Научная статья на тему 'SHARQONA TARBIYA ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI QIZLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH'

SHARQONA TARBIYA ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI QIZLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
280
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma'naviy-axloqiy rivojlanish / iroda / o'smirlarning irodaviy rivojlanishi / ma'naviy-axloqiy qadriyatlar / oila tarbiyasi / oila muhiti / ibo-xayo / or-nomus / tejamkorlik / oqila qiz / ibrat-na’muna / ayolga e’tibor

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Rajapov Vahobjon To‘Rajonovich

Ushbu maqolada o’smir yoshdagoi qizlarning ma'naviy-axloqiy ongini rivojlantirish, axloqiy qadriyatlar asosida o'zini o'zi anglash va takomillashtirish, hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida holatlar, o‘zbek oilalaridagi qiz bolalarga nisbatan alohida e’tibor, ularni milliy qadriyatlar asosida iboli-xayoli, or-nomusli, tejamkor, oqila qilib tarbiya berish hamda oilalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bayon etilgan. Shuningdek, oilada onaning o‘rni va jamiyatning rivojlanish taraqqiyotiga mosligi yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQONA TARBIYA ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI QIZLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

SHARQONA TARBIYA ASOSIDA O'SMIR YOSHDAGI QIZLAR MA'NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH Rajapov Vahobjon To'rajonovich

T.N. Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining mustaqil

tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7991634

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'smir yoshdagoi qizlarning ma'naviy-axloqiy ongini rivojlantirish, axloqiy qadriyatlar asosida o'zini o'zi anglash va takomillashtirish, hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida holatlar, o'zbek oilalaridagi qiz bolalarga nisbatan alohida e 'tibor, ularni milliy qadriyatlar asosida iboli-xayoli, or-nomusli, tejamkor, oqila qilib tarbiya berish hamda oilalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bayon etilgan. Shuningdek, oilada onaning o'rni va jamiyatning rivojlanish taraqqiyotiga mosligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy-axloqiy rivojlanish, iroda, o'smirlarning irodaviy rivojlanishi, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, oila tarbiyasi, oila muhiti, ibo-xayo, or-nomus, tejamkorlik, oqila qiz, ibrat-na'muna, ayolga e'tibor.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, odob-axloq, tarbiya xotin-qizlar, ona va ayol haqidagi g'oyalar eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida shakllanganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Eng qadimgi yozma manbalarda odob-axloq g'oyalari zardushtiylik ta'limotining muqaddas kitobi "Avesto"da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Muqaddas Qur'oni-Karim va Hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma'naviyati, axloqi, e'tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirishda ayol va xotin-qizlarga bag'ishlangan qimmatli fikrlari bayon qilingan. Hadislarda "qizlarni turmushga chiqarish to'g'risida onalar bilan maslahatlashing" deb ta'kidlangan.

Insoniyat paydo bo'libdiki, farzand tarbiyasi eng dolzarb masalalardan biri

bo'lib kelmoqda. Har qanday jamiyat, tuzumda kelajak avlod tarbiyasi, istiqboli birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o'g'il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog'liq. Turli xil davrlarda farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibor turli darajada bo'lgan. Qaysi jamiyat o'z naslining istiqbolini o'ylamas ekan ana o'sha jamiyat inqirozga uchrashi, parokandalikka yuz tutishiga tarix sahifalari ko'p bor guvohlik bergan. Bugun O'zbekiston aholisining ko'pchiligini yoshlar tashkil etadi. Ular manfaatini himoya qilish, barkamol bo'lib voyaga yetishlari va qulay shart-sharoitlarda o'qishlari, mehnat qilishlari va imkoniyatlarning yaratilishi yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishidir. Yoshlarning dunyoqarashi, hayotiy maqsadlari, ijtimoiy mo'ljallari, o'zlarini qanday tuta bilishlari mamlakatimizning kelajak taqdiri bilan juda uyg'un.

O'zbekona qarashlarda qadimdan qiz bola tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaraladi. O'zbekchilikda qizlarning yurish-turishi, gap-so'zi, o'zini tutishiyu, epchil-chaqqonligi u ko'zga ko'ringan paytdan boshlab odamlarning og'ziga tushadi. Elimizda qiz bolaning chiroyidan ko'ra uning husni xulqi, epchil, chaqqon, pazandayu chevarligiga ko'proq ahamiyat beriladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'tmish avlodlarimiz hayotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'z oldimizga Oybarchin, To'maris, Qutlug'nigorxonim, Gavharshodbegim, Zebiniso, Uvaysiy, Nodira - yana yuzlab nomlarini keltirish mumkin - bo'lgan ayollarimiz borki, ular shiddatkorligi, oqilaligi, sabr-toqatliligi bilan birga ibo, hayosi bilan ham o'rnak bo'lishgan.

Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog'atga yetgach, o'g'il bo'lsa uylantirib, qiz bo'lsa uzatib, o'z burchini ado etishi kerak, deb ko'rsatadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e'tibor berish, unga g'amxo'rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: "Agar qizing bo'lsa, uni mastura doyalarga topshirg'il, toki yaxshi parvarish qilg'aylar va kattaroq bo'lg'andin so'ng muallimga topshirg'il ... Balog'atga yetgandan so'ng harakat qilib erga berg'il, unga shafqat va marhamat ko'rguzg'il, nedinkim qiz otaning asiri bo'lur".

Xo'sh, ayol bolalarning, erlarning, hattoki millatning tarbiyachisi ekan, uning o'zini kim tarbiyalaydi? Bu savol ta'bir joiz bo'lsa, jamiyatning maqsadini ifoda etadi.

Axir bizning maqsadimiz yaxshi, baxtli kelajak qurish emasmi? Shu bois bugun o'zini ziyoliman, deb hisoblovchi, o'z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog'lay oluvchi har bir fuqaro bu ulug' ishga bosh qo'shmog'i shart. Chunki, erkakni tarbiyalash - bir odamni tarbiyalash, ayolni tarbiyalash esa millatni tarbiyalash, demakdir. Buni hech qachon unutmaslik kerak. Faylasuflardan biri "Bizga yaxshi onalarni beringlar, biz yaxshi odamlar bo'lib yetishamiz", deya ta'kidlaganda haq edi.

Ayni vaqtda, ma'naviy poklanishimiz, milliy tiklanishimiz va kuch-qudratimizni oshirish uchun yaxshi odamlar kerak.

Prezidentimiz "Qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o'rgatish, ilm-fan, madaniyat va san'at, sport sohalariga keng jalb etish orqali ularning qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish muhim ahamiyatga ega ekanini, o'ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz" deganlarida bugunning gapini aytgan edilar.

O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12-15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi, intizomi bo'shashadi.

Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:

1. Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.

2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.

Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.

Lekin o'smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituviga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q.

Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir tomosha qiladi.

Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.

O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti "qiyin" vazifalarga to'liq bo'ladi.

Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. "Dangasa", "qo'pol", "bee'tibor", "qobiliyatsiz" degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar.

O'smir yoshida o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim.

O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa -o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar.

Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan olish zarur.

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin.

To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Xulosa

Buyuk insonning ortida buyuk ayol turadi deyishadi. Dunyo taniydigan insonlarni katta kashfiyotlarga, ulug' ishlarga ilhomlantiradigan, qo'llaydigan onalari bo'lganini tarixdan yaxshi bilamiz.

Imom Buxoriy hazratlarining yoshligida ko'zi ko'rmay qolganda onasi juda qattiq iztirobga tushadi va yig'lab-yig'lab, chin dildan xudoga iltijo qilib, bolasining ko'zi ochilishini so'raydi. Uzoq toat-ibodatdan so'ng tushida Ibrohim alayhissalomni ko'radi va u kishi «o'g'lingning ko'zi ochiladi» degan xushxabarni yetkazadi. Ona uyqudan turib qarasa o'g'li yana ko'ra boshlaydi. Otasidan erta yetim qolgan Imom Buxoriy hazratlari doimo aqlli, zukko, taqvodor onasi bilan birga bo'ladi. Hajga ham onasi va akalari bilan birga borib, o'sha yerda qolib, ilm bilan shug'ullanadi.

Dmitriy Mendeleyev oiladagi 17-farzand bo'lib dunyoga keladi. U tug'ilgach, otasi ko'zdan qolib depressiyaga tushib qolgan va ro'zg'or tashvishi-yu farzandlar tarbiyasi onasi Mariya Dmitriyevaning zimmasiga o'tadi. Kenjatoy Dmitriy doim onasi bilan birga yuradi. O'qimishli, ziyoli Mariya o'g'liga to'rt yoshida o'qishni o'rgatadi va keyingi kashfiyotlari, ilm

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

bilan shug'ullanishi uchun ham juda katta turtki beradi. Mendeleyev nimaiki qilsa onasini xursand qilish uchun qilayotganini aytgan.

Stiv Jobsning onasi - Klara Jobs o'smir yoshdagi Stivga «Sen hech kimga o'xshamagan noyob qobiliyatli, alohida odamsan, senga ishonaman, hali katta ishlarni qilasan» deya motivatsiya bergan. Stiv uyning garajida o'z ishini boshlaganida onasi telefon qo'ng'iroqlariga javob berib administratorlik qilib yordam bergan. Qaysidir faylasufning «Bizga buyuk onalarni bering, sizga buyuk daholarni beramiz» degan aforizmi juda mashhur. Darhaqiqat, millatni yuksaltirmoqchi bo'lsak, bo'lajak onalarni, qizlarimizni bilimli, tafakkuri keng qilib tarbiyalashimiz shart.

O'smirning o'zini o'zi tarbiyalash tajribasi - bu o'zini va boshqalarni bilish orqali amaliy harakatlar jarayonida shakllanadigan va uning fazilatlari va xatti-harakatlarini ma'naviy-axloqiy tartibga muvofiq o'zgartirishga qaratilgan faoliyatda mustahkamlangan bilim va ko'nikmalar tizimidir.

REFERENCES

1. 1"Ma'naviy hayot" jurnali, 2022-yil 3-son.

2. Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "Dizayn-Press", 2011. - 5 b.

3. Abdurahmonova Z.A. Yoshlarni tarbiyalashda nazariy tayergarlik: muammolar va yechimlar // "Uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlodni tarbiyalash muammolari va yechimlari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent- 2017. B.55-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.