Научная статья на тему 'SANGZOR DARYO HAVZASI TABIIY GEOGRAFIK O‘RNINING GAT TAHLILI'

SANGZOR DARYO HAVZASI TABIIY GEOGRAFIK O‘RNINING GAT TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
157
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SANGZOR DARYO HAVZASI / GEOAXBOROT TIZIMLARI (GAT) / RELYEFLI MORFOMETRIYA / RELYEFLI MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLAR / KARTOGRAFIK TAHLIL

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qosimov N., Zikirov I.

Sangzor daryo havzasi mamlakatimizdagi o‘ziga hos tabiiy geografik hududlardan biri bo‘lib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada Sangzor daryo havzasining tabiiy geografik o‘rni, chegaralari, maydoni, chekka nuqtalari va yer yuzasining geomorfologik tuzilishi GAT dasturi yordamida o‘rganilgan hamda tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GAT-ANALYSIS OF THE NATURAL AND GEOGRAPHICAL POSITION OF THE SANZOR RIVER BASIN

The Sangzor river basin is one of the unique natural and geographical regions of our country and is distinguished by a complex geomorphological structure. In this article, using the GAT program, the natural and geographical position, boundaries, area, edge points and geomorphological structure of the surface of the Sangzor river basin were studied and analyzed.

Текст научной работы на тему «SANGZOR DARYO HAVZASI TABIIY GEOGRAFIK O‘RNINING GAT TAHLILI»

DOI 10.5281/zenodo.8344904 UDK: 433;911.2

Qosimov N.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti

Zikirov I.

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti

SANGZOR DARYO HAVZASI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING GAT

TAHLILI

Annotatsiya. Sangzor daryo havzasi mamlakatimizdagi o 'ziga hos tabiiy geografik hududlardan biri bo'lib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada Sangzor daryo havzasining tabiiy geografik o'rni, chegaralari, maydoni, chekka nuqtalari va yer yuzasining geomorfologik tuzilishi GAT dasturi yordamida o'rganilgan hamda tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Sangzor daryo havzasi, geoaxborot tizimlari (GAT), relyefi morfometriya, relyefli morfometrik ko'rsatkichlar, kartografik tahlil.

Kasimov N. basic doctoral student Jizzakh State Pedagogical University

Zikirov I. doctoral student Gulistan State University

GAT-ANALYSIS OF THE NATURAL AND GEOGRAPHICAL POSITION OF THE SANZOR RIVER BASIN

Abstract. The Sangzor river basin is one of the unique natural and geographical regions of our country and is distinguished by a complex geomorphological structure. In this article, using the GAT program, the natural and geographical position, boundaries, area, edge points and geomorphological structure of the surface of the Sangzor river basin were studied and analyzed.

Keywords: Sangzor river basin, geographic information systems (GAT), relief morphometry, relief morphometric indicators, cartographic analysis.

Kirish. Bugungi kunda hududlarni kuzatish, o'rganish, tahlil qilish va baholash hamda tadqiqot yo'nalishi bo'yicha bashoratlash geoaxborot tizimlari (GAT) dasturiy vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Natijada, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi yanada ortib bormoqda.

Bunda tanlangan hududlarning raster va vektor ma'lumotlar bazasi olinib, ular qayta ishlanadi, atributlarini hosil qilish orqali tadqiqotlar olib boriladi.

Olingan ma'lumotlar, joydagi kuzatish natijalari hamda avval olingan kartografik tahlillar bilan solishtiriladi.

Ishning maqsad va vazifalari. Hududlarni geoaxborot tizimlari (GAT) dasturiy vositalari yordamida o'rganish quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:

S ma'lumotlar tezkor yig'iladi va tahlil etiladi;

S ma'lumotlarning xalqaro ma'lumotlar bazasiga asoslanganligi;

S ma'lumotlar holatini va o'zgarishlarini ma'lum muddatlar kesimida kuzatish, o'rganish hamda tahlil qilish imkonini beradi;

S hududlardagi geografik o'zgarishlar turini, dinamikasini aniqlash va shu asosda bashoratlash mumkin.

Hozirda geografiyaning barcha sohalari va yo'nalishlarida geoaxborot tizimlari (GAT) dasturiy vositalaridan samarali foydalanish mumkin.

Asosiy qism. Sangzor daryo havzasi tabiiy geografik joylashuviga ko'ra, asosiy qismi Chumqor tog'ining shimoliy yonbag'ri va Morguzar tog'ining janubiy yonbag'rlari oralig'ida joylashgan bo'lib, faqat uning quyi qismi Jizzax vohasi bilan tutashib turadi.

Chumqor tog'i Turkiston tizmasining g'arbida joylashgan bo'lib, sharqdan g'arbga qarab 76 km ga cho'zilgan. Bu havzaning janubiy qismidagi asosiy chegara hisoblanadi. U Sangzor va Zarafshon daryolari orasida suvayrig'ich hisoblanib, shimoliy qismi Sangzor havzasi hududiga qaraydi. Havzaga tegishli eng baland joyi Bozorxonim cho'qqisi bo'lib, balandligi 3405 m ga teng [1; 33 b].

Sangzor daryo havzasi ma'muriy-hududiy jihatdan esa Baxmal tumanining katta qismini, G'allaorol tumanining janubi-sharqiy tog'oldi hududlarini, Sharof Rashidov tumanining janubi-g'arbiy va Jizzax shahrining kichik qamrovli janubiy qismlarini o'z ichiga oladi.

Sangzor daryosi Chumqor tog'ning shimoliy qismidan Guralashsoy nomi bilan boshlanadi va uning boshlanish joyi dengiz sathidan 3300 m atrofida bo'lgan Guralash davoni yaqiniga to'g'ri keladi. Guralashsoy shimoli-g'arbiy yo'nalishda oqadi va Kichik Qoraqishloq yaqinida unga Morguzar tog'larining janubiy yonbag'ridan o'qib tushuvchi Jontakasoy qo'shilgandan so'ng u Sangzor nomini oladi [2; 146-151-b].

Daryo Sangzor nomini olgandan so'ng shimoli-g'arbiy yo'nalishda keng vodiy bo'ylab toshloq, serostona o'zanda oqadi. Sangzor daryosiga Chumqor tog' yonbag'irlaridan Boyqo'ng'ir, Ko'kjar, Tangatopdi, Jo'm-jo'm, Baxmalsoy kabi yirik soylar kelib qo'shilsa, Morguzar tog' yonbag'irlaridan esa nisbatan kichik bo'lgan Shamasoy, Yettiqo'ton, Quduqsoy, Galdraut, Xumsasoy, Otkamar kabi soylar qo'shiladi [1; 37 b]. Uning Sutlibuloq aholi manzilgohi yaqinidagi kengligi 80 m, chuqurligi 60 sm ni tashkil qiladi.

Sangzor daryosi Baxmal tumaniga qarashli Bo'ston aholi punkti hududida shimolga tomon ma'lum masofada oqqandan so'ng, Bolg'ali va Qashqabuloq aholi punktlari yaqinida yana sharqqa buriladi. Usbu hududda Sangzor daryosining o'zani toshloq bo'lib, ko'plab daryo irmoqlarini hosil qilgan.

Datyo G'allaoral shahгidan quyiгoqda Moгguzaг tog'i va Nurata tog' tizmasini ajratib, Jizzax dovoni yaqinidan oqib o'tadi. O'tish joyining eng toг qismi Amrn- Temuг (Ilon o'tdi) daivozasi deb nomlanuvchi daгani hosil qilgan.

Daradan so'ng daryo Jizzax shahri hududidan oqib o'tib, Jizzaxdan 9 km uzoqlikda qurilgan Jizzax suv omboriga kanal orqali suv beradi.

Vodiyni suv yig'ish havzalaгiga asoslangan holda maxsus geoaxborat dasturilari (GAT) vositasida alohida hudud sifatida ajratilganda uning umumiy maydoni 2598,0 km2 ni tashkil etishi ma'lum bo'ldi. Havzaning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 3405 m (Bozorconim), eng past nuqtasi 328 m bo'lib, Jizzax shari hududiga to'g'гi keladi (1-rasmga qaralsin).

1-rasm. Sangzor daryo havzasining tabiiy geografik xaritasi.

Izoh: xarita QGis dasturidagi A4 farmatli sahifaga mos masshtab asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Havza asosan sharqdan g'arb va shimoli-g'arbga yo'nalgan bo'lib, shu yo'nalishda pasayib hamda kengayib boradi. Havzaning eng tor qismi sharqiy, eng keng qismi esa shimoliy-sharqiy hududlariga to'g'ri keladi.

Sangzor daryo havzasi geomorfologik jihatdan janubi-sharqdan shimoli-g'artga tomon pasayib borib eng baland nuqtasi havzaning ekstremal chekka janubi-sharqiga, eng past nuqtasi esa shimoli-sha^iy qismiga to'g'ri keladi. Havzaning eng shimoliy nuqtasi Qo'ytosh tog'lrining janubi-sharqiy qismidan 40°15'33" shimoliy kenglikdan, janubiy chekka nuqtasi Chumqo! tog'ining boshlanish qismidan 39°33'7" shimoliy kenglikdan, sharqiy chekka nuqtasi

Morguzar tog'ining Turkiston tog'idan ajiralgan qismiga to'g'ri kelib, 68019'45" sharqiy uzunlikdan, chekka g'arbiy qismi esa G'o'bdin tog'ining sharqiy qismidan 67017'25'' sharqiy uzunlikdan o'tadi (2-rasmga qaralsin).

2-rasm. Sangzor daryo havzasining relyefi morfometrik xaritasi.

Izoh: xarita QGis dasturidagi A4 farmatli sahifaga mos masshtab asosida muallif tomonidan chiqildi.

Sangzor daryo havzasining relyefi xalqaro relyef morfometriyasi tasnifiga mos ravishda tasniflanib, ularning joylashuvi, yuza maydonlari, perimetrlari tahlil qilinganda uning umumiy ko'rinishi quyigagicha ko'rinish oldi.

Sangzor daryo havzasining relyefli morfometrik xaritasini tahlil qilinganda, yer yuzasining 500 metrgacha bo'lgan yerlar maydoni 58,3 km2, asosan shimoli-sharqiy qismida, 500-1000 metrgacha bo'lgan yerlar maydoni 1222,1 km2 bo'lib, sharqiy va 1000-1500 metrgacha bo'lgan yerlar 516,3 km2 ni tashkil qilib, markaziy, g'arbiy, shimoli-g'arbiy hududlarini egallaganligi aniqlandi.

Havzada 1500-2000 metrgacha bo'lgan hududlar 380,1 km2 bo'lib, 'Morguzar va Chumqor tog'ining yonbag'rlariga, 2000-2500 metrgacha bo'lgan maydonlar esa 269,3 km2 ni bo'lib, tog'larning o'rta va yuqori qismlarini egallaydi. Sangzor daryo havzasining 2500-3000 metrgacha bo'lgan 136,6 km2 hududi faqatgina Chumqor tog'ining yuqori qismlariga to'g'ri keladi. Havzaning eng kam maydonini 3000 metrdan yuqori hududlar 15,3 km2 ni tashkil qiladi (3-rasmga qaralsin).

Sangzor daryo havzasi relyefining morfometrik ko'rsatkichlari va ularning umumiy maydonga nisbatan ulushini quyidagi diagrammada ham ko'rish mumkin.

3-rasm. Sangzor daryo havzasi relyefining morfometrik ko'rsatkichlari (%

hisobida).

Xulosa. GAT asosida Sangzor daryo havzasini geomorfologik tahlil qilish orqali quyidagi asosli, shu vaqtga qadar to'la o'rganilmagan ma'lumotlarga ega bo'lindi:

1- Sangzor daryo havzasining shu kunga qadar to'liq belgilab olinmagan chegarasi gidrografik havzaga mos ravishda chegaralab olindi;

2- Sangzor daryo havzasining o'tkazilgan chegaralari asosida relyefli tabiiy xaritasi ishlab chiqildi (1-rasmga qaralsin);

3- Sangzor daryo havzasining chekka nuqtalarining kordinatalari aniqlanib, hudud bo'yicha alohida tayyorlangan relyefli tabiiy xaritaga tushirildi va shu asosda hududdan o'tgan 39o42' parallel bo'yicha ga'rbi va sharqi orasidagi masofa 88,8 km ekanligi aniqlandi;

4- Sangzor daryo havzasining relyefi xalqaro relyef morfometriyasi tasnifiga mos ravishda tasniflanib, ularning joylashuvi, yuza maydonlari, perimetrlari aniqlandi (2 va 3-rasmlarga qaralsin).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Алибеков Л.А., Нишонов С.А. Природные условия и ресурсы Джизакской области. - Ташкент: Узбекистан, 1978. - 255 c.

2. Xakimov K.A. Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni qo'llash. Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. O'zbekiston Milliy universiteti. Toshkent, 2022.

3. G'o'dalov M.R. Jizzax viloyati tabiati va uni muhofaza qilish. Monografiya. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.

4. Ismatov N.I. Chumqortog' relyeAning bazi xususiyatlari. Geografiyaning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand, 2006. 50-51 b.

1) www. yen.wikipedia. org/wiki/Landscape_planning

2) https://uz.geofumadas.com/global-mapper-in-se-va-mal/

3) https://ubunlog.com/uz/qgis-geospatial-information-ubuntu/

4) https://www.qgis.org/ru/site/

5) https://nextgis.ru/

6) https://www.argis.com/index.html

7) https://www.argis.com./apps/mapviwer/index.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.