Научная статья на тему 'Ko’p qavatli turar joy binolari qurilishidagi shaxarsozlik va me’moriy echimlarga innavatsion yondashuvlar'

Ko’p qavatli turar joy binolari qurilishidagi shaxarsozlik va me’moriy echimlarga innavatsion yondashuvlar Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
58
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ko’priksimon konstruksiya / orientatsiya / erni iqtisod qilish

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Maqsud Bekturdiyevich Setmamatov, Nodirbek Jumanazar O’g’li Ro’zimov

Maqolada iqlimi issiq hududlarda ko’p qavatli binolar shaharsozlik va me’moriy echimlaridagi innavatsion yangiliklar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ko’p qavatli turar joy binolari qurilishidagi shaxarsozlik va me’moriy echimlarga innavatsion yondashuvlar»

Ko'p qavatli turar joy binolari qurilishidagi shaxarsozlik va me'moriy echimlarga innavatsion yondashuvlar

Maqsud Bekturdiyevich Setmamatov maqsud1971@list.ru

Nodirbek Jumanazar o'g'li Ro'zimov

UrDU

Annotatsiya: Maqolada iqlimi issiq hududlarda ko'p qavatli binolar shaharsozlik va me'moriy echimlaridagi innavatsion yangiliklar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: ko'priksimon konstruksiya, orientatsiya, erni iqtisod qilish

Innovative approaches to urban planning and architectural solutions in the construction of multi-storey residential

buildings

Maksud Bekturdiyevych Setmamatov maksud1971@list.ru Nodirbek Jumanazar oglu Ruzimov

UrSU

Abstract: The article describes innovative innovations in urban planning and architectural solutions of high-rise buildings in regions with a hot climate.

Keywords: bridge construction, orientation, land saving

Bugungi kunda Yurtimizning rivojlanishi, gullab yashnashi, taraqqiy topishi natijasida aholini turar joylar bilan ta'minlash borasida misli ko'rinmas darajadagi ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar o'sishi ko'ndalang tomonga emas endilikda bo'ylama tomonga ham o'sayotganiga amin bo'lmoqdamiz. Shunday ekan ko'p qavatli binolarni qurish va ularning yechimlarini shakllantirishda qanday dunyoviy tajribalardan foydalanish nazarda tutiladi. Dunyonin qurilish va shaharsozlik borasida yangiliklargaboy bo'lgan Dubayda har yili o'ziga xos echimlar yangiliklar amalga oshayotganiga guvoh bo'lamiz. Gap eng uzun konsol xaqida ketyapti. Uning uzunligi 226 metr bo'lib 105 metr balandlikda og'irligi 9500 tonna keladigan g'oyalar amalga oshirildi. 1-rasm.

1-rasm. Dubayda dunyodagi eng uzun konsol Jamiyatimiz taraqqiy qilishi natijasida erga bo'lgan extiyoj axolining oshishi va turarajoylarga bo'lgan talabning oshishi natijasida shaxarni yuqoriga tomon o'stirish g'oyalari bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanmoqda. SHunday ekan loyihalanayotgan ko'p qavatli turarajoy binolarini kelgusda yangicha innavatsion yondashuvlar asosida shaharsozlik me'yoriy qoidalariga yangicha yondashgan xolda loyihalash davr talabi sifatida amalga oshirishi zarurligini taqoza etmoqda.

Innavatsion taklif shahar ichki shox ko'chalari ustiga ikkala tomondan minorasimon turarajoy va uning 4 qavatidan yuqori qismida yo'lning ko'ndalangiga konsol ustiga yana 5 qavatli turarajoy binolarini loyihalash g'oyasi ilgari surilmoqda. Bu bilan yo'lning har ikkala tomonidagi blokda zinapoya va liftlar loyixalanadi va 56-7-8-9 qavatlarda ko'ndalang yo'lakli kompozitsion echim loyihalari qo'llaniladi. Ko'ndalang blokda engil konstruksiya qo'llanilishi nazarda tutiladi.

Xorijiy tajriba shuni ko'rsatadiki ko'prik shaklidagi uylar loyihalari mustaxkam tanchlarga o'rnatilanligi va ushbu tayanchlar faqat ko'tarish vositasida xizmat qiladi. 2-rasm.

2-rasm. Ponte Vecchio ko'prigi, Florensiya, Italiya

Florensiyadagi eng qadimgi ko'prik 1345 yildan beri zamonaviy ko'rinishga ega. Ponte Vecchio har doim faol savdo joyi bo'lib kelgan: avval uni qassob do'konlari egallagan, hozir esa zargarlik do'konlari.

Taxminlarga ko'ra, "bankrotlik" atamasi bu erda paydo bo'lgan, bu dastlab soqchilar tomonidan buzilgan bankrot savdogarning hisoblagichini anglatadi. Ko'prikning yuqori qismi - Vasari yo'lagi shaxsan Dyuk Kosimo I uchun qurilgan bo'lib, u savdo arkadasini chetlab o'tib, bir qirg'oqdan boshqasiga o'tishi mumkin edi. Endi bu xonani san'at galereyasi egallaydi.

3-rasm. Kremerbryucke ko'prigi, Erfurt, Germaniya Hera shoxlaridan biri bo'ylab tosh ko'prik 1325 yilda qurilgan va "qirollik" savdo yo'lining bir qismi edi. Dastlab, bino yog'och edi va doimo yong'inlardan aziyat chekardi. Ayni paytda bu yerda 32 ta yarim yog'ochli uylar va turli do'konlar joylashgan.

4-rasm. Zaha Hadid pavilion ko'prigi, Saragosa, Ispaniya 2005-2008 yillarda - shaharda o'tkazilgan Expo ko'rgazmasi uchun amalga oshirildi. Ebro daryosi ustidagi 280 metrlik ko'prik nafaqat turli tadbirlarni o'tkazish, balki asosiy ko'rgazma majmuasiga kirish eshigi ham bo'lgan. Tadbir yakunida u ko'p tarmoqli jamoat maydoni sifatida faoliyat yurita boshladi.

5-rasm. Florensiyadagi Ponte Vecchio oltin ko'prigi 1938 yilda Mussolini hukmronligi davrida Ponte Vekkioni Adolf Gitler ziyorat qildi, ayniqsa uning kelishi uchun Vasari koridorining markaziy qismida bugungi kungacha saqlanib qolgan katta panoramali derazalari bo'lgan kuzatuv maydonchasi yaratilgan. Natsist qo'shinlari chekinganidan so'ng, bu Florensiyada 1944 yildagi jangovar harakatlar paytida nemislar vayron qilmagan yagona ko'prik edi.

Demak xorijiy tajribadan kelib chiqib suv ustiga qurilgan ko'priklar ustida o'rta qavatli turarjoy binolari qurilganligi va ular mustaxkam tayanchlarga tayanib turganini ko'rishimiz mumkin. Biz kelajakda ushbu ustunlar o'rnida minrasimon echimga ega bo'lgan turarajoylarni loyihalash nazarda tutiladi. Bu bilan erni iqtisod qilish unimli foydalanish kabi istiqbollar rejalarni amalga oshirgan bo'lamiz.

Loyihalanayotgan ko'p qavatli turarajoy binosida ko'ndalang konstruksiyani mustaxkamlovchi tayanchlar loyihalanib ular binonig tashqi ko'rinishi bilan uyg'unligi ta'minlanadi. Bu bilan ikkala chekkadagi bino yo'lni ko'ndalang ko'prik sifatida kesib o'tuvchi binolar bilan bog'liklik jarayonlari amalga oshirilishida konstruktiv echimlarga aloxida axamiyat beriladi. Bu bilan mustahkamlik va binoning tashqi ko'rinishiga chiroylilik kasb etuvchi omillar mukammal loyihalari ishlab chiqiladi va loyihaviy takliflar sifatida beriladi. Ko'ndalang turuvchi bino

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 667

devorlari engil penablokdan sirtiga esa proflist materiali ishlatilishi rejalashtiriladi. Uning rangini tanlashda keng imkoniyatlar mavjud bo'lib, uzoq muddat tashqi fasadini bezatishga imkon bo'lmasligi bilan qulayliklarga egadir. Bo'ylama yuruvchi liftlar mavjud bo'lib ko'ndalang qismida yo'laklarning chekka qismida o'zi yurar yo'lakcha tashkil etiladi va yoshi ulug' kishilar uchn xonadaonlarga kirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://www.youtube.com/watch?v=Wq286Lzfsp8

2. https://4tololo.ru/content/5017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.