq - yuqori daraja bo'lib, quyidagilarni qamrab oladi: muammo ustida ishlash, boshqalar bilan ijtimoiy aloqa qilish, o'zi va o'z hissiyotlarini nazorat qilish, optimizmni saqlash, shaxs sifatida rivojlanish. Mazkur bosqich manbalari: Men-konsepsiyasining bir butunligi va barqarorligi, lokus-nazoratning tashqi va ichki jihatdan teng ifodalanganligi, empatiya, affiliativ qobiliyatlar, optimizm, chidamlilik, o'zining jismoniy, intellektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa bir qator sifatlarini anglash.

•Ongli xulqning o'rta darajasi raqobatdosh faoliyatni bostirish strategiyalarini o'z ichiga olib, xulq-atvor, kognitiv o'zini o'zi chetlashtirish, emotsiyalar va ularning namoyon bo'lishiga e'tibor qaratish, chekinish-qochishda namoyon bo'ladi. Manbalar sifatida quyidagilarni kuzatish mumkin: o'z shaxsiyatiga ta'sir qiluvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etish; tashqi va ichki lokus nazoratni kuchli namoyon bo'lishi, barqaror va yetarlicha rivojlanmagan Men-konsepsiyasi.

•Koping xulqning quyi darajasi oddiy anglanmagan koping-reaksiyalarda namoyon bo'ladi: o'zini chetga olish (qochish), faollik (kurashish), agressiya (buzg'unchi nafrat), xayoliy o'lim refleksi (falaj, uyqusizlik). Koping manbalari: beqaror, diffuz, kuchsiz farqlanuvchi Men-konsepsiyasi, tashqi lokus nazorat.

Turli vaziyatlarni yengib o'tishdagi asosiy vazifa noma'lum sharoit va tanqidiy vaziyatlarda insonning psixik va emotsional muvozanatini saqlashdan iboratdir. Bunday muvozanatni saqlay olish shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan birga ijtimoiy tajribasiga ham bog'liqdir. Shunday ekan, koping xulq masalasiga doir muammolarni chuqur

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

203

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-201-205

tahlil etish, ilmiy jihatdan o'rganish o'z dolzarbligini yo'qotmaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Brown S.P., Westbrook R.A., Challagalla G. (2005) Good cope, bad cope: Adaptive and maladaptive coping strategies following a critical negative work event // Journal of Applied Psychology. 90. 4. 982-798.

2. Carver C.S., Scheier M.F. (2000) On the structure of behavioral self-regulation // M. Boekaerts, P.R. Pintrich, M. Zeidner (eds). Hand book of self-regulation. San Diego: Academic Press. P. 42-80.

3. Исаева М. Оилавий муносабатлар психодиагностикаси // Интернаука. -2020. - №. 23-3. - С. 63-66.

4. Lazarus R., Folkman (1984) S. Stress, appraisal and coping. N.Y.: Springer.

5. Леонова А.Б. (2011) Стресс-резистентность и структурная организация процессов саморегуляции деятельности // Психология саморегуляции в XXI веке / Отв.ред. В.И. Моросанова. СПб.; М.: НесторИстория. С. 354-373.

6. Леонтьев Д.А. (2011) Личностный потенциал как потенциал саморегуляции // Личностный потенциал: Структура и диагностика / Под ред. Д.А. Леонтьева. М.: Смысл. С. 107-130.

7. Мухиддинов У. (2022) Копинг-стратегиялар таснифига доир карашлар // Таълим ва тарбия жараёнининг ижтимоий х,амда педагогик-психологик муаммолари: таклиф ва ечимлар / Маколалар туплами. - Тошкент. Б.344-348.

8. Мухиддинов У., Мухиддинова Ф. (2022) Роль копин-стратегий в спортивной деятельности // Таълим ва тарбия жараёнининг ижтимоий хдмда педагогик-психологик муаммолари: таклиф ва ечимлар / Маколалар туплами. -Тошкент. Б.349-353.

9. Mukhiddinova U. (2021) Physical Activity as a Factor of Mental Development // CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS), ISSN: 2181-2454. Volume 1, Issue 3, November 2021. P.260-263.

10. Mukhiddinova U., Zotova E. (2021) Relationship of functional asymmetry with individual psychological features of the personality // The Way of Science International scientific journal, № 4 (86), 2021. ISSN 2311-2158. Impact factor of the journal «The Way of Science» - 0.543 (Global Impact Factor, Australia). P.85-89

11. Никольская И.М., Грановская Р.М. (2001) Психологическая защита у детей. СПб.: Речь.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-201-205

12. Поддьяков А.Н. (2008) Преднамеренное создание трудностей и совладание с ними // Психологические исследования: электрон. науч. журн. № 1 (1). [Элект рон ный ресурс]. URL: http:// psystudy.ru

13. Skinner E.A., Edge K., Altman J., Sherwood H. (2003) Searching for the structure of coping: a review and critique of category systems for classifying ways of coping // Psychological Bulletin. 129. 2. 216-269.

14. Weiten W., Lloyd M.A. (2008) Psychology applied to modern life. Wadsworth Cengage Learning.

15. Шмелев И.М. (2011) Стратегии и ресурсы совладающего поведения верующих молодых людей (рус.) // Вестник Университета Российской академии образования : журнал.— № 3. — С. 63-65.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.