Научная статья на тему 'MATEMATIKA O`QITUVCHILARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TA’LIM MUHITIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH'

MATEMATIKA O`QITUVCHILARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TA’LIM MUHITIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
49
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
matematika / axborot / ta’lim muhiti / kompetentlik / elektron jadvallar / matematik paketlar / MathCAD / Mathematica / Maple / Matlab / Derive / Maxima.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — A.I. Jamolova, Z.E. Kamolova

Maqolada matematika o`qituvchilarida axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA O`QITUVCHILARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TA’LIM MUHITIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH»

MATEMATIKA O QITUVCHILARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TA'LIM MUHITIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

A.I. Jamolova1, Z.E. Kamolova2

Maqolada matematika o'qituvchilarida axborot-kommunikatsion ta'lim muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirish haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: matematika, axborot, ta'lim muhiti, kompetentlik, elektron jadvallar, matematik paketlar, MathCAD, Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Maxima.

Bugungi kunda, biz, axborot makonida yashamoqdamiz va u ta'lim jarayoniga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois ta'lim amaliyotiga «axborot makoni», «axborot-ta'lim makoni» kabi atamalar keng kirib kelmoqda. Axborot-ta'lim makoni - bu axborot ta'limiy maqsadlar uchun foydalaniladigan makon. Axborot makonining maqsadi esa, axborot-ta'lim makoni maqsadiga nisbatan kengroq. U o'z ichiga o'z bo'sh vaqtini tashkil etish imkoniyati haqidagi axborot (shu jumladan, musiqiy dasturlar)ni, shuningdek, siyosat, madaniyat, iqtisodiyotda qarorlar qabul qilish sohasini (ba'zan inson o'zi uchun yetarli bo'lmagan axborotni ongli ravishda qidirish) va insonni uni o'rab turgan ijtimoiy-madaniy sharoitga yo'naltirishni (masalan, Internet tarmog'idagi yangiliklar saytlari yordamida) oladi.

Axborot-kommunikatsion ta'lim muhitini yaratishdan asosiy maqsad o'qitish sifatini oshirish va qulay ta'lim olish uchun sharoit yaratish, ta'lim jarayoni samaradorligini va oliy ta'lim muassasasining raqobatbardoshligini ta'minlashdan iborat. Axborot-kommunikatsion ta'lim muhiti inson yoki insonlar guruhi tomonidan yaratiladi. Unga kiruvchi sub'yektlar unga moslashadi, o'zining ehtiyojiga uni moslashtiradi, ya'ni muayyan tartibda uni o'zgartiradi.

Matematika o'qituvchisining axborot-kommunikatsion ta'lim muhitidagi kompetentligini, bizning nazarimizda, shaxsning qobiliyatini ta'riflovchi quyidagi xususiyatlar tizimi sifatida tavsiflash maqsadga muvofiq: yangi axborotni mustaqil olish, baholash va yaratish; ob'yektlar va jarayonlarni, jumladan o'zining shaxsiy individual faoliyatini modellashtirish va loyihalash; axborotlashgan jamiyat a'zolariga ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalashga yo'naltirilgan ta'limiy masalalarni yechish; o'z kasbiy faoliyatida ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishni ta'minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash.

Bugungi kunda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llab matematika fanlarini o'qitish, shu bilan birga, ta'lim oluvchilarni ularning murakkab olamiga olib kirish va axborot madaniyatini shakllantirishga qobiliyatli o'qituvchilarni tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ular o'quvchilar psixologiyasini yaxshi bilishi, o'qitishning metodik uslublariga ega bo'lishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi egallagan bo'lishi kerak. Bizning nuqtai nazarimizcha, bunday pedagoglar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari lozim: o'qitish va rivojlantirishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini bilish; matematikani o'qitishni tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish usullariga ega bo'lish; o'rganilgan mavzuning o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash va o'z-o'zini nazorat qilishni tashkil etishda kompyuterni qo'llashni bilish; o'qitishning axborotli va an'anaviy texnologiyalarini optimal moslashtirishni bilish; o'quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo'llash va boshqalar.

Ta'limni axborotlashtirish, avvalambor, uchta asos, ya'ni texnik tuzilmalar, dasturiy ta'minot va o'quv-uslubiy ta'minotdan iborat axborot-kommunikatsion ta'lim

1 Jamolova Aziza Inoyatovna - Buxoro tuman 19- maktab matematika va informatika fani o'qituvchisi, Buxoro, O'zbekiston.

2Kamolova Zubayda Erkinovna - BuxDU Fizika-matematika fakulteti 1-6 MAT-19 guruhi talabasi, Buxoro, O'zbekiston.

muhitidagi didaktik jarayonning o'quv ta'minotini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Didaktik nuqtai nazardan sanab o'tilgan asoslardan eng muhimi - o'quv-uslubiy ta'minotdir. Aynan u, kompyuterli o'qitish texnologiyasi jarayonini aniqlaydi va belgilaydi.

Shunday qilib, jamiyatning axborotlashtirilishi bilan aniqlanuvchi matematika o'qituvchisini tayyorlashga kompetentli yondoshuv quyidagi umumiy talablarni ishlab chiqishga imkon beradi: matematik fanlar qatorida umumkasbiy fanlarning o'rni va roli, matematika kursining mazmunini o'zlashtirishni ta'minlovchi, maktab matematika va informatika kurslari orasidagi fanlararo bog'lanishlarni shakllantirish uchun ahamiyatli zamonaviy axborot tizimlari, umumkasbiy fanlarni o'qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo'llashda pedagogik amaliyot va umumkasbiy fanlar bo'yicha multimediali va tarmoqli resurslar hamda ta'limni axborotlashtirish sharoitlarida kursni o'qitishga metodik yondoshuvlarning xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo'lish; nostandart matematik masalalarni yechish, umumkasbiy fanlarning boshqa fanlar bilan fanlararo bog'lanishini amalga oshirish, kurs bo'yicha o'quv jarayonini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini baholash va tanlash, turli mashg'ulotlarni o'tkazishda ularni qo'llash usullarini ishlab chiqish, o'qitishning an'anaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashning maqsadga muvofiqligini aniqlash bo'yicha bilimlar va ko'nikmalarga ega bo'lish; kompyuter orqali o'quv, ko'rgazmali, uskunali boshqarish, axborotni yig'ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun dasturiy vositalar va apparatli qurilmalarni qo'llash, hisoblash va axborot-qidiruv faoliyat jarayonini avtomatlashtirish, o'rganilayotgan ob'yektlar haqidagi axborotlarni kompyuterli vizuallashtirish, ekranda grafiklar va diagrammalarni qurish bo'yicha ko'nikma va malakalarga ega bo'lish.

Matematika sohasida o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblangan yangi axborot texnologiyalarining asosiy dasturiy vositalariga, biz, quyidagilarni kiritamiz: elektron jadvallar, matematik paketlar va tizimlar, kompyuterli geometrik muhit, matematika bo'yicha elektron o'quv-metodik majmua.

Matematik paketlar orasida masalalarni yechish uchun eng ko'p foydalaniladiganlari - MathCAD, Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Maxima hisoblanadi. Bu matematik paketlar mashg'ulotlarda matematik masalalarni yechish (oddiy hisoblashlar, optimallash masalasi, xususiy hosilali differensial tenglamalar) uchun, statistik hisoblashlarni bajarish uchun, jarayon va hodisalarni kompyuterli modellashtirish va boshqa shu kabilar uchun qo'llaniladi. Barcha amallar vizual holda bajariladi, maxsus matematik va boshqa funksiyalar majmuasi, olingan natijalarni grafik tasvirlash imkoniyatlari mavjud. Bu tizimlardan, shuningdek, ko'p sonli masalalarni yechishda, funksiyani tekshirish va uning grafigini qurishda, funksiya hosilasini hisoblashda, berilgan nuqtada funksiyaning va ifodaning qiymatini hisoblashda va boshqa shu kabilarda o'z-o'zini nazorat qilish uchun foydalanish mumkin.

Shunday qilib, matematika o'qituvchisida kasbiy kompetentlikni shakllantirish uchun ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integrasiyasi, ulardan ta'limda, tarbiyada va ta'lim oluvchini rivojlantirishda asosli foydalanish, kasbiy faoliyatni ta'minlash uchun rasional foydalanish zarur ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Temurov S.Y. Bo'lajak matematika o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2014.

© A.I. Jamolova, Z.E. Kamolova, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.