Научная статья на тему 'RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI VA “YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH ZARURIYATI'

RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI VA “YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3549
272
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Resurs / yashil iqtisodiyot / iqtisodiyot / global muammolar / yashil o‘sish indeksi / Resource / green economy / economy / global problems / green growth index.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rashidov, Laziz Salom O‘g‘li

Ilmiy ma’ruzada yashil iqtisodiyot tushunchasi, resurslar tanqisligi muammosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) global muammolarga qarashlari, yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurligini baholashdagi asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, Shimoliy Yevropa mintaqasi mamlakatlarining yashil o‘sish indeksi bo‘yicha reytingi ham kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIMITED RESOURCES AND THE NEED TO GO TO A GREEN ECONOMY

The scientific report highlights the concept of a green economy, the problem of lack of resources, the views of the United Nations (UN) on global problems, the main directions in assessing the need for a transition to a green economy. It also includes a ranking of the countries of the Nordic region on the Green Growth Index.

Текст научной работы на тему «RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI VA “YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH ZARURIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI VA "YASHIL IQTISODIYOT"GA

O'TISH ZARURIYATI

Ilmiy ma 'ruzada yashil iqtisodiyot tushunchasi, resurslar tanqisligi muammosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) global muammolarga qarashlari, yashil iqtisodiyotga o'tish zarurligini baholashdagi asosiy yo'nalishlari yoritilgan. Shuningdek, Shimoliy Yevropa mintaqasi mamlakatlarining yashil o'sish indeksi bo 'yicha reytingi ham kiritilgan.

Kalit so'zlar: Resurs, yashil iqtisodiyot, iqtisodiyot, global muammolar, yashil o 'sish indeksi

В научном докладе освещены понятие зеленой экономики, проблема нехватки ресурсов, взгляды Организации Объединенных Наций (ООН) на глобальные проблемы, основные направления в оценке необходимости перехода к зеленой экономике. Он также включает рейтинг стран Североевропейского региона по индексу зеленого роста.

Ключевые слова: Ресурс, зеленая экономика, экономика, глобальные проблемы, индекс зеленого роста.

The scientific report highlights the concept of a green economy, the problem of lack of resources, the views of the United Nations (UN) on global problems, the main directions in assessing the need for a transition to a green economy. It also includes a ranking of the countries of the Nordic region on the Green Growth Index.

Keywords: Resource, green economy, economy, global problems, green growth index.

Yashil iqtisodiyot bu shunday iqtisodiyotki bunda bandlik va daromadning o'sishi uglerod chiqindilari va ifloslanishni kamaytirish, energiya va resurslar samaradorligini oshirish, biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarining yo'qolishining oldini olish imkonini beruvchi iqtisodiy faoliyatga, infratuzilma va aktivlarga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda innovatsion taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,

Rashidov Laziz Salom o'g'li

O'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti" DM Olmaliq filiali mutaxassisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

cheklangan resurslardan maksimaldarajada oqilona foydalanish masalalari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki butun jahon hamjamiyati oldida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan sanaladi.

So'nggi yillarda ekologiyaning buzilishi (iqlim o'zgarishi, cho'llashish, bio xilma-xillikning yo'qotilishi), tabiiy kapitalning tugab borayotganligi, kambag'allik miqyosining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mamlakatlar o'rtasidagi tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligi sabablaridir. Global inqirozlarning barchasi ish o'rinlari qisqarishi, ijtimoiy himoyasizlik va qashshoqlik kabi, ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo'lmas ekologik falokatlar va atrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar "yashil iqtisodiyot"ga o'tish zarurligini taqozo etadi. Agar e'tibor beradigan bo'lsak, jahondagi yetakchi mamlakatlar allaqachon yashil iqtisodiyotga o'tish ishlarini boshlab yuborganligini ko'rishimiz mumkin. Ular yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishni o'rnini bosa olmasligini balki barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi yo'l ekanligini allaqachon anglab yetishgan.

Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod o'z iqtisodiy faoliyatini shunday tashkil etishi zarurki, keyingi avlodlar ulardan kam bo'lmagan iqtisodiy imkoniyatlar va turmush farovonligiga ega bo'lishlari lozimligida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Resurslar tanqisligi, ekologik muammolar va iqtisodiy xavflar kabi bugungi kun muammolari A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev, Sh.A.Tashmatov, M.T.Butaboyevlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o'rganilgan. [1] Ularning ilmiy ishlarida va ilmiy adabiyotlarida shu kabi muammolarga faqatgina yashil iqtisodiyotga o'tish orqali erishish mumkinligi qayd etilgan.

«Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishning nazariy - amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi - olimlar William Hynes, Shannon Wang, Erik Solheim, Patricia, Ardakanian, Dirk Jaeger tomonidan tadqiq etilgan.

Uzoq xorij iqtisodchi olimlari, MDH vakillari T.V. Zaxarova, Valentin Pchelintsev, Tatyana Kruglikova, Irina Jivotovskaya, Tatyana Chernomorova, Tkachenko Aleksandr Aleksandrovich va boshqalar, yashil iqtisodiyotga o'tish zarurligi va bu mamlakat rivojiga yuqori darajada ta'sir etishini ta'kidlab o'tishgan.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TAHLIL VA NATI JA

Yashil iqtisodiyot -inson hayoti va sog'ligi uchun zarur bo'lgan resurslarni, ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga va atrof-muhitni buzmasdan iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy tizim. Yashil iqtisodiyotni biz ekologik iqtisodiyot bilan bog'lasak adashmagan bo'lamiz, lekin u ko'proq siyosiy jihatdan qo'llaniladigan yangi yo'nalish hisoblanadi.

Resurslar tanqisligi- inson hayoti davomidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi resurslarning yetishmasligi resurslar tanqisligi hodisasi deb ataladi. Resurslar tanqisligi insoniyatning azaliy va hali yechimini topmagan muammosi bo'lib, inson ehtiyojlarining cheksizligi bilan resurslarining cheklanganligi o'rtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning bosh muammosi hisoblanadi.

Sanoat inqilobi yuz bergandan so'ng tabiiy resurslarga nisbatan berpavolik yuzaga kelgandek nazarimda. Suv tanqisligi, yer osti va yer usti boyliklarining kamayib borayotganligi, oziq ovqat tanqisligi, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo'lishi, energiya resurslarining yetishmasligi va boshqalarni bunga misol qilib keltirishim mumkin.Ba'zi resurslarni qayta tiklash mumkin. Masalan kesilgan daraxtlar o'rniga qayta daraxt ekib yangi bog' yaratish mumkin. Garchi bunga yillar ketsa ham. Lekin foydali qazilmalar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi.

Keyingi 200 yil ichida Yer kurrasida iste'molchilar soni 5 marta ko'paydi, ammo yer sathi, tabiiy boyliklar ko'paygani yo'q. Iqlim o'zgarishlari ham kuchayib bormoqda. Yer kurrasining 72% okeanlardan iborat , quruqlikning esa bir qancha qismida yashashga imkoniyat yo'q. U kabi muammolarga barham berish iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi strategiyalar bilan birga olib borilishi, ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ish o'rinlari yaratish kabi turli ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, shu bilan birga atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish va Iqlim o'zgarishlarini o'rganish zarurligi yashil iqtisodiyotning strategik maqsadiga aylandi.

Yashil o'sish barqaror rivojlanish uchun alohida strategiya hisoblanadi. Bu atrof-muhit muammolari va tabiiy resurslardan foydalanishga qarshi kurash yo'lini taqdim etadi. Ushbu tadqiqot 2000 yildan 2020 yilgacha yuqori yalpi ichki mahsulot (YaIM) bo'lgan mamlakatlarda yashil texnologiya va atrof-muhit omillarining yashil o'sishga ta'sirini o'rganadi.1 Bundan tashqari, u YaIMning yashil o'sishga chiziqli va chiqili bo'lmgan ta'sirini ham o'rganadi. Buning uchun biz ilg'or ekonometrik yondashuvdan foydalanamiz. Natijada YaIMning chiziqli ta'siri yashil o'sish uchun ijobiy ekanligini ko'rsatadi. Aksincha, YaIMning chiziqli bo'lmagan ta'siri yashil

1 https://www.frontiersin.org/artides/10.3389/fpubh.2021.816697/iull

651

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'sish uchun salbiy kattalikka ega. Bundan tashqari, yashil texnologiya yashil o'sishni sezilarli darajada oshiradi. Energiya iste'moli muhim ta'sir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi va u yashil o'sishni kamaytiradi. Ekologik omillar, topilmalariga ko'ra, namunaviy mamlakatlarda yashil o'sishni ham kamaytiradi. Shuni takidlash kerakki, energiya iste'moli va chiqindilarning birgalikda ta'siri mamlakatlarda yashil o'sishni yomonlshtiradi. Empirik topilmalarga asoslanib siyosatchilar uchun ushbu tadqiqot yuqori yalpi ichki mahsulotga ega mamlakatlar ekologik muhitni himoya qilishi mumkin bo'lgan yashil o'sish hajmini oshirish uchun o'zining iqtisodiy va ekologik foliyatini boshqarish kerakligini taklif qilishadi.

"Yashil iqtisodiyot"ga o'tish masalalari Yelning aksariyat strategik rivojlanish hujjatlarisda o'z ifodasini topgan. Tahlillar ko'rsatishicha, "yashil iqtisodiyot" Yelda barqaror rivojlanishni ta'minlashda asosiy tushuncha yoki ustuvor yo'nalish sifatida qo'llanilmaydi. Shunga qaramasdan "yashil iqtisodiyot" barqaror rivojlanishni ta'minlashning ustuvor yo'nalishlarini integratsiyalash usullaridan biri sifatida qaraladi. Bandlik va rivojlanish iqlim o'zgarishlariga kurashish chorasidan shular jumlasidandir.

Yevropa Ittifoqida(YeI)da "yashil iqtisodiyot"ga o'tish jarayonini tahlil etishda quyidagi dasturlar muhim ahamiyatga ega:

"Yevropa 2020 strategiyasini "yashil o'sish"ni ta'minlashga qaratilgan ilk davlat dasturi, deb hisoblash mumkin. Dastur resurslardan minimal darajada foydalanishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishga o'tishni belgilab beradi. Ushbu strategiyani maqsadi Yelda barqaror rivojlanish va inkluziv o'sish uchun shart - sharoitlar yaratishdan iborat hsoblanadi. "Inkluziv o'sish", deganda Yelning har bir a'zosi va har bir fuqarosining "iqtisodiy ahvoli, Yoshi, jinsi, jismoniy holati yoki diniy e'tiqodidan qat'iy nazar barqaror rivojlanishda qatnashishi zarur hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 2008 yilda Yashil Iqtisodiyot Tashabbusini boshladi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi " barqaror rivojlanish va qashshoqlikka barham berish, barqaror rivojlanishga erishish'' deya e'tirof etildi. BMT mutaxassislarining ta'kidlashicha , yashil iqtisodiyotga o'tishdan ko'zlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga ''yashil investitsiyalar''ni yo'naltirishni rag'batlantirish hisoblanadi. Ushbu investitsiyalar muhim iqtisodiy resurslar hisoblangan tabiiy kapital va ekotizimlardan nisbatan samarali usullar

2 Xojibakiev Sh.X. Yevropa Itttifoqida ' Yashill o'sish"ni ta'minlash strategiyasining ustuvor yo'nalishlari

3 Xojibakiev Sh.X. Yevropa Itttifoqida "Yashill o'sish"ni ta'minlash strategiyasining ustuvor yo'nalishlari

652

Yevropa 2020" rivojlanish strategiyasi Yevropa yashil bitimi" dasturi 3

■2

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yordamida foydalanish yoki ularni tugab qolishi ro'y berganda boshqa muqobil resurslar bilan almashtirishga yordam beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo'limi yashil iqtisodiyotning amaliy ta'rifini ishlab chiqdi, bu esa inson farovonligi va ijtimoiy tenglikni yaxshilash, shu bilan birga ekologik xavf va ekologik tanqislikni sezilarli darajada kamaytiradi.

1-jadval

Shimoliy Yevropa mintaqasi mamlakatlarining Yashil o'sish indeksi bo'yicha reytingi4

Kaicjjoriyalari (OMchamlari) - Ijtimoiy inlcuratiîyu YaibH o'sbh intlcksi

davlatlari Rnunlirdmi llUtUtrilli >11 barqaror fuvikbinivh Tabiiy kapitalni llimoya i|ills h Y»»hi! k|üs(xli\ imkonivatlar Nadja Daraja Rcylinß

Shvelsiya 87.78 78.14 59.53 94.06 78.72 buland 1

Dan i vu 1 86.12 73.19 I_ 59.68 92.33 76.77 baland 2

Finlandiya 78.21 71.53 60.34 91.21 74.49 baland 6

Norv cgiya 76.54 72.32 41.92 92.20 68.01 baland 20

Islandiva 59.63 42.18 33.62 87.96 5213 o'rtacha 31

So'nggi o'n yillikda "Yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi ko'plab hukumatlar va hukumatlararo tashkilotlar uchun strategik ustuvor vazifa sifatida namoyon bo'ldi. Hammasi bo'lib, 65 ta davlat Yashil Iqtisodiyot va tegishli strategiyalarni ishlab chiqdi. Resurslar tanqisligidan tortib, iqlim o'zgarishi va iqtisodiy o'zgaruvchanlikgacha bo'lgan XXI asrning asosiy muammolarini hal qilishga tayyor bo'ladilar.

Yashil iqtisodiyotga o'tish nima uchun zarur degan savolga javob beradigan bo'lsak. Yashil iqtisodiyot yer yuzidagi aholi uchun farovonlik olib keladi va kambag'allik darajasini pasaytiradi. Barcha mamlakatlarda inson taraqqiyotining yuqori darajasi, xoh u ta'lim sohasi bo'lsin xoh sog'liqni saqlash bo'lsin, xullas insonning farovon hayot kechirishi uchun nimaiki zarur bo'lsa unga erishish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.

Yashil iqtisodiyot bio xilma-xillikni tiklashga yordam beradi, ekologiyadagi salbiy o'zgarishlarni oldini olishga va atrof - muhitni muhofaza qilishga xizmat

2 Renewables 2020 Global Status Report. www.fs-unep-centre.org ma'lumotlari asosida tuzildi.

653

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiladi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohaga investitsiyalar jalb qiladi va samarali foydalanishga yo'naltiradi.

Xulosa qilib aytganda, resurslarning cheklanganligi va ekologik muammolarning salbiy oqibatlari sharoitida «Yashil iqtisodiyot»ni shakllantirishga ob'yektiv ehtiyoj paydo bo'lmoqda. «Yashil iqtisodiyot»ga o'tish resurslardan samarali foydalanish, ekologik muvozanatni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkonini beradi.

Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod o'z iqtisodiy faoliyatini shunday tashkil etishi zarurki, keyingi avlodlar ulardan kam bo'lmagan iqtisodiy imkoniyatlar va turmush farovonligiga ega bo'lishlari lozimligida namoyon bo'ladi. Hozirgi vaqtda inson farovonligini oshirish, resurslarni saqlash va kelajak avlodlarni jiddiy ekologik xavf-xatarlarga duchor qilmaslikni ta'minlaydigan iqtisodiy modelga o'tish zarurati dolzarbdir. Biz iqtisodiy farovonlikka va kelajak avlodni iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga, ekologik xavflarga qo'ymaslikka faqatgina birdamlikda erishishimiz mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

2. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T. Yashil iqtisodiyot. Darslik -T. "Universitet" 2020y. 31 bet.

3. Т.В. Захарова «Зеленая» экономика как новый курс развития: глобальный и региональный аспекты. Вестник Томского государственного университета, №4(16), 2011.

4. Устойчивое экономическое развитие в условиях глобализации и экономики знаний: концептуальные основы теории и практики управления /Под ред. В.В. Попкова. Учебник. М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2007. — 295 с.

5. zarnews.uz/uz/post/yashil-iqtisodiyot

6. https://www.ecouz.uz/icon/

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.