Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI TAKOMILLASHTIRISHDA “CULTURAL SOFTWARE” NING О‘RNI'

SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI TAKOMILLASHTIRISHDA “CULTURAL SOFTWARE” NING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot-kommunikativ kompetentlik / san’at va madaniyat ta’limi / axborot texnologiyalar / dasturiy ta’minot / madaniy dasturiy ta’minot / multimedia / multimedia mahsuloti.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kurbanova A.T, Darvishev D.B

Mazkur maqolada dasturiy ta’minot tushunchasining olimlar tomonidan talqin etilishi va uning tahlili,san’at va madaniyat oliy ta’lim talabalarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish va uning asosiy omillaridan biri zamonaviy dasturiy ta’minotlardan kasbiy faoliyatlarida foydalanib, multimedia mahsulotlarini yaratish texnologiyasi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI TAKOMILLASHTIRISHDA “CULTURAL SOFTWARE” NING О‘RNI»

SAN'AT VA MADANIYAT TA'LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI TAKOMILLASHTIRISHDA "CULTURAL SOFTWARE" NING

O'RNI

1Kurbanova A.T, 2Darvishev D.B

Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri, PhD, dotsent, Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti "Axborot texnologiyalari"

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11207834

Annotatsiya. Mazkur maqolada dasturiy ta'minot tushunchasining olimlar tomonidan talqin etilishi va uning tahlili,san'at va madaniyat oliy ta'lim talabalarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish va uning asosiy omillaridan biri zamonaviy dasturiy ta'minotlardan kasbiy faoliyatlarida foydalanib, multimedia mahsulotlarini yaratish texnologiyasi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: axborot-kommunikativ kompetentlik, san'at va madaniyat ta 'limi, axborot texnologiyalar, dasturiy ta'minot, madaniy dasturiy ta'minot, multimedia, multimedia mahsuloti.

Annotation. This article describes This article describes the analysis of the concept of software by scientists, their use in the education of art and culture, development of information and communication competence, which is one of the main factors, the technology of creating multimedia products using modern software in their professional activities.

Key words: information and communication competence, education in the field of art and culture, information technology, software, cultural software, multimedia, multimedia products.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining asosiy qismini kompyuterlar tashkil etadi. Ma'lumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta'minotiga bog'liqdir. Biror bir dastursiz kompyuter xech qanday "bilim"ga ega emas. Shuning uchun biror kompyuterning qo'llanish sohasi undagi dasturlar to'plamiga chambarchas bog'liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo'llanishi tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan turli imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir.

Dasturiy ta'minot yoki SOFTWARE bu kompyuterda ma'lum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy ta'minotgina kompyuter — „quruq temir" degan atamani yo'qqa chiqargan.

Dasturiy vositalar kompyuter tomonidan qo'llaniladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE ya'ni „soft"-yumshoq, „ware"-"mahsulot" degan ma'noni bildiradi.

Dastur (program, routine)-vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko'rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir. Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga oladi2.

1 Lev Manovich. Software takes command. City University of New York (CUNY) Iyul 2013. 1-245p

Tadqiqotlarni o'rganish jarayonida sotsiologlar, faylasuflar, madaniy tanqidchilar, ommaviy axborot vositalari va yangi media nazariyotchilari hozirgi paytda axborot texnologiyalarining barcha jihatlarini tadbiq qilib kelishmoqda, qator yangi fanlarni yaratish orqali inqilob kiber madaniyat, internet tadqiqoti, yangi media nazariyasi, va vosita ostidagi raqamli madaniyat kabi elementlarning ko'pchiligini - dasturiy ta'minot orqali boshqarilishiga kam e'tibor berilmoqda. Dastur hali ham ko'pgina olimlar, rassomlar va madaniyat vakillari uchun ko'rinmas axborot texnologiyalari uning madaniy va ijtimoiy ta'siri ostida qolib ketmoqda.

So'nggi yillarda "Madaniy dasturiy ta'minot" ("cultural software") tushunchasining paydo bo'lishi san'at va mdaniyat sohasida dasturiy ta'minotlardan foydalanishni rivojlanishiga sabab bo'lmoqda.

Madaniy dasturiy ta'minot - bu madaniy to'g'ridan to'g'ri yuz millionlab odamlar tomonidan foydalaniladigan va bu madaniyatning "atomlari" ni (media vositalari va axborotlarini), shuningdek atrofdagi odamlarning o'zaro munosabatlari aks ettiriladigan dasturiy olamning eng katta qismi3.

Madaniy dasturiy ta'minot bu bir qancha madaniy faoliyatga bo'ysunadigan va uni tadqiq etadigan jarayondir. "Madaniy dastur" deganda "madaniyat" tushunchasi bilan birlashtirilgan amaliyotlarni ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlaydigan dastur turlari tushuniladi4

B.Malinovskiy va bir qancha "Madaniy dasturiy ta'minot" nazariyasining tarafdorlari ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda dasturiy ta'minot insoniyatning kundalik hayotida qay darajada xizmat qilayotgan bo'lsa, u madaniyat haqidagi mavjud g'oyalarni o'zgartirishning bevosita ishtirokchisi sifatida alohida e'tiborga loyiqdir5.

Hozirgi kunda san'at ma madaniyat xodimlarining asosiy kasbiy faoliyat olib boradigan maskanlaridan teatr va kinoda axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Masalan:

teatrda yangi texnologiyalarning shakllanishi tarixiy rivojlanish sharoitida dunyo rasmining sahna ko'rinishi o'zgarishi, turli davrlarning ijtimoiy-estetik xususiyatlari rivojlanishi bilan, texnologiyaning ajoyib estetikasi paydo bo'lishi va teatr texnik jihozlarining tobora kuchayib borishi, ajoyib san'atning yangi janrlari va shakllarini yaratishga hissa qo'shadi;

zamonaviy sahnagrafiyadagi axborot texnologiyalari an'anaviy grafika va rasm chizish texnikasining hissiy tomonini yanada batafsil professional xususiyatlarga ega bo'lgan sahnografiyaning yangi qirralarini shakllantirishga imkon berdi;

maxsus dasturlar yordamida tayyorlangan multimedia vositalari jozibadorligi, keng ko'lamliligi, maxsus effektlarining ko'pligi; ularni raqamli formatda aniq takrorlash va uzatishda aks etadi:

tayyor fayllardan sahnografiya yaratish bezatish elementlarini tez tayyorlashingizga imkon beradi: eng muhimi chiroyli fon, dekorativ pardalar, to'qimalarga taqlid qilish to'liq me'moriy nazoratni talab qilmaydi:

eskizlarni tezda o'zgartirish, ularni grafik dasturlarda ishlab chiqish, raqamli mediada to'liq matnli senariy fayllarini ixcham saqlash va yozib olish, kompyuterda 3D-modellashtirish, multimediya dasturlaridan foydalangan holda musiqa yaratish, global internetda professional ma'lumotlarni to'plash va uzatish va boshqa juda ko'p turli xil vazifalarni bajarishdan iborat;

2 Lev Manovich. Teorii soft-kulturi.- Nijniy novgorod.: Krasnaya lastochka, 2017 -208 s

Lev Manovich. The language of New Media. Cambridge, Mass.:MIT Press, 2001.-s 72.

4 Menchinskaya N.A. Problemi ucheniya i umstvennogo razvitiye shkolnikov: Izbranniye psixologicheskiye trudi. -M.: 1999. - 224 s.

pastonovkachi rassomning vazifasi qo'yilayotgan asar uchun sahnani rejissor yordamida, kelishgan holda har tomonlama mukammal va kerakli ko'rinishga keltirishdan iborat;

yangi texnologiyalar ushbu turdagi faoliyatni amalga oshirishning yangi tamoyillarini shakllantirishga yordam beradi. Ular ma'lumot to'plash, saqlash, qayta ishlash, chiqarish va tarqatishni ta'minlaydigan texnologik zanjirga birlashtirilgan usullar, ishlab chiqarish va dasturiy va texnologik vositalarning kombinatsiyalashda yaqindan yordan beradi;

zamonaviy teatr ijodida badiiy tillarning o'zaro ta'siri tendensiyalari, ularning semantik maydonlarining kesishishida namoyon bo'ladi;

yangi virtual texnologiyalar tomoshabinni kuzatuvchidan teatr san'ati asarining rivojlanishi va modifikatsiyasiga ta'sir ko'rsatadigan hammuallifga aylanishiga imkon beradi;

interaktivlik prinsipi rejissyor va tomoshabinni birgalikda yaratish shakli sifatida teatr san'ati asarini o'zgartiradi, ijodning xilma-xilligiga hissa qo'shadi;

ommaviy teatr spektakllari, shahar festivallari, karnavallar, festivallar, ko'ngil ochish, vizualizatsiya, informatsionlik janrlariga sintez qilingan yangi texnologiyalar, tomosha va ijodiy faoliyat shakli sifatida texnologiyani estetizatsiya qilishga yordam berdi;

millat teatrlarining sahnalashtirish jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanish sahnograflarning davrning yangi estetik talablariga javob beradigan spektakllarning badiiy qiyofasini yaratishda ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi;

o'quv teatrida yangi texnologiyalardan foydalanish talabalarni zamonaviy teatr talablariga tayyorlashga yordam beradi, o'quv jarayonini faollashtiradi;

yangi texnologiyalar teatr san'atini birlashtirish va globallashtirishga, shu jumladan spektakllarni Internetda onlayn translyatsiya qilish imkonini beradi.

Badiiy jarayon dinamikasini tubdan ta'sir qiluvchi yangi texnologiyalar badiiy amaliyotning zamonaviy turlari va shakllarining xilma-xilligi manbai hisoblanadi6.

Lev Monovich va tadqiqotchi olimlar "bizda madaniyat, san'at, ishlab chiqarish, turizm va dasturiy ta'minotdan foydalanish malakasi mavjud ekan, biz dasturiy ta'minot madaniyatida yashaymiz. Mana shuni e'tiborga olgan holda, san'at va madaniyat sohasining barcha jabhalarida qo'llaniladigan dasturiy ta'minot vasitalarini o'rganish, eng kichik ta'lab mana shu dasturlar imkoniyati haqidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish shu sohani rivojlantirishga hissa qo'shayotgan olimlarning o'z oldiga qo'ygan eng oliy maqsadidir", deb takidlab kelishmoqda. Shunday ekan biz multimedia mahsulotlarini yaratish imkoniyatlarini o'rganamiz.

San'at va madaniyat ta'lim muassasalari talabalarining axborot-kommunikativ kompetentligi - kasbiy sohada axborot bilan ishlash, ijtimoiy rollarni bajarish, ijodiy jarayonlarda sheriklarga tolerant munosabat, optimal kommunikativ muxitni yaratish, shaxsiy axborot texnologyalariga ega bilimlarni xammabop muxitga o'girish, Internet tarmog'ida ish bajarish, ichki va tashqi axborotni birlashtirish, yangi tizimlarni o'zlashitirish qobiliyati.

O'rganilgan tadqiqotlar asosida san'at va madaniyat sohasi ta'lim oluvchi talabalarning axborot-kommunikativ kompetentlikni egallaganlikning uchta darajasi farqlandi va u 1-rasmda aks ettirildi:

MINIMUM (minimum) - kasbiy faoliyatni tashkil etishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan minimal darajada foydalanish:

-zamonaviy multimediali kompyuterlarning texnik ta'minoti bilish;

5 Krechman D. L., Pushkov A. I., Multimedia svoimi rukami. - SPb.: Piter, 2000, -640 s.

-san'at va madaniyat sohasiga tegishli xujjatlar (ssenariy, tadbir dasturlari)ni va ma'naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy vositalar (taklifnoma, buklet, tabriknoma, tashrif qog'ozi)ni tayyorlash tayyorlashda muharrirlaridan foydalanish; -taqdimotlar tayyorlash va ular ustida amallar bajarish; -internet tarmog'ida axborotni qidirish ko'nikmalarini egallash;

MEDIUM (o'rta) - mutaxassisligidan qat'iy nazar san'at va madaniyat sohasida qo'llaniladigan amaliy dasturlardan foydalanish bilim va ko'nikmalarini egallash: -ovoz yozish dasturlari ning imkoniyatini bilish; -nota muharrirlarida partitura tayyorlash bilimiga ega bo'lish; -video ma'lumotlarni qayta ishlash malakasiga ega bo'lish; -grafik muharrirlardan foydalanish.

MAXIMUM (professional) - kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida yangi loyihalarni yaratish:

-animatsiya va multimediaviy loyihalash;

-klip, video lavhalarni va kinolarni professional dasturlar yordamida montaj qilish texnikasiga ega bo'lish.

kasbiy faoliyatni tashkil etishda

axborot kommunikatsion texnologiyalardan minimal darajada foydalanish

DARAJA

mutaxassisligidan qat'iy nazar san'at va madaniyat

sohasida qo'llaniladigan amaliy dasturlardan foydalanish bilim va ko'nikmalarini

kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida yangi

loyihalar (animatsiya va multimediaviy loyihalash, klip, video lavhalarni va kinolar)ni

1-rasm. san'at va madaniyat xodimlarida axborot-kommunikativ kompetentlikni

egallaganlik darajasi

Tadqiqot jarayonida san'at va madaniyat sohasi ta'limida talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi sifatida axborot texnologiyalari va ularning dasturiy ta'minotidan unumli foydalanishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilandi. Milliy va xorijiy tajribani tahlil etish asosida san'at va madaniyat oliy o'quv yurtlari talabalarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda dasturiy ta'minot va uning turlaridan qo'llash imkoniyatiga ko'ra foydalanish, ularning mazmun-mohiyati aniqlashtirildi. FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Lev Manovich. Software takes command. City University of New York (CUNY) Iyul 2013. 1-245p

2. Lev Manovich. Teorii soft-kulturi.- Nijniy novgorod.: Krasnaya lastochka, 2017 -208 s

3. Lev Manovich. The language of New Media. Cambridge, Mass.:MIT Press, 2001.-s 72.

4. Kurbanova A.T. Bo'lajak san'at va madaniyat xodimlarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivoilantirishning dasturiy ta'minoti // Obrazovaniye i innovatsionniye issledovaniya mejdunarodniy nauchno-metodicheskiy jurnal.-U. 2022. -10. —P.117-183.

5. Kurbanova A.T.Theoretical and practical conditions of development of information and communication competence of future cultural and art figures // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7 (12). —UK.-2019.—12.—P.28-33.

6. Kurbanova A.T. Talabalarda IT-kompetentlikni rivojlantirishda tyutorlik faoliyati // Ta'lim, fan va innovatsiyalar. —T. — 2 (2). -2023.—P. 375-379

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.