Научная статья на тему 'AHOLINI SOGʻLOMLASHTIRISHDA MILLIY O‘YINLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

AHOLINI SOGʻLOMLASHTIRISHDA MILLIY O‘YINLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
108
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi / inson / jamiyat / sport / sog‘lomlashtirish / yosh avlod / milliy o‘yinlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R.N.Nazarov, D.B.Nazarov

Keyingi yillarda mamlakatimiz axolisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish – ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida “pandemiya sababli jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zo‘ravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambag‘allikning global muammolarini kuchaytirmoqda”[1] deb a’lohida ta’kidladi. Mamlakatimizda pandemiya sharoitida ham barcha sohalarda jumladan, sport sohasiga katta e’tibor berilib tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLINI SOGʻLOMLASHTIRISHDA MILLIY O‘YINLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

AHOLINI SOG'LOMLASHTIRISHDA MILLIY O'YINLARNING

O'RNI VA AHAMIYATI

R.N.Nazarov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

D.B.NAzarov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Keyingi yillarda mamlakatimiz axolisi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish - ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida "pandemiya sababli jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zo'ravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambag'allikning global muammolarini kuchaytirmoqda"[1] deb a'lohida ta'kidladi. Mamlakatimizda pandemiya sharoitida ham barcha sohalarda jumladan, sport sohasiga katta e'tibor berilib tubdan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: Aholi, inson, jamiyat, sport, sog'lomlashtirish,yosh avlod, milliy o'yinlar.

KIRISH

Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi, an'ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o'zgar ishi va yuksalishi bilan uzviy bog'liqdir. XX asr boshlarida ijod qilgan ma'rifatparvarlarimizdan biri Abdulla Avloniy "Inson o'z go'zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha maxluqotdan afzaldir. Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i esa insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq, va o'rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir"[2], - deb ta'kidlaydi.

Aholining salomatligini yaxshilash va ta'lim tarbiyani rivojlantirish, shuningdek jamiyatimizda sog'lom avlodni voyaga yetkazish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

Milliy o'yinlar azaldan madaniy hayotining bir qismi sanalgan. Ba'zi milliy o'yinlarning tarixi juda qadimiy bo'lib, ular asrlar davomida xalq ma'naviyatini rivojlantirishga, ongu tafakkuri va his-tuyg'ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. Milliy o'yinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati namoyon bo'ladi. Shu bois ular yosh avlodlarni tarbiyalashda „hayot maktabi" vazifasini o'tagan. O'yin — turli ifodali vositalar bilan ma'lum qoida yoki oldindan ke lishilgan shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi. Ibn Sino „Tib qonunlari" asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badantarbiyasidagi o'rni, o'yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to'xtalgan bo'lib. Kaykovus, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Beruniylar chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik, qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o'yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to'ylar munosabati bilan tashkil etilgan o'yinlar haqida ko'pgina ma'lumotlar bor. Ularda o'yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o'tkazish qoidalari bayon etilgan. Milliy o'yinlar tarixini o'rganishda Mahmud Qoshg'ariyning „Devoni lug'otit turk" asarining o'rni beqiyos. Asarda xalq o'yinlarining bir yuz ellikdan ziyod turi tilga olingan. Jumladan, „qorang'uni" (qorong'ida qo'rg'on olish), „bandol" (asir olish), „o'tish-o'tish" (davra o'yini), „chavgon" (to'p o'yini), „o't bandal" (tayoq o'yini), qilichbozlik, nayzadorlik va boshqa o'yinlar haqida ham ma'lumot beriladi. Lug'atda izoh berilgan o'yinlarning bir nechtasi hozirgi kunda ham bolalar uchun qiziqarli mashg'ulot sanaladi. „Alpomish" dostoni xalq o'yinlarini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o'q otish, qilichbozlik, merganlik kabi o'yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat, ma'naviy va jismoniy komillik kabi fazilatlar o'z ifodasini topgan.

Insoniyat tafakkuri tarixidan ma'lumki, fan, ta'lim tarbiya va sportning yutuqlari asosan ezgu g'oyalarga, yaxshi amallarga xizmat qilib kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Xaqiqatdan ham sportning inson va oila hayotidagi roli, uning jismoniy sog'lomligining asosi ekanligi, yoshlarga o'z qobiliyat va iste'dodini ro'yobga chiqarishda ahamiyati kattadir.

Milliy o'yinlar yosh avlodni jasorat va adolat, Vatanni sevish, xalqiga hizmat qilish, mehnatsevarlik, mehr-sahovat halollik va poklik ruhida tarbiyalaydi. Xalq shuning uchun ham kurashda halol, mard polvonni, uloqda chapdas va mohir chavandozni qutlaydi. Xalq milliy o'yinlarining g'oliblarini nafaqat chiroyli harakatlari balki, ishtirokchining tantiligi, mardligi, chapdastligi evaziga e'zozlaydi.

Ot bilan turli mashqlarni bajarish qadim-qadimdan yigitlarga xosdir. "Intizor" dostonida Avazxon G'irotni yakka g'isht ustida o'ynatar edi, deb tasvirlangan. Milliy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

o'yinlar turi faqatgina kurash yoki ko'pkaridan iborat emas. Qiz quvdi, quloq cho'zma, oq terakmi ko'k terak, chillak, arg'umchoq, varrak, otib qochar, do'ppi, anakay, podachi, durra, lanka, qotdi, lapar, alifbe kabi 100 dan ortiq milliy o'yinlar turi mavjud bo'lib ularning har birining o'ziga xos jihatlari mavjud.

Aslida ana shu o'yinlar zamirida kattaga hurmat, yoshlarga nisbatan mehr-shavqat, bolalar kamoli va tarbiyasida ota-onalarni aziz farzandlari oldidagi burchlari, o'z navbatida farzandlarning mehr-sadoqatlari mujassamlashadi. Shu boisdan ota-bobolarimiz bolalariga juda yoshliklaridan xalq qahramonlari, ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda ko'rsatgan jasoratlari, matonat, do'stlik, ahillik, hamjihatlik fazilatlarini o'zida mujassam etgan doston va ertaklar, rivoyat va to'qimalarni so'zlab berganlar, milliy o'yinlar asosida halol, rostgo'y bo'lish, to'g'r i gapirish, haqsizlikka qarshi befarq bo'lmaslik, raqibga nisbatan hurmat fazilatlarini singdirganlar. Milliy o'yinlarda mag'lub bo'lgan raqib ustidan hech qachon masxara qilinmagan. Aksincha xato va kamchiliklar ko'rib chiqilib birgalikda hal etilgan.

Amir Temur va uning avlodlari davrida jismoniy tarbiyaga bag'ishlangan musobaqalar juda ko'plab bo'lgan. Salohiddin Toshkandiy qayd etganidek, bular haqida ko'plab «kitobga yozg'onlar», manbalarda qayd etilgan. Afsuski, bu mavzu haligacha kam o'rganilgan. Mirzo Ulug'bek ham, Husayn Boyqaro ham o'z davrlarida qo'l ostidagi askarlarning shunday sifatlarga ega bo'lishiga intilganlar.

Navoiy o'zining Farxod va Shirin asarida Farxodni juda ham jismoniy baquvvat etib ta'riflagani bejiz emas. Chunki, o'z davrida qahramonlarning jismoniy baquvvatligini, aqliy donoligini yoshlar ongiga singdirish ularda qaxramonga nisbatan mehr uyg'otishi tabiiydir. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib aytmoqchimizki, qadim zamonlardan bizning bobokalonlarimiz o'z rahbarligidagi askarlari jismonan chiniqqan, baquvvat, qo'rqmas, jasur va botir bo'lishiga e'tibor berib kelganlar.

Amir Temur davrida har bir avloddan o'zlari yashab turgan mintaqasini raqib tajovuzidan himoya qilish uchun askarlar tayyorlash talab qilingan. Askarlarni himoya uchun kerakli maxsus jismoniy mashqlar bilan shug'ullantirish kerak bo'lgan. Masalan: nayza bilan jang qilish uchun qo'llariga uzun-uzun yog'ochlar olib sanchish mashqlari: nayzani qaytarishda qalqon kiyib nayzalarni qaytargan. Yog'och va osmondan to'qilgan odam shaklini yasab nayza qadash, pichoq urish mashqlaridan foydalanilgan. Hamma jismoniy mashqlarni askarlar to'liq ust-boshlarini kiyib mashq qilishgan. Ular uzoq masofalarga yurish, yugurish, toshlarni uloqtirish, suvdan kechib o'tish, ot ustida kurash kabi mashqlar bilan shug'ullanganlar.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

MUHOKAMA VA NATIJA

Bu haqida o'z munosabatini bildirib kelgan bir qancha allomalarimiz va mutafakkirlarimiz mavjuddir. Shulardan biri bo'lgan Shox va shoir bo'lmish Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) "Boburnoma" qomusiy asarida xam XVI-asr boshlaridagi jismoniy madaniyatga oid qimmatli ma'lumotlarni topish mumkin. Unda milliy kurashimizning o'ziga xos ming yillik ildizi barqaror ekanligi go'zal urf-odatlarimiz o'z ifodasini topgan. Tarixiy asarlar bila n tanishar ekanmiz, musoboqada g'olibga ham, mag'lubga ham birdek katta hurmat ko'rsatilganligini bilib olamiz. Bolalar milliy o'yinlar jarayonida faqatgina chaqqon, chapdast qo'rqmas jasur bo'lib tarbiyalanmasdan, sanash, so'zlarni to'g'ri talaffuz etish, o'zini tuta bilish xotiralarini charhlash kabi jihatlari bilan ham ajralib turganlar. Milliy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan besh yoshli bola millongacha sanashni o'zlashtiradi. Bu bolani qobiliyati juda zo'rligidan emas, balki o'yinlarda qiziqish natijasidir. Yoshlarni milliy o'yinlar xasad, nomardlik, bahillik kabi illatlardan xalos etadi. Umuman olganda milliy mafkuramiz ruhida sog'lom, baquvvat, hur fikrli, ozod va obod vatanni sevishga, kerak bo'lsa jonini berishga tayyor komil insonni tarbiyalashda milliy o'yinlar qadriyatimizning ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Milliy o'yinlarda kattani xurmat kichikni izzat qilish naqliga amal qilinadi. O'yin qoidalariga bolalikdan qat'iy amal qilish, hakamni so'zini haq deb bilish, o'yinda g'olib yoki mag'lub bo'lishga qaramasdan natijani tan olishni o'rganish yoshlarni ahloq normalari asosida tarbiyalashning asosidir. Milliy o'yinlarning samarasini oshirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi.

a) Bog'cha, maktab, o'rta va oliy o'quv yurtlari o'quv dasturlarida milliy o'yinlarni keng yoritish.

b) Aholini barcha qatlamlari foydalana oladigan ilmiy metodik qo'llanmalarni mukammal yaratish va xalqimizga to'la qonli yetkazish.

v) Maxalla, tuman, viloyat, respublika bosqichlardan iborat milliy o'yinlar turlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarni tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan rejalashtirilgan musobaqalarni reklamasini kengaytirish.

g) Milliy o'yinlarga barcha millat vakillarini jalb etish va yoshlar ongi shuuriga singdirish ularni komil etib tarbiyalash uchun keng yo'l ochadi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq ham jismoniy, ham ma'naviy yetuk, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan avlodni voyaga yetkazish yuksak maqsad etib belgilandi. Ana shu ezgu maqsad yo'lida, yoshlarimizning o'z aql-zakovati, iste'dodini to'la namoyon etish, mahoratini mutassil oshirib borish, yuksak ma'naviyatli, barkamol insonlar sifatida kamolga yetishish uchun ulkan kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. natijada yurtimizning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

barcha hududlarida aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug'ullanishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

Inson salomatligi unga in'om etilgan eng oliy ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ammo, inson salomatligi o'z-o'zidan kechadigan va yuzaga keladigan tabiiy jarayon emas, aksincha, bu odat insonning o'z-o'ziga e'tibori va sa'yi-harakati orqali davom etadigan voqelikdir. Bu quyidagi tartiblarda yaqqol namoyon bo'ladi:

Birinchidan, inson salomatligi tamoyillari singdirilishida;

Ikkinchidan, shaxsning jismoniy shakllanishi, oila va ta'lim tizimida;

Uchinchidan, mahallada har bir shaxsning salomatligini asrash ham muhim ahamiyatga ega.

Aholi salomatligini saqlashda, sog'lom turmush tarzida sportning o'rni beqiyos. Hech shubha yo'qki, sog'lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o'tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Aholi sog'lom naslga ega bo'lishi ko'p tomondan sport bilan jiddiy shug'ulanishga bog'liq. Xalqimiz uzoq yillar xorijlik sportchilarga havas qilib yashadi. Bugun esa Ona-vatanimiz mustaqil, barcha sport koshonalarida yoshlar qadami zalvorli tus oldi. Maktabdan bo'shagan bola, albatta sport maydonlariga oshiqayapti, musoboqalarga qatnashayapti, murabbiyning ta'lim -tarbiyasi bilan salomatligini mustahkamlamoqda. Bo'sh vaqtni behuda otqazmasdan ayni paytda, sportda yutuqlarga erishayotgan bola ertaga jamiyatning sog'lom vakiliga aylanishi tayin. Sog'lom nasl - sog'lom jamiyat asosini tashkil etishi bor gap. Sog'lom jamiyat va sog'lom naslni esa sog'lom turmush tarzlarini ilmiy tadbiq etmay turib, shakllantirib bo'lmaydi. Sog'lom turmush tarzi deganda zamirida, jismoniy salomatlik va kamoloti insonning ma'naviy va mafkuraviy salomatligi uning shaxs sifatida to'la kamol topishiga mujassamdir. Aholini sog'lomlashtirishda sport turlarining o'rni ko'p hollarda mahalla zimmasiga tushadi. Lekin tan aytib o'tish kerakki, bizning xalqda bir oz tortinish kabi xislatlar bor. Masalan, yuragi xasta odam vrach tafsiyasiga ko'ra, faqat sog'ligini yo'qotgandagina jismoniy mashqlar bilan shug'ullana boshlaydi. Sog'lomlashtiruvchi mashqni odat tusiga kiritgan bemor o'zidagi salomatlik tarzini yaxshi tomonga o'zgarganligini sezib, ichish va chekishdan o'zini qutqaradi. Sog'lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiyaning o'rni bebaho chunki inson salomatligi uning ruhiy holati turmush kechirish sharoiti va eng muhimi uning tanasidagi faol harakatlarga bog'liqdir. Ana shu jarayonlar majmui bir maromda borsa ovqat hazm qilish, yurak va qon aylanish tizimining ravon bo'lishiga olib keladi. Barchaga ma'lumki harakat malakalari (jismoniy mehnat, maxsus jismoniy mashqlar) muntazam bo'lganda va tobora takomilashtirilganda inson salomatligi doim yaxshi bo'ladi. Dono xalqimiz "Sog' tanda sog'lom aql", deb bejiz aytmagan. Inson sog'lom bo'lgandagina hayot va turmush yumushlariga layoqatli bo'ladi, ko'zlagan maqsad sari intiladi uning oxiriga yetadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

Bizga ma'lumki, inson harakat bilan tirik. Bu tiriklik asosini tabiiy jismoniy harakat tashkil etadi. Jismoniy madaniyat harakatlar zanjiri. Qachonki bu zanjir uzilsa, inson umri ham uziladi. Jismoniy madaniyat, ta'lim tarbiya keng ma'noda, insonning barcha tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqaruvchi, uni tobora insoniylashtirib, ham jismoniy, ham ma'naviy chiniqtirib, yuksaltirib boruvchi jarayondir. Bu haqida professor Tilab Mahmudov: "Jismoniy madaniyatdan tobora uzoqlashib borgan sari kishi o'z umriga o'zi bolta uradi. Unda loqaydlik, soyaparvarlik, dangasalik, ishyoqmaslik, oqbilaklik, tekinxo'rlik singari xunuklik alomatlari kuchayadi"[3], - deb ta'kidlaydi. Mazkur fikrlardan, inson ma'naviy kamolotida asosiy o'rinni egallaydigan jismoniy madaniyat va ta'lim tarbiyadan tobora uzoqlashib borsa, nafaqat yuqoridagi holatlar balki, kasallik va o'lim sabablari ham vujudga ke ladi degan xulosa kelib chiqadi.

XULOSA

Ma'lumki, 1985-1990 yilarda jamiyat va ijtimoiy - madaniyat sharoitlar hamda uni boshqarish jarayonlarida birmuncha yangilanish jarayonlari vujudga kela boshlandi. O'zbekiston sharoitida "Navro'z" bayramini qayta tiklash boshlandi. Bu o'z navbatida milliy qadriyatlar ma'naviyat va madaniyatni rivojlantirishga asos soldi, "Navro'z" bayramiga bag'ishlab, Futbol, kurash, yengil atletika va xalq milliy o'yinlari katta sport musoboqalari tashkil qilina boshlandi. Bu esa o'z navbatida turli to'garaklar, sport maktablarini tashkil qilish sport va o'yin maydonlarini ko'payishiga sabab bo'ldi. Yurtimizda aholini har jihatdan sog'lom va barkamol bo'lishi uchun kerakli imkoniyatlar yaratilib ko'pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda, onalik va bolalik ijtimoiy muhofazasi sog'lom oila muhitini shakllantirish, sog'lom bola tug'ilishi, har taraflama uyg'un rivojlangan. Yetuk shaxsni tarbiyalash borasidagi sa'y-harakatlar e'tiborga molikdir. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "O na va bola salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni shakllantirishga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda joriy yilning 1- iyulidagi "2009-2013 yilarda aholi salomatligini mustahkamlash sog'lom bola tug'ilishi jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora - tadbirlari dasturi" aholining keng qatlamlari orasida sog'lom turmush targ'ibotini kuchaytirish salomatlikni mustahkamlash onalar va bolalarga tibbiy yordam ko'rsatuvchi birlamchi bo'g'inlar faoliyatini yanada takomilashtirish maqsadidagi ustivor vazifalar ijrosini ta'minlashga chuqur e'tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Sport - bu go'zallik, jismoniy harakat, salomatlikka yetaklovchi katta kuch bo'lib, har birimizning o'z sog'limizga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytiradi. Shu bois, kelajak avlodimiz sog'lig'i yo'lidagi ishlarimiz rivojini yanada kamol toptirish uchun hammamiz birdek ma'sul bo'lishimiz zarur. Xulosa qiladigan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

bo'lsak, barchamiz milliy o'yinlarimizni birdek rivojlantirishga o'z hissamizni qo'shib,aholimiz sog'ligini yaxshilash yo'lida xizmat qilaylik.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi. Xalq so'zi. 2020 yil 23 sentyabr

2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: Xalq merosi, 1994. - B. 14.

3. Mahmudov T. Komillik asrorlari. - T.: Adolat, 2006. - B. 82.

4. Nazarov Nurali Normirzayevich. Sport falsafasi. Fan - sportga ilmiy-nazariy jurnal. 2014 yil, 4-son, 39-44 betlar.

5. „Milliy o'yinlar". https://www.savol-javob.com/miniy-oymlar/. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.

6. Ishtayev, Javlon Mavlonboyevich, et al. "EFFECTIVENESS OF THE NEW DEVELOPED SPORTS AND HEALTH PROGRAM IN SPORTS GYMNASTICS IN THE PREPARATION OF 3-7 YEAR OLD BOYS." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 94-99.

7. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2021). ТАЛАБАЛАРДА СТЕСС ХЩАТИ ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙУЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 207-211.

8. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2022). БОГЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 155-161.

9. Усманова, Ш. Ш., & Ёкубова, Д. М. (2022). ДЕВИАНТ ХУЛИЛИ У^УБЧИЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 170-175.

10. Muhabbat, G. "ISLOMDA AXLOQIY QADRIYATLAR." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 385-393.

11. Xushvaqtov, Zoxid. "ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 394-401.

12. Бекназаров, Ш. К "ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПАРАМЕТРИК УЛЧАМЛАРИ БА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕКЦИЯСИНИ УРГАНИШДА АКТДАН ФОЙДАЛАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 402-409.

13. Бозоров, Сирожиддин Рустам Угли. "СПОРТЧИЛАРНИ ШУГУЛЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИНИ АНЩЛАШНИНГ ЗАМОНАБИЙ УСУЛЛАРИНИ ТА^ЛИЛИ (ФУТБОЛ СПОРТ ТУРИ МИСОЛИДА)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-444-451

14. Курязов, Р. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ МУСОБОКА ШАРОИТИДА ТУПНИ УЗАТИБ БЕРИШ ^АРАКАТЛАРИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 420-427.

15. Пирматов, Ойбек Зенетович. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ УЙИН ЖАРАЁНИДАГИ ТЕХНИК ВА ТАКТИК Х^РАКАТЛАР ТАХЛИЛИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 428-433.

16. Рахмонбердиев, Эркин Бахтиёрович. "ФУТБОЛЧИ АЁЛЛАРНИ МУСОБАКА ФАОЛИЯТИНИ ТАХ,ЛИЛ КДЛИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 434-440.

17. Турдибоев, Исомиддин Хуснидинович. "УЗГАРУВЧАН ВАЗИЯТЛИ МАШКЛАР ЁРДАМИДА ЗАРБА БЕРИШ ^АРАКАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ САМАРАДОРЛИГИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 441-447.

18. Хакимжонов, Зохиджон Ахматкул Утаи. "БОШЛАНГИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУ^И ФУТБОЛЧИЛАРИНИ ТЕХНИКТАКТИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 448-456.

19. Шаяхмитов, Равиль Саетгереевич. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ МАШГУЛОТЛАРДА КУЧ ВА ЧИДАМЛИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРШ ХУСУСИЯТЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 457-463.

20. Частоедова, А. Ю., et al. "ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОНДИЦИОННЫХ КАЧЕСТВ ЮНЫХ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 464-472.

21. Кадиров, М. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ БЫСТРОТЫ И ТОЧНОСТИ УДАРОВ У ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ РЕЗКО МЕНЯЮЩИХСЯ СИТУАЦИОННЫХ УПРАЖНЕНИЙ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 473-480.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.