Научная статья на тему '“SAB‟AI SAYYOR” TURKUMIDAGI ASARLARNING TARJIMA VA TALQINLARI'

“SAB‟AI SAYYOR” TURKUMIDAGI ASARLARNING TARJIMA VA TALQINLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

227
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davr / kitobxon / nasr / nazm / tarjima / talqin / эпоха / читатель / проза / стих / перевод

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Tojiboyeva

Dunyo adabiyotida turkum syujetli asarlar qadim tarixga ega. Qoliplovchi xarakterdagi mazkur asarlar hind, arab, fors, turkiy adabiyotda sevib o„qilgan. Xamsanavislar ijodida sayqal topgan bu asarlar yozma va og„zaki adabiyotda “Haft manzari Bahrom” nomi bilan keng tarqalgan. Mazkur mavzuda fors adabiyotida ko„plab, shuningdek, o„zbek adabiyotida ham bir qancha asarlar ijod etilgan. Xalq og„zaki ijodining qiziqarli syujetga boy asarlaridan biri sifatida keng tarqalgan. Alisher Navoiyning “Sab‟ai sayyor” dostonidagi syujetlar keyingi davr adabiyotida turli versiyalarda tarqalgan. Fors tilidan ham shu turkumdagi asarlar tarjima qilingan. Natijada turkum syujetli asarlar yozma adabiyotga Navoiyning dostoni bilan kirib kelgan. Mazkur maqolada “Bahrom va Gulandom” tipidagi asarlarning nasriy tarjimalari haqida ma‟lumot berilgan. O„zbek adabiyotidagi “Bahrom va Dilorom”, “Bahrom va Gulandom” tipidagi asarlarning tadqiq etilishi, an‟ana va o„ziga xoslikning ayrim qirralari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В мировой литературе сюжетные произведения имеют давнюю историю. Эти образцовые произведения широко читаются в индийской, арабской, персидской и турецкой литературе. Эти произведения, доработанные в творчестве хамсанави, широко известны в письменной и устной литературе под названием «Хафт Манзари Бахром». На эту тему написано немало произведений в персидской литературе, а также в узбекской литературе. Оно широко известно как одно из произведений фольклора с интересным сюжетом. Сюжеты эпоса Алишера Навои «Сабаи Сайѐр» в разных вариантах распространены в литературе позднего периода. Произведения этой серии также переведены с персидского языка. В результате вместе с эпосом Навои в письменную литературу вошел ряд сюжетных произведений. В данной статье представлена информatsiя о прозаических переводах произведений типа «Бахром и Гуландом». Анализируются исследования произведений типа «Бахром и Дилором» и «Бахром и Гуландом» в узбекской литературе, анализируются некоторые аспекты традиции и самобытности.

Текст научной работы на тему «“SAB‟AI SAYYOR” TURKUMIDAGI ASARLARNING TARJIMA VA TALQINLARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

"SAB'AI SAYYOR" TURKUMIDAGI ASARLARNING TARJIMA VA

TALQINLARI

Ozoda Tojiboyeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyot universiteti dotsent v.b., filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ozoda2677@mail.ru

ANNOTATSIYA

Dunyo adabiyotida turkum syujetli asarlar qadim tarixga ega. Qoliplovchi xarakterdagi mazkur asarlar hind, arab, fors, turkiy adabiyotda sevib o'qilgan. Xamsanavislar ijodida sayqal topgan bu asarlar yozma va og'zaki adabiyotda "Haft manzari Bahrom" nomi bilan keng tarqalgan. Mazkur mavzuda fors adabiyotida ko'plab, shuningdek, o'zbek adabiyotida ham bir qancha asarlar ijod etilgan. Xalq og'zaki ijodining qiziqarli syujetga boy asarlaridan biri sifatida keng tarqalgan. Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonidagi syujetlar keyingi davr adabiyotida turli versiyalarda tarqalgan. Fors tilidan ham shu turkumdagi asarlar tarjima qilingan. Natijada turkum syujetli asarlar yozma adabiyotga Navoiyning dostoni bilan kirib kelgan.

Mazkur maqolada "Bahrom va Gulandom" tipidagi asarlarning nasriy tarjimalari haqida ma'lumot berilgan. O'zbek adabiyotidagi "Bahrom va Dilorom", "Bahrom va Gulandom" tipidagi asarlarning tadqiq etilishi, an'ana va o'ziga xoslikning ayrim qirralari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: davr, kitobxon, nasr, nazm, tarjima, talqin.

АННОТАЦИЯ

В мировой литературе сюжетные произведения имеют давнюю историю. Эти образцовые произведения широко читаются в индийской, арабской, персидской и турецкой литературе. Эти произведения, доработанные в творчестве хамсанави, широко известны в письменной и устной литературе под названием «Хафт Манзари Бахром». На эту тему написано немало произведений в персидской литературе, а также в узбекской литературе. Оно широко известно как одно из произведений фольклора с интересным сюжетом. Сюжеты эпоса Алишера Навои «Сабаи Сайёр» в разных вариантах распространены в литературе позднего периода. Произведения этой серии также переведены с персидского

8-fevral

421

языка. В результате вместе с эпосом Навои в письменную литературу вошел ряд сюжетных произведений.

В данной статье представлена информatsiя о прозаических переводах произведений типа «Бахром и Гуландом». Анализируются исследования произведений типа «Бахром и Дилором» и «Бахром и Гуландом» в узбекской литературе, анализируются некоторые аспекты традиции и самобытности.

Ключевые слова: эпоха, читатель, проза, стих, перевод, интерпретatsiя.

Plot works have a long history in world literature. These exemplary works are widely read in Indian, Arabic, Persian and Turkish literature. These works, refined in the work of hamsanavi, are widely known in written and oral literature under the name "Haft Manzari Bahrom". Many works have been written on this topic in Persian literature, as well as in Uzbek literature. It is widely known as one of the works of folklore with an interesting plot. The plots of the epic of Alisher Navoi "Sabai Sayyor" in different versions are common in the literature of the late period. The works of this series have also been translated from Persian. As a result, along with the epic of Navoi, a number of narrative works entered the written literature.

This article provides information about the prose translations of works such as "Fringe and Guland". Studies of works such as "Bakhrom and Dilorom" and "Bakhrom and Guland" in Uzbek literature are analyzed, some aspects of tradition and originality are analyzed.

Key words: epoch, reader, prose, verse, translation, interpretation.

Turkiy xalqlar adabiyotida Alisher Navoiy "Xamsa"si tarkibiga kirgan dostonlar keyingi davr ijodkorlari tomonidan qayta ishlandi, xalq og'zaki ijodida nasriy qissalar shaklidagi turli variantlari ijod etildi. Dostonlar sirasida aniq bir voqeaband syujet asosida davom etadigan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"larning Navoiy yoki boshqa xamsanavislar dostonlariga yaqin mazmundagi variantlari mavjud bo„lsa-da, "Sab'ai sayyor" syujeti asosida yaratilgan asarlar nisbatan erkinroq va mustaqil asarlardir. Sharq xalqlari adabiyotida Bahrom obrazi ishtirok etuvchi asarlar "Xamsa" dostonlari bilan chegaralanib qolmaydi. Sababi qadimdan badiiy adabiyotda Bahrom, Jamshid, Rustam, Suhrob, Afrosiyob kabi an'anaviy obrazlar yashab keladi. Qoliplovchi turkumdagi ushbu syujet yo'nalishi xamsanavislar ijodida o'zining yuqori

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ABSTRACT

8-fevral

cho'qqisiga ko'tarildi, keyingi yozilajak asarlar uchun asos, g'oyaviy manba bo'lib xizmat qildi.

XVIII-XIX asrlar xalq og'zaki ijodida qissalarning mavqei ancha baland bo'lib, xalqning rivoyaviy asarlarga moyilligi kuchli bo'lgani bois kitobiy dostonlar ham xalq og'zaki ijodida qaytadan ijod etildi. Ishqiy-sarguzasht, jangnoma-qahramonlik tipidagi qissalarning ko'plab variantlari yaratildi. Ushbu ijodiy jarayon, yaratilishlar asnosida asosiy qahramonlari Farhod, Majnun, Bahrom, Iskandar bo'lgan xalq qissalari ham ijod etildi. "Xamsa"ning boshqa dostonlaridan farqli o'laroq Bahrom obrazi ishtirok etuvchi asarlarning ikki talqindagi - Bahrom va Dilorom, Bahrom va Gulandom nomlari bilan bog'liq versiyalari keng tarqalgan. Dunyo adabiyotida kompozitsion tuzilishiga ko'ra kitobxonlar e'tiborini jalb etib keluvchi hikoya ichida hikoya usulidagi "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna" kabi asarlarga bo'lgan qiziqishlar natijasida o'zbek adabiyotida ham bu turkumdagi asarlarga ehtiyoj mavjud edi.

Bahrom obrazining evolyusiyasi, ularning badiiy adabiyotdagi talqin etilish holatlarini turli manbalar asosida tadqiq qilgan olim M.Muhiddinov ikki turkumdagi - "Bahrom va Gulandom", "Bahrom va Dilorom" (Bahrom Go'r syujeti misolida) nomli asarlarni o'zaro qiyoslaydi, ulardagi tafovutlarni ko'rsatadi (4). "Bahrom va Dilorom" turkumiga kiruvchi quyidagi asarlarni tahlil qiladi: xamsanavis adiblarning shu syujet asosidagi dostonlari; Navoiy dostoniga aynan o'xshatma qilib o'zbek tilida yozilgan uyg'ur adibi G'aribiyning nazmda bitilgan "Shoh Bahrom va Dilorom" dostoni; Ogahiyning Nizomiy "Haft paykar"i tarjimasi; Alisher Navoiy "Xamsa"sining nasriy bayoni "Nasri Xamsai benazir" tarkibidagi "Qissai haft manzari Bahrom".

Mazkur asarlar sirasida "Nasri Xamsai benazir" 1908-yili Orifjonov matbaasida nashr etilgan bo'lib, unda "Xamsa" dostonlaridan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy"lar nasriy bayon qilingan. Unda "Sab'ai sayyor" dostoni qadimiy an'anaga ko'ra "Qissai haft manzari Bahrom" tarzida nomlanib, asliyatdan chetga chiqilmaydi.

"Bahrom va Gulandom" turkumidagi asarlar esa "Xamsa" dostonlaridan ancha uzoqlashgan qahramonlik-sarguzasht asarlaridir. Agar "Farhod va Shirin"ning o'zbek adabiyotidagi Navoiy dostonidan ancha uzoqlashgan versiyasi Mahzun nomi bilan bog'liq bo'lsa, "Bahrom va Gulandom" versiyasining xalq orasida keng tarqalishi va mashhur bo'lishi aynan Sobir Sayqaliy nomi bilan bog'lanadi. Sobir Sayqaliy tomonidan yaratilgan "Bahrom va

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426 o'rganish masalalari

Gulandom" dostoni xalq og'zaki ijodida shu nomdagi asarlarning ko'payishiga turtki bergan.

"Bahrom va Gulandom" turkumidagi asarlar xalq og'zaki ijodida paydo bo'lib, ko'pdan-ko'p qahramonlik qissalari, dostonlari qatorida og'izdan-og'izga ko'chib yurgan, uning dastlabki namunalari fors-tojik tilida yaratilib, sof nasr va nazm shaklida aks etgan. O'zbek adabiyotiga esa u Sobir Sayqaliy tomonidan joriy etilgan" (4, 160). Sayqaliy nasriy asarni tarjima qilishda nazmga aylantirib yozma adabiyotga olib kiradi. Fozil Yo'ldosh o'g'lining "Bahrom va Gulandom" xalq dostoni ham Sayqaliy asari ta'sirida yaratilgan.

Umuman, omma orasida keng tarqalgan "Varqa va Gulshoh", "Qissai Jamshid", "Qissai Rustam", "Qissai qahramoni qotil" kabi asarlar fors-tojik tilida ijod etilgan bo'lsa-da, har ikki xalq tomonidan birdek mutolaa qilingan. Alisher Navoiy "Xamsa"si qardosh xalqlar adabiyoti, xalq og'zaki ijodida ko'plab asarlarning yaratilishiga turtki bergan bo'lsa, fors-tojik adabiyoti mahsullari ham o'zbek adabiyoti ravnaqi uchun xizmat qilgan. O'zaro madaniy aloqalardagi hamkorlik, syujetlar xilma-xilligidagi almashinuv jarayoni, o'zbek kitobxonini ham mazkur ijod namunalaridan bahramand qilish maqsadida amalga oshirilgan o'girmalar tufayli tarjima adabiyoti ham rivojlanib bordi. Navoiy "Sab'ai sayyor"idan keyin o'zbek adabiyotida bo'lmagan qoliplash usulidagi turkum syujetli "Kalila va Dimna", "Ming bir kecha", "Chor darvesh", "Haft kishvar" kabi asarlarning tarjima qilinishi o'zbek nasrini bu yo'nalish bo'yicha boyitgan manbalardan biri bo'lgan (2, 60).

XIX oxiri XX asr boshlari ilm-fan, madaniyat, adabiyotning rivojida tarjima adabiyotining o'rni va ta'siri katta bo'ldi. XIX asrdagi Xorazm tarjima maktabi samarali faoliyat olib borgani, o'zbek adabiyoti bisotini tarjima asarlar bilan boyitgani ma'lum. Bu an'ana, ijodiy jarayon, madaniy muhit Toshkent shahrida yanada jonli, rangin tarzda davom ettirildi. Toshkentdagi yangiliklarning salmoqli qismi shaharda faoliyat yuritgan toshbosma matbaalar nomi bilan bog'liq. Ularda ko'plab mumtoz asarlar nashr etildi, boshqa tillardan tarjima qilindi. Shu asnoda "Bahrom va Gulandom" tipidagi asarlarning ham bir qanchasi tarjima qilinib, noshirlar tomonidan matbaada nashr qilindi. Mazkur davrda toshbosmada chop etilgan "Xamsa" syujeti asosida hikoya qilinuvchi xalq kitoblarining bir qanchasi bevosita Sidqiy Xondayliqiy va Xislat nomlari bilan bog'liq.

Sidqiy Xondayliqiy va Xoja Haybatullohxo'ja Xislat XX asr boshlari Toshkent shahrida yashab ijod etgan eng sermahsul ijodkorlardan hisoblanadi. Ular o'zbek adabiyotiga o'z ijod mahsullari bilan birgalikda tarjimonlik, xattotlik, musavvirlik, noshirlik faoliyatlari

8-fevral

424

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426 o'rganish masalalari

bilan ham barakali hissa qo'shdilar. Xislat Alisher Navoiyning Umar Boqiy tomonidan amalga oshirilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlarini qayta tahrir qilib, nashr ettirgan. Sidqiy Xondayliqiy uni toshbosmaga ko'chirgan, Shavkat taxallusi bilan suratlar ishlagan. Xislat "Dostoni Barzuyi sher" (Firdavsiy), "Mushuk ila sichqon" (Ubayd Zokoniy) kabi asarlarni ham tarjima qilgan.

Xislatning maslakdoshi Sidqiy Xondayliqiy fors-tojik tilidan "Qissai shahzoda Bahrom va malikai Gulandom" nomli asarni tarjima qiladi. Asar 1911-yili G'ulomiya matbaasida chop etilgan. Tarjima Sidqiyning do'sti, kitob tojiri Mirzo Ahmad Mirzokarimboy tavsiyasiga ko'ra amalga oshirilgan. Olim M.Muhiddinov mazkur tarjimaga asos bo'lgan manbalarni aniqlab, 1901-yili Laknovda Navlaksho'r matbaasida bosilgan nusxasiga qiyoslaydi (4,139-145). Ko'rinadiki, noshirlar, kitob tojirlarining madaniy-ma'rifiy aloqalardagi hamkorliklari natijasida an'anaviy syujetlarning turfa xil talqinlari bilan kitobxonlarni tanishtirish imkoniyati yaratiladiki, bu jarayon o'z navbatida har ikki adabiyot rivoji uchun xizmat qildi.

O'tgan tadqiqotlarda tahlilga tortilmagan xuddi shu nomdagi asarning yana bir tarjima nusxasi mavjud. Kitob Sidqiy tarjimasidan ikki yil keyin 1913 - yili Toshkent shahridagi "Aziya" matbaasida nashr etiladi. Titul sahifada uning yaratilishida mas'ul bo'lgan shaxslar haqida ma'lumot beriladi: "Mutarjim Mullo Abdulloh hoji Mirkarimboy o'g'illari bo ehtimomi Mullo Zufar Shukur Muhammad o'g'illari". Demak, asar Mullo Abdulloh hoji tomonidan tarjima qilingan va kitob tojiri Mullo Zufar homiyligida nashr qilingan. Xattot Abdulhamid qori. Kitobga asar mazmuniga monand oq-qora rangda to'qqizta surat ishlangan. Suratlar chetida kichik qilib "Raqami kamtarin Abdulhamid" deya qayd etilgan. Tarjimon asarning yaratilishiga sabab bo'lgan omilni quyidagicha izohlaydi: "Zeroki, zamonni taqozosi o'zgacha erur. Xususan olimlarni ichinda ulumi tavorix, ya 'ni o 'tgan zamondagi axborlarni bilmoqg'a odamlarni ishtahasi ortuq erur. Tavorix ilmini ichinda oshiq-ma'shuqni hikoyasig'a ko 'broqlari mafg'uftururlar. Voqean har majlislarda oshiq va ma 'shuqni hikoyasin aytilsa jon quloqlari birlan eshiturlar va anga eshitmoqlari haddin tashqari ortuqdur. Darhaqiqat, tavorix ilmi bir yaxshi ilm erurki, nechand foydalari bortirur ".

Tarjimon olim va xalqning qiziqishlaridagi tafovutni ayta turib, kitob o'qish va eshitishning foydalarini sanaydi va tarjimaning buyurtmachisini quyidagicha ta'riflaydi: "javonmardliq maydonida javloni karam va ehson bo 'stonida balbal xush alhon, zakovat va fazilat gulistonida navoxon, saodatlik va karomatlikda yakto va she'r va shoirlikda Sa'diynamo, durru ma'oniyda Navoiyoso ani Sayid Haybatullohxo'ja Xislat ibn

8-fevral

425

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-421-426

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Sayid Orifxo'ja ibn Sayid Mahmudxoja ibn Sayid Norxoja oliy oxir nasabzot Alloh taolo kamoli va iqboli avlodi shayx Zayniddin boboigo 'y Orifoni Rahmatulloh taolo alayhi bir kitobi qissai Bahrom va Gulandomnoma olub kelub aydilarki, bul kitob forsi lafz ekan, ammo bizni viloyatlarimizda turki lafzni xohlar, agarda ani turkig'a shirin iboratlar birla ta 'bir qilsalar, ani man matba 'da tab' qildursam, musulmonlar andin naf' olsalar... dedilar".

Ma'lum bo'ladiki, asar tarjimasining yaratilishiga sabab bo'lgan shaxs bu Xislat. Mazkur ma'lumotlar Xislat hayoti va ijodiga doir ma'lumotlarda uchramaydi. Qiyosiy solishtirishlardan ma'lum bo'ladiki, Sidqiy amalga oshirgan tarjima bilan mazkur tarjima aynan bir xil boshlanmaga, mazmunga ega. Biroq nima uchun ushbu asarning yana bir bora amalga oshirilishiga bo'lgan sababga kirish qismdagi ma'lumotlar qisman oydinlik kiritadi. Tarjimon bu holatni quyidagicha ma'lum qiladi: "boz janobi iltimos qilg'uchi aydilarki, harchand bul kitobni Sayqaliy otlig' shoir libosi nazm birla tarjima qilg'on ekan. Ammo ani qilg'on tarjimasi kulli emastirur, balki kamroq ekan. Ani sababidin va yana nazmlik jihatidin ani tab' qildurmadm, bul tarjima qilingan nusxa ko 'b kulli vayaxshi ekan, dedilar".

Asar Sidqiy tarjimasi singari boshlanadi. Umuman, bu turkumdagi asarlarning o'zaro qiyoslanishi o'zbek va qardosh xalqlar adabiyotiga xos mushtarak jihatlarni ochishga yordam beradi. Ko'rinadiki, yaratilgan barcha nasriy asarlar, nasrda qilingan tarjimalar xalqning badiiy asarlarga bo'lgan ehtiyoji, talablari asosida dunyoga kelgan. Ularning barchasi ilgariroq yaratilgan bo'lsa-da, XIX asr oxiri XX asr boshlarida qaytadan ijod etildi, tahrir qilindi, davrga xos bo'lgan xususiyatlarga moslashtirildi, ommalashtirildi, mavjudlari ham yuzaga chiqdi, toshbosmalarda chop etildi.

REFERENCES

1. Каримов Н. (2008). XXаср адабиётиманзаралари. Т.: O'zbekiston.

2. Комилов Н. (1970). Мууаммадризо Огауийнинг таржимонлик мауорати. Фил. фан. ном. дисс... Т.

3. Муртазаев Б. (1991). Алишер Навоий "Сабъаи сайёр" ва Хисрав Деулавий "Х^ашт беуишт " достонларининг циёсий таулили. Фил. фан. ном. дисс... Т.

4. Мувдддинов М. (2007). Нурли цалблар гулшани. Т.: Фан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.