Научная статья на тему 'SAMARQAND SHAHRI KO’P QAVATLI TURAR JOY BINOLARI'

SAMARQAND SHAHRI KO’P QAVATLI TURAR JOY BINOLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Samarqand shahri / ko’p qavatli turar joy binolari / arxitektura / shaharsozlik / eksteryer еchimlari / binolar arxitekturasi / zamonaviy binolar / zamonaviy dizayn.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Sultonova Dilshoda Namazovna, Xudoyqulova Farzona

Ushbu maqolada Samarqand shahri ko’p qavatli turar joy binolarining rejalari, eksteryer еchimlari ko’rib chiqiladi. Shu bilan birga, Samarqand shahri sharoitida ko’p qavatli turar joy binolari arxitekturasining bugungi holati tahlili asosida mavjud yutuq va kamchiliklari o’rganiladi. Ularni umumlashtirib, zamonaviy ko’p qavatli turar joy binolari arxitekturasi va dizaynini shakllantirish va rivojlantirish yo’llari va chora-tadbirlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND SHAHRI KO’P QAVATLI TURAR JOY BINOLARI»

SAMARQAND SHAHRI KO'P QAVATLI TURAR JOY

BINOLARI

1Sultonova Dilshoda Namazovna, 2Xudoyqulova Farzona

1SamDAQU arxitektura fanlari doktori, professor 2SamDAQU "Dizayn" (Interyerni loyihalash) magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11223969

Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand shahri ko'p qavatli turar joy binolarining rejalari, eksteryer cchimlari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, Samarqand shahri sharoitida ko'p qavatli turar joy binolari arxitekturasining bugungi holati tahlili asosida mavjud yutuq va kamchiliklari o'rganiladi. Ularni umumlashtirib, zamonaviy ko'p qavatli turar joy binolari arxitekturasi va dizaynini shakllantirish va rivojlantirish yo'llari va chora-tadbirlari keltirilgan.

Аннотатсия. В данной статье рассмотрены планы и внешние решения многоэтажных жилых домов города Самарканда. При этом на основе анализа современного состояния архитектуры многотажных жилых домов в условиях города Самарканда изучаются имеющиеся достижения и недостатки. Обобщая их, представлены пути и меры дизайна современных многоэтажных жилых домов.

Abstract. In this article, the plans and exterior solutions of multi-storey residential buildings in the city of Samarkand are considered. At the same time, existing achievements and shortcomings are studied based on the analysis of the current state of architecture of multi-storey residential buildings in the conditions of the city Samarkand. Summarizing them, ways and measures of forming and developing the architecture and design of modern multi-storey residential buildings are presented.

Kalit so'zlar: Samarqand shahri, ko'p qavatli turar joy binolari, arxitektura, shaharsozlik, eksteryer е^ШИи, binolar arxitekturasi, zamonaviy binolar, zamonaviy dizayn.

Ключевые слова: город Самарканд, высотные жилые дома, архитектура, градостроительство, экстерьерные решения, архитектура зданий, современные здания, современный дизайн.

Keywords: Samarkand city, high-rise residential buildings, architecture, urban planning, exterior solutions, building architecture, modern buildings, modern design.

Turar joy (boshqa nomlari:uy-joy,makon, tom, imorat, istiqomatgoh) deb odamyoki boshqa hayvonlar istiqomat qiladigan inshootga aytiladi. Turar joylar xilma-xil bo'ladi: oddiykulbadan tortib murakkab qurilmalar tizimigacha.Turar joyda doimiy yashovchilar bu inshootni uydeyishadi. Uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy birlikka uydagilar deyiladi, bu birlik odatda oila, ayrim hollarda esa har qanday boshqa ijtimoiy guruh, tashkilot yoki yolg'iz kimsalar bo'lishi mumkin. O'zbekistondaturar joylarmahalladeb ataladigan ma'muriy birlik tarkibida joylashadi.

Turar joy— yashash maskani, boshpana joy, uyjoy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti o'tadigan muhit. Turar joy ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo bo'lgan. Turar joylar me'morliqsa eng ko'p tarqalgan inshoot turi bo'lib, boshqa turdagi inshootlarning shakllanishi va rivojlanishini ko'p jihatdan belgilab bergan. Turar joyning tashki va ichki shakllari, turlari va ko'rinishi jihatidan xilma-xilligi iklim, tabiiy geografik sharoit takrzosi, ijtimoiy munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiyturmush darajasi, madaniy va milliy an'analarga bog'liq holda rivojlanib, murakkablashib borgan. Turar joyning oddiy turlari

qad. tosh davridan ma'lum. Turar joylar asrlar davomida tog' g'orlari, tabiatdagi oddiy boshpana bostirmalardan boshlab, zamonaviy ko'p qavatli uylargacha murakkab tarak,qiyot jarayonini bosib o'tgan. Ayni vaqtda me'morlik shaklu shamoyili asosini ta'minlab kelgan. Tosh davrida gor, chayla, erto'lalar Turar joy vazifasini o'tagan (Ibtidoiy jamiyat). Inson o'troqlashgan sari Turar joy shakli ham o'zgara borgan, o'rmonli joylarda yog'och uylar yuzaga kelgan (botqoq va suv bosadigan erlarga yogoch, xoda qoqib, ustiga uy qurilgan). Iqlimi quruq, daraxt o'smaydigan dasht va tog' etaklarida neolit davridan boshlab tosh, loy, xom g'isht, guvala, somon kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilan shug'ullanadigan o'lkalarida ko'chma Tj.lar keng tarqalgan. Chodir (hayvon terisi, matodan; Osiyoning jan. toglik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy, qora uyo'tov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yog'ochdan) mug'ul ko'chma uyjoylari ayniqsa ko'chmanchi turkiy qavmlarda keng qo'llangan, hatto arava ustiga qurilgan ko'chik (ko'shk)lar Dashti Qipchoqsan Sharqiy Yevropagacha bo'lgan hududlarda kuzatilgan. Shimolida eskimoslarning Turar joylari bug'u terisi va muzdan qurilgan.

Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelgach Qad. Misr, Qad. Rim va Yunonistont qullarning sodda uy, kulbalari bilan bir qatorda kuldorlarning uyqo'rg'onlari, ko'p xonali qal'alari barpo etilgan. G'arbiy Yevropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilmadagi Turar joylar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan birga rus, ukrain, belorus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin, eston, litva, rumin va boshqalar)da dastlab yog'och qalab qurilgan uylar (xata va boshqalar) keng tarqalgan. Kavkaz xalklarida tog' qoyalari—terrasalarda loy va toshdan ustmaust qurilgan kulbalar, minorasimon ko'p qavatli uylar (Tog'li Dog'iston va boshqalar) tarqalgan. Hindistonda Turar joy xom va pishiq g'ishtdan, tomi yassi, ba'zan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish, yirik barglar bosilgan. Sinchli yog'och yoki bambukdan somonli loy bilan suvalgan uylar ham bo'lgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (maye. shim. Xitoyda) sinchli, xom g'ishtli devor ustidan suvalib tomiga poxol, qamish bostirilgan. Tez-tez zilzila bo'lib turadigan joylarda asosan sinchkori engil uylar ko'p qurilgan.

Uyg'onish davrida Italiya shaharlarida aslzodalarning saroy palatssolari, villalari, bog'park majmualari o'ziga xos me'moriy tizim va uslubga ega bo'lgan (Dojlar saroyi va boshqalar).19-asr oxiri — 20-asr boshlarida rivojlangan Angliya Turar joylari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi Turar joy qurilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Unda F. Uebb, N.Shou va Ch. Voysi kabi me'morlar loyihasi ma'lum bir oila ehtiyojini puxta o'rgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish o'rnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSH, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda Turar joy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yig'ma yog'och uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, ko'pxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar me'morlarning qurilishda to'plagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy Turar joy turini yaratishida muhim rol o'ynadi.

20-asrdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida yangi kurilish materiallari (metall, temirbeton, oyna va boshqalar) zamonaviy Turar joy qurilishiga tadbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin oshishi natijasida daromad keltiradigan uylarning ko'plab qurilishiga e'tibor berildi. Turar joylar kurilishida zamonaviy kulayliklar (vodoprovod, kanalizatsiya, gaz, lift va boshqalar) ga ega bo'lgan, bir-biri bilan tutashgan seksiyalar, qavatmaqavat takrorlanuvchi xonalar guruhidan iborat ko'p kavatli uymajmualar keng tarqaldi. O'zbekistondagi dastlabki Turar joy qoldiqlari Zamonbobo, Jarqo'ton, Jonbosqal'a, Dalvarzintepa, Termiz, Tuproqqal'a kabi

shaharqurg'onlar, qal'alardan topilgan. Kurilishda yog'och, loy, paxsa, guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va boshqalardagi saroy devorlari rayem, haykal va bo'rtma bezaklar bilan pardozlangan. 6—8-asrlardagi Kesh, Sug'd, Tohariston, Chag'oniyon, Shosh kabi manzillardagi Turar joylar, asosan, sug'oriladigan sersuv erlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi mavzelarda xunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston yaylovlarida yashagan turkiy aholi engil ko'chma uylarning ajoyib tur va shakllarini yaratgan (utov, yurt, chodir, xirgoh, kapa, olachuq va boshqalar). Ko'chmanchilarning 2 yoki 4 g'ildirakli aravalarga urnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar Marko Polo, Plono Karpini va boshqalarning sayohatnomalarida yozilgan. Xorazmshoh Abulg'oziy Bahodirxon aytishiga ko'ra qang'li arava (kuchma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm keyinroq Qang'li nomi bilan mashhur bo'lgan. Qang'li uylar mil.av. 4-asrda ham keng tarqalgan. Ko'chmanchilar o'troq hayotga o'tganda ham chodir, o'tov kabilar yog'och qurilmalar va namat, julxirslar asosida bunyod etilgan. Shular qatori ulkan paxsa devorli, xom g'ishtdan terilgan baland devorli qal'aqo'rg'onlar, shahar devorlari tiklangan.

Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan Turar joy me'morligi o'zining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi (Amir Temur bog'lari,Oqsaroy). Tarixiy manbalarda saroy, chorbog' va boshqa haqida qiziqarli ma'lumotlar saqlangan. Shahar markazlarida mahapla va guzarlar shakllanib, ularda xunarmand va savdogarlar ko'plab do'konlar (chorsu, tim, toqilar) katorida o'zlarining hashamatli Turar joylarini ham qurganlar. Turar joylar ichkari va shashqari hovlili bo'lib, xonadon egasining mavqeiga karab jihozlangan. Mehmonxonalar o'ziga xos milliy bezaklar (tokcha, taxmonli, shipi vassaln, hovuzashm, devorlari namoyonli naqshlar) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, so'zana, sandh, kuti, xontaxta kabi uyro'zg'or buyumlari bilan jihozlangan.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo'qon, Toshkent kabi ko'hna shaharlarda, asosan, 18—19-asrlarga oid Turar joy namunalari sakdangan, ularda o'ziga xos shaklu shamoyil, pastbalandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanish, quyoshning jazirama issig'ini to'suvchi usullarning hammasi hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orkali namoyon bo'lgan, ko'cha tomondan faqat o'ymakor eshik va darvoza oldidagi ayvoncha ko'zga tashlanadi. T.jlarni hovliaG'a va ayvonsiz tasavvur qilib bo'lmaydi (Toshhovli,Sitorai Mohi Xosa, Nurullaboy saroyi va b.).

Chor Rossiyasi O'rta Osiyoni bosib olgach, an'anaviy Turar joylar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Farg'ona), Qo'qon va boshqa shaharlarda 1— 2 qavatli uylar evropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning me'moriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona ko'ringan. 20-asr boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy Turar joylar Toshkentdagi Temir yo'l ko'chasi (sobiq Tezikov bogi) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar Turar joylari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A.Polovsev uyi, Qo'qondagi akauka Simxoyevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va boshqalarni rus harbiy muhandislari I.A.Markevich, G.M.Svarichevskiy, V.S.Geynselman va boshqa mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937-yildan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli Turar joy binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966-yildan) yig'ma temirbeton Turar joylar qurilishi avj oldi. Qishloq me'morligida R.Abdurasulov, A.Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi me'morlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3—4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-yillardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80 yillardan 16 qavatli va undan baland eksperimental Turar joylar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin ko'payishi natijasida yirik Turar joy massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalang'och, Sebzor va boshqalar)dagi Turar

joy binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega bo'lish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini to'la qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1—2 qavatli shaxsiy Turar joylarda amalga oshirildi.

Turar joylar me'morligi hozirgi vaqtda turli jihatlarga ko'ra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari bo'yicha (g'ishtli, betonli), qurilish texnologiyasi bo'yicha (yirik blokli, panelli), o'zaro birikuvi bo'yicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari bo'yicha (individual, takroriytipik), qavatlari bo'yicha (kam qavatli, ko'p qavatli), xonadon (kvartira)larning o'zaro birikuvi bo'yicha (galereyali, seksiyali kabi), egalik bo'yicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari bo'yicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi Turar joylar soddaroq ko'rinishi bilan farqlangan.

Turar joyning eng muhim sifatlari uning qulayligi va ko'rkamligidir. Ular ko'iroq me'moriy echim (xilmaxil, ba'zan qaramaqarshi talablarni o'zaro uyg'unlashtiruvchi reja, qurilish ashyolarining konstruktiv va badiiy sifatlarini to'la ochish va boshqalar) bilan ta'minlanadi. Mahalliy aholi Turar joylarida naqqoshlik, o'ymakorlik kabi bezaklar keng qo'llanadi. Turar joylarda jihoz (xonumon), jumladan, hoz, vaqtda muhandislik ta'minoti (issiq, sovuq suvlar, gaz, elektr quvvati), oqova (kanalizatsiya), shamollatish, konditsionerlash va boshqa katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi. Maishiy texnika buyumlari (sovutqich, televizor, kompyuter) iste'moli kengayib bormoqda. Ko'pgina jihoz buyumlarini yaratish san'at darajasiga ko'tarilgan (kulollik, kandakorlik, gilamchilik, kashtachilik va boshqalar).

O'zbek uyjoylarida ko'kalamzorlashtirishga va suv inshootlariga katta e'tibor beriladi. Hovlining bir qismidan yoki alohida joydan bog ajratiladi. Ularda, asosan, mevali, qisman manzarali daraxtlar o'stiriladi. Hovli sahnida gulzor tashkil etilib unga rayhon, shoyigul kabilar ekiladi. Ilgari deyarli har bir uyning arig'idan toza, ichimlik suvi oqib o'tgan. Hozirgi ba'zi hovlilarda suv havzasi (hovuz), favvoralar qurilmoqda. O'zbek Turar joylarida asrlar mobaynida shakllanib kelgan qo'shnichilik, mahallachilik urfodatlari o'z aksini topgan: uy egasi tom nishabini hamisha o'zining hovlisiga qaratgan, qo'shni devoriga tutash bo'lgan biror qurilma ko'tarish niyatida bo'lsa qurilmaning balandligini qo'shnisining roziligi bilan amalga oshirgan va h.k. Bulardan tashqari, qo'shnichilik munosabatlarini "obraha", "haqraha", "shafiq" kabi odatlar belgilagan.

Mustaqillikdan keyin turar joy me'morligida yangi qurilish mezonlari va qoidalari qabul qilindi. Davlat tomonidan moliyalanadigan ko'p qavatli va kottej Turar joylari bilan bir qatorda yakka tartibdagi shaxsiy uylar, jumladan, hashamatli ("elita") uylar qurish

2023-yil ulushi. % da 2022-yil

yanvar-avgust yanvar-avgust

ML Yirik qurilish A \ Klchik korxona \ Norasmiy

tashkilotlarl V^/ va mikrofirmalar sektor

keng tarqaldi. Turar joylarda milliy va "evropa" uslublari uyg'unlashib, yangi qurilish

texnologiyasi va bezash ashyolari keng qo'llanmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Voronina V.L.,Narodnie traditsii arxitekturi Uzbekistana, M., 1951;

2. Adilov SR., Tursunov F.Yu. i dr. Gorod, rojdenniy dvajdi, M., 1970;

3. Asamov X.A., Borovkov I.I., Pletnev I. Ye., Jilishnograjdanskoye stroitelstvo Uzbekistana za 50 let, M., 1974;

4. Kadirova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987.

5. 5.Shelter By Lloyd Kahn. Shelter Publications, Inc., 1-may 2000-yil.

6. American Shelter: An Illustrated Encyclopedia of the American Home By Les Walker. Overlook Press, 1-iyul 1998-y.

7. Sultonova D.N. Turar-joy binolarining badiiy jihatlarini yaratishda me'moriy uslublarning qo'llanilishi// Arxitektura, qurilish, dizayn (ilmiy-amaliy jurnal) TAQI. -Toshkent, 2010.3son.-B.7-12

8. Sultonova D.N. Innovatsii xudojnikov Jarskix// Zvezda Vostoka 1-son. Toshkent, 2019. -B.142-145

9. Sultonova D.N. Traditsionnost xudojnikov Jarskix v dekorirovanii mnogoetajnbix domov// Molodoy uchyonbiy (Rubrika «Texnicheskie nauki») - №23 (209), iyun. Kazan, 2018. ISSN 2072-0297. -B. 231-235. (18.00.00; Ulrichs Periodicals Directory, №18). IF= 0.513.

10. Sultonova D.N. Triada jarskix v dekorirovanii fasada mnogoetajnbix sovetskix domov Tashkenta// Innovatsionnbie texnologii v dizayn-obrazovanii i izobrazitelnom iskusstve: teoriya i praktika // materialbi VII Vserossiyskoy nauchno-prakticheskoy konferensii. - Yalta: GPA KFU imeni V.I. Vernadskogo, 2021. - 60 s.-B. 18-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.