Научная статья на тему 'SHAXS TARAQQIYOTIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING ROLI VA AHAMIYATI'

SHAXS TARAQQIYOTIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

4
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamiyat / shaxs / shaxslararo munosabatlar / individ / xulq-atvor / muloqot / ijtimoiy ayirboshlash.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Navruzbek Ilhombek O‘G‘Li Ataboyev

Shaxslararo munosabatlar jarayonlarini o‘rganish jamiyat, oila va shaxs rivojlanishidagi ko'plab ijtimoiy muammolarni tushuntirish imkonini beradi. Inson hayotining ajralmas qismi bo'lgan shaxslararo munosabatlar inson hayotning barcha jabhalarida muhim o'rin tutadi. Shaxslararo munosabatlar odamlar o'rtasida his-tuyg'ular, hukmlar va bir-biriga murojaat qilish shaklida rivojlanadigan aloqalar yig'indisidir. Maqolamizda aynan muayyan shaxs hayotida shaxslararo munosabatlarning ta‘siri va axamiyatini yoritishga bu omilning yetishmasligi qanday yutuq yoki nuqsonlarga olib kelishini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS TARAQQIYOTIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING ROLI VA AHAMIYATI»

SHAXS TARAQQIYOTIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING ROLI

VA AHAMIYATI

Navruzbek Ilhombek o'g'li Ataboyev

Toshkent amaliy fanlar universiteti psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Shaxslararo munosabatlar jarayonlarini o'rganish jamiyat, oila va shaxs rivojlanishidagi ko'plab ijtimoiy muammolarni tushuntirish imkonini beradi. Inson hayotining ajralmas qismi bo'lgan shaxslararo munosabatlar inson hayotning barcha jabhalarida muhim o'rin tutadi. Shaxslararo munosabatlar odamlar o'rtasida his-tuyg'ular, hukmlar va bir-biriga murojaat qilish shaklida rivojlanadigan aloqalar yig'indisidir. Maqolamizda aynan muayyan shaxs hayotida shaxslararo munosabatlarning ta'siri va axamiyatini yoritishga bu omilning yetishmasligi qanday yutuq yoki nuqsonlarga olib kelishini ko'rib chiqishga harakat qilamiz.

Kalit so'zlar: Jamiyat, shaxs, shaxslararo munosabatlar, individ, xulq-atvor, muloqot, ijtimoiy ayirboshlash.

АННОТАЦИЯ

Исследование процессов межличностных отношений позволяет объяснить многие социальные проблемы в развитии общества, семьи и личности. Межличностные отношения, являющиеся неотъемлемой частью жизни человека, играют важную роль во всех аспектах человеческой жизни. Межличностные отношения - это совокупность отношений, которые складываются между людьми в форме чувств, суждений и обращений друг к другу. В нашей статье мы попытаемся пролить свет на влияние и значение межличностных отношений в жизни конкретного человека, а также рассмотреть, к каким достижениям или недостаткам может привести отсутствие этого фактора.

Ключевые слова: Общество, личность, межличностные отношения, индивид, поведение, общение, социальный обмен.

ABSTRACT

The study of the processes of interpersonal relations makes it possible to explain many social problems in society, family and individual development. Interpersonal relationships, which are an integral part of human life, play an important role in all aspects of human life. Interpersonal relationships are a set of relationships that develop between people in the form of feelings, judgments and references to each other. In our article, we will try to shed light on the influence and importance of interpersonal

27-mart, 2024

171

relations in the life of a particular person, and consider what kind of achievements or defects the lack of this factor can lead to.

Keywords: Society, personality, interpersonal relations, individual, behavior, communication, social exchange.

Ijtimoiy munosabatlarsiz inson individ holatida, balki bugungi kundagi taraqqiy etgan holattdayam bo'lmasligi mumkinligini biz bugun bemalol qayta olamiz. Chunki aynan jamiyat va undagi munosabatlargina uni shaxs o'laroq tarkib toptiradi va rivojlantiradi.

Bir inson boshqa inson bilan nima uchun munosabatga, muloqotga kirishadi degan savolga psixologiya sohasi vakillari turli tuman bir-biriga o'xshash va qarama-qarshi fikr, nazariyalarni aytib o'tishgan va aytib kelishmoqda. Keling bu nazariyalarning hammasi bilan bo'lmasada ularning ayrimlariga imkon boricha to'xtalib o'tishga va biroz bo'lsada mavzu mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi (ing. Social Exchange theory) amerikalik sotsiolog J. Homans tomonidan yaratilgan nazariya bo'lib, odamlarning o'zaro munosabatlari muvaffaqiyatini o'zaro erishilgan manfaatlar orqali tushuntiradi. Ushbu nazariyaga ko'ra, inson muloqotda maksimal foyda va xarajatlarni minimallashtirishga intiladi. Shu bilan birga, shaxsning xatti-harakati o'tmishda jamiyatning uning harakatlariga qanday munosabatda bo'lganiga bog'liq. Homans o'zining "Ijtimoiy xulq-atvor: uning elementar normalari (Social Behavior: Its Elementary Forms)" kitobining bir bobini ijtimoiy almashinuv nazariyasiga bag'ishlagan.

Ijtimoiy ayirboshlash nazairyasi:

A) Odamlar qandaydir manfaatlar yuzasidan o'zaro munosabatda bo'ladilar, bir -biri bilan ma'lumot almashadilar. Agar kishi o'zaro ta'sirdan kerakli foyda olsa, u holda munosabat davom etadi.

B) Inson "maksimal daromad"ga intiladi (foydalar miqdori xarajatlar miqdoridan yuqori bo'lishi kerak va boshqa odam sizdan ko'proq foyda olmasligi kerak)

C) Agressiya qonuni - agar inson o'zi kutgan mukofotni olmasa, u holda agressiya uning uchun o'zaro aloqadan ko'ra axamiyatliroq bo'ladi.

D) "To'yinganlik qonuni" - odam ma'lum bir mukofotni qanchalik tez-tez olgan bo'lsa, bu mukofotning axamiyati u uchun shunchalik qadrli bo'lmaydi.

E) "Kichik manfaat prinsipi" - ayirboshlash va aloqaning ijtimoiy vaziyatini davom ettirishdan unchalik manfaatdor bo'lmagan tomon o'z shartlarini ustun qo'yish va o'zaro munosabatlarda hukmronlikka intilishi namoyon bo'ladi .

F) "Monopoliya tamoyili" - agar shaxs boshqa ishtirokchilar olmoqchi bo'lgan ma'lum mukofotga monopol huquqiga ega bo'lsa, u holda ularga o'z tanlovini yuklaydi - hokimiyat munosabatlari.

27-mart, 2024

172

G) Ishtirokchilarning mukofotlari ularning xarajatlariga mutanosib bo'lishi uchun odamlar simmetrik almashinuvga intiladilar .

Shaxslararo munosabatlar jarayonini o'rganish va tadqiq qilish faqat psixologiya fani tomonidan o'rganilgan desak bir muncha yanglish fikr bildirgan bo'lamiz. Shaxslararo munosabatlarni nafaqat psixologiya sohasini balki sotsialogiya fanining ham diqqat markzida bo'lib kelgan va shuning uchun ham bu sohani o'rgangan ko'plab olimlar satsiologiya fanining vakillari hisoblanishadi.

Shaxslararo jalb qilish - bu bog'lanish, do'stlik, hamdardlik yoki sevgining shakllanishiga hissa qo'shadigan barqaror ijobiy tuyg'u asosida yuzaga keladigan boshqa odamni idrok etish mexanizmi. Shuni ta'kidlash kerakki, jalb qilish idrok etuvchi uchun shaxsning jozibadorligini shakllantirish jarayoni va natijasi sifatida tushuniladi. L.Y. Gozman shaxslararo jalb etish tushunchasida uch jihatni ajratib ko'rsatadi: affektiv komponent, munosabat (ya'ni motivatsion-irodaviy va xulq-atvor komponentlari) va boshqa shaxsni baholash (kognitiv komponent)

Shaxslararo jalb qilish asosidagi ko'plab omillar o'rganilgan. Jismoniy jozibadorlik, yaqinlik, o'xshashlik, bir-birini to'ldirish, o'zaro hamdardlik va do'stlik.

Yaqinlik effekti - bu nazariyaning eng keng tarqalgan sababi sifatida odamlar orasidagi fazoviy yaqinlik omili misol qilib keltiriladi. Ko'plab kuzatuv ma'lumotlari muloqot va uchrashuvlar chastotasining shaxslararo hamdardlikka ta'sirini ko'rsatadi. L. Festinger, S. Shaxter va K. Backning tadqiqotlari bunga yorqin misol bo'lib, ko'pincha do'stlik bir xil yotoqxona binosida qo'shni yashovchi talabalar o'rtasida shakllanadi. Bu erda "shunchaki ko'rish maydonida bo'lish" ta'siri ham ishlaydi, bu stimullarning paydo bo'lish chastotasi oshgani sayin ularni ijobiy baholash ehtimolini oshirishdan iborat. Biroq, istisnolar ham mavjud. Do'stlik jismoniy muloqotlarsiz ham paydo bo'lishi mumkin. Misol uchun, yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, onlayn muloqot sifati va chuqurligi bo'yicha yuzma-yuz muloqotga o'xshashdir.

O'xshashlik - tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shaxslararo jalb qilishning asosiy omillaridan biri odamlar o'rtasidagi o'xshashlikdir. Bu erda biz keng ma'nodagi o'xshashlikni nazarda tutamiz. Ham jismoniy, ham ijtimoiy xususiyatlar hisobga olinadi: tashqi ko'rinish, xarakter, hayot maqsadlari va boshqalar. Bu xususiyatlar qanchalik mos kelsa, odamlarning munosabatlari shunchalik baxtli bo'ladi, deb ishoniladi. Bu ta'sir o'zini-o'zi tasdiqlash tuyg'usiga asoslanadi: odamlar odatda o'z e'tiqodlari va hayotga qarashlarini tasdiqlashga intiladi. Shunday qilib, faol odamlar boshqa faol odamlar atrofida bo'lishni yaxshi ko'radilar, pessimistlar esa boshqa salbiy fikrlovchi odamlar atrofida bo'lishni yaxshi ko'radilar.

Jismoniy jozibadorlik - Shaxslararo munosabatlarni o'rnatishning muhim omillaridan yana biri jismoniy jozibadorlikdir. Go'zal odamlar odatda yuqori maqom va mashhurlikka ega bo'ladilar. Bundan tashqari, jozibadorlik ko'pincha ijobiy shaxsiy fazilatlar va yaxshi hayot istiqbollari bilan bog'liq. Biroq, chiroyli tashqi ko'rinishga ega

27-mart, 2024

173

odamlar katta ijtimoiy muvaffaqiyatlariga qaramay, sherik tanlashda adolat tamoyiliga ham tayanishadi, bu sheriklarning munosabatlarga teng hissa qo'shishi, ya'ni bir xil jozibadorlik darajasidagi sherik topish istagidan iborat.

Shaxslararo munosabatlar insonga ichki va tashqi motivlar ta'sirida yuzaga keluvchi jarayondir. Demakki inson ijtimoiy mavjudot ekan kasbiy yoki shaxsiy nuqtai nazardan rivoj topishi uchun u albatta boshqa insonlar bilan to'g'ri muloqot o'rnata olish ko'nikmasiga ega bo'lishi bugungi kundagi har qanday sohadagi talablardan bittasidir. Umuman psixologiyada treninglar to'htaladigan bo'lsak ularning boshlanish tarixi ham aynan shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, rivojlantirish va bu boradagi to'siqlarni yengib o'tishga qaratilgan bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Bu ham insnon hayotida bu jarayon juda muhim va axamiyatliligidan darakdir.

REFERENCES

1. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

2. О. В. Грива Межличностная аттракция и её детерминирующие факторы // Современная психология : материалы II междунар. науч. конф. (г. Пермь, июль 2014 г.). — Пермь: Меркурий, 2014.

3. О.А. Симонова Глава 2. Концепции социального обмена (Дж. Хоманс, П. Блау). // История социологии XX века: Избранные темы. — Москва: Логос, 2008

4. Евгений Ильин "Психология общения и межличностных отношений" «Питер» 2009

5. M. Maxsudova "Muloqot psixologiyasi" o'quv qo'llanma Toshkent «Turon-iqbol» 2006.

6. N.Ismoilova D.Abdullayeva "Ijtimoiy psixologiya" o'quv qo'llanma Toshkent — 2013

7. Хайдарова, Х. Р. (2021). Узлуксиз таълимда ота-оналар виртуал-педагогик маданиятини ривожлантиришга синергетик ёндашув. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 154-157.

8. Усманова Шоира Джумабековна (2019). Шахс ижтимоии фаоллиги ривожланишининг психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-31.

174

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.