Научная статья на тему 'SHARLOTTA BRONTENING “JEYN EYR” ROMANIDA AYOL ХARAKTERI TASVIRI'

SHARLOTTA BRONTENING “JEYN EYR” ROMANIDA AYOL ХARAKTERI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayol xarakteri / ayol ruhiyati / ayol dunyoqarashi / ayol ruhiyatidagi evrilishlar / qalb dialektikasi / obrazlar tizimi / kompozitsion unsurlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oxunova Muxlisaxon Ravshanbek Qizi

Maqolada ingliz adabiyotida ayol xarakterining tasviri, ayol xarakterini yoritishda badiiylikning o‘rni, ayol obrazi, ayol dunyoqarashi, qalb dialektikasi, ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatidagi evrilishlar tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARLOTTA BRONTENING “JEYN EYR” ROMANIDA AYOL ХARAKTERI TASVIRI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

SHARLOTTA BRONTENING "JEYN EYR" ROMANIDA AYOL

XARAKTERI TASVIRI ПОРТРЕТ ЖЕНСКОГО ПЕРСОНАЖА В «ДЖЕЙН ЭЙР» ШАРЛОТТЫ

БРОНТЕ

PORTRAIT OF A FEMALE CHARACTER IN CHARLOTTE BRONTE'S

"JANE EYRE"

Oxunova Muxlisaxon Ravshanbek qizi

mukhlisaokhunova7010@gmail.com ORCID ID: 0009-0006-3244-7896

Annotatsiya: Maqolada ingliz adabiyotida ayol xarakterining tasviri, ayol xarakterini yoritishda badiiylikning o'rni, ayol obrazi, ayol dunyoqarashi, qalb dialektikasi, ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatidagi evrilishlar tahlilga tortilgan.

Аннотация: В статье анализируется образ женского персонажа в английской литературе, роль художественности в освещении женского характера, женский образ, женское мировоззрение, диалектика души, образ души, эволюция женской психики.

Abstract: The article analyzes the image of a female character in English literature, the role of artistry in highlighting a female character, the female image, the female worldview, the dialectic of the soul, the image of the soul, the evolution of the female psyche.

Kalit so'zlar: ayol xarakteri, ayol ruhiyati, ayol dunyoqarashi, ayol ruhiyatidagi evrilishlar, qalb dialektikasi, obrazlar tizimi, kompozitsion unsurlar.

Ключевые слова: женский характер, женская психика, женское мировоззрение, эволюция женской психики, диалектика души, система образов, композиционные элементы

Key words: female character, female psyche, female worldview, evolution of female psyche, dialectic of the soul, system of images, compositional elements.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Kirish

Sharlotta Brontening uchta yirik romanidan biri bo'lgan "Jeyn Eyr" yozuvchining tashrif qog'oziga aylangan asar. Asarda yozuvchi bosh qahramon Jeynning timsolida o'z xarakterini aks ettirgan.

Sharlotta Brontening otasi o'qituvchi va ruhoniy bo'lgan. Diniy va zamonaviy otaning qizlari uch-opa singillar yozuvchi bo'lib, ijod bilan shug'ullangan. 19- asrda ayollar ijodkor bo'lishi kamdan kam kuzatilgan xodisa bo'lib, ayol ijodkorlar ko'p bo'lsa-da, ular erkaklar taxallusi bilan ijod qilishgan. Shu jumladan, Sharlottaning taxallusi ham Currel Bell bo'lib, singillari Emili Bronte - Ellis Bell, Anna Bronte esa Acton Bell nomlari ostida ijod qilishgan. Uch opa-singilning har biri tabiatan tortinchoq, zehnli va nazokatli bo'lib, ular ruhoniy otalarining izmida tarbiya topgan qizlarga xos tarzda vazmin, baodob va ayni damda ziyoli, madaniyati yuksak insonlar edi. Sharlotta o'zining "Jeyn Eyr" romanidagi bosh qahramon Jeyn va uning xolavachchalari Diana va Merilarni ko'p jihatdan o'zi va singillariga monand chizgilar bilan tasvirlagan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Akademik Matyoqub Qo'shjonov: "Tarixiylik, davr ruhi hamma realistik asarlarda ham bo'lishi kerak. Ammo shunday asarlar borki, ularda realizmning bu xususiyati davr uchun tipik bo'lgan tarixiy shaxslar xarakterini yaratish orqali ifodalanadi. Bunday asarlarda davr ruhi eng avvalo tarixiy shaxslar xarakteriga bog'liq bo'lib qoladi,"6 - deydi. "Jeyn Eyr" romanida tarixiy shaxslar ko'zga ko'rinmasa-da, biroq real hayotdagi insonlar prototipi tasvirlangan. Adiba o'z oilasi va hayotidagi real voqealar asosida romanni yaratgan.

"Kun va tun, oq va qora rang mavjud bo'lgani singari, kishilar orasida ham yaxshilar va yomonlar bor. Buni inkor etish mumkin emas" 7. Sharlotta Bronte "Jeyn Eyr"da insonning o'z vijdoni va e'tiqodlaridan og'ishmasdan, pok qalb bilan intilgan maqsadlariga yetishi, g'arazlik yoki firib, kibr bilan esa uzoqqa bormasligi mahorat bilan tasvirlangan. Adiba o'z xulosalarini to'g'ridan to'g'ri aytishdan ko'ra, uni

6 Qo'shjonov M. Tanlangan asarlar. -T.: Sharq, 2018.39-b.

7 Ulug'ov A.. "Adabiyotshunoslik nazariyasi". G'.G'ulom nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2018. 115 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

kitobxonning e'tiboriga havola etadi. "Yozuvchilar ko'pincha boshqa yo'l bilan boradilar: ular hayot manzarasining o'zini tasvir etadilar-u, undan kelib chiqadigan xulosani ochiq aytmaydilar: uni tushunib olishni o'quvchining o'ziga havola qiladilar".8

Adiba romanida voqea-hodisa, hatti-harakatlarda o'zi ishtirok etayotgandek bo'ladi. Aslida ham bosh qahramon bu adibaning o'zi, biroq roman yaratish madaniyatiga amal qilgan.

Adabiyotshunos U.Normatov: "Qissa asosini qahramonlarning ma'naviyati, oilaviy intim hayoti, muhabbati, erki, mas'uliyati masalalari tashkil etadi; shaxs erki va burchi problemasini yozuvchi asarning pafosi darajasiga ko'taradi, erk haqida jiddiy bahs qo'zg'aydi," 9 -deya mulohaza yuritadi .

Asarda inson hurligi, ozodligi qaltis vaziyat, sharoitda, ba'zan mansab, amal doirasida aslini saqlashi, qiyofasini namoyon etishida kuzatiladi. Ijtimoiy, siyosiy muhitda haqiqatni aytish, adolatni targ'ib qilish ma'naviy jasorat sanaladi. Nosirlar mavzuni yoritishda xarakter dunyoqarashidagi odilona hukmni inobatga olib, asar ichki mantig'iga muvofiq voqelikni rivojlantirib boradi.

Natija va muhokama

Insoniyat avvalo Yaratganga, asli, tabiatga mehr bergan. Odamning Allohga muhabbati ishqi ilohiy bo'lsa, insonga ko'chirilgan shakli majoziy deya sanalgan. Azaliy va abadiy mavzu har bir davrda yangilanib, boyitib kelingan. Zero, turli millat ijodkorlari asarlarida o'z e'tiqodi, dunyoqarashiga monand rang, ohang, shukuh baxsh etgan.

"Jeyn Eyr" romani bosh qahramon tilidan hikoya qilinadi. Asar ota-onasidan go'dakligidayoq yetim qolgan va marhum tog'asining xotini tomonidan tarbiyalanayotgan, aniqroq qilib aytganda, uning uyida sig'indi bo'lib yashab kelayotgan o'n yoshli Jeynning bolalarcha sodda tushunchalari, va ayni damda yoshiga xos bo'lmagan jiddiylik, o'ychanlik va chuqur xayollarining tasviri bilan boshlanadi. Jeynning bu uydagi kechinmalari va iztiroblari asar boshidanoq o'quvchida unga nisbatan achinish, hayrihohlik tuyg'ularini paydo qiladi. Marxum

8 Sulton I. "Adabiyot nazariyasi". Toshkent. "O'qituvchi". 1986. 56 b.

9 Normatov U. Yetuklik. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1982. 207 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

tog'asining boy xotini, kibrli va dimog'dor ayol bo'lgan missis Ridga o'n yoshli qizaloq Jeyn shunday ta'rif beradi - "Men missis Ridni bejizga yomon ko'rmasdim, undan cho'chishim bejizga emasdi. Unda hamisha mening g'ururimni toptash, uni oyoqlari ostida ezg'ilash ehtiyoji yashardi. U bu ishni o'ta ta'sirchan bir usulda amalga oshirardi. Men hech qachon uning huzurida o'zimni erkin his qilmaganman -bergan topshiriqlarini bekamu ko'st ado etsam ham, uning e'tiborini qozonishga tirishsam ham, u hamisha birdek yoki huddi hozirgidek chimchilab taqdirlagan ".10

Parchadan ko'rinadiki, missis Rid insonning boshqa bir insonga nisbatan so'nmas adovati, nafrati, cheksiz jirkanishi, bir insonga yer yuzidagi barcha baxtsizliklarni tilash, unga yomonliklar sog'inish, unga ozor berish kabi sifatlarning ramzi bo'lib gavdalanadi. Hattoki, uning uch nafar erka, bebosh farzandlari o'zi kabi xarakterga ega. Ular Jeynga xuddi xizmatkorga qaragandek qarardilar. Asarda Jeyn tog'avachchasi Jon Rid haqida shunday deydi: "Jon aslida onasiga ham, singillariga ham u qadar mehribon emasdi. Meni esa ko'rarga ko'zi yo'q edi. U menga doimo qo'rquv solib, siquvga olishni yaxshi ko'rardi. Uning ovozini eshitsam asablarim qaqshar, qorasini ko'rsam tuklarim tikka bo'lib ketardi. Shunday hollar bo'lardiki, qo'rquvdan o'zimni yo'qotib qo'yardim, sababi bu yaqin orada meni uning do'q -po'isalari va urib-tepkilashlaridan ximoya qiladigan birorta ham kishi yo'q edi".11

Adabiyotshunos M.Qo'shjonov: "Shunday qilib, badiiy asardagi har bir qism, har bir bob va har bir kartina muayyan badiiy maqsadga-markazga ega bo'ladi va yozuvchi o'z e'tiborini ana shu markazda tutib turadi. Biroq bu markaz o'z xususiyatlari bilan estetik qimmatga ega bo'lmasa, xarakterlar ruhiy dunyosi bilan bevosita bog'liq bo'lmasa, badiiy kuchga ega bo'lmaydi", 12-deydi .

Tog'avachchalari tomonidan doimiy kamsitilishlar, ajratish va taxqirlashlar ichida bazo'r chidab kun ko'rib kelayotgan Jeyn hamisha o'zi va kitoblari bilan yolg'iz qoladi. Tinimsiz kitob o'qiydi, bo'sh vaqtini deyarli kitob o'qish bilan o'tkazadi. Shu boisdan ham uning fikri o'z tengdoshlariga nisbatan ancha ilgarilab ketgan edi. Uning tabiatida biroz yovvoyilik, odamlardan tortinish, dangallik va

10 Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Tos hkent: Yangi asr avlodi, 2022. 47 b.

11 Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 7 b.

12 Qo'shjonov M. Saylanma. - T.: Sharq,, 2018.409 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

qaysarlik sezilib turardi va aynan shu jihatlar atrofdagi qarindoshlariga yoqmasdi. Ular yashaydigan muxtasham qasr - Geytsxad-xoll(uyning nomi. O'sha davrda uylarga nom berilgan. Ta'kid bizniki - M.O.)da Jeyn ruhan va qalban yolg'iz bo'lib, unga bu makonda faqatgina bir inson- uy xizmatchisi bo'lgan ayol Bessigina hayrihoh edi. Buni quyidagi suhbatdan ham anglash mumkin:

" - Bolajonim! Nega hayron bo'lyapsiz? Buncha mahzun qaramasangiz menga! Eshiting, missis Rid bolalari bilan peshindan keyin mehmonga ketishyapti. Bu degani biz birga choyxo'rlik qilamiz. Oshpazga aytaman, sizga shirin kulchalar pishirib beradi. Undan so'ng, menga narsalaringizni taxlashga qarashasiz. - Bessi, ketgunimga qadar urushmayman deb so'z bering, menga! - Voy Xudo, yana shu gap! Mayli, faqat siz ham hadeb tajang bo'lavermang, mendan cho'chimang! Nahotki meni yomon ko'radi deb o'ylasangiz, miss? Aslida, bu uydagi bolalrdan ko'proq sizga bog'lanib qolganman". 13

Bir qator ziddiyatli vaziyatlardan keyin, missis Rid erining yetim qolgan jiyani Jeynni uyidan ancha olisdagi Lovud qizlar maktabiga yuborishga qaror qiladi va bundan ko'zlangan asosiy maqsad - Jeyndan butunlay halos bo'lish va uni o'z oilasidan uzoq tutish edi. Nihoyat, Jeyn Lovud maktabiga ketadi va u yerda hayotning yangi sinovlariga duch keladi. Yangi insonlar bilan tanishadi, ularning har biridan inson xarakterining turli jihatlarini o'zlashtiradi.

Maktabning rahbari mister Brokelxerst nasroniy dinining peshvolaridan sanalib, u maktabda tarbiyalanuvchi qizlarni hayot mashaqqatlariga chidamlilik va ne'matlarga shukronalik ruhida tarbiyalash kabi jimjimador so'zlar ostida o'zining o'ta ziqnaligini berkitib keladigan odam edi. Asarda u atrofdagilarga o'zini namunali va o'ta tartibli rahbar qilib ko'rsatishiga qaramasdan, insonlar qalbidan joy egallay olmagan, aksincha, ularning nafratlariga sazovor bo'lgan inson sifatida gavdalanadi. Chunki u ne'matlarni isrof qilmaslik niqobi ostida maktabdagi tarbiyalanuvchi qizlarni yeb-ichish, kiyimlar kabi zaruriy ehtiyojlardan haddan ziyod siqib kelardi va aynan shu narsa kun kelib maktabda sil kasalligining tarqalishiga va ko'plab o'quvchi

13 Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 57 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

qizlarning vafot etishiga sabab bo'ladi. Aynan shu davrda Jeynning Lovuddagi eng yaqin dugonasi, qalbiga yaqin insoni Elen Berns kasallanib vafot etadi.

Elen asarda kuchli ruhiy quvvat, qalbdagi sokinlik, iroda, yengilmas qat'iyat va sovuqqonlik kabi sifatlar egasi bo'lgan o'smir yoshdagi qizaloq sifatida tasvirlangan. "Elen Berns narsa va hodisalarga boshqacha ko'z bilan qarardi. Hayot ranglaridan u menga ma'lum bo'lmagan yana qandaydir bo'yoqlarni ajrata olardi".14 Jeyn undan aksar fojealarga arzimas ko'ngilsizlik sifatida qarashni, vaziyatlarga vazminlik bilan yondashishni, shoshib munosabat bildirmaslikni o'zlashtiradi. Elenning vafotidan keyin Jeyn maktab boshqaruvchisi mis Templ bilan iliq do'stona munosabat o'rnatadi va bu yaqinlik vaqt o'tgan sari ustoz-shogird munosabatlaridan ancha yuksakroq, samimiy va qadrliroq tus oladi.

"Templ xonim hamisha bir yangi fikr aytadi, u men xayol surgan narsadan ko'ra qiziqarli tuyuladi; eshitib maza qilasan, odamning ichini o'qiydi u. Ko'pincha men bilmoqchi bo'lgan narsalar haqida gapiradi".15 Elen Berns tomonidan Jeynga qarata aytilgan ushbu fikrlardan asarda mis Templ nazokatli, tarbiyali, dunyoviy bilimlarni keng egallagan, dunyoqarashi keng va kamtarlik bilan ulug'vorlikni o'z fe'l-atvorida mujassamlashtira olgan ayol sifatida tasvirlangani anglashiladi va aynan shu kabi sifatlari Jeynga kelajakda o'zlashtirish uchun yaxshi namuna bo'la oladi. Jeyn maktabda olti yil o'quvchi sifatida, yana ikki yil o'qituvchi sifatida yashaydi va o'tgan sakkiz yil davomida o'z xarakterini shunday shakllantiradiki, o'sha davr uchun yuksak baholanuvchi rasm chizish, musiqa, adabiyot, tikuvchilik kabi bilimlarni puxta egallagan bu yosh xonim o'zining unchalik ko'zga yaqin bo'lmagan, o'rtamiyona tashqi ko'rinishiga qaramasdan, qalbi, kuchli shaxsiyati, ziyoli ichki olami bilan juda nazokatli bir murabbiyaga aylanadi.

Yozuvchining badiiy til vositasida obraz, portret, xarakter, peyzaj yaratish, mohiyatni yoritishda zarur so'z va iboralarni qo'llay bilishi, kishi tasavvurida konkret voqea-hodisani gavdalantira olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

"Har bir yozuvchining uslubi, - deb yozadi А. Blok, - uning qalbida nima borligiga shu daraja chambarchas bog'liqki, tajribali kishi avtor qalbini uning

14 Bronte Sh.. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 84 b.

15 Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 86 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

uslubidan bilishi, shaklni o'rganishi orqali mazmunning eng teran mag'ziga kirib borishi mumkin"16 .

O'n sakkiz yoshli Jeyn Tornfild nomli qasrda yashovchi mister Rochesterning xonadoniga uning sakkiz yoshli asrandi qizi Adelga o'qituvchilik va enagalik qilish uchun ishga joylashadi va Lovud maktabidan ketadi. Tornfildda o'tkazgan bir yil davomida Jeyn u yerga va u xonadonda yashovchilarga, ayniqsa xonadon sohibi mister Edvard Rochesterga qattiq mehr qo'yadi. Yoshi qirqlar atrofida bo'lgan bu odam kuchli harakteri va chuqur ichki kechinmalari, insonlarning qalbini o'qiy olishdek sezgirligi, qat'iyati, rostgo'ylik va cho'rtkesarligi, ba'zan qo'polligi va sharttakiligi, aytingki, barcha fazilatu nuqsonlari bilan Jeynning qalbidan chuqur joy egallaydi. Edvard Rochester ham tashqi ko'rinishi borasida unchalik kelishgan deb aytib bo'lmaydi. U ham huddi Jeynga mutanosib tarzda qalban mukammal, aqlan yetuk shaxs bo'lib, fe'lidagi yuksak jihatlari tabiat uni tashqi husndan siylamaganini yopib ketardi. Jeyn va Edvard bir biriga chin ixlos va muhabbat bilan bog'langan bir pallada ular turmush qurishga qaror qiladilar. Edvardning aql bovar qilmas boyligi va zodagonlarga mansub ekanligi oddiygina yetim qiz, enaga Jeyn bilan o'zaro yaxshi til topishib ketishiga, bir birini oson anglashlariga sira to'sqinlik qilmaydi. Nihoyat, to'y kuni kelganida, cherkovda mehrob qarshisida ularga nikoh o'qilish marosimi pallasida, Edvard Rochesterning avval uylanganligi, xotini hayot ekanligi, biroq Berta ismli bu ayol o'n yildan ortiq vaqt mobaynida aqldan ozgan holda, Tornfild qasrining chekka xonalaridan birida yashab kelayotganligi ma'lum bo'lib qoladi. Asarda Berta Rochester tuban, yuksak insoniy fazilatlardan yiroq shaxs sifatida tasvirlanadi. "Xonaning narigi burchagida qandaydir bir narsa o'zini oldga-ortga tashlab, chayqalardi. Avvaliga uning kim yoki nimaligini anglash qiyin kechdi, odammi yoki hayvon - bilib bo'lmasdi. U to'rt oyoqlab yurardi, xuddi yirtqich hayvon kabi bo'kirar, uv tortardi. Egnida ayollar ko'ylagi. Quyuq tim qora sochlari to'zg'ib ketgan, chirmoviq o't kabi yuzini qoplagandi".17 Edvard Jeynni yo'qotishdan qo'rqib, bu haqiqatni undan yashirgan edi. U davr Angliya qonunlarida nikohdan ajralish tushunchasi uchramagan va nikohdagi sherigi vafot etmagunicha boshqa

16 Adabiyot nazariyasi.- T.:Fan, 1978.329 b.

17 Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 474 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

nikoh qurish ta'qiqlanganligi boisdan Jeyn bu nikohni o'z vijdoni qarshisida to'g'ri deb hisoblamaydi va hech kimga aytmasdan, Tornfilddan olislarga ketib qoladi. U shu qilmishi orqali qalbidagi iztiroblari va Edvard Rochesterdan qochmoqchi edi.

Adabiyotshunos M. Xrapchenko : "Yozuvchi ijodining ko'tarinki ruhi uning badiiy asarlari ohangining asosiy xususiyatlari, ustunlik kasb etuvchi uslubi bilan uzviy bog'lanadi",18 - deya e'tirof etadi .

Asar nihoyasida Jeyn uzoq mashaqqatlardan keyin o'z vijdoniga sodiq qola olgan va shu yo'lda o'z baxtini topgan ayol sifatida gavdalanadi.

Xulosa

Romanda adiba ayol xarakterini yoritishda real voqelikka asoslangan. Ayol xarakteri tilsimotlarga boyligi, uning qalbini tushunish uchun, xarakteriga ko'proq e'tibor berish kerakligini asarda yorqin tasvirlar orqali namoyon etgan. O'sha davrdagi ingliz ayollari dunyoqarashi, oilaga bo'lgan munosabati, sevgi, muhabbat kabi tuyg'ularning tasvirini Jeyn obrazi orqali aks ettirgan. Ayol obrazini tasvirlash, uning ruhiyatini badiiy asarda ifodalash adiba uchun qiyin bo'lmagan, chunki asar real voqelik asosida yoritilgan. Ayniqsa, jamiyatdagi ayol mavqeini tiklash uchun olib borgan harakatlari zoye ketmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Adabiyot nazariyasi.- T.:Fan, 1978.

2. A.Ulug'ov. "Adabiyotshunoslik nazariyasi". G'.G'ulom nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2018.

3. Bronte Sh. "Jeyn Eyr". Tarjimon - Fozil Tilovatov. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022.

4. Normatov U. Yetuklik. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1982.

5. Sulton I. "Adabiyot nazariyasi". Toshkent. "O'qituvchi". 1986

6. Qo'shjonov M. Tanlangan asarlar. -T.: Sharq, 2018.

7. Qo'shjonov M. Saylanma. - T.: Sharq,, 2018.

8. Xrapchenko M. Tvorcheskaya individualnost pisatelya i razvitie literaturi. 1972.

18 Xrapchenko M. Tvorcheskaya individualnost pisatelya i razvitie literaturi. - M.: 1972.- S.124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.