Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOLA TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOLA TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Taʼlim-tarbiya / maʼnaviyat / qadriyat / odob-axloq / oila / jamiyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorov V.N.

Мақолада oʻrta asrlarda alloma va mutafakkirlarining pedagogik fikrlari insonparvarlik gʻoyalari taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bogʻlanib, jamiyat taraqqiyotida tarbiya naqadar zarurligi, uning mohiyati va mazmuni interfaol metodlar asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOLA TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOLA TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR

Sattorov V.N.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti unversiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11229556

Annotasiya. Mayonaöa o'rta asrlarda alloma va mutafakkirlarining pedagogik fikrlari insonparvarlik g'oyalari ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog'lanib, jamiyat taraqqiyotida tarbiya naqadar zarurligi, uning mohiyati va mazmuni interfaol metodlar asosida yoritilgan.

Kalitso'zlar: Ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, qadriyat, odob-axloq, oila, jamiyat.

Bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy ma'naviy merosni o'rganish, uni asrab-avaylash, yanada takomillashtirish, boyitib borishdan iboratdir. Chunki ajdodlarimizning har bir fikri hozirgi ijtimoiy hayotda ham o'z qimmatini yo'qotmagan. Jumladan, bola (asosan o'g'il bolalar) tarbiyasi bugungi kunda ma'suliyatli va dolzarb masalalardan biridir. O'g'il bolalarga xos bo'lgan xislatlar (chidamli va kuchli) shaxs sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish ota - onalarning muqaddas burchidir. O'g'il bolalarni hayotga chidamli, bardoshli va kuchli shaxs sifatida shakllanishida alloma va mutafakkirlarning pedagogik fikrlariga tayanamiz.

O'rta asrlardagi mutafakkirlarning pedagogik fikrlari Sharqqa xos bo'lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g'oya bo'lgan. O'rta asrlar (VII -XIV) pedagogik fikrlar tarixida munosib o'rin olgan sharq allomalari va mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga doir g'oyalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq", Muslihiddin Sa'diyning "Guliston", Unsurul Maoliy Kaykovusning "Qobusnoma", Jaloliddin Davaniyning "Ahloqi Jaloliy", Imom Ismoil Buxoriyning "Jome'-as sahih", "Al-adab-al-mufrat", At- Termiziyning "Sunnan", Forobiyning "Donolik javohiri", "Fozil shahar ahli", "Baxt saodatga erishish haqida traktat", Abu Rayxon Beruniyning "O'tmish avlodlar xotirasi", "Javohirlarni o'rganish uchun ma'lumotlar to'plami", "Hindiston", Abu Ali Ibn Sinoning "Axloq haqida risola", "Donishnoma", "Bilimlar xazinasi, "Etika haqida traktat" kabi asarlarda o'z ifodasini topgan.

Bu haqida respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoev quyidagi fikrlari o'rinlidir. "Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lgan yurtimiz zaminidan o'rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi.

Hozirgi kunda O'zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo'lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to'liq o'rganilmagan, ular olimlar va o'z o'quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o'rtaga qo'yayotgan juda ko'p dolzarb muammolarga javob topish mumkin".

Ulug' mutafakkir Kaykovus ham o'zining "Qobusnoma" nomli asarida farzandni aql egasi bo'lishni hamma narsadan ulug' deb bilib, shunday nasihat qilgan edi: "Agar molsizlikdan qashshoq bo'lsang, aqldan boy bo'lmoqqa xarakat qil, chunki mol ila boy bo'lmoqdan, aql ila boy bo'lmoq yaxshiroqdur. Aql ila mol jam etsa bo'lur, ammo mol ila aql o'rganib bo'lmas. Bilki, aql bir qimmatbaho narsaki, uni o'g'ri ololmas, u o'tda yonmas va suvda oqmas". Bola tarbiyasining eng muhim jihati, bu ota-onaning sabr-toqatli, xotirjamligi va hamjixatligidadir.

Ammo oila notinch bo'lsa, bola na bog'chada, na maktabda va na tashqi hayotda o'zini yurish-turishi-yu, idrokiga javob bera oladi. Bunday muhitda o'sgan bolaning asabi toliqib, serjaxil bo'lib qoladi va u voyaga yetgandan so'ng o'zboshimchalik bilan g'ayritabiiy hamda g'ariqonuniy ishlar qilishgacha borib yetadi. Olimlarning fikriga ko'ra ota-onalarning oiladagi mas'uliyatini quyidagicha belgilash mumkin:

- Bolaga sog'lom turmush tarzi, ilk huquqiy, iqtisodiy bilimlarni berish, ahloq-odob me'yorlariga va tibbiy-gigienik talablarga rioya qilishni uqtirib borish;

- Qiziqishlariga qarab bo'sh vaqtni to'g'ri taqsimlashni o'rgatish; - Sport bilan shug'ullantirish, turli xarakatli o'yinlar, mashqlar orqali bolani chiniqtirish, uni ekologik va estetik jihatdan tarbiyalash;

- Bolalarning jinsini, ya'ni o'g'il yoki qiz bolaligiga qarab tarbiyaga xos alohida xususiyatlariga e'tibor qaratish, suhbatlar tashkil etish;

- Dunyoviy va diniy bilimlarni egallashga jiddiy e'tibor berish hamda bolalardagi vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish maqsadga muvofiqdir.

Farzandni qanday bo'lsa shundayligicha, ya'ni o'zining alohida hususiyatlari, odatlari bilan qabul qilinishi bola shaxsining takrorlanmasligini, o'ziga xosligini tushunish ota-onaga katta sabr va mas'uliyatni yuklaydi. Farzand ota-ona ongida ular istagandek mukammal shaxs bo'lmasligi mumkin, lekin ularning dunyoqarashini rivojlantirish, kamchiliklarini, hissiyotlarini, har bir bolaning o'ziga xosligini, tabiatan berilgan iqtidorini sezib tarbiyalash ota-onaga yuklanadigan vazifadir. Bunda oiladagi keksalarimiz, ya'ni buva va buvilarning ham farzand tarbiyasida katta hissasi bo'ladi.

Oiladagi bolaning rivojlanishida, o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlanishida, atrofidagilarni hurmat qilish, mehr-muhabbat ko'rsatish va birdamlikda harakat qilishga o'rgatishda ularning o'rni beqiyosdir. Ota-ona, buva-buvilar o'z hayot faoliyatlarida uchratgan qiyinchiliklar, yo'l qo'ygan xatolarni to'g'ri talqin qilib farzandlarga tushuntirishlari va ularda o'ziga bo'lgan ishonch, mehnatsevarlik hamda sabr toqat hissini shakllantiradilar. Ota-ona o'z bolasini xato va kamchiliklarini yuziga solishdan, boshqalarga namuna qilib ko'rsatishdan qochishi kerak. Bu holat bolada kelajakka bo'lgan ishonch va intilishlarni kuchayishini ta'minlaydi. Bolaga "Seni bugungi ishing yaxshi, ertaga bundan ham yaxshi bo'ladi" - degan fikrni bildirib turish yaxshi natijalar beradi.

Tarbiyaning bu yo'li bolaning ruhiy va jismoniy salomatligini mustahkamlaydi, oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida ichki va tashqi kelishmovchiliklarni kamaytiradi va o'ziga bo'lgan ishonchni ta'minlaydi.

Xulosa qilib aytganda yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning eng qulay yo'li - avvalo ota-onalarning ma'naviy bilim saviyasini oshirish, ularda sog'lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa har bir ota-onaning o'z farzandi oldidagi, el-yurt oldidagi burchini to'g'ri anglashni, insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an'analarimizni eng nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda milliy qadriyatlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatni uyg'otishni va ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

REFERENCES

1. 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi "Vatanparvar" gazetasi 2017-y. 29-dekabr soni №52(2751)

2. Sh.B.Irgashev. Velikoe nasledie Abu Ali ibn Sina i sovremennoe ob^estvo. T.: 2012 Ibn Sino, 5, s-23

3. Kaykovus. Qobusnoma. -T.: Sharq matbaa konserni. 2009. 24 bet.

4. Kalmuratov T.N. Management of the Quality of Education in Non-government pre-school educational organizations on the Basis of public-private Partnership. SCIENCE AND EDUCATION IN KARAKALPAKSTAN 4/1-SON Nukus 2021 y ISSN 2181-9203

5. Valiyeva F.R Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.