Научная статья на тему 'SAMARQAND SHAHRI SHAROITIDA KICHIK MUSICHA VA KO'K KAPTARNING UYALASH BIOLOGIYASI'

SAMARQAND SHAHRI SHAROITIDA KICHIK MUSICHA VA KO'K KAPTARNING UYALASH BIOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

204
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik musicha / ko’k kaptar / uya qurish / tuxum qo’yish / tuxum bosib yotish. / Streptopelia senegalensis / Columba livia / nesting / laying eggs / incubating eggs.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zebiniso Pulatovna Raxmonova, Aktam Uktamovich Muxtorov

Bugungi kunda Samarqand shahri hududida Kaptarsimonlar turkumi vakillaridan kichik musicha va ko’k kaptarni ko’p uchratamiz va ular insonlar bilan yonma-yon yashab ulardan cho’chimaydi. Ko’k kaptar va kichik musicha inson bilan yonma-yon yashovchi sinantrop qush bo’lib, uning biologik ahamiyatini o’rganish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada ko’k kaptar va kichik musichanining uya qilish biologiyasini o’rganib, uning qiyosiy эkologiyasi yoritishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BREEDING BIOLOGY OF THE STREPTOPELIA AND COLUMBA LIVIA IN THE CONDITIONS OF SAMARKAND CITY

At present, on the territory of the city of Samarkand, from the representatives of the Columbiformes order, the Streptopelia senegalensis and Columba livia are numerous species, they live next to humans and are considered synanthropic species. Their way of life is closely related to human economic activity, therefore, the study of their importance in nature and huma n life is of great scientific and practical importance. This article attempts to illuminate the comparative ecology of the Streptopelia senegalensis and Columba livia based on the study of their nesting biology.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND SHAHRI SHAROITIDA KICHIK MUSICHA VA KO'K KAPTARNING UYALASH BIOLOGIYASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

SAMARQAND SHAHRI SHAROITIDA KICHIK MUSICHA VA KO'K KAPTARNING UYALASH BIOLOGIYASI

Zebiniso Pulatovna Raxmonova

Samarqand Davlat universiteti dotsenti

Aktam Uktamovich Muxtorov

Samarqand Davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda Samarqand shahri hududida Kaptarsimonlar turkumi vakillaridan kichik musicha va ko'k kaptarni ko'p uchratamiz va ular insonlar bilan yonma-yon yashab ulardan cho'chimaydi. Ko'k kaptar va kichik musicha inson bilan yonma-yon yashovchi sinantrop qush bo'lib, uning biologik ahamiyatini o'rganish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada ko'k kaptar va kichik musichanining uya qilish biologiyasini o'rganib, uning qiyosiy эkologiyasi yoritishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Kichik musicha, ko'k kaptar, uya qurish, tuxum qo'yish, tuxum bosib yotish.

BREEDING BIOLOGY OF THE STREPTOPELIA AND COLUMBA LIVIA IN THE

CONDITIONS OF SAMARKAND CITY

ABSTRACT

At present, on the territory of the city of Samarkand, from the representatives of the Columbiformes order, the Streptopelia senegalensis and Columba livia are numerous species, they live next to humans and are considered synanthropic species. Their way of life is closely related to human economic activity, therefore, the study of their importance in nature and human life is of great scientific and practical importance. This article attempts to illuminate the comparative ecology of the Streptopelia senegalensis and Columba livia based on the study of their nesting biology.

Keywords: Streptopelia senegalensis, Columba livia, nesting, laying eggs, incubating eggs.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

KIRISH

Kaptarsimonlar turkumi vakillaridan kichik musicha va ko'k kaptar Samarqand shahri hududida keng tarqalgan bo'lib insonlardan cho'chimaydi, ular bilan yonma-yon yashashadi. Kichik musicha sharoit bo'lsa hatto qish oylarida ham ko'payishni davom ettiradi. Shu jihatdan olib qaralganda ushbu turkum vakillarining uyalash biologiyasini o'rganish dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqotimizning maqsadi kichik musicha va ko'k kaptarning uyalash biologiyasini o'rganish va solishtirishdan iborat.

Tadqiqotimizni o'tkazishda kichik musicha va ko'k kaptarning yashash joylari va uyalarini, tuxumlarini bosish va paloponlarini uyada rivojlanishini solishtirib o'rganish vazifalari qo'yildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiqotlar uchun 4 ta kichik musicha va 6 ta ko'k kaptarlar uyalari kuzatildi va uyalardagi 8 ta kichik musicha va 12 ta ko'k kaptar tuxumlari topildi. Bu ikkala qushning uya o'lchamlari, tuxumining og'irligi va o'lchami hisoblandi.

O'rganilayotgan qushlarning tuxumlari va polaponlarining og'irligi apteka tarozida, o'lchamlari chizgich va shtangensirkul yordamida o'lchandi. Tuxumlarining o'lchamlari va og'irligi quyidagi formulalar asosida statistik qayta ishlandi:

- O'rtacha arifmetik qiymat

X a2 - kvadratlar yig'indisi n - barcha tuxumlar soni

- O'rtacha arifmetik qiymat

O - kvadrat xato n - barcha tuxumlar soni

n

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 95 www.ares.uz

a

N

m

J

O

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

D 1 kvadrat xato

X a2 - kvadratlar yig'indisi n - barcha tuxumlar soni

C c - variasiya = - koeffisienti

M

O - kvadrat xato M - o'rtacha arifmetik qiymat

Kichik musichaning biologiyasiga doir materiallar:

Turkum: Kaptarsimonlar - Columbiformes Oila: Kaptarlar - Columbidae

Urug': G'urraklar - Streptopelia

Tur: Kichik musicha - Streptopelia senegalensis L.

Kenja tur: Musicha - Streptopelia senegalensis ermanni

Kichik musicha kaptarsimonlar orasida O'zbekiston hududida eng keng tarqalgan. Qanotining uzunligi 121-148 mm. Tashqi korinishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Boshi va boyni kokish pushti rangda, tanasining orqa yelka qismi, dum usti, qanotining ustki qoplovchi patlari jigarrang tusdagi qo'ng'ir rangda boladi. Dum usti patlarida va orqasining ustki qismida kulrang tus aralashmasi boladi [1]. O zbekistonda O rta Osiyoning boshqa kichik respublikalari singari musichaning Streptopeliya senegalenses ermanni kenja turi uchraydi. Kichik musichaning tur areali butun Afrika, Old Osiyo, Eron, Pokiston va Xindistonni qamrab oladi [2]. Barcha o'troq qushlar singari musichalar ham ancha erta uyalashga kirishadi. Z.L.Satayeva [3] ularning sayrashini fevral oyidayoq qayd etgan. Ko'k kaptarning biologiyasiga doir materiallar: Turkum: kaptarsimonlar - Columbiformes Oila: Kaptarlar - Columbidaye Urug': kaptarlar - Columba Tup: ko'k kaptar - Columba livia

Kenja tur: Orta Osiyo kok kaptari - Columba livia neglecta

Ko'k kaptar o'rtacha kattalikdagi qush bo'lib, qanotining uzunligi 184-240 mm

ni tashkil etadi. Tashqi tuzilishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Tanasining umumiy

rangi ko'kimtir, boshi, dumi, dum usti va dum osti qoplovchi patlari qoramtir rangda ,

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 96 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

yelkasining orqa qismi ochiq rangda bo'ladi. Qoquv patlari kulrang uchi qora. Qanotidan ko'ndalangiga ikkita parallel yo'l-yo'l chiziq o'tadi. Qanotining pastki qoplovchi patlari oq, tumshug'i qora, oyog'i qizil rangda bo'ladi. Yosh qushlarning patlarining orqa va jig'ildon qismida qo'ng'ir tus bo'ladi [1]. O'zbekistonda ko'k kaptarning O'rta Osiyoda uchrovchi Columba livia neglicta kenja turi yashaydi. Ko'k kaptar shimoliy Afrika, O'rta yer Dengizining janubidagi mamlakatlarda va Osiyoning janubi-g'arbiy qismida keng tarqalgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Biz olib borgan tajribalarda ko'ra kichik musichalar Samarqand shahri sharoyitida uyalarini ayvonlarning to'siqlari orasiga, ko'p qavatli yuqori panelli uylar deraza romiga, daraxt ustiga quradi. Kuzatishimiz ostiga olingan uyalarning ikkitasi deraza romiga (50 %), bittasi ayvon to'siqi orasiga (25 %), bittasi olcha daraxtida (25 %), joylashgan edi.

Kuzatishlarimizga ko ra kichik musichalarning uyalari yassi likopcha korinishida, uya materiallari juda siyrak joylashgan bolib, uyaning ortacha diametri 15,6 sm, uya latogining chuqurligi 1,95 sm, uyaning yerdan balandligi 5,75 metrni tashkil etadi.(l-jadval).

1-jadval

Kichik musicha uyalarining o'lchamlari

Tur Uyaning qurilgan Joyi Uya diametri (sm) Uya lotogining chuqurligi (sm) Uyaning yerdan balandligi (m)

Kichik musicha Deraza romiga 16,2 1,9 6,5

Kichik musicha Deraza romiga 14,5 2,2 10

Kichik musicha Ayvon to'siqi 15,8 2 3,5

Kichik musicha Olcha daraxti 16 1,7 3

O'rtacha 15,6 1,95 5,75

T.Z.Zohidov va R.N.Meklenbursevlarning [4] ma'lumotlariga ko'ra kichik musichalarning uyalarida kopincha 2 ta kamdan-kam hollarda 3ta, ba'zan esa faqat bitta tuxum bo'ladi.

2-jadval

Kichik musicha tuxumining o'lchamlari

O'lchanadigan Minimal Maksimal M ±m ±o C n

kattaliklar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

Uzunligi (mm) 25 26 25,6 0,10 0,50 0,75 8

Kengligi (mm) 21 22 21,4 0,08 0,46 0,86 8

Massasi (gr) 9 10 9,7 0,15 0,81 0,89 8

Bizning tajribalarimizda kuzatish ostidagi 4 ta uyaning hammasida 2 tadan tuxumlar borligi aniqlandi. Ularning uzunligi (n=8) 25,6 mm, eni 21,4 mmni, ogirligi 9,7 g ni tashkil etadi.(2-jadval).

T.Z Zohidov, R.I Meklenburstevlarning [4] malumotlariga ko'ra ko'k kaptarlar uyasini imoratlarining bo'rtib chiqib turuvchi qismlariga, o'yilgan joylariga, yoki keng tirqishlariga quradi. Uya quruq shoxchalardan ehtiyotsizlik bilan quriladi.

3-jadval

Ko'k kaptar uyalarining o'lchamlari

Uyaning Uya Uya Uyaning

Tur qurilgan diametri lotogining yerdan

Joyi (sm) chuqurligi (sm) balandligi (m)

Ko'k kaptar Chordoq 18 2,1 18

Ko'k kaptar Chordoq 19 2 18,5

Ko'k kaptar Chordoq 18,5 2,5 19

Ko'k kaptar Chordoq 20 2,6 19

Ko'k kaptar Chordoq 21 2,4 18,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ko'k kaptar Chordoq 20,5 2,2 18

O'rtacha 19,5 2,3 18,5

Bizning kuzatishlarimizga ko'ra ko'k kaptarlar ko'p qavatli imoratlarning chordoqlariga uya quradi. Nazoratimiz ostidagi uyalarining xammasi 5 qavatli binoning chordog'ida joylashgan edi. Uyaning ortacha diametri 19,5 sm, uya latogining chuqurligi 2,3 sm, uyaning yerdan balandligi 18,5 metrni tashkil etadi.(3-jadval).

4-jadval

Ko'k kaptar tuxumining o'lchamlari

O'lchanadigan Minimal Maksimal M ±m ±C C N

kattaliklar

Uzunligi (mm) 34 36 35,4 0,14 0,56 0,7 12

Kengligi (mm) 28 29 29,2 0,08 0,43 0,82 12

Massasi (gr) 11 12 11,4 0,19 0,85 0,85 12

T.Z.Zoxidov va R.N.Meklenbursevlarning ma'lumotiga ko'ra [13] ko'k kaptarlar odatda 2 ta tuxum quyadi. Bizning kuzatishlarimizga kora ham ko k

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-94-99

kaptarning uyasida 2 ta tuxum bo lishi aniqlandi. Tuxumlarning uzunligi 36,6 mm, eni 29,1mm, ogirligi 11,3 grammni tashkil etadi.(4-jadval).

XULOSA

Hamma kaptarsimonlarga xos bo'lgan holda kichik musicha va ko'k kaptar dag'al va mustahkam bo'lmagan uya qo'yadi. Kichik musicha va ko'k kaptar odatda ikkita tuxum qo'yadi, ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra tuxumlar soni 1 -3 tagacha bo'ladi. Kichik musicha va ko'k kaptar biologiyasi o'rganilishi natijasida ularning uya tuzilishi va tuxum qo'yish soni o'xshash bo'lsada, ko'k kaptar uyasining yirikligi, tuxumining og'irligi va kattaligi hamda asosan chordoqda uya qurishi bilan kichik musichadan farq qilishi aniqlandi.

REFERENCES

1. Богданов О.П., Мекленбурцев Р.Н. Фауна Узбекской ССР. - Ташкент, Т. I., Ч. Птицы, 1956.

2. Мекленбурцев Р.Н. Голубиные. В. Кн. Птицы Узбекистана. Изд - во «Фан», Ташкент, 1990.

3. Сатаева З.Л. Слена сезонных аспектов авифауны по Ташкент и его акрестнастям. Тр САГУ, сер VIII-а, зоол., вып.29.

4. Зохидов Т.З., Мекленбурцев Р.Н. Природа и животный мир Средней Азии.-Ташкент, Укитувчи, 1969.

5. Мекленбурцев Р.Н. Голубиные. В. Кн. Птицы Узбекистана. Изд - во «Фан», Ташкент, 1990.

6. http:// birds.ru.

7. Лановенко Е.Н. Стратегия гнездования малой горлицы в городских коллективных поселениях.//Мат.^ Респуб.орнит.конф.Ташкент,1994.-С.34- 36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.