Научная статья на тему 'SAVR INQILOBININING SABABLARI'

SAVR INQILOBININING SABABLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
295
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Savr inqilobi / Afg’oniston / Aprel revolyutsiyasi / inqilob. / Saur Revolution / Afghanistan / April Revolution / Revolution.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdulloyev, J.

Mazkur maqolada XX asrning 70-yillar oxirida Afg’onistonda tubdan siyosiy vaziyat o’zgarishini hukimatga ishonchsizlik, tartibsizlik va harbiy to’ntarishlar avj olishini va shunday harbiy to’ntarishlardan biri Savr (Aprel revolyutsiyasi) inqilobi va uning sabablarini yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CAUSES OF THE SAVR REVOLUTION

This article describes the radical change in the political situation in Afghanistan in the late 1970s, the rise of mistrust in the government, chaos and military coups, and one such military coup, the Saur (April Revolution) revolution and its causes.

Текст научной работы на тему «SAVR INQILOBININING SABABLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

SAVR INQILOBININING SABABLARI

Abdulloyev J.

DTPI Tarix va falsafa kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada XX asrning 70-yillar oxirida Afg 'onistonda tubdan siyosiy vaziyat o 'zgarishini hukimatga ishonchsizlik, tartibsizlik va harbiy to 'ntarishlar avj olishini va shunday harbiy to'ntarishlardan biri Savr (Aprel revolyutsiyasi)1 inqilobi va uning sabablarini yoritilgan.

Kalitso'zlar: Savr inqilobi, Afg'oniston, Aprel revolyutsiyasi, inqilob.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается коренное изменение политической ситуации в Афганистане в конце 1970-х гг., рост недоверия к правительству, хаос и военные перевороты, а также один из таких военных переворотов -Саурская (Апрельская революция) революция и ее причины.

Ключевые слова: Саурская революция, Афганистан, Апрельская революция, революция.

ABSTRACT

This article describes the radical change in the political situation in Afghanistan in the late 1970s, the rise of mistrust in the government, chaos and military coups, and one such military coup, the Saur (April Revolution) revolution and its causes.

Keywords: Saur Revolution, Afghanistan, April Revolution, Revolution.

KIRISH

Ma'lumki, Savr2 inqilobi 1978-yil 27-aprel3 kuni Kobulda harbiylar tomonidan amalga oshirildi va M. Doud rejimi ag'darilib hokimyat Sovet Ittifoqi bilan hamkorlik tarafdori bo'lgan Afg'oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP) tarafdorlarining qo'liga o'tdi. Qnday sabab va omillar Savr inqilobini keltirib chiqardi?

Savr inqilobini keltirib chiqargan omilardan biri bu iqtisodiy o'sishning pasayishi bo'ldi. Inqilob arafasida Afg'oniston iqtisodiy jihatdan jahondagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. BMT ekspertlarining xulosalariga ko'ra Afg'onistonda

1 Абдураззокова Д. Афгонистон: Апрель революцияси. - Т.: Узбекистан, 1982.

2 Afg'on kalendaridagi ikkinchi oyning nomi. "Savr" - Afg'onistonda qabul qilingan hijriy-qamariy yil hisobi bo'yicha 22-apreldan 21-maygacha bo'lgan davmi o'z ichiga oladi. Qarang: Mannonov A. M, Abdullayev N. A, Rashidov. R. Afg'oniston tarixi. O'quv qo'llanma, - T.: 2018. - B. 215.

3 Savr oyining 7 sanasiga to'gri keladi. Inqilob hijriy 1357-yil 7-aprel (milodiy 1978-yil 27- aprel) sanasida bo'lib o'tgan. Каранг: Кошелев В.М. Штурм дворца Амина: версия военного разведчика. - г. Люберцы РОО. «Союз писателей Подмосковья» 2007. С. 182.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1975-yilda aholi boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad 160 dollarni tashkil etgan, bu BMT statistikasi doirasida bo'lgan jahondagi eng oxirgi o'rinlardan biri hisoblanar edi4. Bu davrda mamlakat iqtisodiy jihatdan turg'unlik holatida edi. Zamonaviy og'ir sanoatga keladigan bo'lsak, mamlakatda bu soha umuman rivojlanmagan desak xato bo'lmaydi. Mamlakatning yengil va oziq-ovqat sanoati 1977-1978 yillarda yalpi ichki mahsulotning 12,3% ni, qishloq xo'jaligi bergan mahsulot 58% va hunarmandchilik sanoat mahsuloti esa 10%ni bergan xolos.

Bu davrda iqtisodiy jihatdan Afg'oniston Respublikasi agrar davlat edi. Mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 71,6% qishloq xo'jaligi bilan band edi5. Lekin mamlakat qishloq xo'jaligining rivojlanishi nihoyatda past darajada bo'lgan. Bunga sabab yerga ishlov berishning eskicha uslubi, zamonaviy texnikalarning yo'qligi va o'rta asr mehnat qurollarining ishlatilishi edi. Har yili qishloq xo'jaligida foydalaniladigan 7.8 million gektar yerning yarmi ishlatilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari bo'lmish qand, choy, bug'doy va moy asosan chet mamlakatlaridan olib kelinar edi. Bundan tashqari mamlakat qishloq xo'jaligining rivojlanishiga o'rta asrdan beri hukum surgan feodalizim ham to'siq bo'lgan. Qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerlarning 45% aholining 5%ni tashkil etuvchi yirik yer egalari qo'lida edi. Aholining 95% qolgan 40 % li yerga egalik qilar edi. Dehqonlarning 18 % dan 35% gacha bo'lgan qismi umuman yersiz bo'lib, ular yirik zamindorlardan asoratga soluvchi asosida yer, urug'lik, mehnat qurollari va ish hayvonlarini olishga majbur edi6. Buning oqibatida qishloq xo'jaligi aholisining katta qismi yirik zamindorlarga qaram bo'lib qoladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Afg'onistonda ta'lim va maorif sohasining rivojlanishi unga qo'shni va boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past edi. Mamlakatda maktab va o'qituvchilarning yetishmasligi aholining katta qismini savodsiz bo'lishiga olib keladi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda 70-yillar oxiriga kelib aholining salkam 80-90 % yozish va o'qishni bilmas, 7-14 yoshli har to'rt boladan bittasigina tahsil olish imkoniyatiga ega edi7. Ta'lim tizmi to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda tizimda tabaqalanishning yuqoriligi sabab mamlakat ta'lim tizmi halokatli inqiroz yoqasiga kelib qolgan edi.

Mamlakatda ta'lim sohasi bilan bir qatorda tibbiyot sohasi ham rivojlanmagan edi. Tibbiy malakali shifokorlarning kamligi hamda zamonaviy kassalxonalarning

4 Абдураззокова Д. Афгонистон: Апрель революцияси. - Т.: Узбекистан, 1982. - Б. 3.

5 Уша жойда.

6 Абдураззокова Д. Афгонистон: Апрель революцияси. - Т.: Узбекистан, 1982. - Б. 4.

7 Уша жойда.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yo'qligi, shuningdek bu davrda shifokorlar va kasalxonalarning mamlakat bo'ylab teng taqsimlanmaganligi aholi demagrafiyasiga, ya'ni aholi orasida o'lim darajasining oshishiga olib keldi. Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra Afg'onistonda 16 ming kishiga bitta shifokor to'g'ri kelar edi. 1977-yilgi demografik ma'lumotlarga ko'ra Afg'oniston aholisi 16 million kishidan iborat edi. Shunday ekan mamlakatda 1977-1978-yillarda jami 3034 o'rinli 79 ta shifoxona va 928 nafar shifokor bor edi. Yuqorida keltirilgan shifokorlarning 55 % va shifoxonadagi o'rinlarning 48 % Kobul shahrida joylashgan edi. Shifokorlarning qolgan 45 % mamlakat bo'ylab notekis taqsimlangan edi. Jumladan Kobulda 3697 nafar aholiga bitta malakali shifokor to'g'ri kelsa, G'azna viloyatida 49333 nafar aholiga, G'ur viloyatida esa 59333 kishiga bitta malakali shifokor to'g'ri kelgan8. Bundan tashqari siyosiy sohada ham bir qator xatoliklarga yo'l qo'yildi. Bu davrda mamlakat rahbari Nodirshohlar sulolasining vakili Muhammad Doud edi.

Mamlakat sobiq bosh vaziri Muhammad Dovud 1973-yil 17-iyulida armiya ofitserlari ko'magida harbiy to'ntarishni amalga oshirib, monarxiyaga barham be rdi va Afg'onistonni Respublika deb e'lon qildi. 1973 yil 19 iyulda Respublika Markaziy Qo'mitasi I ta'sis majlisida M. Daud davlat rahbari etib saylandi. Shuningdek, M. Doud bosh vazir, mudofaa va tashqi ishlar vaziri lavozimlarini ham egalladi. Rahbarlikning birinchi yillaridan boshlab Muhammad Doud o'zini qat'iy va qudratli hukmdor ekanligini isbotlab, hukumat tizimini va mamlakatning siyosiy hayotini o'z nazoratiga olishga intildi. Shu yo'l bilan u siyosiy boshqaruvda bir qator xatoliklarga qo'l urdi. 1973 yil 27 iyuldagi uchta farmoni imzoladi: parlament tarqatib yuborildi, Oliy sud tugatildi, 1964 yil konstitutsiyasi amalda to'xtatildi. Barcha siyosiy partiyalar, shu jumladan AXDPning faoliyati taqiqlandi, xususiy gazetalar yopildi, butun mamlakat bo'ylab harbiy holat joriy etildi. Davlat to'ntarishida ishtirok etgan harbiylar yuqori lavozimlarni egallashga qaramay siyosiy boshqaruvdan chetlatildi va davlat institute sifatida armiya davlatni boshqarishga ruxsat berilmadi9. 1973-yilning 23-avgustida Muhammad Dovud "Xalqqa murojaat" nomi bilan mashhur bo'lgan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid o'z harakat dasturini e'lon qildi. Ilgarigi tuzumni keskin tanqid qilgan davlat rahbari afg'on xalqi irodasiga muvofiq holda jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan isloh qilishni ilgari surdi10. Korxona va muassasalarda 7,5 soatlik ish kuni va 45 soatdan oshmaydigan ish haftasi joriy etildi. Hukumat eng kam ish haqini ikki baravarga 450 dan 900 gacha oshirdi.

8 Абдураззокова Д. Афгонистон: Апрель революцияси. - Т.: Узбекистан, 1982. - Б. 4.

9 Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

10 Mannonov A. M, Abdullayev N. A, Rashidov. R. Afg'oniston tarixi. O'quv qo'llanma, - T.: 2018. - B. 209.

871

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Talabalar sanoat korxonalaridan maosh olishni boshladilar. Pullik ta'til olish huquqi, ijtimoiy sug'urta qonunlashtirildi va pensiya jamg'armasi tashkil etildi. 1973 yil oxirida muammolarini hal etish va qishloq xo'jaligining etakchi tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Oliy iqtisodiy kengash tashkil etildi. Xuddi shu davrda poraxo'rlik, o'zlashtirish, kontrabanda bilan ayblangan bir qancha xususiy kompaniyalar, shu jumladan eng yirik to'qimachilik kompaniyasi Spinzar milliylashtirildi. 1973 yil kuzida Sanoatni rivojlantirish banki tashkil etildi. 1974 yilda "Xususiy investitsiyalar to'g'risida" yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan mahalliy tadbirkorlarga turli imtiyozlar berildi. 1974 yilda mamlakatdagi barcha xususiy banklar milliylashtirildi. 1973-1974 yillarda Moliya sohasida ba'zi islohotlar amalga oshirildi. 1974 yilda to'g'ridan-to'g'ri soliqlar byudjet daromadlarining 11 foizini tashkil etdi. 1974 yilda "Bojxona to'g'risida" gi qonun qabul qilindi va davlat monopoliyasi tomonidan e'lon qilingan tashqi savdo ustidan nazorat kuchaytirilgandan so'ng, 1974 yilda tovarlarni mamlakatga olib kirishda bojxona to'lovlari miqdori 1972 yilga nisbatan 60 foizga oshdi11. 1973-1977-yillarga mo'ljallangan besh yillik dastur o'miga yangi keng qamrovli va 1976-1982-yillarga mo'ljallangan yetti yillik dastur qabul qilindi. Mazkur yetti yillik dasturga muvofiq mamlakatda asosan energetika, tog'-kon sanoati, transport sohalariga oid 200 dan ortiq yirik loyihalar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi12. 1975 yil 6-avgustda Yer islohoti to'g'risidagi qonunning matni e'lon qilindi. Boshqaruvining birinchi davrida ta'lim tizimini isloh qilishga harakat qilindi. Asosiy e'tibor ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirishga, umumta'lim maktablari tarkibini qayta tashkil etishga va kasb-hunar ta'limini rivojlantirishga qaratildi. Hukumat boshlang'ich ta'lim uchun xarajatlardi oshirdi. Savodxonlik bo'yicha milliy ofis tashkil etildi. Barcha xususiy maktablar, shu jumladan masjidlar ham davlat nazoratiga olingan. Ammo yuqorida aytib o'tilgan islohotlarning kata qismi bajarilmadi. Bunga sabab Afg'oniston iqtisodiyotining pastligi hamda loyhalarning o'z vaqtida moliyalashtirilmaganligi va feodalizmni hali ham mamlakat taraqqiyotiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatayotganligi edi. Shunga qaramay M. Doud respublika tizimining mavjudligini mafkuraviy jihatdan asoslab berishga harakat qildi. Dastlab, uning mafkuraviy konseptsiyasi "progressiv afg'on millatchiligi" sifatida shakllantirildi, keyinchalik u "milliy millatchilik" yoki "Daudizm" - zo'ravonliksiz ijtimoiy taraqqiyot deb nomlandi13. M. Doud va uning hukumatiga qarshi bir necha bor fitna (1971, 1973-yil

11 Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

12 Mannonov A. M, Abdullayev N. A, Rashidov. R. Afg'oniston tarixi. O'quv qo'Uanma, - T.: 2018. - B. 210.

13 Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

872

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Habibulla Rahmon boshchiligida, 1976-yil Mir Ahmadshoh Rizvoniy boshchiligida) lar amalga oshirildi. Natijada M. Doud siyosiy hokimyatini mustahkamlashga kirishdi va 1977-yilda 13 bob14, 136 moddadan iborat Afg'onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi15. Kanistitutsiyada M. Doud boshqaruv tizmi mustahkamlandi.

XX asming 70-yillari ikkinchi yarmiga kelib Afg'onistonda turli ijtimoiy harakatlar va siyosiy guruhlaming faoliyati yana jonlana boshladi. Ushbu guruhlaming tashkillashtirilishi va moliyalashtirilishida Eron, Saudiya Arabistoni kabi Pokiston ham asosiy rol o'ynadi16. AXDPning ko'plab sa'y-harakatlariga qaramasdan Muhammad Dovud o'z muxolifatlariga qarshi kurash olib bordi va 1978 yil 17 aprelda AXDP yetakchisi Mir Akbar Xaybar o'ldirildi. 19-aprelda uning dafn etish marosimi kuchli siyosiy namoyishga aylandi, unda ba'zi ma'lumotlarga ko'ra 30 mingga yaqin kishi qatnashdi17. Bunga javoban M. Daud partiya rahbarlarini "xoinlik va hukumatni ag'darish"da ayblab hibsga olishga buyruq berdi. 26 aprelda AXDPning yettita nafar a'zosi, shu jumladan N.M. Taraki va B. Karmal qamoqqa olindi. Uilkinsning ta'kidlashicha, bu paytda Daud halokatli xatoga yo'l qo'ygan va isyonchilar bilan kelishuvga erishmadi yoki ularni qat'iyat bilan mag'lub qilmadi. Natijada 1978 yil 27 aprelda AXDP boshchiligida harbiylar Prezident saroyiga hujum boshladilar. Mazkur inqilobda 1000 ga yaqin odam vafot etdi, xususan, M. Doud va uning oila azolari hamda ikki vaziri o'ldirildi18. Harbiy to'ntarishning rahbarlari podpolkovnik Abdul Qadir va kapitan Aslan Vatanjar radio orqali M. Dovud rejimining ag'darilganini e'lon qildi va yangi hukumatning siyosati "muqaddas islom dinining tamoyillarini himoya qilish, demokratiya, erkinlik va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga" qaratilganligini ta'kidladilar19. Bir so'z bilan aytganda kamunizm g'oyalariga asoslangan hukumat hokimyat tepasiga keldi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, Savr inqilobining kelib chiqishiga avvalambor boshqaruv tizmida monarxiya va o'rta asr boshqaruv tizmining saqlanib qolishi, mamlakatda feodal munosabatlarning hukum surishi natijasida mamlakatda kapitalistik munosabatlarning kirib kelmaganligidir. Shuniningdek mamlakat

14 Yangi konstitutsiyaning bo'limlari: 1) asosiy vazifalar; 2) iqtisodiy asoslar; 3) davlat; 4) odamlarning huquqlari va majburiyatlari; 5) Milliy Majlis (Parlament); 6) prezident; 7) Loya Jirga; 8) hukumat; 9) sud; 10) favqulodda holat; I) tuzatishlar; 12) o'tish davri qoidalari; 13) umumiy qoidalar. Каранг: Коргун В. Г. История афганистана XX век. -Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

15 Mannonov A. M, Abdullayev N. A, Rashidov. R. Afg'oniston tarixi. O'quv qo'llanma, - T.: 2018. - B. 210.

16 Уша жой.

17 Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

18 Khalid Nawaz Khan. Soviet Interests in AfQhanistan and Implications Upon Withdrawal. 1990. - P.36-42.

19 Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004. - С. 384-396.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iqtisodiyotining pastligi va mamlakat qarzining oshishi natijasida chet mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy qaramligiga tushib qolishidir. Mamlakatda ta'lim, tibbiyot sohalarning yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi va pul mablag'lar ajratilmaganligi sabab aholining savodsizlik va o'lim demografiyasining ko'payishiga olib keldi. Siyosiy jihatdan M. Doudning o'z tarafdorlariga ishonchsizligi hamda ikki yoqlama siyosat olib borishi va qo'shni Pokiston bilan mamlakat shimoliy-g'arbiy chegarasi va Bolijiston masalasida munosabatlarining buzilishini keltirib o'tish mumkin. Mamlakatda o'tkazilgan yer islohoti samarali natija bermaganligi (mamlakat aholisining atigi 1% yersiz aholisi yer bilan ta'minlandi. Qolgan 30% ga yaqin aholi hali ham yersiz va uy-joysiz edi). Natijada aholining hukumatga nisbatan ishonchsizlikning kuchayishi va inqilobning amalga oshishiga sabab bo'ldi.

REFERENCES

1. Mannonov A. M, Abdullayev N. A, Rashidov. R. Afg'oniston tarixi. O'quv qo'llanma, - T.: 2018.

2. Коргун В. Г. История афганистана XX век. - Москва. Издательство «Крафт+». 2004.

3. Khalid Nawaz Khan. Soviet Interests in Afganistan and Implications Upon Withdrawal. 1990.

4. Akhmedov, B. A. (2021). HISTORY OF KARAKUL INDUSTRY IN UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

5. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160162).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.