Научная статья на тему 'KASBIY FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI OSHIRISH USULLARI'

KASBIY FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

217
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / multimedia vositalari / shaxsning axborot madaniyati / kasbiy faoliyat / tarbiyaviy g‘oyalar tizimi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Naimjon Inomjonov, Bekjan Axmedov, Muhabbat Xalmetova

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda ta’lim-tarbiyada egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy g‘oyalar tizimi o‘rganilgan, pedagogning kasbiy faoliyatida axborotkommunikativ kompetentlikni ham uning tarkibiy qismi sifatida, ham shaxs axborot madaniyatining tarkibiy qismi sifatida baholanishi mumkinligi masalasi va uning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, yo‘llar ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBIY FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI OSHIRISH USULLARI»

jort^

gL

KASBIY FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI OSHIRISH USULLARI

Naimjon Inomjonov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti IO'M 19-1 (sirtqi) guruh talabasi

Bekjan Axmedov, Muhabbat Xalmetova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda ta'lim-tarbiyada egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy g'oyalar tizimi o'rganilgan, pedagogning kasbiy faoliyatida axborotkommunikativ kompetentlikni ham uning tarkibiy qismi sifatida, ham shaxs axborot madaniyatining tarkibiy qismi sifatida baholanishi mumkinligi masalasi va uning tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadigan omillar, yo'llar ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, shaxsning axborot madaniyati, kasbiy faoliyat, tarbiyaviy g'oyalar tizimi

Bunday sharoitda yuqori malakali pedagog kadrlarga bo'lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo'lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo'llash ko'nikma va malakasini puxta o'zlashtirgan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.

Mamlakatimizda ta'lim sohasida ro'y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta'lim muassasasida o'quv jarayoni metodik ta'minotini rivojlantirishni talab etmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo'lib qoladi. Ayni vaqtda o'quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakatimiz ta'lim muassasalarining o'quvlaboratoriya bazasini eng zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirishning samarali tizimini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

580

g

Shu nuqtai nazardan, axborot-kommunikativ kompetentlikni ham uning tarkibiy qismi sifatida, ham shaxs axborot madaniyatining tarkibiy qismi sifatida baholanishi mumkin. Ahamiyatli belgilar qatoriga axborot texnologiyalari asoslarini bilish, kompyuterdan zaruriy texnik vosita sifatida foydalanish, ta'lim makoni sub'ektlarining faol ijtimoiy pozitsiyasi va motivatsiyasining ifodalanganligi, axborotni izlash, tahlil qilish va foydalanishga oid bilim, ko'nikma va malakalar kiritiladi. U.Sh. Begimkulov, R.X. Djuraev, R.G. Isyanov, Sh.S. Sharipov, Sh.M. Adashboev, M.N. Soylarning «Pedagogik ta'limni axborotlashtirish: nazariya va amaliyot» (T.: «Fan», 2011) nomli ilmiy-metodik asarlarida keltirilgan mualliflarning qator ishlari muayyan kompetentlikni shakllantirish muammolarini tadqiq qilishga qaratilgan bo'lib, unda axborotkommunikativ kompetentlikni egallaganlikning uchta darajasi farqlanadi:

- bazaviy (tayanch) daraja - kompyuter savodxonligi uchun zarur bo'lgan tayanch bilim, ko'nikma va malakalar shakllangan; kasbiy faoliyatni tashkil etishda axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT)dan minimal foydalanish (elektron ko'rinishdagi axborotni yaratish, tahrir qilish, saqlash, nusxa ko'chirish va ko'chirishning umumiy usullarini egallash, taqdimot texnologiyalari vositasida axborotni taqdim qilish, internet tarmog'ida axborotni qidirish ko'nikmalarini egallash va h.k., tarmoqda o'zaro hamkorlikning muammo xarakteriga tobora mos keladigan va uni tobora optimal usullar bilan hal qilish imkonini beradigan usulini (yoki ularning kombinatsiyasini) tanlash);

- texnologik daraja - AKT amaliy faoliyatning instrumentiga (quroliga) aylanadi (internet-resurslar potensialini, ularning interaktivligi va axborotliligini maqsadi nuqtai nazaridan baholash; global kompyuter tarmog'i resurslari va dasturiy vositalarini asosiy texnologik, iqtisodiy, ergonomik va texnik talablarni hisobga olgan holda tahlil qilish; internet global tarmog'ida dasturiy-texnologik va axborot ta'minotni taqdim qilish sifati, vosita va shakllarini tahlil qilish);

- amaliy (professional) daraja - kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi vosita larni yaratish va ulardan ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda samarali foydalanish malakasiga ega bo'lish.

Axborot-kommunikativ kompetentlikning uch darajali modeliga mos holda pedagogda: - bazaviy daraja - pedagogning vazifalaridan kelib chiqib AKT vositalarida ta'limtarbiya maqsadlariga erishish uchun zarur bilim, malaka va ko'nikmalar invarianti;

- texnologik daraja - AKTni o'zlashtirish va pedagoglik faoliyatiga ixtisoslashtirilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish metodikasi va mazmuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, texnologiya hamda

resurslarni joriy qilishga tayyorlik;

October 20, 2023

g

g

- pedagogik (psixologik-pedagogik, metodik, ijodiy) daraja - kasbiy faoliyat maqsadlariga mos elektron vositalarini ishlab chiqish, AKT vositalaridan shaxsning ma'naviy kamolotini ta'minlash bo'yicha vazifalarni hal qilishda foydalanishni farqlash mumkin.

Ta'lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni nafaqat ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari va metodlarining o'zgarishiga, balki yangi metodlarning ham shakllanishiga olib keladi. Ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini joriy etishni tashkil etish va amalga oshirishda faoliyat yuritish algoritmining: mo'ljal olish (ta'lim-tarbiyaviy maqsadlar to'g'risidagi tasavvurlarni shakllantirish); amalga oshirish (ta'lim-tarbiya metodlari, usullari va vositalarini ko'zda tutilgan ketma-ketlikda amalga oshirish); nazorat qilish va tuzatish bosqichlari ketmaketligiga amal qilinadi. Ta'lim-tarbiya jarayonlarining samarali o'tishi va uning kutilgan natijalarni berishi bu jarayonda muayyan talab va shartlarga amal qilish lozimligini taqozo etadi. Quyidagi shartlarga qat'iy amal qilish tadbirlarni o'tkazishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonining samaradorligini ta'minlaydi:

- har bir ta'lim-tarbiyaviy tadbirni uyushtirishdan ko'zlangan aniq maqsadni belgilash;

- erishiladigan natijani bashoratlash;

- ta'lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari hamda natijalarini nazariy jihatdan asoslash;

- kasbiy faoliyatni tashkillashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish loyihasini yaratish;

- foydalanishi rejalashtirilgan texnologiyalarni natijani kafolatlashga safarbar

qilish;

- kasbiy faoliyatni intensiv asos, ya'ni maksimal ilmiy aniqlik, kam resurs sarflab samarali natijaga erishish asosida qurish;

- ta'lim-tarbiyaviy jarayonni boshqariluvchi jarayonga aylantirish;

- ta'lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan foydalanishga alohida e'tibor berish;

- tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar o'rtasida ijodiy hamkorlikni qaror toptirishga erishish;

- tarbiyalanuvchilarning faolliklarini oshirish;

- ta'lim-tarbiya maqsadiga erishilishdagi natijaviylikni tahlil etib borish, ekspert baholash

Ta'lim-tarbiyaviy faoliyat jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash tarbiya metodlarining samaradorligini oshirishga, tarbiyachilar mehnat faoliyatining o'zgarishiga, ularning ish

metodlarining takomillashishiga, pedagogik tizimlarning tarkibiy

October 20, 2023

g

g

o'zgarishiga olib keladi. Bu esa ma'naviyma'rifiy jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o'ziga xos vazifalarni qo'yadi. Ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:

- targ'ibot materiallarni ishlab chiquvchi jamoa tarkibiga pedagoglar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;

- ular o'rtasida vazifalarning taqsimlanishini;

- ta'lim-tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va mazkur faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.

Zamonaviy texnologiyalar asosidagi ta'lim-tarbiyaviy faoliyat:

- faoliyatning texnologik asosining tez rivojlanishi bilan bog'liq ravishda tadbir larni o'tkazish bilan bog'liq murakkab jarayonning yengillashuvini;

- tadbirlarni o'tkazishda pedagogning maxsus malakalarining shakllanishini;

- axborotlarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo'lgan talablarning va axborot materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyojlarning vujudga kelishini ta'minlaydi.

Ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari asosida tashkillashtirishdan maqsadni belgilashda dastlab quyidagi omillar aniqlanishi lozim:

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi;

- tadbirning maqsadiga erishishda qo'llaniladigan texnologiyalar;

- axborot materiallarini taqdim etish usullari;

- tadbir o'tkazish metodlari;

- taqdim etiladigan muhokamali topshiriqlarning turlari;

- munozara va bahslarni tashkil etish yo'llari;

- o'zaro aloqa usullari va muloqot.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayon uchun texnologiyalarni tanlashda quyidagi muhim omillarga:

- faoliyat jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanib tarbiyaning maqsadlariga erishishni ta'minlashning muhimligi;

- eng zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, an'anaviy texnologiyalar ham samara berishi mumkinligi;

- tadbirlarning samaradorligi natijalari axborot texnologiyalarining turiga qarab emas, balki tadbirlarni avvaldan ishlab chiqish, ularni qiziqarli o'tkazish sifatiga bog'liqligi;

- texnologiyalarni tanlashda talabalarning shaxsiy xususiyatlariga, tarbiyaviy faoliyat sohasining o'ziga xos tomonlariga e'tibor qaratish

lozimligini alohida ta'kidlash zarur.

October 20, 2023

jort^

gL

Elektron taqdimot - slaydlardan tadbirda ko'rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ta'lim-tarbiyaviy faoliyat jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, pedagogikpsixologik talablarga javob berishi kerak. Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda pedagogik va psixologik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishda quyidagi omillar muhim hisoblanadi:

- taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, ko'rgazmali, amaliyot bilan bog'langan bo'lishi;

- taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining o'zaro optimal variantida berilishi;

- taqdimot materiallarining bayon etilishi shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Berilayotgan axborotlar dars mavzusining mazmuniga mos bo'lishi bilan birga

o'quvchilarda zarur ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, o'zlashtirish lozim bo'lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma'lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning o'quvchi-yoshlar tayyorgarlik darajasiga mos bo'lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari muayyan amallarni ongli, muntazam, rejali amalga oshirishda o'zlashtiriladi. Ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda foydalanish mumkin bo'lgan vositalarni quyidagicha guruhlash mumkin:

- multimedia - tadbirlarda axborotning turli xil ko'rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlar va sintezlangan musiqalar, animatsiya, shuningdek, to'laqonli videokliplar, hatto videofilmlardan foydalanishni ta'minlaydi;

- interaktiv doska - bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta'minot matn, rasm, video - va audioma'lumotlar va ob'ektlar, hamda internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi;

- videoanjuman - masofadan turib foydalanuvchi guruhlar orasida (raqamli videoëzuv ëki oqimli video ko'rinishida ma'lumotlar almashinish) yig'ilish va munozaralar o'tkazish jaraënini ta'minlaydi;

- audioanjuman - tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning ma'lumotlarni ovozli-raqamli ko'rinishda almashinish jaraënini ta'minlaydi

Axborotlashgan jamiyatda ta'lim-tarbiya mazmunida egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

584

TechnoogejnmhmmamaimnmPiimmm

jort^

gi

tarbiyaviy g'oyalar tizimining tarkib topishiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi:

-jamiyat ehtiyojlari;

- milliy meros, buyuk allomalar va yetuk olimlarning zamonaviy metodologik qarashlari;

- umuminsoniy qadriyatlar;

- ilmiy-texnik taraqqiyot;

- ta'lim tizimining o'zida yuzaga keluvchi, ta'lim sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyojlar.

Ta'lim-tarbiyaviy faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayonida o'tkazilgan tadbir sifatini tashxis qilmay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarish, ta'lim-tarbiya maqsadiga erishishda bir qancha murakkabliklar vujudga keladi. Shu bois, barcha o'quv tadbirlarni o'tkazish jarayonlarida o'quvchilarning ma'naviy kamoloti darajasini belgilangan mezonlar va yondashuvlar orqali aniqlashda axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni tashkil etish, ularning ta'lim-tarbiya maqsadlariga mosligini nazorat qilish bu boradagi muammolarni yechish imkoniyatini yaratadi.

REFERENCES

1. Камалов, А. Ф. (2022). Масофавий укитишнинг мохияти, хусусиятлари, дидактик тамойиллари ва турлари. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 539-544.

2. Kamalov, A. F. (2022). Masofaviy ta'lim sharoitida metodik tayyorgarlikni takomillashtirishning pedagogik asoslari. TDPU Ilmiy axborotlari, 1(8), 416-420.

3. Kamalov, A. F. (2022). Masofaviy ta'lim orqali o'qitishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish. TDPU Ilmiy axborotlari, 1(9), 82-87.

4. Kamalov, A. F. (2022). Zamonaviy axborot texnologiyalarini masofaviy ta'limga qo'llash. TDPU Ilmiy axborotlari, 1(7), 429-433.

5. Kamalov, A. F. Masofaviy o'qitish orqali infromatika fanining o'qitish metodikasini takomillashtirish. TDPU Ilmiy axborotlari, 1(11), 75-80.

6. Юлдашев, С. Н., & Азимова, Ф. П. (2017). бозор иктисодиёти ривожланган мамлакатларда солик сиёсати тажрибаси. Экономика и финансы (Узбекистан), (6), 31-42.

7. Маджидов, А. А., Азимова, Ф. П., & Худайбердиева, И. (2015). Об инвестиционном и экспортном потенциале текстильной промышленности Узбекистана. Молодой ученый, (9), 655-658.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Азимова, Ф. (2023). Тукимaчилик корхонaларида молиявий натижаларнинг тахлили. Economics and education, 24(2), 67-72.

9. Азимова, Ф. П. (2023). Тукимачилик саноатининг тараккиёт стротегиясидаги белгиланган максадларга

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

585

Technologies^n^heEducationMproces^

эришишнинг истикболлари хусусида. Экономика и социум, (4-1 (107)), 408-411.

10. Азимова, Ф. (2022). Тукимачилик саноати корхоналари фаолияти самарадорлигини бошкаришни такомиллаштириш: https://doi. org/10.55439/ECED/vol23_iss5/a41. Экономика и образование, 23(5), 241-247.

11. Азимова, Ф. П. (2020). Тукимачилик корхонаси фаолият самарадорлигини бошкаришнинг назорат механизмини такомиллаштириш. Пахта тозалаш, 2(4), 109-111.

12. Сейтниязов, К. М. (2022). Традиционные географические названия. Экономика и социум, (11-2 (102)), 689-694.

13. Сейитниязов, К. М. (2022). Некоторые вопросы о Антропотопонимах. Международная конференция, 1(4), 4-8.

14. Сейитниязов, КМ. Некоторые вопросы о стандартизации топонимов Каракалпакии. Международная конференция, 1(12), 4-9.

15. Сейтниязов, К. М. (2022). Топонимические методы исследования географических объектов. География: природа и общество, (2).

16. Seitniyazov, K. M. (2023). Some traditional names in Toponimics. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(4), 842-845.

17. Сейтниязов, К. М. (2023). О некоторые положениях в определении названии географических объектов. Перспективы современной науки и образования, 1(1), 85-90.

18. Сейтниязов, К. М. (2023). Методы исследования в топонимике. Развитие науки и образования, 1(1), 101-106.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

586

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.