S.AYNIYNING "SUDXO'RNING O'LIMI" ASARIDA QOLLANILGAN MAQOLLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI
Frazemalar barcha nutq doiralarida qo'llaniladi. Ushbu maqolada badiiy asarlarda maqollarning ishlatilishi, undagi voqealar, shaxslar tasvirini aniqroq ko'rsatishga yordam berishini "Sudxo'rning o'limi" asarlari na'munasida ko'rib o'tiladi.
Kalit so'zlar: ibora, maqollar, sema, ma'nodoshlik, vaziyat predmeti, munosabat.
Proverbs are used in all areas of speech. In this article, the use of proverbs in works of art, their significance is analyzed on the basis of the work "Death of a Sudkhor". Proverbs in works are also an important factor in giving a clear idea about individuals.
Keywords: phrase, proverbs, sema, meaning, subject matter, attitude.
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'zlarga aytiladi. Maqol o'zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so'zlashuvda) naql, turklarda ata so'zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [Jj 3] - qavlun - gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan.[7]
Maqollarni o'rganish XI asrdan Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asaridan boshlab beriligan. Undan keyin yaratilgan "Qutadg'u bilig", "Devoni Hikmat" asarlarida ham xalq maqollari qo'llanilganini ko'rish mumkin.
Jahon tilshunosligi fanida paremiologiya — maqollar, hikmatli so'zlarnini to'pib o'rganuvchi bir yo'nalishi mavjuddir. Sohadagi barcha ishlar shu yo'nalish tarkibida amalga oshadi.
Hikmatli so'zlar, maqollar biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu chaqiriq,
Raxshona Muslixiddinova
Navoyi davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
zamonlararo ko'prikdir. Hikmatli so'zlar, maqollar — noma'lum
April, 2022
shoirlarning yurak satrlari, xalq iste'dodining masofa bilmas shu'lalari. [2]
ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy tilshunoslikda xalq maqollarini o'rganishda N. Ostroumov, V.D. Cherneleva, X.Sharafiddinov, B. Sarimsoqov ilmiy ishlari ahamiyatga molikdir. Darhaqiqat, har bir tilning milliy —madaniy boyligi hisoblanmish maqollar-frazeologik birliklar o'rganilish jarayonida turli guruhlarga bo'lib tadqiq etiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 80-yillarning oxirlarida O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan 13 mingga yaqin maqollar alifbo bo'yicha tartiblashtirilgan holda nashr ettirildi. [3]
Har bir adib o'z asarining badiiy ahamiyatini oshirish uchun albatta emotsional birliklardan qo'llanilishi mumkin. Xususan, Ahmad Yugnakiy badiiy til vositalari, xalq maqollarini qo'llash orqali asar uslubini va tilini jozibali qilishga erishgan. [4]
Maqolni semantizatsiya qilishda uning qo'llanish holatini ko'rsatish muhim o'rin tutadi. Bu yerda biz shart va sharoitlar majmui sifatidagi vaziyatni emas, nutqiy vaziyatni nazarda tutamiz, buning uchun quyidagi komponentlar talab qilinadi: vaziyatning predmeti (maqolni aytuvchi), adresat (ular kimgadir gapirayotgani yoki kim haqida gapirayotgani), sub'ekt va adresat o'rtasidagi munosabatlar (yosh, ijtimoiy va hokazo), shuningdek, gap mavzusi. [6]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Maqollar, hikmatli so'zlar Ayniyning ham barcha asarlarida uchraydi. Albatta ular asar tilini go'zallashishiga va ma'noviy butunligi uchun qo'llanganini guvohi bo'lish mumkin. Maqolada misol tariqasida "Sudxo'rning o'limi" asarida uchragan maqollarni ko'rib o'tamiz.
Agar lampani chiqarib tushirishda uning shishasi sinsa, «mumsikning xarji baravar» degan maqol to'g'ri bo'lib qoladi, - dedim men. (54-bet.)
Bir tiyinni ko'rsa o'n yumalaydigan o'ta ziqna mumsik odam o'ziga ham xarj qilishni ravo ko'rmasligi Qori Ishkamba tilidan o'z-o'ziga muqoyasa qilinadi.
- Ko'p yaxshi, - dedi Qori Ishkamba, - Xizrni yo'qlagan uni ko'rar, deganlar.
- «Ayiqni yo'qlasang, tayoqni qo'lingga ol!» ham deganlar, - dedi Arbob Ro'zi kulib, - har holda ko'p ovora bo'lib yurmasdan sizni uchratdim.
(96-bet.)
April, 20221 ©
Yuqoridagilar xalq tilida ko'p uchraydigan "Xizrni yo'qsalang bo'larkan" , shuningdek "Bo'rini yo'qsalang, qulog'i ko'rinadi" maqollarining etimologik shakli desak xato bo'lmaydi. Asar yozilgan zamon nuqtayi nazaridan maqollarning shu shakli o'z davrida muloqotda faol ekanligini ko'ramiz.
Qori aka! - dedi Arbob jiddiy ohangda, - muomalada ot bo'ling, it bo'lmang! Otlar o'zaro kelishgandan - hingillashgandan keyin «u ko'p yedi, men oz yedim» deb qayg'urib o'tirmaydi.(103-bet.)
Xalqimizda "Yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqar", "Ishning ko'zini bil, erning— tilini" kabi maqollarning boshqacha varianti keltirilgan yuqoridagi gapda o'z ishini bitirishda muomilada ehtiyot bo'lish lozimligi uqtirilyapti.
Odamni odam buzadi, ariqni suv deganlar, uni ham shu Muhsin buzgan, -dedi Hamid va izoh berishga kirishdi. (105-bet.)
Ariqni sel buzadi, suvsiz ariq hech nimaga yaramasa-da, unda suv ko'payib ketsa, me'yor yo'qalsa, ariqda suv toshadi va o'zidan bo'lgan "bolta" o'zining ildiziga uradi. Shu sababli me'yorni saqlashda ma'no ko'p.
Keling Arbob aka, o'n besh kunlik gap ekan, muhlat bering, «yuziga chidagan yuz biriga ham chidar», deganlar. Uch yil chidagan odam o'n besh kunga chiday olmaydimi? (109-bet.)
O„g„ri o^rini qorong„ida topadi deganlariday, bu ikki sudxo'r bir-birovi bilan topishgan va ikkovlashib Bo'lmaxo'ron va Sangsabz qishloqlaridagi mehnatkash dehqonlarning uylarini kuydirgan edilar. (137-bet) Mazkur frazema xalqimizda "Ko'r ko'rni qorong'uda topadi" degan maqolning sinonimi sanaladi. Frazemalar lug'ati katta, ularda birining o'rniga boshqasi qo'llanila oladi. Ehtimol, ko'r ko'rni qorong'uda topadi maqoli ham o'sha davrda qo'llanilgan bo'lishi mumkin. Ammo, sinonimlar qatorida doim ham semadoshlik mukammal bo'la olmaydi, ya'niki "sizning chehrangiz go'zal" o'rnida "aftingiz go'zal" deyish xato bo'ladi. Shu sabab ham qahramonlar tasviri uchun "o'g'ri o'g'rini qorong'uda topadi" maqoli qo'llanilgan.
Har bir maqolning hozirgi variantini ko'rsatib o'tib ketayotganimizdek,bu maqolni hozirda "Qirqiga chiqagan qirq biriga ham chidaydi" shaklida qo'llaymiz.
«Iflos suv botqoqda yaхshi», deganlar, aslida sizning pulingiz murdor edi, bir murdor joyga ketgan ekan, xafa bo'lmang, - der edilar. (159-bet) Asarning o'zida bu maqol «Obi ganda ba xandaq» degan tojikcha maqolga o'xshatma ekanligi aytiladi. Demakki, maqollarda kam o'zlashtirma holatlar uchrashini ko'ramiz. Shuningdek, kritmalar frazologik
April, 2022
birliklarning : a) ma'nosini kuchaytiradi; b)stilistik vazifa bajaradi; g)tashqi shaklni o'zgartiradi.[5]
«Ildizi bo'lgan daraxtdan meva umid qilish mumkin», deganlar. 172-bet. "Chiqmagan jondan umid" maqoli bilan tag ma'nosi yaqin bo'lgan yuqoridagi maqol eng oxirgi umidga ishora qilyapti. Zero, ildizi yerda bo'lgan, o'zi qurigan daraxtdan meva kutish doim ham o'z natijasini bermasa-da umid uchquni borligini bildiradi.
REFERENCES
1. Sadriddin Ayniy. Sudxo'rning o'limi. Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2016.
2. Hikmatnoma. Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov.Toshkent.1990. 5-bet.
3. Adilova Fanuza Shodiyor qizi. Bitiruv malakaviy ishi. Mavzu: "Yaxshilik" tushunchasini ifodalovchi maqollar semantikasi. 14-bet.
4. O'zbek adabiy tili tarixi. Toshkent. O'qituvchi. 1995. 74-bet.
5. Boltaboyeva Ra'no Isakulova. O'zbek tili frazologik briliklarining transformatsiyasi( semantik-pragmatik tahlil. Aftorefarat. Samarqand. 2019. 15-bet.
6. Приемы семантизации пословиц и поговорок при обучении иностранцев русскому языку. кандидат филологических наук Н. В. Баско. Язык, сознание, коммуникация: сборник статей 1998. Сб. статей / Ред. В.В. Красных, А.И. Изотов. - М.: «Филология», 1998. Вып. 3. - 120 с. ISBN 5-755201-12-9. Стр-69.
7. ttp://elib.buxdu.uz/index.php/pages/2019-12-17-06-07-18
8. YARASHOVA N. J. THE LIGHTS OF JEWELS OF TURKIC LANGUAGE IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №. 9. - С. 659-661.
9. Jumaevna Y. N. Occupation of the child's personal mental status in dialogual speech //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 5. - С. 405-408.
10. Jumaevna N. Y. DEVELOPMENT OF LINGUOCREATIVE ABILITIES IN CHILDREN'S SPEECH //Modern Journal of Social Sciences and Humanities. -2022. - Т. 3. - С. 5-8.
11. Jumayevna Y. N. Linguo culture logical features of metaphors in children's literature (On the example of khudayberdi tokhtabayev's creative work) //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2019. - Т. 9. - №. 4. - С. 139-145.
12. Ярашова Н. Ж. ПРОЯВЛЕНИЕ ИНТОНАЦИИ У ДЕТЕЙ ПОСРЕДСТВОМ ОБРАЩЕНИЯ //Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога. - 2019. - С. 128-130.
13. Jumaevna N. Y. METAPHOR IN CHILDREN'S PROSE AS A LINGUOCULTUROLOGICAL PHENOMENON //Eurasian
Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture. - 2022. - Т.
2. - №. 2. - С. 18-22.
April, 2022