Научная статья на тему 'INSON HAYOTINI SAODATGA, SOF INSONIY FAOLIYATGA ERISHISHIDA TARBIYANING ROLI'

INSON HAYOTINI SAODATGA, SOF INSONIY FAOLIYATGA ERISHISHIDA TARBIYANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
142
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliylik / urf-odat / an‟ana / meros / mehr-muhabbat / inson hayoti / saodat / sof insoniy faoliyat / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sayyora Kamalovna Yaxshimbekova, Tursunmurad Baxadirovich Xalmatov

Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo„lgan milliy urf-odatlarimiz, an‟analarimiz, o„chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi. Maqolada inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli to‟g‟risida mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HAYOTINI SAODATGA, SOF INSONIY FAOLIYATGA ERISHISHIDA TARBIYANING ROLI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-501-505

INSON HAYOTINI SAODATGA, SOF INSONIY FAOLIYATGA ERISHISHIDA TARBIYANING ROLI

Sayyora Kamalovna Yaxshimbekova Tursunmurad Baxadirovich Xalmatov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sport psixologiyasi va

pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo'lgan milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, o'chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi. Maqolada inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli to'g'risida mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: milliylik, urf-odat, an'ana, meros, mehr-muhabbat, inson hayoti, saodat, sof insoniy faoliyat, tarbiya.

Buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne'matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug'orilgan bo'lishi lozim.

Buning uchun avvalo milliy g'urur, milliy ong, milliy g'oya, ma'naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. Chunki tarixni bilmasdan, o'rganmasdan undan ruhiy, ma'naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo'lmaydi.

Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma'rifiy va ma'naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o'zgarib, yangilanib borgan.

Hozirgi davrga kelib mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-501-505

oshirishni taqozo etayotganligini e'tiborga olgan holda, shuningdek "Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko'tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo'yicha eng muhim ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Farmoni, "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlanirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, "O'zbekiston Respublikasini Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi"gi Farmoni, [1] bugungi kunda "Eng katta boylik - bu aql - zakovat va ilm, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!", "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan sog'lom, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy, hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyasi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida, ularning faoliyatini oshirish" [2], - lozimligi ta'kidlangan.

Inson hayotning murakkab so'qmoqlaridan yura bilishi, turli xil qiyinchiliklarni yenga bilishi, chuqur bilim ko'nikma va malakaga ega bo'lishida ustoz va murabbiylarning xizmati beqiyosdir. Ushbu ulug' insoniy fazilat, ulkan sabr hamda vatan taraqqiyoti uchun fidoyilik tuyg'usiga ega bo'lgan ustozlarimiz zamonamizning har qaysi vaqtida chuqur hurmatga loyiq va sazovor bo'lgan kelajakning haqiqiy bunyodkorlari hisoblanadi.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev asarlarida ham ustoz degan ulug' kasbning mas'uliyatli tomonlari, xalqimiz ustoz va murabbiylarimizga bo'lgan faxr tuyg'usi o'z aksini topgan. "Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik, va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag'ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz" [3].

Shuningdek, yurtboshimizning asarlarida barkamol avlod tarbiyasi hamda yurt kelajagi uchun juda muhim soha hisoblangan maorif tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida o'qituvchilarimiz tajribasini oshirish hamda yetuk pedagoglar faoliyati masalasiga qaratgan e'tibori orqali zamirida ustoz va murabbiylarmizga yordam berish masalasiga e'tibor qaratilgandir.".. pedagoglar va professor-o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy-ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur"

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-501-505

[4].

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish orqali Vatanimiz kelajagi, yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909 sonli Qarorida ham ustuvor vazifalardan birinchisi sifatida e'tibor qaratilgani diqqatga sazovordir.

Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta'lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta'rif bergan edi: "Ta'lim, - degan so'z xalqlar va shaharliklar o'rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o'rtasidagi tug'ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir [5]. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo'lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo'lishni, o'rganishidir"

Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, Oliy ta'lim tizimini takomillashtirishda professor-o'qituvchilarning malakasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi.

Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy oshishni ta'minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu borada hukumat va yoshlar o'rtasida ko'prik vazifasini bajarib beruvchi ustoz va murabbiylarga juda katta mas'uliyat yuklatilgan.

REFERENCES

1. Sh. M Mirziyoyev "Yangi Ozbekiston strategiyasi" asari, Toshkent "Ozbekiston" 2021-yil, 24-bet.

2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy-ommabop risola. - Toshkent: "Ma'naviyat", 2017. - 268 b.

3. Sh. M Mirziyoyev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asari, Toshkent "O'zbekiston" 2016-yil, 5-bet.

4. Sh. M Mirziyoyev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" asari, Toshkent

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-501-505

"Ozbekiston" 2017-yil, 45-bet.

5. Najmidinova Karimaxon Usmonovna. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni / - T.: «Adolat», 2016.

6. Ishtayev, Javlon Mavlonboyevich, et al. "EFFECTIVENESS OF THE NEW DEVELOPED SPORTS AND HEALTH PROGRAM IN SPORTS GYMNASTICS IN THE PREPARATION OF 3-7 YEAR OLD BOYS." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 94-99.

7. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2021). ТАЛАБАЛАРДА СТЕСС ДОЛАТИ ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙУЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 207-211.

8. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2022). БОЕЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 155-161.

9. Усманова, Ш. Ш., & Ёкубова, Д. М. (2022). ДЕВИАНТ ХУЛИЛИ УКУВЧИЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 170-175.

10. Muhabbat, G. "ISLOMDA AXLOQIY QADRIYATLAR." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 385-393.

11. Xushvaqtov, Zoxid. "ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 394-401.

12. Бекназаров, Ш. К. "ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПАРАМЕТРИК УЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕКЦИЯСИНИ УРГАНИШДА АКТДАН ФОЙДАЛАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 402-409.

13. Бозоров, Сирожиддин Рустам Угли. "СПОРТЧИЛАРНИ ШУЕУЛЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИНИ АНЩЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИНИ ТАДЛИЛИ (ФУТБОЛ СПОРТ ТУРИ МИСОЛИДА)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

14. Курязов, Р. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ МУСОБОКА ШАРОИТИДА ТУПНИ УЗАТИБ БЕРИШ ДАРАКАТЛАРИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 420-427.

15. Пирматов, Ойбек Зенетович. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ УЙИН ЖАРАЁНИДАГИ ТЕХНИК ВА ТАКТИК ДАРАКАТЛАР ТАХЛИЛИ." Central

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-501-505

Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 428-433.

16. Рахмонбердиев, Эркин Бахтиёрович. "ФУТБОЛЧИ АЁЛЛАРНИ МУСОБА^А ФАОЛИЯТИНИ ТАДЛИЛ КИЛИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 434-440.

17. Турдибоев, Исомиддин Хуснидинович. "УЗГАРУВЧАН ВАЗИЯТЛИ МАШКЛАР ЁРДАМИДА ЗАРБА БЕРИШ ДАРАКАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ САМАРАДОРЛИГИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 441-447.

18. Хакимжонов, Зохиджон Ахмащул Угли. "БОШЛАНГИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУДИ ФУТБОЛЧИЛАРИНИ ТЕХНИКТАКТИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 448-456.

19. Шаяхмитов, Равиль Саетгереевич. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ МАШГУЛОТЛАРДА КУЧ ВА ЧИДАМЛИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРШ ХУСУСИЯТЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 457-463.

20. Частоедова, А. Ю., et al. "ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОНДИЦИОННЫХ КАЧЕСТВ ЮНЫХ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 464-472.

21. Кадиров, М. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ БЫСТРОТЫ И ТОЧНОСТИ УДАРОВ У ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ РЕЗКО МЕНЯЮЩИХСЯ СИТУАЦИОННЫХ УПРАЖНЕНИЙ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 473-480.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.