Научная статья на тему 'RASMIY USLUBNING USLUBLAR ICHIDAGI O‘RNI'

RASMIY USLUBNING USLUBLAR ICHIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
19438
601
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rasmiy uslub / badiiy uslub / ilmiy uslub / ishonchnoma / subyektiv baho ifodalovchi shakllar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Toshlonova Sitoraxon Inomjon Qizi

bugungi maqolamizda rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublardan o‘xshash va farqli tomonlari o‘rganib chiqilgan, bundan tashqari bu uslubning leksik-semantik, grammatik jihatdan tahliliga ham alohida urg‘u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RASMIY USLUBNING USLUBLAR ICHIDAGI O‘RNI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

RASMIY USLUBNING USLUBLAR ICHIDAGI O'RNI

*

>

Toshlonova Sitoraxon Inomjon qizi

Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7271015

in*

Annotatsiya: bugungi maqolamizda rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublardan o'xshash va farqli tomonlari o'rganib chiqilgan, bundan tashqari bu uslubning leksik-semantik, grammatik jihatdan tahliliga ham alohida urg'u berilgan.

Kalit so'zlar: rasmiy uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub, ishonchnoma, subyektiv baho ifodalovchi shakllar.

Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog'ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo'lishi. Bu uslubda ham so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi,

»

m?

ko'pchilikka ma'lum bo'lgan ayrim qisqartma so'zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, belgilansin, o'tkazilsin, tayinlansin kabi so'z va so'z birikmalari ko'plab uchraydi.

Rasmiy- idoraviy uslubning boshqa uslublardan asosiy farqlaridan biri lug'aviy . . , , „ _......... , .. , .

va grammatik xususiyatlariga ko'ra farq qiladi. Ushbu uslub leksikasi, asosan, kitobiy

va xolis so'zlardan iborat bo'lishi bilan birga shu uslub bo'yog'iga ega bo'lgan yuqorida ko'rsatilgan, quydagi imzo chekuvchilar yo'llanadi, qabul qilib oluvchi mazkur kabi so'z va turg'un birikmalarini ham o'z ichiga oladi. Rasmiy - idoraviy uslubi leksikasining yana bir xususiyati unda proffisional yuridik, diplomatik, ma'muriy terminologiyaning mavjudligidir. Akt, guvohnoma, qaror, hal qiluv qarori, qidirish, elchixona muxtor elchi, ishonchli vakil, shartnoma, bayonot. Mazkur uslubdagi ko'plab ma'muriy va adliya sohalarida qo'llanilgani uchun u ko'p janrli J-jt uslub sanaladi. Rasmiy-idoraviy uslubda eskirgan so'z va iboralar o'rni bilan ishlatilishi mumkin.

Ushbu uslubning yozma va og'zaki ko'rinishlari mavjud bo'lsa ham, qat'iy J "1 > ^^ \ 1 >

qonun-qoidalarga amal qiladi, binobarin, o'zining til me'yorlariga rioya qiladi.

>*

Shulardan biri aniqlikdir. Bu uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan yana biri rasmiy matnlarda noaniqliklarga, izohtalab o'rinlarga yo'l qo'yilmaydi. Fikr va mazmun soda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi lozim: Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug'ildim. * : j*

45 | ' L

>>

*: > 3^

3>>

#<b> ^ >3>

J>

;>q >

! J>i>

>j*

3>>

j ]> ? v

1 > >)>

>

$4f

m

j

í*^ > o>>

*s>

M >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Otam-Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o'qituvchi, onam-Rahimova Gulnora Azimovna 122- bolalar bog'chasida bosh tarbiyachi bo'lib ishlaydilar.

Rasmiy-idoraviy uslubda ko'pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo'laklarining odatdagi tartibda bo'lishiga rioya qilinadi: K.S.Hotamov Toshkentda 2 oylik malaka oshirish kursida bo'lishi davrida korxonaning bosh mutaxassislik vazifasi muhandis Mamatov Rahmonali Abduxoliq o'g'liga Yuklatilsin. Iqtisod bo'limning katta mutaxassisi A.Saidbekova 2019-yil 10-maydan o'z roziligi bilan shu bo'limning yetakchi mutaxassisi lavozimiga O'tkazilsin.5 Rasmiy uslub hozirgi o'zbek tilining davlat-ma'muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo'ladigan ko'rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar ta'kidlaganimizdek ana shu uslubda shakllanadi. Ushbu uslubning yozma va og'zaki ko'rinishlari mavjud bo'lsa ham, qat'iy qonun-qoidalarga amal qiladi, binobarin, o'zining til me'yorlariga rioya qiladi. Shulardan biri aniqlikdir. Bu uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan yana biri rasmiy matnlarda noaniqliklarga, izohtalab o'rinlarga yo'l qo'yilmaydi. Fikr va mazmun soda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi lozim: Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug'ildim. Otam-Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o'qituvchi, onam-Rahimova Gulnora Azimovna 122- bolalar bog'chasida bosh tarbiyachi bo'lib ishlaydilar.

Badiiy, so'zlashuv, publitsistik uslublarda so'zlarni qolipga solmay, nutq sharoitiga qarab erkin foydalansa bo'ladi. Rasmiy-idoraviy uslubda fikr-mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Masalan, 1-ilovadagi ishonchnoma shakliga e'tiborimizni qaratsak:

1-ilova

q >j*

Mt<\')>

«äs

ü>

i

»4 > * 11>

ISHONCHNOMA

Men, Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining 1-bosqich talabasi Muhammadjonova Fayzixon Xursandbek qizi, kursimiz talabasi Abdurahmonova Sitoraxon Inomjon qiziga (AB seriyadagi 1192670 raqamli pasportga ega) universitet g'aznasidan menga tegishli 2021-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.

(imzo) F. Muhammadjonova

2021-yil 2-iyul

F. Muhammadjonovaning imzosini tasdiqlayman.

Filologiya fakultetining dekani (imzo) U. Rahimov

(muhr)_2021-yil 2- iyul_

Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo'llanma-Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti", 148-149 b.

46

q >j* ]>j*

qjH*

I

q m.

i >5*

; )>j*

>

k*

*-q>

q >p

|:H>

q > >

q

q <;>

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

i >p *j>

#

>

Yuqoridagi qolipga ko'ra, shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo'lda yoziladi, unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo'lishi kerak:

1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).

2. Ishonch bildiruvchining to'liq nomi (ismi, familyasi, otasining ismi).

3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to'liq nomi.

4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko'rsatish).

5. Topshirilgan vazifalarni amalga oshirilishi zarur bo'lgan muassasaning

vJ "jWr" SW^ J

nomi.

-------

6. Ishonch bildiruvchining imzosi.

7. Berilgan (yozilgan) vaqti.

8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.

9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va muhr.

Shu tarzda ariza, ishonchnoma, bildirishnoma, tabriknoma, ma'lumotnoma,

m 1

>

shartnoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning o'ziga xos bayon etish qolipi mavjud.

Leksik-semantik-stilistik jihatdan olib qaraganda esa rasmiy uslubga oid

»

matnlarda badiiy uslubga xos bo'lgan, voqelikni, inson hissiyoti, fikri va harakatlarini obrazli tasvirlashga yo'naltirilgan badiiy tasvir vositalari uchramasligi, binobarin, o'xshatish, epitet, jonlantirish, metafora, mubolag'a, litota va boshqa vositalar, poetik leksika elementlari deyarli uchramasligini ko'rish mumkin.

Ayni paytda, ularning har birining so'z va turg'un birikmalari ham mavjud Mi..... ,. , ,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

bo'ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko'z yugurtirsak, ularda boshqa

uslublarda deyarli uchramaydigan atamalar qo'llaniladi: ma'muriy javobgarlik, fuqarolik majburyati, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jamoat kafilligi jabrlanuvhi bilan yarashuv va boshqalar. Bu kabi atamalarga duch kelishimizning o'zi ham rasmiy idoraviy uslubning uslublar ichidagi o'ziga xos o'rnini ko'rsatadi. Bundan tashqari, ish qog'ozlari va ish hujjatlarining xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning me'yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun J-jt diplomatik munosabatalar doirasidagi so'z va iboralarga ko'z yugurtiraylik: ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, ishonchli vakil, nota, ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo'shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh kabilar.

Ushbu uslub uchun oddiy so'zlashuv uslubiga oid bo'lgan so'zlar, jargonlar, ekspress-emotsional bo'yoqdorlikka ega bo'lgan so'zlarning ham ishlatilishi me'yor sanalamaydi. Shu jihatlari bilan ham rasmiy-idoraviy uslub boshqa uslublardan

♦ ¡>

>q ] i )> >

а j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

keskin farqlanadi. Masalan, girgitton, o'rgilay, haligi, mullaka, baraka topgur, miyasi

g'ovlab ketdi, churq etmaslik kabi.

Rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublardan farqli jihatlari bilan bir qatorda

o'xshash tomonlari ham mavjuddir. Muloqot vaziyati va sharoitga muvofiq ilmiy,

аи j

badiiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo'ladi. Shuni ta'kidlash joizki, bu uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa ham, nutqning og'zaki shaklini ham

!

inkor qilib bo'lmaydi. Badiiy uslubga tegishli, sahna uchun mo'ljallangan asarlarda og'zakilik bo'lsa, ilmiy uslubga doir bo'lgan ilmiy ma'ruzalar og'zaki shaklda namoyon bo'ladi, lekin rasmiy uslubga tegishli bo'lgan ish qog'ozlari faqat yozma nutq orqali yuzaga chiqadi. Bu ham rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublar ichida yana bir o'ziga xos xususiyatidir.

Rasmiy uslub grammatik jihatdan ko'p hollarda ilmiy uslubga o'xshab ketadi, lekin boshqa uslublardan farqlanib turadi. Masalan, ko'plik qo'shimchasi (-lar) ilmiy

тго ninmnn mnmnr linln 1л 1 о rrl о n fnnnnnfi Кгчп n л о nrliim nr/in i ltwi-ml о р1л+1 t*i р!л nntmn+

va qisman rasmiy uslublardan tashqari boshqa uslublarda umumlashtirish, hurmat,

taxminlash, kuchaytiruv-ta'kidlash kabi uslubiy ma'nolarni ham qo'llashda ishlatiladi: Ahmadlar keldi (umumlashtirish); Buvimlar keldi (hurmat); Soat o'nlarda uchrashamiz (taxminlash); Qalbim quvonchlarga to'ldi.

»

m:

Subyektiv baho ifodalovchi -cha; -choq; -loq; -toy; -gina (-kina;-qina) kabi bir qancha qo'shimchalar bo'lib, ular kichraytirish-erkalash shakllari deb ham yuritiladi. Bu qo'shimchalar ot va sifatlarga qo'shilib, shu so'zlar ifodalagan narsa va tushunchaga so'zlochi (yozuvchi)ning subyektiv (salbiy va ijobiy) munosabatini bildiradi: Masalan, Bu shirin qizcha kun bo'yi nimalarni o'ylab o'tirar ekan; Toychoq onasiga ergashib yugurib ketdi; Sho'rpeshonaginam! Shuncha sinovlarga chidadi;

I

Bolaginam-oppog'im, bo'talog'im-dombog'im!

Misollar shuni ko'rsatadiki, ushbu qo'shimchaga ega bo'lgan so'zlar so'zlashuv, badiiy va publitsistik uslubda ko'proq uchraydi. Ilmiy va rasmiy uslublrda esa nofaol hisoblanadi.

Bizga ma'lumki o'zbek tilida gapda so'zlarning, ya'ni gap bo'laklarining odatdagi tartibi mavjud bo'lib, bu tartibga ko'ra ega kesimdan oldin, aniqlovchi aniqlanmishdan oldin, to'ldiruvchi va hol kesimdan oldin va kesim gapning oxirida

J-jt

joylashadi. Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so'zlarning odatdagi tartibi qat'iy saqlanadi. Masalan, Meni institutning katta o'qituvchisi lavozimidan o'z ixtiyorimga ko'ra ozod etishingizni so'rayman. Lekin so'zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda uslubiy bo'yoqdorlikni oshirish uchun gap bo'laklari tartibi o'zgarishi (inversiya)

mumkin: Omoch sudrab, qo'sh haydardi, Azob edi u hayot. Qarimasdi o'sha mahal, Qani, bo'lsa bitta ot! (A. Muxtor "Mukofot").

m

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

i >-;> Ъ-4 >

• J^W

ы )>

й*

>>

^ >3> 1

Я>

>3»

Ы >

ы*

1

£>ф> Ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

Ы >

M

ш> №

ЗЙГ >€>

î Я>

Ы >

3 >4»

+Н >

л w> -

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo'llanma-Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti", 2020.

2. Mukarramov M. Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili.

3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo'ldashev I. Davlat tilida ish yuritish.-Toshkent: "Cho'lpon", 2007.

4. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo'ldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish.-Toshkent: "Cho'lpon", 2013.

5. Qo'ng'urov R, Karimov S. O'zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik ko'rsatkich. Samarqand, 1984.

6. Suyarova A. O'zbek tilida ish yuritish. Uslubiy qo'llanma-Namangan, 2018.

7. Abzalova M., Yo'ldasheva D. Tilshunoslikka kirish-Toshkent: "Universitet", 2005.

8. Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi-Toshkent: "YURIST MEDIA MARKAZI", 2009.

9. Nurmonov A., Sobirov A. Hozirgi o'zbek adabiy tili-Toshkent: "ILM ZIYO", 2013.

3>>

* q >

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

49

>

л

J

П

m>

IM;

>

3>P

Vt x

V>^ »ф>

*ф>

и*-

q >3*

Ы > Ы > i>

ы >

»ф>

ЦМ >

q >3*

-î J3*

|:Н>

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.