Научная статья на тему 'SEMIOTIKA–TILSHUNOSLIKNING BIR BO’LIMI SIFATIDA'

SEMIOTIKA–TILSHUNOSLIKNING BIR BO’LIMI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
semiotika / ikon / indeks / symbol / ramz / belgi / tushuncha / tilshunoslik va boshqalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O’G’Iljon Ne’Matjon Qizi Aminova, Z.A. Shirnazarova

Ushbu maqolada quyidagilar haqida fikr yuritiladi: Semiotika o’zi qanday bo’lim? U bizga aslida nima uchun kerak? Semiotik belgilar va birliklarning hozirgi hayotimizdagi o’rni, ikon nima, indeks nima, symbol qanday semiotik belgi ekanligi haqida tushuntirib, ma’lumotlar berib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SEMIOTIKA–TILSHUNOSLIKNING BIR BO’LIMI SIFATIDA»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

SEMIOTIKA-TILSHUNOSLIKNING BIR BO'LIMI SIFATIDA

O'g'iljon Ne'matjon qizi Aminova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, talaba

Ilmiy rahbar: p.f.f.d.(PhD) Z.A. Shirnazarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti ugiljonaminova_04@yahoo.com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada quyidagilar haqida fikr yuritiladi: Semiotika o'zi qanday bo'lim? U bizga aslida nima uchun kerak? Semiotik belgilar va birliklarning hozirgi hayotimizdagi o'rni, ikon nima, indeks nima, symbol qanday semiotik belgi ekanligi haqida tushuntirib, ma'lumotlar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: semiotika, ikon, indeks, symbol, ramz, belgi, tushuncha, tils-hunoslik va boshqalar.

ABSTRACT:

This article discusses the following: What kind of department is semiotics? Why do we really need it? The role of semiotic signs and units in our current life, what an icon is, what an index is, and what kind of semiotic sign a symbol is, are explained and given information.

Keywords: semiotics, icon, index, symbol, sign, concept, linguistics, etc.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье рассматриваются следующие вопросы: Что это за отдел семиотики? Зачем нам это действительно нужно? Объясняется и дается информация о роли семиотических знаков и единиц в нашей современной жизни, что такое значок, что такое индекс и каким семиотическим знаком является символ.

Ключевые слова: семиотика, икона, индекс, символ, знак, концепт, лингвистика и др.

KIRISH

Semiotika nemis tili tilshunosligi va boshqa Yevropa mamlakatlari tilshunosli-giga yaqinda kirib kelgan tushuncha hisoblanadi. Semiotika - yunoncha "semeiotik-os" so'zidan olingan bo'lib, "belgilar haqidagi ta'limot" degan ma'noni anglatadi. Semiotikaning "belgilar haqidagi fan" sifatida tilga olinishi dastlab amerikalik man-

April 23-24, 2024

475

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

tiqshunos Ch.S. Pirs va shvetsariyalik tilshunos F. de Sossyur asarlarida qayd etilgan. Bu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "Semiotika" terminini, F. de Sossyur esa "Semiologi-ya" terminini qo'llagan. Keyinchalik semiotika g'oyasi amerikalik faylasuf Ch.U. Morris tomonidan rivojlantirilgan Bir qancha yevropa olimlari ham semiotikaning rivojiga o'z hissalarini qo'shganlar. Semiotika - bu bir belgilarni o'rganuvchi bo'lim bo'lib, u bugungi kunda tilshunoslik fani olimlari tomonidan uch xil turga ajratilgan: ikon, indeks va symbol.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ikon - yunoncha "eikon" so'zidan olingan bo'lib, "tasvir, obraz" degan ma'nolarni anglatadi. U muayyan matnlardagi shakl va mazmunning dialektik birligi sifatida namoyon bo'ladi. Ikon o'zi shartli ravishda aloqador bo'lgan narsa haqida muayyan jamiyat vakillariga xabar beradi. Masalan, o'tgan asrlardagi qabila bo'lib yashovchi odamlarning o'ziga yarasha jamoa tili bo'lgan. Ular qandaydir rasm yoki belgilarni chizish orqali o'zlarini xavfdan asraganlar. Bir qabilada yashovchi aholin-ing ishoralarini boshqa qabila aholisi tushunmagan. Bu orqali ular o'zlarini tashqi dushmanlardan himoya qilishgan. Yoki hozirgi yashayotgan davrimizni oladigan bo'lsak, tibbiyot sohasida o'qiydiganlar yoki bitirganlar ushbu sohadagi belgi va yoki tushunchalarni oddiy aholi tushunmaydi. Nafaqat oddiy aholi, balki boshqa sohada ta'lim olayotganlar ham ularning nima demoqchi ekanligini bilolmaydi. Ikonga boshqa bir misol: ko'chalardagi yo'l harakatidan to'g'ri foydalanishimiz uchun qo 'yilgan belgilar; dorixonalarni tez topa olishimiz uchun qo 'yilgan plyus belgilari; shifoxonalarning borligini ifodalash uchun qadahning ichiga zahrini to'kayotgan ilon belgisi va shunga o'xshash bir qancha belgilar.

Indeks - lotincha "index" so'zidan olingan bo'lib, "ko'rsatkich, ro'yxat" ma'nolarini ifodalaydi [1]. Indeks - bu shartli, harfli yoki raqamli ifodalar tizimi. Masalan, nashriyot indeksi, pochta indeksi, oziq-ovqat mollari, dorilarning chiqaril-gan vaqti va saqlash muddatlarini ifodalaydigan indekslar va boshqalar. Indeks yana statistikada va yoki matematikada ham bor. Statistik indekslar muayyan davrda iqti-sodiy miqdorlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar parametrlari o'zgarishlarini nisbiy ko'rinishda tasvirlagan. Matematik indekslar esa ifodalarni bir-biridan farq qilishi uchun ularning yoniga yozib qo'yiladigan son yoki harflardir.

Symbol - yunoncha "symbolon" so'zidan olingan bo'lib, "belgi, ramz, timsol" ma'nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha XIX asr oxiri va XX asr boshlarida dastlab Fransiyada, keyin esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida paydo bo'lgan. Symbol -bu nimadir orqali qandaydir bir boshqa tushunchani ifodalash hisoblanadi. Masalan, oq kaptarlar - tinchligimizning ramzi, hoj- Xristian dinining ramzi, yurak belgisi -

April 23-24, 2024

476

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

sevgi, muhabbat ramzi, sariq atirgul - do 'stlik ramzi, yarimoy yoki yulduz - Islom dini ramzi va shunga o 'xshash boshqa ramz va belgilar.

XULOSA

Ushbu belgilar hayotimizda tez-tez uchrab turadi, ularni hamma deyarli har kuni ko'radi. Bu belgi va ramzlar dunyoyimizda katta ahamiyatga ega desak mubo-lag'a qilmagan bo'lamiz. Ya'ni, masalan deylik ikon, indeks va symbol tushunchalari yo'q, biz yo'ldan o'tayotgan yongan qizil chiroqlar ham yo'q, u holda avtohaloka-tlarning oldini qanday olamiz? Yoki bo'lmasa, biz iste'mol qiladigan oziq-ovqatlarimizda saqlash muddati yo'q deylik, qanday sog'ligimizni saqlab qola olamiz? Davlatlarning o'ziga tegishli ramzlari yo'q, u holda biz uni mustaqil mamla-kat ekanligini qayerdan bilamiz? Bilolmaymiz, to'g'rimi? Demak, tilshunoslikning semiotika bo'limi ushbu vaziyatlarda bizga juda katta ko'makdosh bo'lar ekan.

REFERENCES:

1.Semiotikani tanishtirish, Pol Kobley va Litza Yansz tomonidan, Icon Books Ltd tomonidan nashr etilgan, 2004 yil, Buyuk Britaniya.

2. Belgilar raqsi. Umumiy semiotik tushunchalar, V. Zecchetto, Ediciones ABYA-YALA, 2002, Ekvador.

3. Pirs va Sossyurning semiotik istiqbollari: Qisqacha qiyosiy tadqiq. ElSe-vier.Repo.uum.edu.my saytida mavjud

477

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.