Научная статья на тему 'SEZGI FE’LLARI BOSHQARUVIDAGI BILAN KO‘MAKCHILI BIRIKMALAR SEMANTIKASI'

SEZGI FE’LLARI BOSHQARUVIDAGI BILAN KO‘MAKCHILI BIRIKMALAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
170
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
semantik maydon / sezgi fe’llari / xolat bildiruvchi otlar / valentlik / semantic field / intuitive verbs / conditional nouns / valence

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzakarimova, Z.D.

Mazkur maqolada sezgi fe’llarini bir necha kichik semantik maydonlarga tasnif qilib, keyin ularning `holat` valentligi tadqiq etiladi. Bunda sezgi fe’llari besh kichik semantik maydonga ajratiladi va misollar orqali taxlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF AUXILIARY COMPOUNDS WITH CONTROLLED VERB MANAGEMENT

This article classifies sensory verbs into several sub-semantic areas and then examines their `state 'valence. In this case, the sensory verbs are divided into five sub-semantic fields and analyzed by examples

Текст научной работы на тему «SEZGI FE’LLARI BOSHQARUVIDAGI BILAN KO‘MAKCHILI BIRIKMALAR SEMANTIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

SEZGI FE'LLARI BOSHQARUVIDAGI BILAN KO'MAKCHILI BIRIKMALAR SEMANTIKASI

Mirzakarimova Z.D.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sezgi fe'llarini bir necha kichik semantik maydonlarga tasnif qilib, keyin ularning лholatл valentligi tadqiq etiladi. Bunda sezgi fe'llari besh kichik semantik maydonga ajratiladi va misollar orqali taxlil qilinadi.

Kalit so'zlar: semantik maydon, sezgi fe'llari, xolat bildiruvchi otlar, valentlik

АННОТАЦИЯ

В этой статье сенсорные глаголы классифицируются по нескольким подсемантическим областям, а затем исследуется их «состояние» валентности. В этом случае сенсорные глаголы делятся на пять субсемантических полей и анализируются на примерах.

Ключевые слова: семантическое поле, интуитивные глаголы, условные существительные, валентность.

ABSTRACT

This article classifies sensory verbs into several sub-semantic areas and then examines their лstate 'valence. In this case, the sensory verbs are divided into five sub-semantic fields and analyzed by examples.

Keywords: semantic field, intuitive verbs, conditional nouns, valence

KIRISH

O'zbek tilida bir katta semantik maydonni sezgi fe'llari tashkil qiladi. Ular ham 'holaf semantikasi asosidagi 'holaf valentligiga ko'ra bilan ko'makchisi vositasida otlar bilan birikma hosil qiladi. Bu semantik maydondagi fe'llar salmoqli bo'lganligi uchun ham ikkita nomzodlik dissertatsiyasining tekshirish ob'ekti bo'lgan. Ulardan biri T.Musaevning qalamiga mansub bo'lib, u nomzodlik dissertatsiyasini «Sezgi va xohish-istak fe'llari valentligi» deb nomlagan1. U shu fe'llarning agens valentliklari yuzasidan bir risola ham e'lon qilgan2. Ikkinchi bir nomzodlik dissertatsiyasi ham

1 Мусаев Т.Т. Глаголы ощущения в узбекском языке: Автореф. дисс. ...канд.филол.наук. -Т., 1992. -17 с.

2 Мусаев Т. Сезги ва хохиш-истак феълларининг агенс валентлиги. -Т., 1991. -Б. 42.

959

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yozilgan. U faqat nigoh fe'llariga bag'ishlangan bo'lib, turk tilidagi nigoh fe'llari bilan qiyoslab tahlil etilgan3.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Sezgi fe'llarini bir necha kichik semantik maydonlarga tasnif qilib, keyin ularning 'holat' valentligini tadqiq etishga to'g'ri keladi. Sezgi fe'llarini tadqiq etish, albatta, psixologiya fanidagi sezgi organlari turlariga qarab amalga oshirishga to'g'ri keladi. Sezgi organlari psixologiya fanida beshga bo'lib ko'rsatiladi: 1) tusmollab sezish; 2) ko'rib sezish; 3) eshitib sezish; 4) tam sezish: 5) hid sezish organlari4. Sezgi fe'llari mana shu sezish turlari bo'yicha beshga bo'linadi. Bu M.M.Mirtojievning doktorlik dissertatsiyasida ham5 , T.Musaevning nomzodlik dissertatsiyasida ham6 tilga olingan. Sezgi fe'llarining besh kichik semantik maydoni quyidagicha nomlanadi: 1) tusmollab sezuv fe'llari; 2) nigoh fe'llari; 3) eshituv fe'llari; 4) tam sezuv fe'llari; 5) hid sezuv fe'llari;

Tusmollab sezuv fe'llari sezmoq, his qilmoq, bilmoq, qadalmoq, botmoq, tuyulmoq, sanchmoq va hokazolardan iboratdir. Bu fe'llar ham o'z sememasida 'holat' semasini saqlaydi va shu holat semasi bo'yicha 'holat' valentligiga ega. U 'holat' valentligi asosida bilan ko'makchisi orqali otlar bilan aloqaga kirishadi, ya'ni birikma hosil qiladi.

Tusmollab sezuv fe'llari 'holat' valentligiga ko'ra bilan ko'makchisi vositasida otlarni boshqarib kelishiga biz yiqqan materiallar ichida misol uchramadi. Bu degan so'z yuqoridagi jumlani inkor etish emas. Masalan, og'riq bilan his qildi, alam bilan sezdi kabi birikmalarni eslash mumkin. Bunda tusmollab sezuv fe'llari bilan ko'makchisi vositasida og'riq, alam otlarini boshqarib kelganligini kuzatamiz. Bu boshqaruv fe'llarning 'holat' valentligiga ko'ra shakllangan birikmalardir.

Nigoh fe'llari o'zbek tilida juda ko'p. Ular qaramoq, anglamoq, kuzatmoq, termulmoq, tikilmoq, razm solmoq, ko 'rmoq, boqmoq, tomosha qilmoq, ko Z tikmoq kabilardan iboratdir. Ular bilan ko'makchisi vositasida turli semantikaga ega otlarni boshqarib keladi. Bunda ham bu otlar nigoh fe'llarining 'holat' bildiruvchi

3 Сиддщов З.У. Узбек ва турк тилларида курув лексемалари семантикаси: Филол. фанлари номзоди дисс. ... автореф. -Т., 2000. -Б. 24.

4 Лурия А.Р. Ощущение и восприятие. -М.: ИМУ, 1975. -С.11.

5 Миртожиев М.М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке: Автореф.дисс. ... д-ра.филол.наук. -Т., 1989. - 44 с.

6 Мусаев Т. Сезги ва хо^иш-истак феълларининг агенс валентлиги. -Т., 1991. - Б.42.

7.Мирзакаримова З.Д.Феъл бош^арувидаги билан кумакчили бирикмалар семантикаси: Филол. фанлари номзоди дисс. ... автореф. -Т., 2008. -Б. 24.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

valentligining namoyon bo'lishi hisoblanadi. Tarkib topgan birikma klassemasi ham holat bildirib keladi. Nigoh bildiruvchi fe'llar bilan ko'makchisi vositasida boshqarib kelgan otlar bir necha semantik maydonga xos bo'lib, ular quyidagilardir:

1. Nigoh bildiruvchi fe'llar bilan ko'makchisi vositasida ruhiy holat bildiruvchi otlarni boshqarib keladi. Masalan, Jahl bilan uning ko'zlariga qaradim (S.Ahmad). Usta, xo'p deng!-yalingan ohang bilan bobomga qaraydi (Oybek). Kuchli bir ishtiyoq bilan atrofga alangladim (O'.Hakimali). Qomatini rostlagan Sherxon Dadajonning yuz-ko'zlariga g'azab va alam bilan tikildi (J.Ikromiy). Bu gaplarda nigoh fe'llari qaramoq, anglamoq, tikilmoq bo'lib, ular jahl, ohang, ishtiyoq, g'azab, alam otlarini boshqarib kelgan. Bu otlar ruhiy holat bildiradi, ya'ni ular sememasida 'holat' semasi bor.

2. Nigoh fe'llari bilan ko'makchisi vositasida 'holat' valentligiga ko'ra holat bildiruvchi otlarni boshqarib keladi. Masalan, Dilorom esa hay-haylagancha, o'g'li ortidan botiniy bir bezovtalik bilan qarab qoladi (N.Qilich). Bemor mashaqqat bilan boshini burib, deraza tomonga qaradi (S.Ahmad). Bu gaplardagi qaramoq nigoh fe'llari holat bildiruvchi mashaqqat, bezovtalik otlarini bilan ko'makchisi vositasida boshqarib kelgan. Ular, albatta, nigoh fe'llarining namoyon bo'lgan 'holat' aktantlaridir.

3. Nigoh fe'llari bilan ko'makchisi vositasida nigoh holatini bildiruvchi otlarni boshqarib keladi. Masalan, Ular bir-birlariga sergak nazar bilan tikilib, bir zum tek qotishadi (N.Qilich)._O'rtog'ining bu samimiyatini Salti ham ko'z bilan ko'ribgina emas, ko'ngil bilan sezib anglagan edi (Cho'lpon). Yusufbek sinchkovlik bilan ularga bir-bir razm solib chiqdi (E.Turon). Bu gaplardagi tikilmoq, ko 'rmoq, razm solmoq nigoh fe'llari bilan ko'makchisi vositasida nigoh holatini bildiruvchi nazar, ko 'z, sinchkovlik otlarini boshqarib kelgan. Bu boshqaruv ham nigoh fe'lining 'holat' valentligini namoyon etadi.

4. Nigoh fe'li bilan ko'makchisi vositasida nutq holatini bildiruvchi otlarni boshqarib kelishi mumkin. Masalan, Elmurod «o 'yin-kulgini yaxshi ko 'radigan odam gapiryapti» deganday piching bilan qarab turdi (Shuhrat). Bu gapda qarab nigoh fe'li 'holat' valentligi asosida bilan ko'makchisi orqali nutq holatini bildiruvchi piching otini boshqarib kelgan.

5. Nigoh bildiruvchi fe'llar bilan ko'makchisi vositasida 'holat' valentligiga ko'ra mushohada bildiruvchi otlarni boshqarib kelishi mumkin. Masalan, Bitta-yarimta sezgani yo'qmi, degan o'y bilan atrofga alangladi (S.Ahmad). O'yin tugaguncha ikki do 'st diqqat bilan tomosha qilishdi (Sh.Xolmirzaev). Kursdoshlari unga taajjub bilan qarashardi (Mirmuhsin). Bu gaplarda alanglamoq, tomosha

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilmoq, qaramoq fe'llari nigoh fe'llari bo'lib, ular tomonidan bilan ko'makchisi vositasida o'y, diqqat, taajjub otlari boshqarilib kelgan. Bu otlar 'mushohada' semantikasiga ega. Ular nigoh fe'llari 'holat' valentligining namoyon bo'lgan aktantlaridir.

Eshituv fe'llari ham o'z sememasining holat semasiga ko'ra 'holat' valentligiga ega. Ular shu valentligiga ko'ra bilan ko'makchisi vositasida otlarni boshqarib keladi. Eshituv fe'llari eshitmoq, _tinglamoq, quloq solmoq, yangramoq, jaranglamoq kabilardan iborat. Ular quyidagicha semantikaga ega otlarni boshqarib keladi:

1. Eshituv fe'llari 'mushohada' semantikasiga ega otlarni boshqarib kelishi mumkin. Masalan, Doklad juda diqqat bilan tinglandi (P.Qodirov). Sayfi Soqievich Sherzodning e'tibor bilan tinglayotganini darrov sezdi (O'.Hoshimov). Bu gaplarda eshituv fe'llari tinglamoq fe'llari bo'lib, ular bilan ko'makchisi vositasida mushohada semantikasiga ega diqqat, e'tibor otlarini boshqarib kelgan. Bu otlar eshituv fe'llarining 'holat' valentligiga ko'ra namoyon bo'lgan aktantlaridir.

2. Eshituv fe'llari bilan ko'makchisi vositasida 'holat' valentligiga ko'ra ovoz, tovush kabi otlarni boshqarib kelishi mumkin. Masalan, Goho tovuslarning «qu-u-uv» deb keskin va noxush ovoz bilan qichqirgani quloqqa chalinadi (P.Qodirov). Bu gapda eshituv fe'li qichqirmoq bo'lib, u 'holat' valentligiga ko'ra bilan ko'makchisi vositasida ovoz otini boshqarib kelgan.

O'zbek tilida yana tam sezuv va hid sezuv fe'llari mavjud. Tam sezuv fe'llariga totmoq, tamshamoq fe'llari; hid sezuv fe'llariga hidlamoq, iskamoq, anqimoq, gurkiramoq kabi fe'llarni ko'rsatish mumkin. Ularning bilan ko'makchisi vositasida 'holat' valentligiga ko'ra biror otni boshqarib kelganligi uchun biror adabiyotdan misol topa olmadik. Biroq bu ular 'holat' valentligiga ko'ra namoyon bo'lmaydi deyilgani emas. Masalan, Huzur bilan totdi, huzur bilan hidladi birikmalariga e'tibor berish mumkin. Ularning birinchisida tam bilish semantikasiga ega bo'lgan totmoq fe'li, ikkinchisida hid bilish semantikasiga ega bo'lgan hidlamoq fe'li ruhiy holat bildiruvchi huzur otini boshqarib kelgan. Bu mazkur fe'llarning holat valentligiga ko'ra namoyon bo'lgan aktantlaridir.

Yuqorida ko'rsatilgan sezgi bildiruvchi fe'llar 'holat' valentligiga ko'ra otlarni boshqarib kelgan ekan, tarkib topgan birikmalar so'z semantikasining holat semantikasiga asoslangan, ya'ni birikma klassemasi holat bildirib kelgan.

Ko'rinadiki, sezgi fe'llari tusmollab sezuv, nigoh, eshituv, tam sezuv, hid sezuv fe'llariga bo'linadi. Ularning hammasining semantikasida 'holat' semasi kuzatiladi va

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shu semasiga ko'ra 'holat' valentligini yuzaga keltiradi. U shu valentligi asosida ruhiy holat, holat, nigoh, nutq holati, mushohada, ovoz, tovush semantik maydoniga kiruvchi otlarni boshqarib keladi. Bu otlar deyarli holda mavhum ifodaga ega bo'ladi. Ular faqat 'holat' semasiga ko'ra birikma uchun tanlanadi. Shu semasi asosida sezgi fe'llari bilan klassemani yuzaga keltiradi.

REFERENCES

1. Мусаев Т.Т. Глаголы ощущения в узбекском языке: Автореф. дисс. ...канд.филол.наук. -Т., 1992. -17 с.

2. Мусаев Т. Сезги ва хохдш-истак феълларининг агенс валентлиги. -Т., 1991. -Б. 42.

3. Миртожиев М.М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке: Автореф.дисс. ... д-ра.филол.наук. -Т., 1989. - 44 с.

4. Лурия А.Р. Ощущение и восприятие. -М.: ИМУ, 1975. -С.11.

5. Сиддиков З.У. Узбек ва турк тилларида курув лексемалари семантикаси: Филол. фанлари номзоди дисс. ... автореф. -Т., 2000. -Б. 24.

6. Мирзакаримова З.Д.Феъл бошкарувидаги билан кумакчили бирикмалар семантикаси: Филол. фанлари номзоди дисс. ... автореф. -Т., 2008. -Б. 24.

7. Ботирбекова Г.А. Талабаларнинг огзаки нуткини устириш учун машклар билан ишлаш - Молодой ученый, 2019. 476-477 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.