Научная статья на тему 'SAMARQAND SHAHRI VA UNING ATROFIDAGI HUDUDLARDA TARQALGAN KAPTARSIMONLARNING OZIQLANISHIGA KO‘RA XUSUSIYATLARI'

SAMARQAND SHAHRI VA UNING ATROFIDAGI HUDUDLARDA TARQALGAN KAPTARSIMONLARNING OZIQLANISHIGA KO‘RA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
96
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik musicha / ko’k kaptar / ekologiyasi / oziqlanishi / ozuqa turi / donli ekinlar. / small muskrat / blue dove / ecology / nutrition / type of nutrition / cereals.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Raxmonova, Z.P., Muxtarov, A.

Samarqand shahri va unga yaqin hududlardagi antropogen landshaftlarida uchraydigan umurtqali hayvonlar orasida qushlar bioxilma-xilligi va ko‘p sonliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan ham ular shahar landshaftlarida muhim o‘rin tutadi. Shahar hududida antropogen omillar kompleksi mujassamlashganligi va ularning jadal suratda o‘sishi, qushlar hayotining barcha sikllariga ta`siri doimiy ravishda davom etadi. Shuning uchun ham urbanizasiyalash hududlarda o‘ziga xos qushlar faunasi bosqichma – bosqich shakllanadi va yashash joylarining o‘zgarishiga moslashadi, hamda ko‘payish biologiyasi, ekologiyasi bilan bir qatorda ularning oziqlanish xususiyatlariga ta`sir etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ ПИТАНИЯ ГОЛУБЕЙ РАСПРОСТРАНЕН В САМАРКАНДЕ И ЕГО ТЕРРИТОРИЯХ

Among the vertebrates found in the anthropogenic landscapes of Samarkand and adjacent territories, birds are distinguished by biodiversity and diversity. In this regard, they play an important role in urban landscapes. The complex of anthropogenic factors within the city limits and their rapid growth continue to influence all life cycles of birds. Therefore, in urban conditions, the bird fauna is gradually formed and adapts to changes in habitats, and also affects the biology and ecology of reproduction, as well as the characteristics of their diet.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND SHAHRI VA UNING ATROFIDAGI HUDUDLARDA TARQALGAN KAPTARSIMONLARNING OZIQLANISHIGA KO‘RA XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SAMARQAND SHAHRI VA UNING ATROFIDAGI HUDUDLARDA TARQALGAN KAPTARSIMONLARNING OZIQLANISHIGA KO'RA

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2 kurs magistranti., Samarqand sh. aktam. muxtarov87@gmail. com

Samarqand shahri va unga yaqin hududlardagi antropogen landshaftlarida uchraydigan umurtqali hayvonlar orasida qushlar bioxilma-xilligi va ko'p sonliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan ham ular shahar landshaftlarida muhim o'rin tutadi. Shahar hududida antropogen omillar kompleksi mujassamlashganligi va ularning jadal suratda o'sishi, qushlar hayotining barcha sikllariga ta^siri doimiy ravishda davom etadi. Shuning uchun ham urbanizasiyalash hududlarda o'ziga xos qushlar faunasi bosqichma - bosqich shakllanadi va yashash joylarining o'zgarishiga moslashadi, hamda ko'payish biologiyasi, ekologiyasi bilan bir qatorda ularning oziqlanish xususiyatlariga ta "sir etadi.

Kalit so'zlar: Kichik musicha, ko'k kaptar, ekologiyasi,oziqlanishi, ozuqa turi, donli ekinlar.

Among the vertebrates found in the anthropogenic landscapes of Samarkand and adjacent territories, birds are distinguished by biodiversity and diversity. In this regard, they play an important role in urban landscapes. The complex of anthropogenic factors within the city limits and their rapid growth continue to influence all life cycles of birds. Therefore, in urban conditions, the bird fauna is gradually formed and adapts to changes in habitats, and also affects the biology and ecology of reproduction, as well as the characteristics of their diet.

Keywords: small muskrat, blue dove, ecology, nutrition, type of nutrition, cereals.

Bugungi kunda Samarqand shahri hududida Kaptarsimonlar turkumi vakillaridan kichik musicha va ko'k kaptarni ko'p uchratamiz. Ular inson bilan yonma-yon yashovchi sinantrop qush bo'lib, uning biologik ahamiyatini xususan, ovqatlanish xususiyatlarini o'rganish muhim hisoblanadi.

XUSUSIYATLARI

Raxmonova Z.P, Muxtarov A.,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA

Tadqiqotimizning maqsadi kichik musicha va ko'k kaptarning shahar va unga yaqin hududlarda oziqlanishiga xos bo'lgan xususiyatlarini o'rganish va solishtirishdan iborat. Tadqiqotimizni o'tkazishda kichik musicha va ko'k kaptarning yashash joylari, tarqalgan agrosenozlarni kuzatish. Jig'ildonini tekshirish orqali oziqlanish xususiyatlarini solishtirib, o'rganish vazifalari qo'yildi.

Mavzuni o'rganishda G.A. Novikov ishlab chiqqan dala kuzatish uslubidan keng foydalanildi [-].Mavzuga oid materiallar Samarqand shaxri tarixiy obidalari Kichik musichaning biologiyasiga doir materiallar: Turkum: Kaptarsimonlar - Columbiformes Oila: Kaptarlar - Columbidae Urug': G'urraklar - Streptopelia Tur: Kichik musicha - Streptopelia senegalensis L. Kenja tur: Musicha - Streptopelia senegalensis ermanni

Kichik musicha kaptarsimonlar orasida O'zbekiston hududida eng keng tarqalgan. Qanotining uzunligi 121-148 mm. Tashqi ko'rinishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Boshi va bo'yni ko'kish pushti rangda, tanasining orqa yelka qismi, dum usti, qanotining ustki qoplovchi patlari jigarrang tusdagi qo'ng'ir rangda bo'ladi. Dum usti patlarida va orqasining ustki qismida kulrang tus aralashmasi bo'ladi [1]. O'zbekistonda O'rta Osiyoning boshqa kichik respublikalari singari musichaning Streptopeliya senegalenses ermanni kenja turi uchraydi. Kichik musichaning tur areali butun Afrika, Old Osiyo, Eron, Pokiston va Xindistonni qamrab oladi [2]. Barcha o'troq qushlar singari musichalar ham ancha erta uyalashga kirishadi. Z.L.Satayeva [3] ularning sayrashini fevral oyidayoq qayd etgan. Ko'k kaptarning biologiyasiga doir materiallar: Turkum: kaptarsimonlar - Columbiformes Oila: Kaptarlar - Columbidaye Urug': kaptarlar - Columba Tup: ko'k kaptar - Columba livia

Kenja tur: O'rta Osiyo ko'k kaptari - Columba livia neglecta Ko'k kaptar o'rtacha kattalikdagi qush bo'lib, qanotining uzunligi 184-240 mm ni tashkil etadi. Tashqi tuzilishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Tanasining umumiy rangi ko'kimtir, boshi, dumi, dum usti va dum osti qoplovchi patlari qoramtir rangda, yelkasining orqa qismi ochiq rangda bo'ladi. Qoquv patlari kulrang uchi qora. Qanotidan ko'ndalangiga ikkita parallel yo'l-yo'l chiziq o'tadi. Qanotining pastki qoplovchi patlari oq, tumshug'i qora, oyog'i qizil rangda bo'ladi. Yosh qushlarning patlarining orqa va jig'ildon qismida qo'ng'ir tus bo'ladi [1]. O'zbekistonda ko'k kaptarning O'rta Osiyoda uchrovchi Columba livia neglicta kenja turi yashaydi. Ko'k

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kaptar shimoliy Afrika, O'rta Yer Dengizining janubidagi mamlakatlarda va Osiyoning janubi-g'arbiy qismida keng tarqalgan.

NATIJALAR

Biz olib borgan tajribalarga ko'ra Samarqand shaxri tarixiy obidalarda, maqbaralarda kaptarsimonlar turkumiga mansub ko'k kaptar, qumri, kichik musicha qayd etilgan. Ular ayniqsa, Registon maydonida ko'proq ekanligi aniqlangan. Shahar atrofidagi hududlarda kichik musicha va qumrini ko'proq uchratishimiz mumkin.

Bu qushlarning oziqlanish xususiyatlarini o'rganish davomida shu malum bo'ldiki, kaptarsimonlar ko'pincha bug'doy, makkajo'xori, loviya, mosh, arpa va begona o't ekinlarining urug'lari bilan oziqlanadilar. Biz kuzatgan Samarqand shahri obidalaridagi ko'k kaptarlarning jig'ildoni va oshqazoni tekshirib ko'rilganda, quyidagi natijalar olindi (1-jadval):

Tatqiqot o'tkazilgan payt (bir kunlik ) Bug'doy Makkajo'xori Loviya Mosh Arpa Begona o't urug'lari

Iyul 70 7 0 16 5 40

Avgust 30 19 0 0 3 35

Sentabr 17 24 6 20 0 78

Oktabr 102 9 4 87 0 43

Noyabr 135 0 1 74 0 5

Samarqand shahri atroflarida olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, bitta ko'k kaptar bir kun davomida mavsumga qarab (iyul-noyabr oralig'ida), 512 ta donni yeyishi mumkin. Bu donlarning o'rtacha massasi 29,1 grammga teng keladi. Bir oy ichida ko'k kaptar 873 gramm donni yeydi. Bir yilda 10.5 kg donni iste'mol qilishi mumkin.

XULOSA

Hamma kaptarsimonlarga xos bo'lgan holda kichik musicha va ko'k kaptarlar mavsumga qarab ozuqa tarkibi o'zgarib turadi. Ular kuz faslida turli xil ekinlar yig'ib olinadigan mavsumda asosan donli ekinlar bilan: bug'doy, arpa, loviya, mosh bilan

976

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oziqlansa, yilning boshqa fasllarida begona o'simliklar urug'lari bilan birga turli xil oziq - ovqat qoldiqlari: non va non mahsulotlarini iste'mol qiladi. Kichik musicha va ko'k kaptar biologiyasi o'rganilishi natijasida.

REFERNCES

1. Богданов О.П., Мекленбурцев Р.Н. Фауна Узбекской ССР. - Ташкент, Т. I., Ч. Птицы, 1956.

2. Мекленбурцев Р.Н. Голубиные. В. Кн. Птицы Узбекистана. Изд- во «Фан», Ташкент, 1990.

3. Сатаева З.Л. Слена сезонных аспектов авифауны по Ташкент и его акрестнастям. Тр САГУ, сер УШ-а, зоол., вып.29.

4. Зохидов Т.З., Мекленбурцев Р.Н. Природа и животный мир Средней Азии.-Ташкент, Укитувчи, 1969.

5. Мекленбурцев Р.Н. Голубиные. В. Кн. Птицы Узбекистана. Изд- во «Фан», Ташкент, 1990.

6. http:// birds.ru.

7. Лановенко Е.Н. Стратегия гнездования малой горлицы в городских коллективных поселениях.//Мат.1У Респуб.орнит.конф.Ташкент,1994.-С.34- 36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.