Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDA MADANIY LANDSHAFTNI SAQLASH VA TIKLASH'

RESPUBLIKAMIZDA MADANIY LANDSHAFTNI SAQLASH VA TIKLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog‘–xiyobonlar / turizm–sayyohlik / parklar / pavilionlar / madaniy yodgorliklar / madaniy meros. / парк–аллеи / туризм–туризм / парки / павильоны / памятники культуры / культурное наследие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.T. Radjapova

ushbu maqolada madaniy landshaftni saqlash va tiklash shakl va metodlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRESERVATION AND RESTORATION OF THE CULTURAL LANDSCAPE IN OUR REPUBLIC

в этой статье рассматриваются формы и методы сохранения и восстановления культурного ландшафта.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDA MADANIY LANDSHAFTNI SAQLASH VA TIKLASH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Z.T. Radjapova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada madaniy landshaftni saqlash va tiklash shakl va metodlari yoritilgan.

MAQSAD: Respublikada aholiga nafaqat bog'-parklar xizmatini rivojlantirish, balki me'moriy-landshaft muhitini yaxshilash lozim.

MATERIALLAR VA METODLAR: ko'chmas merosiy ob'ektlarga doir bino va boshqa inshootlardan farqli tarzda madaniy landshaft ancha murakkab va doim rivojlanishdagi geotizim hisoblanadi. Bu tizim dinamik teng vaznlilikda turadi. Madaniy landshaftning tarkibiga tabiiy va inson tomonidan o'zgartirilayotgan tabiat, inson faoliyatining moddiy va nomoddiy bunyodkorligi, shu jumladan turli xil texnologiyalar-ijtimoiy, xo'jalik va madaniy, hamda landshaft ko'rinishlari va uning ilmiy, badiiy, diniy va ijtimoiy muhitga shakllangan alohida fragmentlari kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: landshaft holatini saqlab turish bu landshaftning holati va uni parvarishlash bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi—monitoringidir. Bu tadbirlar landshaft merosini ob'ekt tarzida uning qiymatini va tabiiy dinamik holatini saqlashga qaratilgan kompleks ilmiy-tadqiqotlarni, izlanishlarni loyiha va ishlab chiqarish ishlarini o'tkazishni ko'zda tutadi. Landshaftga xos muhim tabiiy holatni saqlab turishda bosh masala-bu landshaftga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi turli xil holatlarning o'z vaqtida va bu haqda tegishli organlarni ogohlantirishdir.

XULOSA: qilib shuni yana bir bor ta'kidlash lozimki, mavjud parklarni zamon talablariga yarasha qayta qurish va ta'mirlash vazifasi masalaga ana shunday jiddiy yondoshishni talab qiladi. Bu birinchidan, ikkinchidan esa ota-bobolarimiz bizga meros qoldirgan bu bog'-parklarni biz ham avaylab-asrab, kelajak avlodlarga yetkazishimiz zarurdir.

Kalit so'zlar: bog'-xiyobonlar, turizm-sayyohlik, parklar, pavilionlar, madaniy yodgorliklar, madaniy meros.

СОХРАНЕНИЕ И ВОССТАНОВЛЕНИЕ КУЛЬТУРНОГО ЛАНДШАФТА В НАШЕЙ РЕСПУБЛИКЕ

Iqtibos uchun: Radjapova Z.T. Respublikamizda madaniy landshaftni saqlash va tiklash. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 117-123.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© З.Т. Раджапова1Н

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в этой статье рассматриваются формы и методы сохранения и восстановления культурного ландшафта.

ЦЕЛЬ: в республике необходимо развивать не только садово-парковое обслуживание населения, но и улучшать архитектурно-ландшафтную среду.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в отличие от зданий и других сооружений, относящихся к объектам недвижимого наследия, Культурный ландшафт представляет собой гораздо более сложную и постоянно развивающуюся геосистему. Эта система выдерживает динамический равный вес. В состав культурного ландшафта входят естественная и изменяемая человеком природа, материальное и нематериальное созидание человеческой деятельности, включая различные технологии-социальные, хозяйственные и культурные, а также ландшафтные проявления и отдельные ее фрагменты, сформировавшиеся в научную, художественную, религиозную и социальную среду..

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: поддержание состояния ландшафта-это система-мониторинг состояния ландшафта и проводимых мероприятий по его обслуживанию. Эти мероприятия предусматривают проведение комплексных научно-исследовательских, научно-исследовательских, проектных и производственных работ, направленных на сохранение ландшафтного наследия как объекта, его ценности и естественного динамического состояния. Главная задача в поддержании важного природного состояния, присущего ландшафту-своевременно реагировать на различные ситуации, негативно влияющие на ландшафт, и предупреждать об этом соответствующие органы.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: следует еще раз подчеркнуть, что задача реконструкции и ремонта существующих парков в соответствии с требованиями времени требует такого серьезного подхода к вопросу. Это, во-первых, и, во-вторых, мы должны бережно хранить и передавать будущим поколениям те парки и парки, которые нам завещали наши предки.

Ключевые слова: парк-аллеи, туризм-туризм, парки, павильоны, памятники культуры, культурное наследие.

Для цитирования: Раджапова З.Т. Сохранение и восстановление культурного ландшафта в нашей республике. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 117-123.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

CC

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

PRESERVATION AND RESTORATION OF THE CULTURAL LANDSCAPE IN OUR

11 i III I n

© Zukhra T. Radjapova1^

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: This article discusses the forms and methods of preserving and restoring the cultural landscape.

AIM: in the republic it is necessary to develop not only gardening services for the population, but also to improve the architectural and landscape environment.

MATERIALS AND METHODS: Unlike buildings and other structures related to immovable heritage sites, the Cultural Landscape is a much more complex and constantly evolving geosystem. This system can withstand dynamic equal weight. The cultural landscape includes natural and human-changeable nature, material and immaterial creation of human activity, including various technologies-social, economic and cultural, as well as landscape manifestations and its individual fragments formed into a scientific, artistic, religious and social environment.

DISCUSSION AND RESULTS: maintaining the state of the landscape is a system for monitoring the state of the landscape and the measures taken to maintain it. These activities provide for the implementation of comprehensive research, scientific research, design and production works aimed at preserving the landscape heritage as an object, its value and natural dynamic state. The main task in maintaining the important natural condition inherent in the landscape is to respond in a timely manner to various situations that negatively affect the landscape and warn the relevant authorities about this.

CONCLUSION: it should be emphasized once again that the task of reconstructing and repairing existing parks in accordance with the requirements of the time requires such a serious approach to the issue. Firstly, and secondly, we must carefully preserve and pass on to future generations those parks and parks that our ancestors bequeathed to us.

Key words: park alleys, tourism- parks, pavilions, cultural monuments, cultural heritage.

For citation: Zukhra T. Radjapova. (2024) 'Preservation and restoration of the cultural landscape in our republic', Inter education & global study, (7), pp. 117-123. (In Uzbek).

Yuqoridagi Qonundga ko'rsatilganidek barcha faoliyat turlari, asosan, ilmiy yoki badiiy qiymatga ega arxitektura yodgorliklari va boshqa ob'ektlarni saqlashga qaratilgan. Shu yerda savol tug'iladi, bularning barchasi ziyoratgoh joylarni, shu jumladan madaniy landshaftlarni yoki bog'-park san'ati va landshaft arxitekturasi ob'ektlarini saqlab qolishga qay darajada xizmat qiladi?

Ko'chmas merosiy ob'ektlarga doir bino va boshqa inshootlardan farqli tarzda madaniy landshaft ancha murakkab va doim rivojlanishdagi geotizim hisoblanadi. Bu tizim dinamik teng vaznlilikda turadi. Madaniy landshaftning tarkibiga tabiiy va inson tomonidan

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'zgartirilayotgan tabiat, inson faoliyatining moddiy va nomoddiy bunyodkorligi, shu jumladan turli xil texnologiyalar-ijtimoiy, xo'jalik va madaniy, hamda landshaft ko'rinishlari va uning ilmiy, badiiy, diniy va ijtimoiy muhitga shakllangan alohida fragmentlari kiradi. Madaniy landshaft meros ob'ekti tarzida, tan olinishi mumkinki qachon u tarixiy-madaniy, ilmiy va badiiy qiymatlarga ega bo'lsa. Madaniy landshaft ajdodlarimiz tomonidan madaniy va tabiiy, moddiy va nomoddiy qiymatli tizim tarzida yaratilgan va saqlanib kelingan bo'lsa, ularning aslligi va yaxlitligi isbotlangan va u nafaqat zamonaviy jamiyat tomonidan, balki kelajak avlod hayoti uchun ham zarur deb qaralgan va topilgan holatlardagina u merosiy ob'ekt deb hisoblanishi mumkin.

Qaralayotgan masala yuzasidan kelib chiqqan holda madaniy landshaftga xos bo'lgan va uni me'moriy va arxeologik hamda boshqa ko'chmas moddiy meros yodgorliklaridan keskin farq qiluvchi xususiyatlarini ko'rsatish mumkin. Bu xususiyatlar ichida landshaftning komplekslilik, hududiylik va dinamik xususiyatlarini, uning tarkibidagi tirik moddiy ob'ektlarni-hayvonot va o'simlik dunyosi vakillarini, hamda insonning an'anaviy faoliyat shakllari va turlarini, nomoddiy madaniyat namunalarini, turli xil assosiasiyalar, simvollar, toponimikalar va shunga o'xshashlarning mav-judligini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Bu tabiiy tarzda, madaniy landshaftni meros ob'ekti sifatida qo'riqlash sohasining mazmuniga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Shu munosabat bilan madaniy landshaftlarni saqlab qolish va qo'riqlash sohasida dolzarb bo'lgan ayrim tushuncha va atamalarni qarab chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.

1. Landshaft holatini saqlab turish (podderjanie landshafta) bu landshaftning holati va uni parvarishlash bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi—monitoringidir. Bu tadbirlar landshaft merosini ob'ekt tarzida uning qiymatini va tabiiy dinamik holatini saqlashga qaratilgan kompleks ilmiy-tadqiqotlarni, izlanishlarni loyiha va ishlab chiqarish ishlarini o'tkazishni ko'zda tutadi. Landshaftga xos muhim tabiiy holatni saqlab turishda bosh masala-bu landshaftga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi turli xil holatlarning o'z vaqtida va bu haqda tegishli organlarni ogohlantirishdir.

Landshaftga zarar keltiruvchi holatlarga qarshi choralar ichida atrof muhitni zaharlovchi turli xil manbalarni yo'q qilish, landshaft holatini saqlab turish va hayotini ta'minlashga xizmat qiluvchi madaniyatli insonlar va jamoalarni qo'llab-quvvatlash, an'anaviy landshaftning tarixiy-madaniy foniga kiruvchi alohida inshootlarni joriy remont qilish, landshaftning fazoviy strukuturasini saqlash, jumladan o'tloqlar va haydalgan yerlarning ko'payishi jarayoniga yo'l qo'ymaslik choralari kiradi.

2. Landshaftni konservasiyalash. Bu landshaftni madaniy meros ob'ekti tarzida uning qiymatini belgilovchi, uning tabiiy ko'rinishi va boshqa o'ziga xos xususiyatlarini o'zgartmasdan saqlab qolishga va landshaft holatini yomonlashuviga qarshi va uning degredasiya jarayonini kamaytirishga yo'naltirilgan barcha kompleks ilmiy-tadqiqotlar, izlanishlar, loyiha va ishlab chiqarish ishlaridir.

3. Landshaftni ta'mirlash. Landshaftni merosiy ob'ekt tarzida uning aslligini aniqlashda va yaxlitligini saqlab qolishda natural tadqiqotlar, tarixiy hujjatlar yoki analoglar asosida landshaftning ishdan chiqqan joylari yoki uning o'zgargan fragmentlari va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

elementlarini qayta tiklash va mustahkamlash maqsadida o'tkaziladigan kompleks ilmiy— tadqiqotlar, izlanishlar, loyiha va ishlab chiqarish ishlarini qamrab oladi.

Landshaftning aslligi deganda uning rivojlanish jarayonini o'zida aks ettiruvchi barcha tarixiy ko'rinishlarni yuqori darajada saqlab qolish tushuniladi. Shu boisdan ham landshaftning aslligini aniqlash nafaqat uning elementlari va xossalariga ehtiyotkorona munosabatni, balki uning ilk shakllanish davri va rivojlanib, ravnaq topgan davri hamda so'ngi davrlardagi o'zgarishlar va rivojlanishlarni ham qamrab oluvchi uning uzoq tarixini belgilab beradi.

Bu o'z navbatida landshaft bilan munosabatda bo'lgan, uning shakllanishiga o'z xissasini qo'shgan insonlarning qiziqishlari, dunyoqarashlari, estetik didlari, tabiatga munosabatini va nihoyat o'sha davrlar landshaft yaratish stillari va usullarini belgilab olish va aniqlashga yordam beradi.

Landshaftning yaxlitligi esa uning fazoviy va g'oyaviy tuzilishining saqlab qolinganligini, ya'ni uning semantikasini bildiradi.

4. Landshaftni tarixiy tiklash—bu madaniy landshaftning muayyan bir tarixiy davrini yoki uning fragmentlarini qayta tiklashga yo'naltirilgan kompleks ilmiy—tadqiqotlar, izlanishlar, loyiha va ishlab chiqarish ishlarini bildiradi. Tarixiy yozma tarixiy manbalar, tarixiy hujjatlar yoki analoglarni o'rganish, taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Tarixiy tiklash jarayonida landshaftni uning so'ngi bosqichlariga doir o'zgarishlaridan xolos etib, ravnaq topgan muayyan tarixiy davridagi asl ko'rinishini namoyon etishga erishiladi.

5. Madaniy landshaftni "hayoliy" yoki "ramziy" tiklash. Bunday ish landshaft ob'ektini ko'rgan va bilgan insonlar yodidagi obrazlarga, san'atda, xalq og'zaki ijodidagi mazkur ladnshaftga doir fikrlarga, landshaftning tarixiy ko'rinishlari va shakllari haqidagi ifodalarga asoslangan holda qayta tiklashni bildiradi. Bu uslubda qayta tiklangan landshaftga misol tarzida Angliyada Richard III va Genrix VII ning armiyalari to'qnash kelgan Bosvort jang maydonining landshaftni keltirish mumkin.

Ushbu mavzuni uning landshaftini qayta tiklovchilar ishonchli va ilmiy asoslangan tarixiy xujjatlarga emas, balki Shekspirning "Richard III" tragediyasi va xalq ertaklariga asoslanib ish tutganlar.

Shu uslubda qayta tiklangan yana bir boshqa misol tarzida rus dvoryanlari usadbasini ko'rsatish mumkin. Ana shunday bizgacha tarixiy saqlanmagan usadbalarning o'rni va landshaftini qayta tiklashda zamondoshlarimizning yodnomalari va kundaliklarida aks ettirilgan ushbu landshaft ob'ekti haqidagi tassavurni usadbalar dunyosi, ularning asosiy binosi va uni o'rab turgan parkka xos xususiyatlarga tayanilib ish tutishga to'g'ri keladi.

6. Madaniy landshaftni moslashtirishga muayan tarixiy landshaft ob'ektini yangi funksiyalar uchun foydalanish maqsadida olib borilgan kompleks ilmiy-tadqiqotlar, izlanishlar, loyiha va ishlab chiqarish ishlari kiradi. Bunday vaziyatda bajariladigan ishlar hajmini uch yo'nalishga bo'lish mumkin:

- taklif qilinayotgan yangi faoliyat va u bilan bog'liq ish rejasi va tartiblarni madaniy landshaft ob'ekti xossalariga adaptasiyalash. Bunda tarixiy landshaftning ishonchli va asl holatiga eng kam ta'sir ko'rsatish yoki ta'sir ko'rsatmaslikka erishish muhim vazifadir. Eng

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qulay variant-bu landshaft ob'ektining an'anaviy funksiyasini qayta tiklash bo'yicha taklif kiritishdir;

- madaniy landshaftni yangi funksiyalarga adaptasiyalash. Bu yo'nalish tarixiy landshaftlarga funksional mos keluvchi sodda obodonlashtirish ishlarini bajarishni, landshaftni merosiy ob'ekt tarzida uning sifatlariga eng kam salbiy ta'sir ko'rsatuvchi eng zarur imoratlar va inshootlarnigina qurishni ko'zda tutadi;

- landshaftni funksional qayta qurish-bu tarixiy landshaftni yangi funksiyalarga moslashtirishga yo'naltirilgan kompleks ilmiy-tadqiqotlar, izlanishlar, loyiha va ishlab chiqarish ishlarini bajarish va amalga oshirishni ko'zda tutadi. Mazkur landshaft tarkibi va uning elementlariga muayan qayta qurishlar va strukturaviy o'zgarishlarni kiritishni, jumladan yangi qurilmalarni, hududni keng obodonlashtirishni, uning infrastrukturasini shakllantirish va boshqalarni o'z ichiga oladi. Bularning barchasi landshaftni merosiy ob'ekt tarzida uning aslligi va yaxlitligini ifodalash darajasiga va boshqa xossalariga ta'sir ko'rsatadi.

Bunday uslubga misol tariqasida tarixiy landshaft ob'ektida sayyohlarga xizmat qiluvchi xor va raqs ansambllari va folklorlar jamoasini shakllantirish va bu bilan bog'liq rekreasion funksiyalarni, ularning konsertlari uchun sahna tomosha-o'yinlari, sovg'alar ustaxonasi va do'konni va boshqa xizmatlar turini shakllanitirishni ko'rsatish mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).

2. Ravshanova, N. N. (2020). THE PRINCIPLE OF CONTINUITY IN ENVIRONMENTAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(6), 369-374.

3. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.

4. Ravshanova, N. N. (2023). Designing Modern Models of Biological Education Theories and Content in Educators. Telematique, 22(01), 3034-3040.

5. Norboevna, R. N., Avezberdiyeva, N., Ne'matullayeva, O., Abdullayeva, N., & Abduraxmonova, S. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI EKOLOGIK BILIMLARNI O 'ZLASHTIRISHDA FANLAR UZVIYLIGI. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 10(12).

6. Ravshanova, N. N., & Norqulova, L. S. Q. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI EKOLOGIK TARBIYALASHDA IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(11), 685-692.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

7. Tirkashevna, R. Z. (2023). LANDSHAFT DIZAYNI BO 'YICHA TA'LIM: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(1), 158-164.

8. З.Раджапова, У.Абдурауфова ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА // SAI. 2023. №B1. URL: https://cyberleninka.ru/article7n/the-importance-of-usingmethods-in-the-professional-training-of-future-teachers-on-the-basis-of-anintegrative-approach (дата обращения: 09.11.2023).

9. Paджaпoвa, З. Т., & Миpзaевa, Г. З. (2023). ИННOВAЦИOННAЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛAНДШAФТНOМ ДИЗAЙНЕ.(в дoшкoльных oбpaзoвaтельных opгaнизaциях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

10. Radjapova, Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 393-396.

11. Дополнительная общеразвивающая программа летней занятости для детей младшего школьного возраста «Ландшафтный дизайн для начинающий» infourok.ru 2021 г.

12. «Виды инновационных технологий». Юркова А.Н. Номинация «Ландшафтный дизайн территории в ДОО» МКДОУ «Тогучинский детский сад № 6» 2017 г.

13. Radjapova Z.T. Dizayn to'garaklarida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Dissertatsiya. Toshkent-2020.

14. Radjapova Zukhra Tirkashevna. "Specific Characteristics of Development of Personal Creative Ability". TELEMATIQUE. Volume 21 Issue 1, 2022, 6840-6846.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Radjapova Zukhra Tirkashevna, "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), [Раджапова, Зухра Тиркашевна, кандидат педагогических наук (PhD), доцент кафедры технологии дошкольного образования], [Zukhra T. Radjapova, department of technology of preschool education, doctor of Pedagogical Sciences (PhD), Associate professor]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адреа Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.