Научная статья на тему 'S.V.Raxmaninovning asarlari namunasida o’quvchilarni ijro mahoratini o’stirish uslublari'

S.V.Raxmaninovning asarlari namunasida o’quvchilarni ijro mahoratini o’stirish uslublari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
S.V.Raхmaninov / uslublari / ijro mahorati / konsert pyesalari / tovush / temp / texnika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Elina Egamberganovna Raximova

Ushbu maqolaning mazmuni S.V.Raхmaninov asarlari misolida talabalarning ijro mahoratini rivojlantirish usuliga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «S.V.Raxmaninovning asarlari namunasida o’quvchilarni ijro mahoratini o’stirish uslublari»

S.V.Raxmaninovning asarlari namunasida o'quvchilarni ijro

mahoratini o'stirish uslublari

Elina Egamberganovna Raximova

UrDU

Annotatsiya: Ushbu maqolaning mazmuni S.V.Raxmaninov asarlari misolida talabalarning ijro mahoratini rivojlantirish usuliga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: S.V.Raxmaninov, uslublari, ijro mahorati, konsert pyesalari, tovush, temp, texnika

Methods of developing students' performance skills on the example of S.V.Rachmaninov's works

Elina Egamberganovna Rakhimova

UrSU

Abstract: The content of this article is devoted to the method of developing the performing skills of students on the example of the works of S.V.Rachmaninov.

Keywords: S.V.Rachmaninoff, Styles, performance skills, concert plays, sound, tempo, technique

Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'quvchilarning ijro mahoratini o'stirishda, o'quvchi tovushlar chiqarish va qo'llarni yuritish mashqlar bilan shug'ullanadigan dastlabki darslardayoq unga pasayib borayotgan tovushni oxirgacha eshitishni va uning davom etayotganini barmoq uchi bilan sezishni o'rgatishga harakat qilgan.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'quvchilarga, qo'l va barmoqlarning choqqon, faol harakatlantirish chiroyli ijro ustida ishlashning zarur shartidir, barmoq va qo'lni klavituraga qo'ymaslik, balki undan tovushni olish, chiqarish; klavishni bosib va tutib turmaslik, balki tovushni tinglash va eshtish, qo'lni ko'tarmaslik, balki nafas olish lozim deb tavsiyalar bergan. Bunday tavsiyalar qo'lning harakatlarini tabiiyroq shakllantiradi.

Shunga ko'ra Sergey Vasilyevich Raxmaninov: "Shuni unutmaslik kerakki, ohangdor kuylarni ijro etishdagi asosiy kamchiliklar ko'pincha tovushni oxirigacha eshitmaslikdan va kuyni jonli harakatini etarli darajada his etmaslikdan kelib chiqadi" - deb yozgan.

Yaxshi legatoning muhim sharti, Sergey Vasilyevich Raxmaninovning aytishicha, chalinayotgan tovushlarni yagona chiziq sifatida, ya'ni har bir tovush

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 700 [Ml^^^H

go'yo o'zidan oldingi tovushdan kelib chiqayotgandek tasavvur etish qobiliyatining tarbiyalanishidir. Bunda tegishli dinamikadan ijroning ohangdorligi, cho'zilishi taasurotini vujudga keltiradigan jaranglashining kuchayishi yoki so'nishidan foydalanish katta ahamiyatga egadir.

Tovush ustida ishlash musiqiy intonatsiya bo'yicha shug'ullanish bilan chambarchas bog'liqdir, chunki musiqa o'z tabiatga ko'ra intonatsiyalidir. Ko'pchilik musiqa musiqa asarlarining aksariyati, ayniqsa quyi sinflarning o'quvchilariga mo'ljallangan asarlar ohangdorlikka asoslanadi. O'qituvchi shuni nazarda tutib o'quvchilarga musiqiy intonatsiya va ohangdorlik haqida bilimlar berishi, ohangdorlik va intonatsiya ustida ishlashga doir ko'nikma hamda malakalarni singdirishi lozim.

Sergey Vasilyevich Raxmaninovning fortepiano uchun tavsiyaviy pedagogik adabiyot sohasiga qo'shgan hissasi ayniqsa ahamiyatga loyiq. Son-sanoqsiz etyud-ko'rinishlar,sonatalar, musikiy momentlar, variatsiyasiyalar, konsertlar va 24 ta prelyudiyalardan to'plamlar tuzilgan, har xil murakkablik darajasidagi muntazam ravishda fortepiano texnikasini egallashga yo'naltirilgan maktablar, barmoqlarni mustahkamlash va chopqirligiga yordam beruvchi asarlar shular jumlasidandir.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov pianino ijrochiligiga yuksak darajada mardonavor, «qahrli va mard» ritmika irodali tarzda aks etganligi xos bo'lgan. Fortepiano uchun yozilgan asarlarning bayoniga zichlik, to'latovushli faktura va fortepiano ohangining shiradorligiga xos.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov yirik shakl janrida yozilgan asarlari quyidagilar: ikkita sonata, ikkita variatsion turkum, fortepiano va orkestr uchun beshta konsert (shu jumladan, «Paganini mavzusiga Rapsodiya»).

Sergey Vasilyevich Raxmaninov asarlarini o'rganishda ko'pgina o'quvchilar asosan texnik muammolarni tor ma'noda tushinib, ham artikulatsiya, ham dinamika, ham texnik masalalarga bir xil e'tibor qaratilishi zarur deb hisoblaydilar, lekin bunga har doim ham erishib bo'lavermaydi. Shu bilan Sergey Vasilyevich Raxmaninov prelyudiyalarning maqsad va vazifalari birlashadi. Lekin muallif tomonidan qo'yilgan faktura muammosi to'liq echilmaydi. Chunki asar ustida ishlar mexanik ravishda eshituv faolligisiz olib boriladi. Odatda Sergey Vasilyevich Raxmaninov prelyudiyalari ijro qilinadigan temp ham qoniqarli emas. Agar ular muallif tavsiya qilgan tempda ijro qilingan taqdirdagina boshqacha tus, hatto boshqacha harakterga ega bo'ladilar. Faqat shu holdagina prelyudiyalar yorqin, virtuoz asarlariga aylanadilar.

Shak shuxbasiz murakkab asarni muallif ko'rsatganidan o'ta sekin ijro qilgandan ko'ra yengil p'esani texnik tomonidan to'liq o'zlashtirish katta foyda keltiradi.

Etyud-ko'rinishlar janrining ajoyib klassigi, yorqin pedagog Sergey Vasilyevich

Raxmaninov ijodi ko'pchilik va bizlar uchun ham bitmas - tugamas pianinochilik malakalari g'azinasidir va u fortepiano ijrochiligi mahoratini egallash va bu murakab san'atini doimo sayqallashtirib turish uchun almashtirib bo'lmas pog'anadir.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'quvchilarda o'ziga xoslikni ochishga harakat qildi, ikkinchidan ularni mustaqil ijodiy irodali va o'ta pianinochilik mahoratli va har tomonlama rivojlangan musiqachilar qilib shakllantirishga harakat qildi va uchinchidan, Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'quvchilarni reja bilan ishlashga o'rgatdi, ularda tartib intizom, fikrlash va his qilishni tarbiyaladi.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov albatta keyingi har bir kulay vaziyatlarda pianinochilik mahoratini egallash izchilliklarini belgilab olar edi. Sergey Vasilyevich Raxmaninov fikriga ko'ra har bir ijrochining faqat barmoqlar chopqirligi va talqinchilik (interpretatorstva) sifatlariga ega bo'lishi, murakkab p'esani varaqdan o'qiy olishi va yana shunisi ham borki, iloji bo'lsa tempni, harakterni saqlashi, hatto cholg'u asbobini sozlay bilishi va yana improvizatsiya qila bilishi zarur edi.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov donishmand pedagog sifatida o'qitishni rejali asta - sekinlik bilan olib borish tarafdori edi, u o'quvchilarni bir vaqtning o'zida haddan tashqari qoidalar bilan yuklab tashlamaslikdan ogohlantirar edi. Uning fikricha me'yorida cheklash to'g'ri tarbiya muvofaqqiyati garovi edi. Sergey Vasilyevich Raxmaninov ijrochining kontsert berishini vaqtidan oldin boshlagandan ko'ra bir necha yil orqaga surishini ma'qul ko'rar edi. Sergey Vasilyevich Raxmaninovning bu fikri zamonaviy metodikaga bevosita aloqadordir. Ko'pgina pedagoglar talant etilishini kutmasdan uning tabiiy rivojini cheklab o'tishga harakat qilishlari hech kim uchun sir emas. Lekin Sergey Vasilyevich Raxmaninov uzoqni ko'radigan pedagog edi va u bitta asar ustida uzoq vaqt ish olib borishni ma'qullamas edi. Sergey Vasilyevich Raxmaninov pianinochi har xil janrdagi asarlarni egallashi zarur deb hisoblar edi. Muntazam yangi asarlarni o'rganish va qunt bilan ijodiy ish olib borishda Sergey Vasilyevich Raxmaninov haqiqiy tan olinishga olib kelishni ko'rgan edi.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'quvchilarda fortepiano texnikasini badiiy asarlar orqali rivojlantirish va etyudlardan kerakli darajada aql bilan foydalanish tarafdori edi. Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'zining asarlarini yaratar ekan, texnik vazifalarni o'ta aniq darajada qo'yishga va uning bajarilishiga halaqt beruvchi barcha to'siqlarni olib tashlashga harakat qildi.

Sergey Vasilyevich Raxmaninov o'zining to'plamlarida qaytarishlar sonini tartibga soladi va shu bilan o'quvchi diqqatini ijodiy ishga emas, balki asarni shunchaki o'zlashtirishga qaratadi. Ish jarayonida qaytarishlar shubhasiz zarur bo'lib, ular ijro usularini avtomatlashtirishga yordam beradi. Mashqlarni qayta - qayta takrorlash natijasida harakatlar ishonchligi ortadi. Pianinochilik malakalari shakllanadi. Prelyudiya va etyud asarlarida o'z aksini topgan Sergey Vasilyevich

Raxmaninovning ba'zi bir pedagog qarashlariga bo'lgan munosabat, ularda yashiringan bebaho narsalarni ko'rishga xalaqit bermasligi kerak. Sergey Vasilyevich Raxmaninov etyud va prelyudiyalari orqali qo'llarini rivojlantirishni va texnikalarini sayqalashni buyuk ijrochilar juda yaxshi ko'rar edilar.

Virtuozlik vazifalari tuzilma va metr - ritm bilan chambarchas bogliqdir. Etyud vap'esalar qo'llarga ajoyib "roxat baxsh" lik beradi, ular kaft muskullarining maynligi va rivojlanishi va yana shuningdek barmoqlar mustaqiligi uchun juda foydalidir. Ular na faqat texnik tomondan takomillashishga yordam berib qolmasdan va yana shuning bilan birga pianinochida ovoz xosil qilish madaniyatini ham tarbiyalashga qaratilgandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Алексеев А.Д. Методика обучения игре на фортепиано. Изд.3 М., Музыка, 1978г.

2. Баренбойм Л.А. Вопросы фортепианной педагогики и исполнительства. Л., Сов.комп., 1981г.

3. Малинковская А.В. Фортепианно - исполнительское интонирование. М., Музыка, 1990г.

4. Милич Б. "Воспитание ученика - пианиста" К., 1997г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.