Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM TIZIMI RAHBARLARI SHAXSINI IJTIMOIYPSIXOLOGIK KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI'

UMUMTA’LIM TIZIMI RAHBARLARI SHAXSINI IJTIMOIYPSIXOLOGIK KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
211
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A. M. Shonazarov

Научная статья предусматривает комплексное совершенствование социально-психологической компетентности, культуры общения и современного имиджа директоров общеобразовательных школ в управленческом процессе.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The scientific article provides for a comprehensive improvement of the sociopsychological competence, communication culture and modern image of general secondary school principals in the management process.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM TIZIMI RAHBARLARI SHAXSINI IJTIMOIYPSIXOLOGIK KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

UMUMTA'LIM TIZIMI RAHBARLARI SHAXSINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

A. M. Shonazarov

SamDU o'qituvchisi

АННОТАЦИЯ

Научная статья предусматривает комплексное совершенствование социально-психологической компетентности, культуры общения и современного имиджа директоров общеобразовательных школ в управленческом процессе.

ABSTRACT

The scientific article provides for a comprehensive improvement of the socio-psychological competence, communication culture and modern image of general secondary school principals in the management process.

Mustaqil O'zbekistonning o'z ishonchli va bardavom bo'lgan yo'li, aniq maqsadi bor, ertasi bugungi kundanda farovon va nurafshondir. Barchamizga ma'lumki, so'ngi 5 yilda Prezident Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan mamlakat rivojlanishiga yo'naltirilgan g'oyaviy-siyosiy, ijtimiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya, ilm-fan va sog'liqni saqlash kabi ko'plab sohalarida misilsiz ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi.

Olib borilgan tadqiqotimiz umumta'lim tizimi doirasida bo'lib, umumta'lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligiga xos bo'lgan shaxsiy va umumiy muammolarni bartaraf eta olishi va zamon bilan ham nafas bo'lishidan iboratdir. Bu esa ilmiy tadqiqotning jamiyat hayoti uchun naqadar dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Tadqiqotning asosiy ob'yekti bo'lgan maktab direktorlarining ijtimoiy rolini oshirish, ularning milliy va zamonaviy qiyofasini kashf qilish, ijtimoiy-psixolgik kompetentli xususiyatlarni ta'lim sohasini boshqaruviga yo'naltirish mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bunday zamonaviylashtirishga qaratilgan va hal etilishi lozim bo'lgan masalalar bugungi kunda yurt ravnaqi uchun o'ta muhimdir.

Ko'rib o'tganimizdek, umumiy o'rta ta'lim tizimini boshqarish jarayoni o'zining murakkabligi va o'ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham boshqaruv jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari boshqaruv maqsadi va

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

vazifalarni amalga oshirish davomida amalga oshiriladi. Aynan shuning uchun ham boshqaruv sub'yekti va ob'yekti o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etishda rahbar shaxsi psixologiyasi markaziy o'rinda turadi. Rahbar va xodim o'rtasidagi mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o'zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.

Boshqaruvdan ko'zlangan asosiy maqsad - bo'lg'usi rahbarlarda boshqaruvning ijtimoiy-psixologik muammolari, boshqaruvchi shaxsga oid turli ijobiy va salbiy xususiyatlarni, boshqaruvga doir ijtimoiy munosabatlarining ob'yektiv va sub'yektiv sifatida talqin etiladigan o'ziga xos qonuniyatlariga oid nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakani shakllantirishdan qaratilgan.

Boshqaruvning vazifalari - boshqaruv jarayonining ijtimoiy-psixologik jihatdan kelib chiqishi va zarurligi, boshqaruvning uslublari, boshqaruv funksiyalari va turkumlari, boshqaruvda ob'yekt bilan sub'yekt munosabatlari, boshqaruvning asosiy tamoyillari, qonunlari bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni umumta'lim tizimi rahbarlari shaxsiga o'rgatishdan iborat.

Maktab direktorlarining muloqot madaniyatini, ijtimoiy-psixologik kompetentligini tarkib toptirishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar bir vaqtning o'zida ham nazariy, ham amaliy tomondan o'zida quydagi ilmiy asosini qamrab oladi:

1) Kreativ fikrlay oladigan manan yetuk rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;

2) Ijtimoiy-psixologik kompetentlikga ega bo'lgan zamonaviy rahbar shaxsini tarkib toptirish;

3) Yuqori muloqot madaniyatiga va zamonaviy qiyofaga ega bo'lgan rahbar shaxsini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

4) Ruhan sog'lom, ma'nan barkamol, aqlan uyg'un kamol topgan avlodga ta'lim-tarbiya bera oladigan rahbar shaxsini rahbarlarni shaxsini takomillashtirish;

5) Pedagogik jamoaga zarur imkoniyatlar bazasini yarata oladigan kognitiv va tashabbuskor rahbarlarni tayyorlashga erishish.

Bu boradagi vazifalarni hal etishda milliy ta'lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni pedagogik-psixologik tomondan boshqaruvga tayyorlash, yuksak bilim-ma'rifat egalari sifatida jismoniy va ma'naviy sog'lom insonlar etib tarbiyalash, ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog hodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun mavjud imkoniyatlardan unimli foydalanish, umumta'lim tizimi boshqaruviga doir zarur shart-sharoitlar yaratish bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish zamon talabidir.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo'lsak, har qanday davlat yoki jamiyatning taraqqiyoti ta'lim tizimiga berilgan e'tibor va sifatli kadrlar boshqaruviga bevosita bog'liq bo'lib kelgan. Bunday uslubiy bog'lanishlarga tayanish natijasida boshqaruv jarayoni ijtimoiy-psixologik jihatdan faol yuksalishga erishgan. Ayniqsa kadrlar tayyorlash tizimini poydevori bo'lgan umumiy o'rta ta'lim tizimini tubdan isloh qilish bilan bir qatorda maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlarini moddiy qo'llab-quvvatlash ularning tizimli ravishda malakasini oshirib borish, umumta'lim maktablari hodimlarini pedagogik faoliyatini to'g'ri tashkil etish, pedagog hodimlarning jamiyatdagi maqomi va nufuzini yanada oshirish, o'qituvchi va muallimlarning turmush tarzini yaxshilash, ongli faoliyat yuritishlari, erkin ijod qilishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida ko'plab qonun va dasturlar ishlab chiqilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Kompetentlik - muayyan yo'nalish yoki mutaxassislik bo'yicha egallagan nazariy bilim, o'zlashtirilgan konikma va hosil qilingan malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishdir.

Inson qaysi kasb sohibi bo'lishidan qat'iy nazar o'z ishiga, mashg'ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning sir-asrorini mukammal egallaydi, shu bilan birga o'z-o'zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. Shuning uchun ham maktab direktori ham o'z jamoasini va bolalarni sevib ta'lim-tarbiya, bersa ular yaxshi ulg'ayadi.

Rahbar psixologiyasi - xodim faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatini boshqarish jarayoniga qaratadi va bo'ysinuvchining ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual shaxsiy xususiyatlariga ko'ra u boshliq darajasiga ko4arildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta'sir ko'rsatish maqsadida u qanday ta'sir uslublarini qo'llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.

Bugungi kunga kelib ta'lim tizimidagi yangicha yondoshuvlar, ischil islohotlar, zamonaviy usul, uslub va vositalarni amaliyotga tadbiq etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama yetuk mutaxassis rahbar kadrlarni tayyorlash hamda ularni shaxsini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida shakllanirishga yo'naltirildi.

Mazkur jarayonning ijtimoiy-psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, demokratik va huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qodir, o'z shaxsiy pozitsiyasiga, faol ijtimoiy xarakterga, yuqori boshqaruv qobiliyatiga, kognitiv va kreativ jihatdan saviyali, har qanday vazyatda o'z-o'zini

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

boshqara oladigan, samimiy, boshqaruv jarayonini adolatli tashkil eta oladigan, tashabbuskor, sermulohazali hamda davlat va jamiyat manfaatlariga o'z hissasini qo'sha oladigan rahbar kadrlarni zamonaviy usul va vositalar yordamida tayyorlash hamda ularni zahirasini yaratishga qaratilgan.

Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim tizimini boshqarish murakkab jarayon sifatida qaraladi va rahbardan ijodiy yondoshuvlarni, aqliy salohiyatni, kognitivlilikni talab etadi. Chunki ta'lim jarayonidagi birgina xato va kamchilik ijtimoiy munosabatlar tizimiga, davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'lsak, shaxsning o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi xarakatlarining muvaffaqiyati ijobiy xislarni, uning qiyinchiliklarga duch kelishi, mag'lubiyatga uchrashi salbiy tuyg'ularni uyg'otadi.

Ijobiy xislarni salbiy tuyg'ularni o'z navbatida ikki guruhga bo'lib o'rganish mumkin. Ular:

Stenik hissiyotlar - shaxsda g'ayrat uyg'otadigan, shijoatga sabab bo'ladigan ijobiy emotsional holat: kuchli quvonch, qattiq g'azab, jangovar rux, mardlik kabilar.

Astenik hissiyotlar - shaxsning hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g'ayratini susaytiradigan emotsional holat: qayg'u-xasrat, umidsizlik, loqaydlik, g'am-afsus kabilar.

Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Shaxs ongli mavjudot sifatida qaraladi. Shu boisdan bir vaqtning o'zida u ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi hamda ijtimoiy munosabatlarning bevosita ishtirokchisi hamdir. Shuningdek, shaxs - jamiyatning bir a'zosi.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki jamiyatda shaxs tushunchasini ro'yobga chiqarish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida mavjud bo'lgan. Bola dunyoga kelishiga va jismoniy shakllanishiga ota-onalar sababchi bo'lsa, ularni hayotga tayyorlash, shaxsini kamol toptirish, kasbga yo'naltirish, kelgusida jamiyatga va davlatga xizmat qilishiga bevosita o'qituvchilarning mahorati hamda mehnati asosida tarkib topadi. Bularning bachasi ijtimoiy munosabatlarga to'g'ri yondoshish va ta'lim tizimini mazmunan samarali boshqarishga bog'liq bo'ladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatishini, o'zaro fikrlar almashuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi.

Mamlakatimizdagi barcha sohalarni xususan, yurt taraqqiyotining negizi bo'lgan o'rta ta'lim tizimini keskin o'zgarishlar va yangi taraqqiyot davri sifatida qarash orqali ushbu sohani "Yangi O'zbekiston - yangicha dunyoqarash" shiori

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

ostida yanada rivojlantirish ijtimoiy miqiyosda bo'lgan sohalarni xalq farovonligi, ilm-fan, ta'lim-tarbiya va shu kabi sohalarini zamonaviylashtirish hamda yanada ravnaq toptirish, "Maktab talimini rivojlantirish davlat dasturi" ning samarali amalga oshirilganligi buning bilan belgilanadi.

Ijtimoiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari inson aql-zakovatining yoki boshqacha aytganda tabiiy intellektning talablarini qondirish rahbarlar, mutaxassislar, oddiy hodimlar bilan munosabatda boyish, bir tizim doirasida faoliyat ko'rsatayotgan odamlar orasida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ruhiy tarbiyaviy munosabatlar o'rnatish kabi muhit bilan qurshovda bo4ishi kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: O'zbekiston, 2017.11 b.

2. Campbell R. Mc. Connell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc. - P.-127.

3.Karimova V.M., Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi. "O'quv qo'llanma". -T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. - 2010-211 b.

4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun. - Toshkent: "Fan va texnologiyalar", 2007. - 176 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.