Научная статья на тему 'SHAXMAT SPORT TURI ORQALI RIVOJLANADIGAN SHAXS SIFATLARI'

SHAXMAT SPORT TURI ORQALI RIVOJLANADIGAN SHAXS SIFATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
126
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaxmat / sport / shaxs / individual sifatlar / shaxs sifatlari / kasbiy sifatlar / kompetentlik. / Шахмат / спорт / личност / индивидуалные качества / личностные качества / профессионалные качества / компетентност.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Javlon Mavlonboevich Ishtaev, Shoxruz Xon Farxod O‘g‘li Eshboev

Ushbu maqolada, olib borilgan tadqiqotlar natijasida shaxmat sport turi bo„yicha bilan shug„ullanayotgan shaxslarda individuallik, shaxsiy va kasbiy sifatlarning rivojlanishi darajalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной стате в резултате проведенного исследования проанализированы уровни развития индивидуалности, личностных и профессионалных качеств у лис, занимающихся шахматным спортом.

Текст научной работы на тему «SHAXMAT SPORT TURI ORQALI RIVOJLANADIGAN SHAXS SIFATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

SHAXMAT SPORT TURI ORQALI RIVOJLANADIGAN SHAXS

SIFATLARI

Javlon Mavlonboevich Ishtaev

O'zDJTSU, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti

Shoxruz Xon Farxod o'g'li Eshboev

O'zDJTSU 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, olib borilgan tadqiqotlar natijasida shaxmat sport turi bo'yicha bilan shug'ullanayotgan shaxslarda individuallik, shaxsiy va kasbiy sifatlarning rivojlanishi darajalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Shaxmat, sport, shaxs, individual sifatlar, shaxs sifatlari, kasbiy sifatlar, kompetentlik.

АННОТАЦИЯ

В данной стате в резултате проведенного исследования проанализированы уровни развития индивидуалности, личностных и профессионалных качеств у лис, занимающихся шахматным спортом.

Ключевые слова: Шахмат, спорт, личност, индивидуалные качества, личностные качества, профессионалные качества, компетентност.

KIRISH

Mamlakatimizda shaxmatni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, shuningdek, O'zbekiston shaxmat maktabini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2021 yildagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4954-son qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar tashabbusi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

bilan 2019 yil 2 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining shaxmatni rivojlantirish bo'yicha maxsus rezolyusiyasi qabul qilinganligi va ushbu rezolyusiyaga muvofiq 20 iyul Butunjahon shaxmat kuni etib e'lon qilinganligi mavzuimizning dolzarbligini asoslaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kuzatishlar va internet manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, shaxmatchi psixologiyadan muvaffaqiyatli o'yin olib borishi uchun zarur bo'lgan shaxsiy sifatlarini o'rganishni va bu psixik xususiyatlarni shakllanishi hamda rivojlanishi qonuniyatlarini tadqiq qilishini xohlaydi.1

Bunday vazifalar amalga oshirishda ko'proq: raqibining o'yin xususiyatlarini psixologik tahlil qilish, shaxmatchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulotlar usullarini aniqlash, diqqatni bir joyga to'plashda va fikrlashda ratsional usullarni o'rganish va boshqalar. Olimlarning ta'kidlashlaricha, shu taxlitda olib borilgan psixologik tadqiqotlar shaxmatchining sport formasini saqlab, rivojlantirgan holda uning mahoratini, malakasini oshirishga yordam beradi.

Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, psixologiya nafaqat shaxmatchiga zarur, balki shaxmatning o'zi ham umumiy psixologiyaning qiziqarli mavzularidan biridir. Bu erda shuni ta'kidlash kerak-ki, shaxmat insonning xarakterini tarbiyalashga, uning aqliga, irodasiga, his-tuyg'ulariga, shuningdek, xotirasiga samarali ta'sir o'tkazadi. Oxirgi vaqtlarda shaxmat kiberniteklar, matematiklar va injener-psixolog mutaxassislar tadqiqotlarining keng diqqat markaziga aylanib ulgurdi. Ushbu soha mutaxassislari shaxmatni insonni ijodiy fikrlashidagi qulay model sifatida tasavvur etishadi. Xususan, shaxmat sirlarini o'rganish inson ijodiy faoliyatining ko'z ilg'amas qirralarini namoyon bo'lishidagi yo'l sifatida e'tirof etiladi. Lekin elektron-hisoblash mashinalari uchun shaxmat o'yinlarini tuzuvchi olimlarning muvaffaqiyatlari unchalik darajada yuqori emas. Buning sababi dasturlarni yaratuvchilar o'yinlarni qurilmaga kiritishda insonning qobiliyatlarini, ya'ni hissiyotlar va iroda kuchining rolini, ichki tuyg'ularni hisobga olishmasdan, faqatgina shaxmatdagi mantiqiy tahlil qilishga bog'lanib qolishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxmatchining fikrlashi bilan mashinaning «fikrlash»idagi farqlarni psixologlar O.Tixomirov va V.Pushkinlar2 o'z ilmiy izlanishlarida tadqiq etishgan.

1http://ckhtl.com/books/krogius n.v.-o psihologii shahmatnogo tvorchestva

_2http://ckhtl.com/books/krogius n.v.-o psihologii shahmatnogo tvorchestva_

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

Bu olimlar tadqiqotlaridan shular ma'lum bo'lgan-ki, qariyib barcha mashinalar dasturlari ko'rib chiqilgan variantlarni iloji boricha qisqartirilgan yo'l orqali amalga oshirishga yo'naltirilgan. Inson esa boshqachasiga yo'l tutadi. Boshida u yoqmagan variantlarni olib tashlaydi, ammo tutgan yo'li unga yoqmasa asta-sekinlik bilan o'z imkoniyatlarini kengaytirib borishga harakat qiladi, yangi imkoniyatlarini tahlil qiladi.

Yuqoridagi internet manbada ko'rsatilishicha, shaxmat yuzasidan psixologik

"5

tadqiqotlarni birinchi marta fransuz psixologi A.Bine 1894 yilda olib borgan. U shaxmatni ko'r-ko'rona o'rgangan. Tadqiqotlari natijasida olim qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ladi, ya'ni ko'rish tassavuri o'ziga xos xarakterni kasb etishini kashf qildi.

Shuningdek, 1925 yildagi Moskvada bo'lib o'tgan xalqaro turnir ishtirokchilari psixologik tadqiqotlar qatnashchilariga aylanishgan. I.Dyakov, N.Petrovskiy va P.Rudiklar4 ushbu tajribalarning natijasi haqida kitob yozishgan. Oddiy tadqiq etiluvchilarga nisbatan shaxmatchilarda diqqat va tafakkur xususiyatlarining yuqori darajadagi dinamikasi, shu bilan birga shaxmat xotirasining o'ziga xos mavjudligi ham qayd etilgan. Mualliflar o'n olti sifatlardan iborat bo'lgan «shaxmatchining psixogrammasi»ni taklif qilishgan, ularning fikricha bu o'yin muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Mualliflarning bu boradagi ko'plab tavsiyalariga e'tiroz bildirilmaydi. Masalan, o'zini o'zi nazorat qilishi, tafakkur kuchining mujassamligi, irodaning tarbiyalanganligi va boshqalar. Lekin ularning ba'zilari bahslidir. Ularning fikricha shaxmatchilarning tafakkuri umummadaniyatning rivojlanish darajasi bilan o'zaro mutanosib emas.

Fikrimizcha, shaxmatchi natijalarining muqimligi, davomiyligiga faqatgina, uning shaxmat san'ati va iste'dodigagina emas, balki juda ham ulkan darajadagi qator sifatlari ham ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqotlarimiz davomida biz, shaxmatchi shaxsining psixologik va jismoniy muammolarini quyidagi uchta jabhada bo'lib o'rgandik.

1. shaxmatchining individ sifatlari;

2. shaxmatchining shaxsiy sifatlari;

3. shaxmatchining kasbiy sifatlari.

Fikrimizcha, shaxmat sport turi bilan muntazam shug'ullanuvchi shaxs uchun quyidagi individ sifatlari alohida ahamiyat kasb etadi:

1) salomatligi;

3http://ckhtl.com/books/krogius n.v.-o psihologii shahmatnogo tvorchestva

_4http://ckhtl.com/books/krogius n.v.-o psihologii shahmatnogo tvorchestva_

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

2) g'ayratliligi;

3) jismoniy rivojlanganligi;

4) kuch-quvvati, shijoati va ruhiy sog'lomligi.

Bu sifatlar, ya'ni sihat-salomatligi, quvvat manbai, jangovor ruhning balandligi shaxmatchiga har qanday shaxmat musobaqasida qatnashish jarayonida o'ziga xos o„z kuchiga ishonchni, diqqatning yuqori darajada bir maromda ushlab tura olishga yordam beradi.

irodaviy sifatlar

y

o'zini tushuna olish xususiyati

o'ziga bo'Igan ishonch

rejalashtirish qobiliyati

Shaxmat bilan shug'ullanuvchilarda rivojlanadigan shaxsiy sifatlar

Shuningdek, shaxmat sport turi bilan muntazam shug'ullanuvchi shaxs uchun quyidagi shaxsiy sifatlarning mavjudligi o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jumladan, irodaviy sifatlari:

1) maqsad sari sobitqadamligi;

2) qunt-matonati;

3) qat'iyligi;

4) chidam-bardoshliligi;

5) irodasi va iroda kuchi;

6) ruhiy holati;

7) boshlagan ishini oxirigacha etkaza olish qobiliyati;

8) qo'yilgan maqsadi sari olg'a borish qobiliyati;

9) maqsadga yo'nalganligi;

10) o'zini tuta bilishi va o'zini intizomga bo'ysindirishi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

Jumladan, o 'ziga bo 'Igan ishonchi:

1) o'ziga kuchiga ishonchi;

2) optimistligi, ko'tarinki kayfiyatga egaligi;

3) ijobiy fikrga egaligi;

4) muvaffaqiyatga nisbatan ishonchi va yo'nalganligi;

5) mag'lubiyatdan ijobiy xulosa chiqara olish qobiliyati. Jumladan, rejalashtirish qobiliyati:

1) rejalashtirish qobiliyati;

2) tashkilotchiligi;

3) to'g'ri bashorat qila olish qobiliyati;

4) maqsadi yo'lida qat'iy tura olish qobiliyati;

5) vaqtni to'g'ri taqsimlash qobiliyati;

6) kelajakni ko'ra olish qobiliyati. Jumladan, o 'zini tushuna olish xususiyati:

1) o'zini o'zi idrok qilishi;

2) o'zini anglashi;

3) o'zini o'zi tahlil qilishi.

Nihoyat, shaxmat sport turi bilan muntazam shug'ullanuvchi shaxs uchun quyidagi kasbiy sifatlarning mavjudligi o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jumladan, yuqori darajadagi kompetentlik: 1) strategik fikrlash qobiliyati. Jumladan, o 'rta darajadagi kompetentlik:

1) istiqbolli fikrlash kompetensiyasi;

2) natijani mo'ljalga olish xususiyati;

3) diagnostik ma'lumotlarni yig'ish kompetensiyasi;

4) maqsadning qo'yilishi kompetensiyasi. Jumladan, quyi darajadagi kompetentlik:

1) Stresslarni boshqarish xususiyati;

2) Analitik fikrlash qobiliyati.

XULOSA

Demak, yuqoridagi uchta jabhani va ularga taalluqli bo'lgan psixologik va jismoniy xususiyatlar doirasida biz shaxmat psixologiyasining predmetiga aniqlik kirituvchi bir qator psixologik muammolarni ajratdik. Quyida biz musobaqaga sportchilarni tayyorlashda nimalarga e'tibor berishimiz, qanday korreksion ishlarni

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-557-562

amalga oshirishimiz kerakligini ko'rib chiqamiz:

1. Yosh shaxmatchining raqibining tahdidlarigi o„z diqqatini bo'lmasdan, e'tiborsiz bo'lishligini ta'minlash;

2. Yosh shaxmatchining shaxmat partiyasi vaqtida shoshma-shosharlikka yo„l qo'ymasligini ta'minlash;

3. Yosh shaxmatchining shaxmat partiyasi davomida diqqatni bir joyga jamlay olishini ta'minlash;

4. Ko'rmay qolib xato yo„l qo'yish va "ovsarlik qilib" xatoga yo„l qo'yishini oldini olish;

5. Yosh shaxmatchining o'ziga nisbatan ishonchsizligini oldini olish. REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 14.01.2021 йилдаги "Шахматни янада ривожлантириш ва оммавийлаштириш х,амда шахматчиларни тайёрлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида" nQ-4954-сон карори.

2. Ёшларда профессионал усишга интилишни ривожлантиришнинг назарий-амалий асослари (шажаралар негизи мисолида). О Хдйитов, Н Умарова -Т.:"TURON-IQBOL, 2001

3. PSIXOLOGIK MADANIYAT SHAXS IJTIMOIYLASHUVI OMILI SIFATIDA. NS Umarova, G Pokiza - Central Asian Research Journal for Interdisciplinary ..., 20224.

4. СПОРТЧИЛАРНИ ПСИХОЛОГИК ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА ИРОДА КУЧИНИ НАМОЁН БУЛИШИНИНГ ТЕМПЕРАМЕНТАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ. НШ Умарова - Fan-Sportga, 2020

5. Fundamentals of professional competence in management: Monograph./Prof. VM Edited by Karimova. VM Karimova, OE Hayitov, NS Umarova - T.:«Student, 2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.