Научная статья на тему 'NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI'

NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3417
203
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
tilshunoslik / umumiy tilshunoslik / nazariy tilshunoslik / sistema / struktura / terminlar / sinonim / til / linguistics / general linguistics / theoretical linguistics / system / structure / terms / synonyms / language

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Gulmira Temirovna Komilova

Ushbu maqolada umumiy tilshunoslikning ajralmas qismi – nazariy tilshunoslikda keng qo‘llaniluvchi sistema va struktura tushunchalari haqida bayon etilgan. Ularning fanda termin sifatida qanday o‘rin tutishi, ishlatilishi haqida fikrlar sanab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF SYSTEM AND STRUCTURAL CONCEPTS IN THEORETICAL LINGUISTICS

This article describes the concepts of systems and structures that are an integral part of general linguistics and are widely used in theoretical linguistics. Here are some suggestions on how to use them as a term in science.

Текст научной работы на тему «NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI»

NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI

Gulmira Temirovna Komilova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy tilshunoslikning ajralmas qismi - nazariy tilshunoslikda keng qo'llaniluvchi sistema va struktura tushunchalari haqida bayon etilgan. Ularning fanda termin sifatida qanday o'rin tutishi, ishlatilishi haqida fikrlar sanab o'tilgan.

Kalit so'zlar: tilshunoslik, umumiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, sistema, struktura, terminlar, sinonim, til

IMPORTANCE OF SYSTEM AND STRUCTURAL CONCEPTS IN THEORETICAL LINGUISTICS

ABSTRACT

This article describes the concepts of systems and structures that are an integral part of general linguistics and are widely used in theoretical linguistics. Here are some suggestions on how to use them as a term in science.

Keywords: linguistics, general linguistics, theoretical linguistics, system, structure, terms, synonyms, language

Nazariy tilshunoslikning muhim va murakkab muammolaridan bo'lgan sistema hamda struktura munosabatida sistema butunlik - bir butun, yaxlit obyekt sifatida qabul qilinadi. Struktura esa sistemaning - butunlikning tarkibiy qismi bo'lgan, sistemani sistema qiluvchi bir-biri bilan zaruriy bog'langan elementlar, bo'laklarning o'zaro bog'lanish tartibi, chizmasi sifatida voqelanadi. Boshqacha aytganda, sistema (yunoncha) elementlardan - qismlardan, bo'laklardan iborat butunlik bo'lsa, struktura (yunoncha) o'zaro bog'liqlik, ichki aloqa-tuzilish, qurilish demakdir. Struktura sistemani - bir butun obyektni tashkil qilgan elementlar, qismlar orasidagi ichki aloqa, munosabatlardir. Anig'i, sistema - butunlik, struktura- qismlilik. Sistema - umumiylik, struktura - xususiylik. Sistema elementlar aloqasining, bog'liqligining tugallangan nuqtasi, yaxlitligi. Struktura - elementlar aloqasining boshlang'ich nuqtasi, ularning dastlabki qator ichki bog'lanishi, munosabati. Sistema sintetik, struktura analitik tushunchalardir.

Sistema elementlari orasidagi munosabatlarning jami uning - sistemaning strukturasini hosil qiladi.

Demak, sistema va struktura terminlari sinonim tushunchalar bo'lmay, har biri o'ziga xos xususiyatlariga, jihatlariga ko'ra o'zaro farqlanadi, nisbiy mustaqil hisoblanadi. Sistema va struktura o'zaro dialektik bog'liq bo'lgan falsafiy kategoriyadir.

Sistema va struktura munosabatida bir butun obyekt va shu obyektning tuzilishini ta'minlovchi, uning tarkibi (atributi) bo'lgan elementlar, qismlar aniq, obyektiv namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra, har bir sistema unda elementlar, qismlar mavjudligiga va ajralishiga ko'ra alohida hisoblanadi. Anig'i, alohidalik har qanday sistemaning eng muhim xususiyatidir. 1

Qiyoslang, quyosh sistemasi, o'simliklar sistemasi, tirik organizmlar sistemasi, transport sistemasi, ta 'lim sistemasi, tarbiya sistemasi va boshqalar.

Sistema muayyan butunlik, obyekt sifatida elementlarni, qism-larni, bo'laklarni va ularning o'zaro aloqasini o'z tarkibiga olsa, struktura ayni obyektning, butunlikning ichki tuzilishi, tartibi, tashkil topishi sifatida farqlanadi.

Prof. V.M.Solnsev: 1) elementlar, qismlar va ularning o'zaro aloqalari kategoriyani -sistemani yoki bir butunlik sifatidagi obyektni tashkil qiladi; 2) ichki aloqalarning jami, yig'indisi kategoriyani - sistemaning, butunlikning atributi sifatida strukturani hosil qiladi, deydi. Demak, sistema elementlari, qismlari va sistema strukturasi birgalikda sistemani yuzaga keltiradi.

Xullas, sistema va struktura tushunchalari, aytilganidek, o'zaro bog'liq bo'lib, har biri o'ziga xos tomonlari, jihatlari va xususiyatlari bilan mustaqil bo'ladi, nisbatan ajralib turadi.

Sistema va struktura tushunchalari tabiat va jamiyat bilan bog'liq jarayonlarga, predmet va hodisalarga xosligi, keng qamrovliligi, murakkabligi, obyektiv borliqni ilmiy-nazariy, falsafiy o'rganish hamda tushunishda yetakchilik qilishi bilan fan olamida qudratli kategoriya sifatida xizmat qiladi.

Obyektiv borliq sistemalardan iborat ekan, ayni sistemalarni mohiyatan ikki asosiy turga, guruhga ajratish mumkin: a) material sistemalar; b) ideal sistemalar.

Material (moddiy) sistemalar o'zaro munosabatdagi muayyan material elementlardan iborat sistemadir. Material sistemalar belgi va xususiyatlariga ko'ra cheksiz, turlichadir. Chunki bu sistemani hosil qiluvchi elementlar va ayni elementlar orasidagi aloqa va munosabatlar cheksiz, turli-tumandir.

Moddiy sistema sifatida, masalan, toshni, binoni, daraxtni olish mumkin. Toshda elementlar - molekulalar moddaning shu modda asosiy kimyoviy xususiyatlariga ega bo'lgan eng kichik zarrasi; molekula o'zaro kimyoviy bog'langan bir xil yoki turlicha atomlardan iborat bo'ladi (atom kimyoviy elementning eng mayda zarrasi). Atom yadrodan va elektronlardan tuzilgan murakkab sistema bo'lib, atom yadrosining o'zi esa proton va neytronlardan iborat va ular orasida aloqalar (molekulyar aloqalar) mavjud.

1 Qar: B.M.Co ot^b. ^3hk KaK CHCTeMHo-CTpyraypHoe 06pa30BaHHe,ll-bet.

2 V.M.Solnsev. O'sha asar, 26-bet.

Har qanday rnaterialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, binoni material sistema deb hisoblash mumkin. Chunki u o'zaro aloqada, o'zaro bog'liq bo'lgan qismlardan, bo'laklardan tashkil topadi.

Har qanday jonli organizmni material sistema deb hisoblash mumkin. Shuningdek, odamlarning tartibga solingan qo'shilmalari-harbiy qo'shilma, bo'linma-

"5

razvedka bo'linmasi, o'qchi bo'linma, sport bo'linmasi va boshqalar ham o'ziga xos moddiy sistemadir.

Tarkibiy qismlarga ajraluvchi, tartibga solingan har qanday obyekt material sistema sifatida olinishi mumkin.

Sistemani tashkil qilgan moddiy elementlarning yig'indisi shu sistemaning moddiy asosini (substansiyasini) hosil qiladi. Boshqacha aytganda, material sistemaning moddiy asosi (substansiyasi) sistemaning elementlaridan iborat bo'ladi. Shunga ko'ra, material sistemaning elementlari haqida gapirganda, muayyan ma'noda, uning substansiyasini substansiya haqida gapirganda esa uning (material sistemaning) elementlarini nazarda tutish mumkin . Ammo substansiya va element tushunchalari bir xil emas.4

Material sistemalar birlamchi material sistemalar deb nomlanadi. Ular kishilar faoliyatiga ko'ra (masalan, mashina, bino) yoki ularning faoliyatisiz-faoliyatiga bog'liq bo'lmagan holda (masalan, yulduzlar sistemasi, yer sistemasi) paydo bo'ladi.

Material sistemalardan farqli ideal sistemalar ham mavjud. Ular shunday sistemalarki, bu sistemalarning qismlari, elementlari ideal hodisalardir, ya'ni, o'zaro muayyan munosabatlar bilan bog'langan muayyan g'oya, tushuncha yoki fikrlardir.

Ideal sistema sifatida u yoki bu asar g'oyalari sistemasini, u yoki bu fan tushunchalari sistemasini olish mumkin.

Ideal sistemalar material sistemalardan farqli holda hamma vaqt kishilarning faoliyatiga, anig'i, ularning fikriy faoliyatiga ko'ra yuzaga keladi. Ular muayyan (biror) moddiy substansiyadan-asosdan tashqarida mavjud bo'lmaydi.

Ideal sistemalar material substansiya, ya'ni, insonning miya a'zosi-miyaning fikrlashi orqali hosil bo'ladi va material substansiyada (har qanday materiyada) mustahkamlanadi, «qotiriladi».

Ideal sistema (tushuncha yoki g'oyalar sistemasi) axborot (informatsiya)- semantik informatsiyaning ko'rinishlaridan, turlaridan biri bo'lgan sistemadir. U biror boshqa material substansiyada (uni o'zida tashuvchida) mustahkamlanadi.

Demak, aytilgan fikrlardan ma'lum bo'ldiki, ideal sistemalarni o'zida saqlovchi yoki tashuvchi maxsus, alohida material sistemalar mavjud. Ushbu material sistemalar nima? Ular nimalardan tashkil topadi? degan mantiqiy savol tug'iladi.

Bunday sistemalar, anig'i, material sistemalar ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, ular semantik informatsiyani (g'oyalar, tushunchalar sistemasini) o'zida

3 V.M.Solnsev. O'sha asar, 13-bet.

4 V.M.Solnsev. O'sha asar, 14-bet.

mustahkamlash, saqlash, qayd etish va ifodalash vositasi sifatida faqat inson faoliyati tufayli yuzaga keladi. Ular-ikkilamchi material sistemalar tushuncha yoki g'oyalarni bir insondan boshqasiga yetkazish, berish, kishilarning o'zaro fikr almashish vositasi sifatida yuzaga keladi. Bunday sistemalar belgilar sistemasi yoki semiotik sistemalar deb yuritiladi. Til ana shunday sistemaga-belgilar sistemasi yoki semiotik siste-maga kiradi.

Ikkilamchi material sistemalarning elementlari (birliklari) belgi sifatida, ya'ni, moddiy elementlar sifatida o'zicha emas, balki o'zi-dan tashqaridagi biron narsa-predmetni ifoda etishiga, anglatishiga ko'ra ahamiyatga ega bo'ladi. Bu barcha ikkilamchi moddiy sistemalarning umumiy xususiyati bo'lib, shunga ko'ra, ular semiotik birliklar yoki belgilar deb yuritiladi.

Demak, ikkilamchi material sistemalarning material substansiyasi biror ideal sistemani o'zida qayd etish, «aks ettirish», mustahkamlash vazifasini bajaradi. Bu mustahkamlash kishilar faoliyati orqali amalga oshib, sistemaning alohidaligiga (diskretligiga) ko'ra shunday yuz beradi.

Jamiyat muayyan tushuncha yoki g'oyalar sistemasini (semantik informatsiya sistemasini) o'zida saqlash va ifodalash vazifasiga ega ikkilamchi moddiy (material) sistemalardan - moddiy elementlardan ijtimoiy - amaliy maqsadlar uchun faol foydalanadi.

Ikkilamchi material sistemalar muayyan xususiyatlarga, jihatlar-ga ega bo'lib, bu xususiyatlar, aytilganidek, ularning - ushbu material sistemalarning substansial tabiatiga xos bo'lmaydi, ularda bevosita, mohiyatan mavjud bo'lmaydi. Masalan, qizil rang o'zicha man qilish, ko'k rang o'zicha ruxsat berish xabarini ifodalaydi. Ularga ko'cha harakatlarini boshqarish signallar sistemasining man etish va ruxsat berish axboroti yuklatilgan, shunday vazifa berilgan, «buyurilgan».

Ideal sistemaning biror ko'rinishiga, xiliga (obyektiga) ikkilamchi material sistemaning biror obyekti muvofiq keladi: yurishga ruxsat axborotiga (ideal sistemaga) ko'k rang material obyekti; o'rin, chiqish axborotiga - g a, - d a n; ko'plik informatsiyasiga - lar kabi moddiy-til birliklari to'g'ri keladi.

Ikkilamchi moddiy sistemalar moddiy asosining (substansiyasining) birinchi vazifasi g'oya, fikr, tushuncha ifodalashdan iboratdir. Ikkilamchi material sistemalar material substansiyasining ikkinchi eng muhim vazifasi ideal sistemalar (tushuncha, g'oya, fikrlar) elementlarini o'zaro differensiatsiya qilishda, farqlashda ko'rinadi.5

Tilda ham xuddi shunday. Masalan, bilan so'zining tilda ko'makchi yoki bog'lovchi sifatida qo'llanishi uning fizik, substansial xususiyatiga bog'liq emas, uning mohiyatidan kelib chiqmaydi: olma bilan anor. Balki bunday xususiyat (ko'makchi, bog'lovchi bo'lish) unga yuklatilgan, «yozib qo'yilgan» va bu xususiyat ijtimoiy amaliyot orqali mustahkamlangan.

5 V.M.Solnsev. O'sha asar, 19-bet.

Uzbekistan

I.P.Pavlov ta'limoti bo'yicha inson obyektiv borliqni ikki xil yo'l bilan qabul qiladi: 1) predmet - hodisalarning kishi sezish (eshitish, ko'rish, ta'm bilish) a'zolariga bevosita ta'siri orqali - birinchi signallar sistemasi va 2) so'zlarning ta'siri orqali -ikkinchi signallar sistemasi.

Birinchi signallar sistemasi insonlarga ham, hayvonlarga ham tegishli bo'lsa, ikkinchi signallar sistemasi faqat insonga xosdir. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifatida jamiyatga xizmat qiladi.

Xullas, til o'ziga xos strukturaga (tuzilishga) ega bir butun sistemadir. Til o'zaro uzviy bog'liq va bir-birini taqozo etadigan moddiy birliklarning yig'indisidan tashkil topgan, o'ziga xos qurilishga ega bo'lgan murakkab sistemadir.

Til sistemasini tashkil etgan lisoniy birliklar, ularning o'zaro munosabati, bir-biri bilan bog'lanish qonun-qoidalari tilning strukturasini tashkil etadi.

Til sistemasi strukturasiga ko'ra juda murakkabligi, ko'p sathligi (yarusligi) bilan ajralib turadi. Tilning bir-biri bilan uzviy bog'liq fonetik tomoni, leksikasi, morfologik va sintaktik qurilishi-struktura qatlamlari bo'lib, bular birgalikda, dialektik bog'liqlikda «yashay-di», bir butunlikni tashkil qiladi, til sistemasini tuzib, uning mavjudligini (obyektivligini) ta'minlaydi.

Tilning har bir birligi, elementi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. U til sistemasining boshqa birliklari va elementlari bilan bevosita yoki bavosita til kategoriyalari orqali bog'langan bo'ladi.

Til sistemasi tuzilishiga ko'ra ham, vazifasiga - qo'llanishi va rivojlanishiga ko'ra ham murakkab hamda ko'p tarmoqlidir.6

Til sistemasining har bir sathi: fonetik, leksik, grammatik yaruslari o'ziga xos sistema bo'lib, ular ham muayyan qismlardan, struktural elementlardan - moddiy birliklardan tashkil topadi, muayyan ijtimoiy vazifa bajaradi. Demak, aytilganlarga ko'ra tilni sistemalar sistemasi deb aytish mantiqan to'g'ridir. Til sistemasi sathlariga -ichki sistemalariga nisbatan makrosistema bo'lsa, uning ichki yaruslari-sathlari unga nisbatan mikrosistema sifatida namoyon bo'ladi. Xullas, falsafiy ma'noda har qanday makrosistemaning ichki qurilishi, tashkil topishi mikrosistemalardan iborat bo'ladi.

REFERENCES

1. Rasulov, R. (2013). Umumiy tilshunoslik. Toshkent - 2013.

2. ^лн^в, В.М. Язык KaK ^CTeMHo-CTpyKTypHoe oбрaзoвaниe

3. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3).

4. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTIKA, UNING ZAMONAVIY TURLARI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

6 Qar: В.И.Кодухов.Общее языкознание, 133-bet.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

5. Кодухов, В.И.Общее языкознание.

6. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.

7. Murodova, F. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING "OT EGASI" HIKOYASI ASOSIDA). Academic research in educational sciences, 2(4), 683-687.

8. Murodova, F. (2021). ABDULLA QODIRIY ASARLARINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 2(5), 120-125.

9. Temirovna, K. G. (2021). TIL VA LINGVOKULTUROLOGIYA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 527-535.

10. Абдурасул, Х., & Абдукавдорова, К. (2021). ИЖТИМОИЙ ЧЕГАРАЛАНГАН ЛЕКСИКАНИНГ НУТ^ИМИЗДАГИ УРНИ. Scientific progress, 2(4), 886-880.

11. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

12. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

14. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 37-39.

15. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

16. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

17. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (7), 60-63.

18. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 1641-1646.

19. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.