Raxmatova I.I. - Termiz davlat pedagogika instituti, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada hissiy buzilishlarni psixologik tuzatishning mashhur usuli bo'lgan art-terapiyaan foydalanish, shaxs kamolotida art-terapiya mashg'ulotlarining o'rni va ahamiyati, hamda ularning hissiy va shaxsiy sohasini rivojlantirish muammolari, shaxsiyatni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan omillar, hamda shaxs sifatlaridagi anomal funktsiyalar, salbiy ta'sir etuvchi resurslarni zararsizlantirishning samarali usullarini topishda san'at va badiiy terapiya usullaridan foydalanish imkoniyatlarini ochib berish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: art-terapiya, emotsional buzilishlar, hissiyotlar, tajovuzkorlik, psixologik korreksiya, ijodiy qobiliyat, shaxs, estetik ko'nikma, idrok, anomal funktsiya.
КОРРЕКЦИЯ И ЛЕЧЕНИЕ НАРУШЕНИЙ РАЗВИТИЯ С ПОМОЩЬЮ ИСКУССТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АРТ-ТЕРАПИИ
Рахматова И.И. - Термезский государственный педагогический институт, преподаватель кафедры изобразительного искусства и
инженерной графики
Аннотация. В данной статье рассматривается использование арт-терапии, которая является популярным методом психологической коррекции эмоциональных расстройств, роль и значение сеансов арт-терапии в развитии человека, а также проблемы эмоционально-личностного развития, сфера, факторы, необходимые для развития личности, а также вопросы выявления возможностей использования искусства и методов арт-
терапии в поиске эффективных методов нейтрализации ресурсов негативного воздействия и аномальных функций личности.
Ключевые слова: арт-терапия, эмоциональные расстройства, эмоции, агрессия, психологическая коррекция, творческие способности, личность, эстетические способности, восприятие, аномальная функция.
CORRECTION AND TREATMENT OF DEVELOPMENTAL DISTURBANCES WITH THE HELP OF ART USING ART THERAPY
Rakhmatova I.I. - Termez state pedagogical institute, lecturer at the department of fine arts and engineering graphics
Annotation. This article discusses the use of art therapy, which is a popular method of psychological correction of emotional disorders, the role and significance of art therapy sessions in human development, as well as the problems of emotional and personal development, the scope, factors necessary for personality development, as well as issues of identifying the possibilities of using art and art therapy methods in the search for effective methods of neutralizing negative impact resources and abnormal personality functions.
Keywords: art therapy, emotional disorders, emotions, aggression, psychological correction, creativity, personality, aesthetic abilities, perception, abnormal function.
Shaxs kamoloti - bu nafaqat ota-onalardan, balki pedagoglardan ham jiddiy e'tibor talab qiladigan rivojlanish davri hisoblanadi. Ushbu davrda ijtimoiy ko'nikmalar va xulq-atvor me'yorlari, axloqiy qadriyatlar hamda boshqalar orasida "o'zini o'zi tan olish", nafaqat oilada, balki tengdoshlari bilan muloqotdagi muammolar, jamiyatda o'zaro munosabatlarning ziddiyatli jarayonlariga duch kelinadi. Albatta hissiy va axloqiy sohasining rivojlanish darajasi uning ruhiy salomatligiga ham bog'liqdir. Shuning uchun shaxsiyatning hissiy sohasini yaratish orqali rivojlantirish, hissiy intellekt, hissiy sezgirlik va empatiyani shakllantirish shartlari bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Afsuski, hozirgi kunda hissiy va shaxsiy sohani rivojlantirishdan ko'ra, ta'lim sohasida intellektual rivojlanishiga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu esa ta'lim muassasalarining zamonaviy dasturlarida ushbu masalani dasturiy hujjatlarga kiritmaganligi yoki parchalanib, tizimsiz tarzda hal etilishiga olib keladi.
Katta psixologik lug'atda his-tuyg'ularning quyidagi tavsifi berilgan: "Tuyg'ular (lotincha eshowege - qo'zg'atish, hayajonlantirish) - instinktlar, ehtiyojlar, motivlar bilan bog'liq bo'lgan va shaklda aks etuvchi ruhiy jarayonlar va holatlarning (odamlar va hayvonlarning) maxsus sinfidir. Shaxsga ta'sir qiladigan hodisalar va vaziyatlarning uning hayotini amalga oshirishdagi ahamiyati juda ham kattadir. Sub'ekt faoliyatining deyarli har qanday namoyon bo'lishiga hamroh bo'lgan shoshilinch ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan aqliy faoliyat va xatti-harakatlarni ichki tartibga solishning asosiy mexanizmlaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Ma'lumki, art-terapiya - san'at va ijodkorlikdan samarali foydalanishga asoslangan, hamda psixologik korreksion yo'nalishlaridan biridir. Bir so'z bilan aytganda art-terapiya odatda shaxsning psixo-emotsional holatiga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan vizual san'at terapiyasidir. Art-terapiyaning asosiy maqsadi o'zini namoyon qilish, hamda "o'zini o'zi anglash" qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg'unlashtirishdan iborat. Odatda san'atdan terapevtik maqsadlarda foydalanishning ahamiyati shuki, unda turli xil his-tuyg'ularni : sevgi, nafrat, xafagarchilik, g'azab, qo'rquv, quvonch va boshqalarni ramziy ravishda ifodalash va o'rganish uchun ishlatilishi mumkin.
Chunonki, art-terapiya texnikasi insonning ichki „men" mazmuni hamda u chizgan rasm yoki haykaltaroshlik qilganda vizual tasvirlarida aks etadi, degan xulosaga asoslanadi. Bunda asosan psixikaning holati o'zgaradi. Art-terapiya atamasiga to'xtaladigan bo'lsak, so'zma-so'z tarjima qilinganda "san'at bilan davolash" degan ma'noni anglatadi. Ushbu atama dastavbval rassom Adrian Xill tomonidan 1938-yilda sanatoriylarda sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar bilan ishini tavsiflash jarayonida kiritilgan. Art-terapiya usullari birinchi bo'lib AQShda Ikkinchi Jahon urushi paytida fashistlar lagerlaridan olingan ruhiy bosim ostida bolgan bolalarda qo'llanilgan. Art-terapiya dastavval Z. Freyd va K. G. Yungning psixoanalitik qarashlarini aks ettiradi, unga ko'ra mijozning badiiy faoliyatining yakuniy mahsuloti (chizma, haykaltaroshlik, montaj bo'ladimi) uning ongsiz aqliy jarayonlarini ifodalaydi. Natijaga erishilgan yutuqlar esa 1969-yilda Amerikada Amerika Art Terapiya Uyushmasi tashkil etilishiga sabab bolgan. Ma'lumki, art-terapiyaning asosiy maqsadi shaxsda o'zini o'zi bilish jarayonini o'zlashtirish va uning o'zini namoyon qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo'lib, uning tushunchasi hozirgi vaqtda bir necha ma'nolarni o'z ichiga oladi:
- davolash va tuzatishda ishlatiladigan san'at to'plami;
- art-terapiya texnikasi to'plami;
- psixoterapevtik va psixoreksiya amaliyotining yo'nalishi;
- art-terapiya usullari.
Shaxs his-tuyg'ularining rivojlanishiga nafaqat oila, balki muayyan hayotiy vaziyatlar ham ta'sir qiladi. Odatiy turmush tarzidagi har qanday o'zgarishlar (kundalik tartib va boshqalar) yoki salbiy ijtimoiy vaziyat affektiv reaktsiyalarning namoyon bo'lishiga, shu jumladan qo'rquvni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Ehtiyojlarni, ijtimoiy ishonchsizlik hissini, tashvish ayniqsa yosh inqirozi davrida, umidsizlik holatiga (g'azab, tajovuz yoki aksincha, passivlik holatiga) olib keladi va tajovuzkorlik kabi xususiyatlarni kuchayishiga olib keladi. Agressiyani boshqa shaxs yoki narsaga zarar etkazadigan har qanday qasddan xatti-harakat sifatida tushunish kerak. Agressiyaning quyidagi turlari mavjud: jismoniy (hujum qilish, zarbalar, tishlash) va og'zaki (baqiriq, so'kinish). Bundan tashqari, instrumental va maqsadli tajovuz bir-biridan farqlanadi. Eng tajovuzkor harakatlar instrumental tajovuzdir, ya'ni shaxsiy manfaati yo'lida hech narsadan qaytmaslik. Bu pozitsiyani mustahkamlash uchun ular jismoniy tajovuzkorlikdan
foydalanadilar. Maqsadli tajovuz har doim rejalashtirilgan va yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Demak, agressiya - muayyan maqsadda boshqa shaxsga yoki ob'ektga zarar etkazish hisoblanadi. Agressiya vaziyatli bo'lishi mumkin, ya'ni ma'lum bir vaziyatda epizodik va shaxsiy bo'lib, mos sharoitlarda barqaror xatti-harakatlar shaklida namoyon bo'ladi. Agressiya sifatlari aynan 6 oy ichida bola shaxsining xatti-harakatida o'zini tuta olmaslik, qoidalarga rioya qilmaslik, isterik xatti-harakatlar (ko'pincha namoyishkorona), tengdoshlari va kattalarga nisbatan haqoratli xatti-harakatlar, o'z xatolarida boshqalarni ayblash kabi belgilar paydo bo'lsa, unda bunday holatda bola tajovuzkor deb hisoblanadi. Afsuski, tajovuzkor bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga harakat qilganda, o'ziga xos doira paydo bo'ladi va tajovuzkor bola boshqalar tomonidan o'ziga nisbatan dushmanlik munosabatini keltirib chiqaradi, natijada uning tajovuzkor harakatlari kuchayadi, chunki ular tajovuzkorlikda qo'llab-quvvatlanadi. Ota-onalarning bolaga bo'lgan hissiy yuki va talablari, agar ular uning yoshiga to'g'ri kelmasa, bola "o'z chegaralarini" saqlanishini himoya qilishga majbur bo'lishiga olib keladi. Murakkab tartibga solish tizimi bo'lgan shaxsning hissiy sohasi juda zaif, ammo u shaxsiyatni shakllantirishda birinchi o'rinni egallaydi va xulq-atvorning shakllanishiga ta'sir qiladi. Hissiy jarayonlar va hissiy rivojlanish haqidagi zamonaviy g'oyalar inson hayotining tashqi omillari bilan uning ichki holatlari, motivlari va ehtiyojlari o'rtasida alohida bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. A. N. Leontiev, A. V. Zaporojets, F. E. Vasilyuk, V. K. Vilyunas, V. A. Ivannikov, K. E. Izard, K. Izardning fikricha, eng keng tarqalgan inson xulq-atvorining asosiy tamoyili esa, his-tuyg'ular fikr va harakatni quvvatlantiradi va tartibga soladi. Kuchli his-tuyg'ular odamda energiya to'lqinini keltirib chiqaradi. Shuning uchun shaxsning hissiy rivojlanishi uning ruhiy salomatligining asosi ekanligini aytishimiz mumkin.
Chunonchi rivojlanishdagi anomal funksiyalarni san'at vositalari yordamida tuzatish va davolashda art-terapianing o'rni beqiyosdir. Hozirgi kunda yurtimizda art-terapiyaninig qo'llanilishi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun amalga oshirilish imkoniyatlari yaratilgan bo'lsada, ammo umumta'lim maktablarida o'tilayotgan tasviriy san'at darslarida, to'garaklarda amaliy mashg'ulot sifatida qo'llanilishi ko'zda tutilmagan, hamda oliy ta'im muassasalaridagi tasviriy san'at yo'nalishlari doirasida ushbu masalalarga jiddiy e'tibor qaratilmagan, hamda o'quv fani sifatida shakllantirilmagan. S. L. Rubinshteyn ta'kidlaganidek, shaxsning hissiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish, uchta vazifani amalga oshirish kerak: insonga tabiat tomonidan berilgan narsalardan oqilona foydalanish; unga bilim olishga yordam berish, zarur ko'nikmalarni egallash; o'z hissiy potentsialini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. Art-terapiya texnologiyalaridan foydalanish ta'lim soxasida shaxs kamolotining hissiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish shuningdek, salbiy hissiy ko'rinishlarning oldini olish va tuzatish muammolarini muvaffaqiyatli hal qiladi. Demak, art-terapiya inson psixikasini uyg'unlashtirish va rivojlantirish maqsadida vizual hamda ijodiy faoliyat orqali tuzatuvchi ta'sir ko'rsatadigan
mustaqil psixoterapevtik yo'nalishdir. Art-terapiyaning ta'rifi badiiy ijodkorlik bilan bog'liq bo'lgan ifoda, aloqa, ramziylik tushunchalariga asoslanadi. San'at vositalari yordamida tuzatish va davolashda art-terapiyaninig qo'llanilishi bugungi kunning salbiy jarayonlarini oldini olish, inson ruhiyatiga ta'sir etuvchi (urushlar, tabiiy ofatlar, yuqumli kasalliklarni yengish, tajovuz, qo'rquv, g'azab, nafrat kabi) muammolarini yechish imkoniyatini beradi. Art-terapiya texnologiyalari asosan pedagoglar tomonidan yordamga muhtoj bolalar va o'smirlarni art-terapiya yordamida ularning hissiy-irodaviy sohasini, bilish jarayonlarini, umumiy xususiyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonlarda esa art-terapiyaning vazifalari asosan mavjud art-terapiya usullarini moslashtirish, hamda ulardan alohida yordamga muhtoj bolalar va ularning ota-onalari bilan psixo-korreksion ishlari tizimida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
A. Kopitinning so'zlariga ko'ra, art terapiya bir qator fanlarni o'z ichiga oladi, ularga pedagogika, tasviriy san'at, musiqa, madaniyatshunoslik, psixologiya, tibbiyot va boshqa soxalarni birlashtirgan integratsion bilim sohasi hisoblanadi. Albatta uning asosi badiiy amaliyotdir, chunki art-terapiya mashg'ulotlari paytida mijozlar vizual faoliyat bilan shug'ullanishadi. Ma'lumki art-terapiya texnologiyalari bo'yicha ko'plab olimlar ish olib borishgan. Jumladan, Yu.S. Shevchenko va L.V. Krepitsa birinchi marotaba o'zining "Art terapiya tamoyillari va bolalar va o'smirlar bilan ishlashda art-pedagogika" nomli asarida "art-terapiya va art-pedagogika" atamalariga alohida izoh berib o'tgan. Chunonchi san'atning korreksion ishdagi muhim ahamiyati haqida chet el pedagoglari E.Segen, J.Demor, O.Dekroli shuningdek, L.S.Vigotskiy, A.I.Graborov, Y.A.Yekjanova, T.S.Komarova va boshqalar oz fikrlarini bayon etganlar.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, art-terapiyadan foydalanish ijtimoiy moslashuvning eng samarali usuli hisoblanadi. Uning ta'lim sohasiga kiritilishi jamiyat hayotida to'liq ishtirok etish, tafakkur ijodi va shaxsning yaxlitligini rivojlantirishga imkon beradi. Bugungi kunda zamonaviy art-terapiyada eng muhim bosqichlarni o'z ichiga olgan "tasviriy san'at yordamida terapevtik ta'sir" (rasm, modellashtirish, badiiy hunarmandchilik va h.k.) ijobiy natijalarni qo'lga kiritmoqda.
Adabiyotlar
1. Inomjonovna, R. I. (2023). STEAM EDUCATION IS ONE OF THE MAIN TRENDS IN THE WORLD. Journal of new century innovations, 21(2), 27-32.
2. Inomjonovna, R. I. (2023). FACTORS OF WORKING WITH VIOLENT CHILDREN AND ADULTS USING ART THERAPY TECHNOLOGIES. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(5), 80-88.
3.Inomjonovna, R. I. (2023). ART-TERAPIYA JAROHAT OLGAN BOLALAR UCHUN SAMARALI DAVOLASH VOSITASI SIFATIDA (Urush, zo'ravonlik, tabiiy ofatlar paytida). Journal of new century innovations, 24(1), 8086.
4.Inomjonovna, R. I. (2023). ART THERAPY AS AN EFFECTIVE TREATMENT FOR INJURED CHILDREN (During war, violence, natural disasters). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(4), 182-188.
5.Рахматова, И. И., & Чутбоева, М. А. (2023). ПОКАЗАТЕЛИ ХУДОЖЕСТВЕННО-ТВОРЧЕСКОГО РОСТА И РАЗВИТИЯ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ЧУВСТВА ДЕТЕЙ. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(6), 8-15.
6.Рахматова, И. И. (2023). ТРАНСПЕРСОНАЛЬНАЯ МОДЕЛЬ В АРТ-ТЕРАПИИ-КАК ПРИНЦИПЫ ЧЕЛОВЕЧНОСТИ. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(6), 183-191
7. Inomjonovna, R. I. (2023). ART AS A COGNITIVE ACTIVITY IN THE LIFE OF CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 14(4), 132-137.
8. Inomjonovna, R. I. (2023). INFLUENCE OF INNOVATIVE IDEAS ON HUMAN PSYCHOLOGY IN TEACHING PAINTING TECHNIQUE THROUGH ART THERAPY. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 126-134.
9 .Inomjonovna R. I. (2023). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PICTURE ACTIVITY IN EDUCATIONAL PERSONALITY. Journal of new century innovations, 22(1), 113-118.
10. Raxmatova I. I., ART-TERAPIYA. O'quv qo'llanma. "METODIST NASHRIYOTI", 2023.
/7*1
*
4 ™
ART
THERAPY
•V
t
J >
- • f '
I £fi
4
m