INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D. Baltabayeva18_
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: so'nggi yillarda o'zbekistonda turli kasalliklarni erta tashxislash va old ini olishga qaratilgan dasturlar takomillashtirilmoqda. rinolaliya — nutqning murakkab nuqsoni bo'lib, u lab va tanglayning tug'ma yoriqlari natijasida yuzaga keladi va bola nutqi, talaffuzi va ijtimoiylashuv jarayonlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi rinolaliya bilan tug'ilgan bolalarda nutqning talaffuz va artikulyatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan samarali logopedik usullarni ishlab chiqishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: ish davomida rinolaliyalik bolalarning anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus logopedik metodlar qo'llanildi. shuningdek, artikulyatsion gimnastika, nafas olish mashqlari va ovoz chiqarish texnikalarini o'z ichiga olgan individual yondashuv asosida logopedik darslar olib borildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, ovoz chiqarish va artikulyatsion harakatlarni korreksiya qilishga qaratilgan tizimli mashqlar bolaning nutq qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Masalan:
• F tovushini qo'yishda burun rezonasiyasini kamaytirish va nafas oqimini boshqarish muvaffaqiyatli natija berdi;
• P va T tovushlarini to'g'ri talaffuz qilishda esa ovoz chiqarish harakatlarini aniq nazorat qilish va taktil hislarni rivojlantirish muhim omil bo'ldi;
• Nutqni avtomatlashtirish bo'yicha ishlarda dinamik nafas mashqlari va intervokal pozitsiyadagi talaffuzga alohida e'tibor qaratildi.
XULOSA: rinolaliya bilan bog'liq nutq nuqsonlarini korreksiya qilishning kompleks yondashuvi natijalarining samaradorligi tasdiqlandi. Artikulatsion mashqlar, nafas olish gimnastikasi va ovoz chiqarishni nazorat qilish usullari bolalarda talaffuz va nutq qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu yondashuv bolalarning ijtimoiylashuvini oshirish va ularning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Kalitso'zlar: rinolaliya, nutq nuqsonlari, logopedik korreksiya, artikulyatsion gimnastika, nafas olish mashqlari, nutq terapiyasi, erta diagnostika.
Iqtibosuchun: Baltabayeva D. Rinolaliyali bolalarda tovush qo'yish xususiyatlari.// Inter education & global study. 2024. №9(1). B. 382-391.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ХАРАКТЕРИСТИКА ЗВУЧАНИЯ У ДЕТЕЙ С РИНОЛИЕЙ
© Д. Балтабаева1И
1Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в последние годы в Республике Узбекистан формируется внормативная база для совершенствования программ, направленных на раннюю диагностику и профилактику различных заболеваний. Ринолалия, являясь сложным дефектом речи, обусловленным врожденными аномалиями, такими как расщелина губы и нёба, оказывает значительное влияние на развитие речи и коммуникативные навыки у детей.
ЦЕЛЬ: целью исследования является разработка эффективных методов коррекции артикуляции и звукообразования у детей с ринолалией для улучшения их речевых способностей и социальной адаптации.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании применялись специализированные логопедические методики коррекции звуков (Ф, П, Т и других), включая механическую помощь, тактильную и зрительную обратную связь, а также динамическую дыхательную гимнастику. Учитывались физиологические и анатомические особенности каждого ребёнка.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что систематические артикуляционные упражнения и индивидуализированные методы коррекции значительно улучшили речь детей с ринолалией. например:
• для постановки звука ф применялись упражнения, направленные на контроль воздушного потока и снижение носового резонанса;
• коррекция звука п была сосредоточена на развитии артикуляции губ и слухового контроля;
• для звука т особое внимание уделялось правильному положению языка и тактильной обратной связи;
• пошаговый подход, начиная с базовых артикуляционных упражнений и заканчивая интеграцией звуков в связную речь, укрепил как артикуляционные, так и дыхательные функции.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: раннее выявление и комплексный подход к коррекции дефектов речи у детей с ринолалией доказали свою эффективность в повышении их коммуникативных способностей. Интеграция артикуляционных упражнений, дыхательных техник и игровых методов позволила минимизировать влияние анатомических нарушений на речь и способствовала успешной социальной адаптации.
Ключевые слова: ринолалия, дефекты речи, логопедическая коррекция, артикуляционные упражнения, дыхательные техники, ранняя диагностика, социальная адаптация.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Для цитирования: Балтабаева Д. Характеристика звучания у детей с ринолией // Inter education & global study.2024. №9(1). С. 382-391.
CHARACTERISTICS OF SOUNDING IN CHILDREN WITH RHINOLIA_
© Durdona Baltabayeva1®
Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: in recent years, uzbekistan has developed regulatory frameworks for improving programs aimed at the early diagnosis and prevention of various diseases. rinolalia, a complex speech defect caused by congenital anomalies such as cleft lip and palate, significantly affects the development of speech and communication skills in children.
AIM: the study aims to develop effective methods for correcting articulation and sound production in children with rinolalia to enhance their speech abilities and social adaptation.
MATERIALS AND METHODS: the research employed specialized logopedic techniques for sound correction (f, p, t, and others), incorporating mechanical assistance, tactile and visual feedback, as well as dynamic breathing exercises. a personalized approach was applied, considering the physiological and anatomical characteristics of each child.
DISCUSSION AND RESULTS: results indicated that systematic articulation exercises and tailored correction techniques led to significant improvements in the speech of children with rinolalia. for example:
• the f sound was established using exercises targeting airflow control and reducing nasal air escape;
• the p sound correction focused on lip articulation and auditory feedback;
• the t sound was developed by promoting proper tongue placement and tactile feedback;
• the step-by-step approach, from basic articulation exercises to integrating sounds into coherent speech, strengthened both articulation and respiratory functions.
CONCLUSION: early diagnosis and a comprehensive approach to correcting speech defects in children with rinolalia proved effective in enhancing their communicative abilities. The integration of articulation exercises, breathing techniques, and playful methods minimized the impact of anatomical abnormalities on speech and facilitated successful social integration.
Key words: rinolalia, speech defects, logopedic correction, articulation exercises, breathing techniques, early diagnosis, social adaptation:
For citation: Durdona Baltabayeva. (2024) Characteristics of sounding in children with rhinolia, Inter education & global study, (9(1)), pp. 382-391. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Respublikamizda so'nggi yillarda turli kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini oldini olishga qaratilgan turli xil dasturiy tadbirlarni takomillashtirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. Jumladan, 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to g'risida''gi qarori, 2017 yil 29 dekabrdagi "2018-2022 yillarda bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to,g,risida"gi PQ-3440-sonli qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Nutq insonlarning kommunikatsion faoliyatiga va ijtimoiylashuv jarayonlariga ta'sir etuvchi bilish jarayonidir. Hozirgi davrda nutq nuqsonlarining turlari va ularning har tomonlama o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish korreksion pedagogik faoliyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rinolaliya nutq nuqsoni ham boshqa nutq kamchiliklari singari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan, erta diagnostikani talab qiluvchi murrakkab nuqsondir. Lab va tanglayning tug'ma yoriqligi sababli, bolaning ovqatlanishi, uning fiziologik va fonatsion nafas olishi ozmi-ko'pmi buziladi, yuz mushaklarining tabiati o'zgaradi, fonematik eshitish pasayadi, tilning patologik holati kuzatiladi. Tabiiyki, bularning barchasi bolaning talaffuz xususiyatlariga va nutqini shakllanishiga ta'sir qiladi.
Rinolaliyadagi nutqning talaffuz tomonining buzilishi o'ziga xos va juda aniq belgilarga ega. Xususan, bu tovush talaffuziga taalluqlidir, chunki ochiq burun ottenkali, ham ochiq rinofoniya, ham dizartriyada sodir bo'ladi. Ammo rinolaliyada tovushlarning o'ziga xos hosil bo'lishi boshqa nutq patologiyalarida sodir bo'lmaydi.
Artikulyatsiya organlarining harakatlanish funksiyasini meyorlashtirish to'g'ri talaffuzni tarbiyalashning zarur shartidir. Undosh tovushlarni qo'yishga kirishilar ekan, muayyan tartibga rioya qilish kerak bo'ladi. Korreksiya artikulyatsion jihatdan jarangsiz tovushlarni shakllantirishdan boshlanadi: bular lab-tish frikativ f va lab-lab portlovchi p tovushlaridir.
Ish ushbu tovushlar artikulyatsiyasini ovozsiz ko'rsatishdan boshlanadi, fonemaning nomi aytilmaydi. Bolaga u bilan qanday tovush talaffuzi o'rganilishi aytilmaydi. Bu o'rinda odatda patologik talaffuz stereotipi kuchli mustahkamlanib qolgan bo'ladiki, bola bu tovushni avvalgidek talaffuz qiladi. Nuqsonli artikulyatsiyaning takrorlanishini oldini olish uchun, artikulyatsiya keyinroq boshqa undosh tovushlar quyilayotganida ham ovozsiz ko'rsatiladi.
F tovushining qo'yilishi. Boladan pastki labni ustki tishlarga yaqinlashtirish va keyin yo'nalgan uzoq nafas chiqarish so'raladi. Bu turdagi nafas chiqarish avvaldan tayyorlov bosqichida yaxshilab mashq qilingan bo'lishi kerak. Tanglay-halqum yetishmovchiligi bo'lgan bolalarda, agar yumshoq tanglay mushaklarining harakatchanligi past, og'izdan nafas chiqarish zaif va qisqa bo'lsa, havoning burun yo'llariga o'tib ketishini kamaytirish uchun, burun kataklarini ikki yondan qisib turishga to'g'ri keladi. Faqat shu yo'l bilan og'iz ichida kerakli bosimni hosil qilish va bolaga kerakli kinesteziyalarni his qilishga ko'maklashish mumkin. Bu usul dastlabki mashg'ulotlarda (2-3) qo'llanadi va har bitta keyingi mashqda mexanik yordam kamaytirib boriladi va nihoyat qo'l bilan sal tegib
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
qo'yish darajasigacha olib kelinadi. Shunday qilib, havoning burunga oqib o'tishini kamaytirishga erishish mumkin bo'ladi. Tovushni bevosita bo'g'in tarkibida chiqarishga harakat qilgan yaxshiroq, shunda uning undosh bilan qo'shilib kelishida qiyinchiliklarni chetlab o'tsa bo'ladi.
P tovushining qo'yilishi. Lab-lab p tovushining korreksiyasi, artikulyatsiyada til o'zagining qatnashuvi va burun emissiyasining mavjudligidan tashqari, tish -jag' tizimining tuzilishidagi anomaliyalar tufayli ham qiyinlashishi mumkin.
Masalan, lab va tanglayda ikki tomonlama kemtiki bo'lgan bolalarda ko'p hollarda lablar harakatchanligi cheklangan, tish qatorlari yetarli darajada shakllanmagan bo'ladi, jag'lararo suyak protruziyasi (oldinga bo'rtib chiqishi) kuzatiladi, alveolyar o'simta kemtiki ikki tomonlama bo'ladi. P tovushini to'g'ri talaffuz qilish uchun lablar osoyishta, kuchlanmasdan birikishi va bu birikuv bir onda havo chiqarish bilan tugallanishi kerak bo'lganligi uchun, bu tovushni qo'yish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Imkon darajada meyorga yaqinlashtirilgan lab artikulyatsiyasini hosil qilish uzoq vaqtni talab qiladi. Artikulemani ovozsiz shakllantirish uchun, boladan u onasini lablarini cho'chchaytirib, qanday o'pishini ko'rsatish so'raladi. Bu harakatni amalga oshirish malakasi hosil qilingach, pushkadan otishga taqlid qilishga o'tiladi. Logoped bolaga pushka qanday o'tishini ko'rsatadi va undan ushbu harakatlarni ko'rsatib berishni so'raydi. Bu mashqni bajarish uchun og'izdan yo'naltirilgan nafas chiqara olish kerak. Ushbu mashqni bajarishda eshituvni nazorat qilib borish talab etiladi. Bu maqsadda bo'g'zi tor shisha idish qo'llanadi. U bolaning lablariga yaqin olib kelinadi. Havo oqimi shishachaga kirganda, o'ziga xos shovqin chiqsa, mashq to'g'ri bajarilgan hisoblanadi.
Ayrim logopedlar P tovushini lunjlarni shishirib turib qo'yishda taklif qiladilar. Bunday usulni qo'llash maqsadga muvofiq emas, chunki bu [P] tovushining normadagi talaffuzi uchun xos bo'lmagan noto'g'ri kinesteziyalarning mustahkamlanishiga olib keladi. Bola P tovushini lunjlarni shishirib turib talaffuz qilishga o'rganib qoladi va natijada bu harakatlarni bartaraf qilish uchun qo'shimcha ish olib borishga to'g'ri keladi.
Shivirlagan p paydo bo'lganidan keyin, uni ovoz bilan talaffuz qilishga o'tiladi. Buning uchun tovushni qattiqroq talaffuz qilish talab etiladi. Logoped oldin bu qanday qilinishini ko'rsatib beradi.
Shakllangan talaffuz ko'nikmalarining mustahkamlanishi statik va dinamik nafas gimnastikasi jarayonida olib boriladi:
• tik turgan holda, qo'llar yonga ochiladi, tana pastga engashib nafas olinadi, nafas chiqara turib a-fa deb qo'shiqsifat talaffuz qilinadi; p tovushi bilan ham xuddi shunday mashq bajariladi;
• tik turgan holda, qo'llar pastga tushirilib, barmoqlar mushtlanadi va nafas olinadi, keyin nafas chiqarishda pastga engashib, bir paytning o'zida quyidagi bo'g'inlar zanjiri talaffuz qilnadi: [fa]-[fo]-[fe]-[fi]-[fu]. P tovushli bo'g'inlar ham xuddi shu tarzda mustahkamlanadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Bunday gimnastika, tovushlarni avtomatlashtirishdan tashqari, yana og'izdan chiqadigan nafasni kuchaytirishga va suyak-abdominal nafas ko'nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Pastga engashar ekan, bola diafragma mushaklarining ishini faollashtiradi, shunday qilib, og'izdan nafas chiiarishni uzaytiradi.
Keyinchalik bolalar bo'g'inlar zanjirini bitta nafas chiqarishda avval ikki, keyin esa uch martagacha oshira oladilar.
T tovushining qo'yilishi. Til oldi, portlovchi t tovushining to'laqonli artikulyatsiyasiga tish qatoridagi har xil buzilishlar to'sqinlik qiladi. T tovushini qo'yish tayyorlov mashqlaridan boshlanadi, bu mashqlar tilning og'iz bo'shlig'ining old bo'linmasiga surilishiga yordam beradi.
Tovush "tuflash"ga taqlid asosida qo'yiladi. To'g'ri kinesteziyalarni keltirib chiqarish uchun boladan til uchida turgan non uvoqlarini tupurib tashlash so'raladi. Biroq dastlabki mashg'ulotlarda bu mashqni xatto mexanik yordam bilan ham bajarish qiyinchilik tug'diradi. Patologik talaffuz ko'nikmasidan uzoq vaqt foydalanganlik tufayli bolada turg'un yutish artikulyatsiyasi yuzaga keladi, ya'ni "tupurish" o'rniga "yo'talish" sodir bo'ladi, chunki bunda til uchi og'iz bo'shlig'ining tubida yotadi, nuqsonli tovush esa til ildizining ishi hisobiga hosil bo'ladi. Bolaga tilchamiz uycha ichiga berkinishni emas, balki tashqariga o'ynashga chiqishni hohlayotgani tushuntiriladi. To'g'ri kinesteziyalarni keltirib chiqarish uchun, bolaga og'izdan chiqib turgan til uchidagi non uvoqlarini tuflash taklif qilinadi. Shunday qilib, taktil analizator ishga tushiriladi. Agar shunda ham og'izdan chiqariladigan nafas yetarli darajada bo'lmasa, bu holda non uvoqlari til ustida qolaveradi va bola buni his qilishi mumkin. Og'izdan chiqadigan nafas uzoq, yo'nalgan bo'lsagina, uvoqlar til uchidan uchib ketadi.
Keyingi mashg'ulotlarda "tupurish" dan asta-sekin t tovushini ovozsiz talaffuz qilishga o'tsa bo'ladi. Ishning bu bosqichida, "tupurish"ga qaraganda, murakkabroq artikulyatsion harakatlarni bajarishga to'g'ri keladi. Tishlar ko'rinadigan holda jlimayish talab qilinadi, ya'ni lab artikulyatsiyasini olib tashlash kerak bo'ladi.
Bola shakllangan kinesteziyalarni to'liq mustahkamlab olganidan keyingina, ovozsiz artikulyatsiyadan t ni ovoz chiqarib talaffuz qilishga o'tish mumkin. Ish eshitib nazorat qilish yordamida olib boriladi. Buning uchun og'zi ingichka shisha idishchadan foydalanish mumkin. Idishchaning og'zi nafas chiqarish paytida bolaning labiga yaqinlashtiriladi. Agar bola havo oqimini to'g'ri yo'naltirayotgan bo'lsa, shisha og'zidan o'ziga xos xushtak eshitiladi.
Bolada tish orqa artikulyatsiyasiga o'tish ayniqsa qiyin kechishi mumkin, chunki ustki labi va tanglayi tug'ma kemtikli tug'ilgan bolalar ko'p hollarda tish qatorining buzilishlaridan aziyat chekadilar, ayrim hollarda ustki tishlarsiz tug'ilishlari ham mumkin. Ular bilan olib boriladigan ishda yaxshiroq natijalarga erishish uchun ko'rish orqali nazoratdan foydalinish mumkin. Bunda bolaga tilchasi o'ynashni hohlamayotgani, aksincha, uychaga berkinib olgisi kelayotgani tushuntiriladi. Til holatining to'g'riligini ko'zgu yordamida nazorat qilish mumkin.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Bolaning tili og'iz bo'shlig'ida yoyilib, yastanib yotgani tufayli, til oldi undosh tovushlarni yonboshdan talaffuz qilish holatida ish usullari biroz o'zgaradi, tilning old qismi al'veolalar (jag' suyaklarida tish ildizlari o'rnashgan uyalar) bilan birikuv hosil qilmaydi, havo oqimi esa yondan yo'naladi.
Korreksiya an'anaviy yo'l bilan amalga oshiriladi: "tuplash"dan tish orasidan chiqadigan t ga o'tiladi. Biroq, asosiy urg'u eshituv nazoratiga beriladi. Bolaga ro'molchani o'rtasiga tuflab yuborish taklif qilinar ekan, shishacha navbatma-navbat til uchiga va og'iz chekkalariga keltiriladi. Bunda bolaga shishacha til uchiga yaqin turganida hushtak eshitilishi lozimligi tushuntiriladi. Tushuntirish va namoyish qilish bir paytda sodir bo'lishi kerak.
Tovushlarning to'g'ri talaffuzi bo'g'inma-bo'g'in olib boriladigan dinamik nafas gimnastika jarayonida mustahkamlanadi.
Lab-tish, lab-lab va til oldi tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish ko'nikmalari mustahkamlangach, jarangli undoshlarni qo'yishga o'tsa bo'ladi: b, v, d. Bir paytning o'zida sirg'aluvchi tovushlar artikulyatsiyasini shakllantirishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Jarangli undosh tovushlarni qo'yish ishi a tovushini cho'zib kuylab talaffuz qilishdan boshlanadi. Fonatsiya paytida bola, logopedning ovozsiz artikulyatsiyasiga taqlid qilib, kerakli xatti-harakatlarni takrorlaydi va shu yo'l bilan intervokal pozitsiyadagi tovushga ega bo'lish mumkin.
Bolaga o'zining yaxshi ko'rgan qo'g'irchog'i yoki boshqa biron o'yinchog'ini (quyoncha, ayiqcha) uxlatish uchun [a]-[a]-[a] deb alla aytishni taklif qilish mumkin. Qo'shiq aytish paytida pastki lab ustki tishlar bilan biroz tishlanadi va natijada v tovushi hosil bo'ladi. Qo'shiq aytish paytida ikki labning bir-biriga urilishi natijasida b tovushini chiqarish mumkin: [a]-[a]-[b] [a]-[a]-[b].
D tovushini qo'yishda boladan tilchasini ustki tishlar tomon itarishni so'rash mumkin, go'yo tilcha sayr qilishni, o'ynashni hohlayapti-yu qattiq yopiq eshikchaga urilayapti, eshikcha esa uni chiqargisi yo'q.
Ayrim hollarda tovushlarning to'g'ri talaffuziga taqlid qilish yo'li bilan yoki taktil analizatordan foydalanib erishish mumkin. Bolaning qo'li bo'yinga halqum sohasiga qo'yiladi, shu yo'l bilan u ovozpaychalarining ishini sezishi mumkin. Avval logoped buni qanday qilish kerakligini ko'rsatadi, keyin bola bu harakatlarni birgalikda takrorlaydi.
Bosqichma-bosqich dinamik nafas gimnastikasi tovushlar ustida intervokal pozitsiyada ishlash uchun qo'llanadi.
Kerakli artikulyatsion holat ustida ishlashda ko'rish analizatori jalb qilinadi. Ko'zgu qarshisida bolalar til holatidagi farqni ko'rishlari mumkin.
Jarangsiz sirg'aluvchi s tovushining qo'yishi. S tovushining korreksiyasi an'anaviy usulda olib boriladi, faqat ayrim o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi, ya'ni bunda asosiy urg'u tilning og'iz bo'shlig'ida patologik qotib qolganligini bartaraf etishga hamda maqsadga yo'naltirilgan havo oqimining ishlab chiqarilishiga qaratiladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Til orqa artikulyatsiyasiga o'tishda ayrim qiyinchiliklar paydo bo'lishi mumkin. Bola tovush artikulyatsiyasini to'g'ri bajarayotganiga qaramay, til tish orqa holatiga o'tkazilganida, til mushaklari tortishadi, bu esa artikulyatsion holatning o'zgarishiga olib keladi. Til keskin torayadi va nafas bilan chiqarilayotgan havo oqimi o'rta chiziq bo'ylab emas, yon kemtiklardan o'ta boshlaydi. Bunda artikulyatsiya shu ondayoq to'g'ri bajarila boshlaydi. O'z navbatida bu, rinolaliyadan tashqari, bolada dizartriyaning kuchsiz shakli, ya'ni til gipertonusi mavjudligidan guvohlik beradi.
Bu muammoni hal qilishda, bo'shashtiruvchi massajdan va artikulyatsion gimnastikadan tashqari, mexanik yordamga murojaat qilinadi va eshitish analizatori faol jalb etiladi.
Bu o'rinda bola bilan quvnoq tilcha to'g'risidagi ertakni eslash va uni kerakli izohlar bilan to'ldirish mumkin.
Logoped: Sening tilchang ko'chada juda ko'p o'ynadi, avval rosa chopdi, sakradi, mashqlar bajardi, endi esa u charchadi va o'zining kichkinagina uychasi - og'zingga berkinib olib, uxlamoqchi.
Shunday qilib, logoped bolaga tilini orqa tishlar orqasiga olib o'tishga yordam beradi.
Logoped: Voy, ana, qara, tilchang o'zining yumshoqqina o'rniga yotib oldi, lekin uning uychasi juda issiq ekan, shuning uchun u hech uxlay olmayapti. Kel, biz unga yordam beramiz. Biz sen bilan unga salqin havo yuboramiz. Tilchamiz tashqarida o'ynab yurganida yuborgan edik-ku, xuddi shunaqa.
Bola lablarini tabassum uchun old tishlari ko'rinadigan qilib sal cho'zib, tilini pastki tishlar tagiga joylashtirganda, uning og'zining chekkalarini qo'l bilan sal siqib ushlab turish va shu paytning o'zida shisha og'zini old tishlarga yaqin olib kelish kerak. Logoped bolaga bu shisha sehrli ekanligini va unga havoni to'g'ri puflagandagina shisha xushtak chalib javob berishini tushuntiradi.
Shundan so'ng, bola havoning old tishlar chekkasiga ishqalanishidan paydo bo'ladigan o'ziga xos xushtak eshitiladigan qilib puflashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda rinolaliyali bolalarda til mushaklari tonusining pasayishi kuzatiladi. Hamma til mushaklarining bo'shashganligi va zaifligi, ayniqsa til uchining falajligi shunga olib keladiki, bola til uchini pastki tishlarga yetarli kuch bilan, yana til yuzasining old qismini pastga egib turib, bosa olmaydi. Natijada bola tish orqa artikulyatsiyasini to'g'ri bajarish o'rniga, uning tili og'iz bo'shlig'ining tubida passiv holda yotadi va til uchi bilan oldingi tepa tishlar o'rtasida kerakli tarnovcha hosil qila olmaydi.
Kerakli artikulyatsion holatni shakllantirish uchun konfet yoki novvot bo'lakchalariga tiqilgan plastmassa tayoqchalaridan foydalanish mumkin. Tayoqcha tilning o'rtasiga uzinasiga joylashtiriladi va tish orqasiga itarib qo'yiladi, shunda til uchi bilan ustki tishlar orasida ingichka novcha (ariqcha) hosil bo'ladi. Havo oqimini mana shu nov bo'ylab yo'naltirar ekan, bola kerakli xushtak ovozining paydo bo'lishiga erishadi.
Jarangsiz sirg'aluvchi [c] tovushini qo'yish ustida ish olib borar ekan, logoped, odatda, bir paytning o'zida lab-lab, lab-tish va til oldi undosh tovushlarini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
avtomatlashtirish Ibilan shug'ullanadi hamda ularning jarangli-jarangsizligi bo'yicha differensiatsiyasini amalga oshiradi. Shuning uchun jarangli sirg'aluvchi z tovushining korreksiyasiga uning jarangsiz jufti s tovushi ustida olib borilgan ishdan keyin o'tish mumkin. Ishlov berib bo'lingan aritikulyatsion holatni ko'rsatib, bolaga xuddi chivindek vizillash taklif qilinadi.
Har bitta qo'yilgan navbatdagi tovush bosqichma-bosqich dinamik nafas gimnastikasi vositasida ishlanishi va shu yo'l bilan qo'yib bo'lingan tovushlar qatoriga qo'shilishi kerak.
Sirg'aluvchi tovushlar talaffuzidagi buzilishlar tish qatorining shakllanmaganligi tufayli saqlanib qolishi mumkin. Alveolyar o'simtaning kemtiki bilan bog'liq yon tishlarning vaqtincha bo'lmasligi bu tovushlarni talaffuz qilishda qo'shimcha shovqin hosil bo'lishiga olib keladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, prikus (tishlam) normallashsa, bu nuqson yo'qolishi mumkin.
Shovqinli undosh tovushlar artikulyatsiyasi ko'p hollarda rinalaliya uchun xos bo'lgan patologik xususiyatlarga ega bo'ladi. Til ustining ko'tarilgan orqa qismi va halqumdan chiqarilgan nafas bu tuvushlarga o'ziga xos tus bag'ishlaydi. Shovqinli undosh tovushlarni talaffuz qilishda korreksion ish vazifalariga artikulyatsiya organlarining to'g'ri holatini o'rnatish va og'izdan yo'naltirilgan nafas chiqarishga erishish kiradi.
Ish jarangsiz sh tovushni qo'yishdan boshlanadi. Bunda artikulyatsion holatlar va artikulyatsion harakatlarni shakllantirish bosqichida egallangan ko'nikmalardan foydalaniladi. Bolaga "kosacha" mashqini eslash taklif qilinadi: bunda til keng qo'yiladi, uning uchi tepaga ko'tariladi va shu holatda ushlab turiladi. Keyin "kosacha" og'iz bo'shlig'ining ichiga suriladi. Bolaga tilcha hozir uxlamayotgani, shuning uchun u pastga tushishi mumkin emasligi eslatib turiladi. Tilning tepada turish holati mahkamlanganidan keyin, yo'naltirilgan puflashga o'tiladi. Havo oqimining noto'g'ri yo'nalganligiga yo'l qo'ymaslik uchun bolaga yelkani shishib turgan kema rasmini ko'rsatish mumkin: "Faraz qil, - sening og'zing bu - kemacha, tiling esa - mana shu yelkan. Yelkan shamoldan shishib turishi uchun to'ppa-to'g'ri tilga puflash kerak".
Affrikat ch ni qo'yishda har bir bolada tovushni talaffuz qilishda til holatini to'g'ri aniqlash malakasini hosil qilish va e'tiborni yo'nalgan havo oqimiga qaratish zarur. Korreksiya an'anaviy usulda t tovushidan olib boriladi.
Tovushlarni avtomatlashtirish ustida olib boriladigan ishda, qatiyan ketma-ketlikka rioya qilish kerak, ya'ni sodda nutq turlaridan murakkabroq turlariga o'tish kerak. Leksik material asta-sekin murakkablashib boradi.
Ish logoped ortidan so'zlarni takrorlashdan boshlanadi. Bo'g'inlarni takrorlashni to'la ma'noda avtomatlashtirish deb bo'lmaydi, chunki ko'p hollarda tovush bevosita bo'g'inning o'zida chaqiriladi. Keyinchalik bolalarga tez aytishlar, hikoyachalar, she'rlarni logoped bilan birga takrorlash taklif qilinadi. O'zlashtirilgan materialni qayta hikoya qilib berish, rasmga yoki rasmlar turkumiga qarab hikoya tuzish bo'yicha vazifalar ancha murakkab vazifalar hisoblanadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Rinolaliyali bolalarda tovushlarni avtomatlashtirish uchun didaktik materialni tanlash oson emas, chunki avval nutqqa lab va portlovchi til oldi tovushlar kiritiladi. Shovqinli va sirg'aluvchi tovushlar bu paytda bola talaffuzida mavjud bo'lmaydi. Tovushlarni avtomatlashtirishda bola nuqsonli talaffuz qiladigan tovushlar bo'lgan bo'g'inlar, iboralar va matnlardan imkon darajada qochish kerak bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Shokirova Sh.D. Kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug'ma kemtiklarida korreksion-logopedik ishni takomillashtirish: Monografiya. - T.: "UMID DESIGN" nashriyoti, 2024. - 330 b.
2. Shokirova SH.D. Specific characteristics of children's feeding in congenital deformities of the upper lip and palate // Proceedings of International Congress on "Multidisciplinary Studies in Education and Applied Sciences". Ilmiy- amaliy xalqaro konferensiya materiallari. - Canada. 2022. 10 dekabr.-B. 181-189.
3. Shokirova SH.D. Yuqori lab va tanglayning tug'ma kemtiklarida bolalar bilan abilitatsiya jarayonini tashkil etish // "Pedagogika" ilmiy-nazariy va metodik jurnali. -Toshkent, 2022. - № 5. - В. 226-229. (13.00.00 №6)
4. Специальная педагогика (Состовитили Аксенова П.И. Архипов.Б.А., Белякова П.И.) М. Владос. 2000
5. Lex.uz
6. library. Ziyonet. Uz
7. https:/studfile.net
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Baltabayeva Durdona, magistranti, [Балтабаева Дурдона - магистрант], [Baltabayeva Durdona, master's]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy. [адрес: Узбекистан, ул. 130100. Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.]