Научная статья на тему 'SHAHAR KO‘CHALARIDA SODIR ETILGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI'

SHAHAR KO‘CHALARIDA SODIR ETILGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / sekinlashuv / adgeziya koeffitsienti / yo’l yuzasi / yo’l sinovlari / pnevmatik shina / iqlim sharoiti. / car / deceleration / adhesion coefficient / road surface / road tests / pneumatic tire / climatic conditions.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xudoyberdiyev T., Dinakaran S.

Transport vositalari sonining ko’payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi yo’l harakati xavfsizligi muammosining yanada dolzarb bo’lishiga olib keladi. YTHning o‘sishi bilan yaxshi ilashishi asosiy ko’rsatkichi-bu ilashish koeffitsienti bo’lib, u avtomobilning barqarorligi va boshqarilishiga tahsir qiladi. Maqolada shinalarning yo’l sirtiga ilashish koeffitsienti qiymatiga tahsir yetuvchi sharoit va sharoitlar o’rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF TRAFFIC INCIDENTS ON CITY STREETS

An increase in the number of vehicles, as well as an increase in speed and intensity of traffic, makes the problem of road safety more urgent. The main indicator of the good handling of YTH with growth is the coefficient of friction, which affects the stability and control of the car. The article examines the conditions and conditions that affect the value of the coefficient of adhesion of tires to the road surface.

Текст научной работы на тему «SHAHAR KO‘CHALARIDA SODIR ETILGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI»

Xudoyberdiyev T.

Jizzax Politexnika instituti assistenti

Dinakaran S.

Sambhram, B.tech fakulteti o'qituvchisi

SHAHAR KO'CHALARIDA SODIR ETILGAN YO'L-TRANSPORT

HODISALARINING TAHLILI

Annotatsiya. Transport vositalari sonining ko 'payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi yo'l harakati xavfsizligi muammosining yanada dolzarb bo 'lishiga olib keladi. YTHning o 'sishi bilan yaxshi ilashishi asosiy ko 'rsatkichi-bu ilashish koeffitsienti bo 'lib, u avtomobilning barqarorligi va boshqarilishiga tahsir qiladi. Maqolada shinalarning yo 'l sirtiga ilashish koeffitsienti qiymatiga tahsir yetuvchi sharoit va sharoitlar o'rganiladi.

Kalit so 'zlar: avtomobil, sekinlashuv, adgeziya koeffitsienti, yo 'l yuzasi, yo 'l sinovlari, pnevmatik shina, iqlim sharoiti.

Khudoyberdiyev T.

assistant

Jizzakh Polytechnic Institute Dinakaran S.

Sambhram lecturer Faculty of B.tech

ANALYSIS OF TRAFFIC INCIDENTS ON CITY STREETS

Abstract. An increase in the number of vehicles, as well as an increase in speed and intensity of traffic, makes the problem of road safety more urgent. The main indicator of the good handling of YTH with growth is the coefficient of friction, which affects the stability and control of the car. The article examines the conditions and conditions that affect the value of the coefficient of adhesion of tires to the road surface.

Key words: car, deceleration, adhesion coefficient, road surface, road tests, pneumatic tire, climatic conditions.

Butun dunyoda avtomobillashtirish jarayonining o'sib borishi bilan YTHning o'sishi kuzatilmoqda. Biroq bularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri qoidabuzarlik bilan bog'liq bo'lgan. Chet el davlatlarida YTHlarining absolyut qiymatini kamaytirishga yerishilmoqda. Bunda o'zlarining umumiy transport tizimiga, avtomobillar va ularning xavfsiz harakatini tashkil etishga, yo'l tarmog'ini takomillashtirishga bo'lgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda Respublikamizda jumladan shahrimizda ham aholi sonining ortishi natijasida transport vositalarining miqdori ortishi, ya'ni avtomobillashtirish darajasining o'sishi kuzatilmoqda.

Yo'l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko'rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga yerishib bo'lmayapti. Bu esa, yo'l harakati xavfsizligini oshirish va yo'l-transport hodisalarining oldini olish muammolariga o'ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi: -harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil-haydovchi-yo'l-piyoda-muhit» tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli tadbir va choralar ishlab chiqish uchun;

- biron-bir boshqaruv hududidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi

falokatlar ahvolini, o'zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi o'zgarishini bashorat qilish maqsadida;

-YTHning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan ko'rsatmalarni ishlab chiqish uchun;

- YTH ko'p qaytariladigan yo'l bo'laklarini aniqlash maqsadida;

- bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga kelish sabablarini aniqlash uchun;

-YTHni tahlil qilish uchun univyersal dastur tuzish maqsadida. Maqsad va vazifalariga qarab YTHni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullari mavjud. YTHni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning

absolyut, nisbiy va solishtirma ko'rsatkichlari o'rganiladi.Nisbiy halokatlilik ko'rsatkichlarini hisoblashda bitta absolyut ko'rsatkich boshqa absolyut ko'rsatkichga nisbatan olinadi. Bunda nisbiy ko'rsatkichni umumiy ko'rinishda quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:

O = KA B(1)

bu yerda: O - nisbiy ko'rsatkich; A B - biron-bir absolyut ko'rsatkichlar; K- masshtabli koeffitsient.

Masalan: A - YTH soni, B - transport vositalari soni bo'lsa va K = 104 olinsa, bunda juda ko'p ishlatiladigan nisbiy ko'rsatkich YTH sonining 10 ming transport vositasiga to'g'ri keladigan hisobi kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, 10 ming aholi soniga va boshqa hisoblar olinishi mumkin. Yo'l sharoitlarini hisobga olishda ko'pincha nisbiy halokatlilik koeffitsientidan foydalaniladi.

Uzun bir xil geometrik elementga ega yo'l bo'laklarini hisoblashda YTH sonini 1 million avtomobil-kilometrga nisbati bilan o'lchanishi qabul qilinib, bu yerda: Z - bir yillik halokatlar soni; N - bir sutkadagi o'rtacha yillik harakat miqdori, avt/sutka; L - yo'l uzunligi, km. Juda qisqa masofada (ko'prik, yo'l o'tkazgich, chorraha va h.k.) yo'l sharoiti

bilan farqlanadigan bo'laklarda nisbiy halokatlilik koeffitsienti odatda quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

1-rasm. Haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTH ning yillar davomida

o'zgarishi.

O'zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida sutka soatlaridagi YTHning taqsimlanish gistogrammasi 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Sutkadagi YTHning taqsimlanish gistogrammasi.

Bugungi kunda aholining tez suratlar bilan o'sib borishi avtomobil transportiga bo'lgan ehtiyojni yanada orttirdi. Bu esa avtomobil yo'llarida, shahar ko'cha va maydonlarida transport vositalari normal rejimining buzilishiga, yo'ltransport hodisalarining vujudga kelishiga olib kelmoqda. YTH xalq xo'jaligida matyerial sarfiga, transport vositalari va inshootlariga ziyon etishiga, insonlarining jarohatlanishiga yoki halok bo'lishiga olib kelishi mumkin. Evropa davlatlarining transport xavfsizligini ta'minlovchi soha statistika xizmatining 2012 yilda avtomobil yo'llarida halok bo'lganlar to'g'risidagi ma'lumoti 1.2 -jadvalda keltirilgan. 1.2- jadvaldagi ko'rsatkichlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, bir yil ichida eng ko'p halok bo'lganlar Xitoyda bo'lib 98740 kishini tashkil etadi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda Hindiston davlati bo'lib, unda 34000 kishi har yili hayotdan ko'z yumishi kuzatiladi. YTHda 100 ming aholig a halok bo'luvchilar soni bilan solishtirilsa, unda Rossiya davlati eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lib, 23,7 miqdorni tashkil etadi.

1-jadval

Dunyo mamlakatlarida avtomobil yo'llarida halok bo'lganlar to'g'risidagi ma'lumoti

Davlatlar YTH jami halok bo'lganlar soni (ming kishi) 100 ming aholiga YTH da halok bo'lganlar soni

Rossiya 34,00 23,70

Braziliya 34,00 18,24

AQSH 43,44 14,69

Avstriya 0,77 9,41

Hindiston 94,97 8,79

Avstraliya 1,64 8,16

Xitoy 98,74 7,56

Daniya 0,33 6,07

Yaponiya 6,87 5,39

Angliya 3,20 5,29

Lekin Yaponiya, Angliya davlatlarida har 100 000 kishiga halok bo'luvchilar soni 5,39-5,29 tani tashkil etib, Rossiya davlatidagi ko'rsatkichdan 4,4 marotaba kichikdir. Statistik ma'lumotlarda ko'plab zararlanishni haydovchi va piyodalar tashkil etadi. Umumiy YTHlarning yarmi atrofida shaharlarda sodir etilishi kuzatiladi.

Adabiyotlar:

1. Avtomobillar xarakat xavfsizligiga faol ta'sir qiluvchi ekspluatatsiyaviy ko'rsatkichlari// MUBB o'g'li, SAI o'g'li //Механика и технология,// 123-128

2. Road traffic safety and its impact on the development of modern road-transport expertise// MU Boliqul o'g'li //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 7,// 157-164

3. Studying The Quantity And Composition Of Traffic In Public Transport Directions//MU Boliqul o'g'li //Eurasian Research Bulletin 18,// 114-132

4. Jamoat transportlari yo'nalishlarida harakat miqdori va tarkibini tadqiq qilish// MU Boliqul o'g'li, SA Ismoiljon o'g'li//Scientific Impulse 1 (7),// 793-798

5. Dvigatel konstruktsiyasi va ishchi jarayonlarini boshqarishni mukammallashtirish// SA Ismoiljon o'g'li, MU Boliqul o'g'li //Scientific Impulse 1 (4)//, 536-542

6. Studying The Quantity And Composition Of Traffic In Public Transport Directions//MU Boliqul o'g'li//Eurasian Research Bulletin //8, 114-132

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.