Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR YO`NALISH PEDAGOGLARINI KASBIY-SHAXSIY RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR YO`NALISH PEDAGOGLARINI KASBIY-SHAXSIY RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
evristika / mantiqiy fikrlash / kreativ o`quv muhiti / o`zini o`zi ijodiy rivojlantirish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna

Maqolada raqamli ta’lim sharoitida oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, ijtimоiy sоhаlаr vа tа’lim-tаrbiya jаrаyonlаrigа rаqаmli o‘qitishni kirib kеlishi nаtijаsidа rivоjlаnib bоrаyotgаn rаqаmli pеdаgоgikаning imkоniyatlаri, ijtimоiy-gumаnitаr yo‘nаlish pedagoglаri uchun tаvsiya etilаdigаn individuаl kаsbiy rivоjlаnish dаsturi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR YO`NALISH PEDAGOGLARINI KASBIY-SHAXSIY RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR YO NALISH PEDAGOGLARINI KASBIY-SHAXSIY RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna

OzDJTU, pedagogika fanlari doktori https://orcid.org/ 0009-0000-8371-6298, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10677312

Annotatsiya. Maqolada raqamli ta'lim sharoitida oliy ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o qitishning o "ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy sohalar va ta 'lim-tarbiya jarayonlariga raqamli o'qitishni kirib kelishi natijasida rivojlanib bоrayotgan raqamli pedagogikaning imkoniyatlari, ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglari uchun tavsiya etiladigan individual kasbiy rivojlanish dasturi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: evristika, mantiqiy fikrlash, kreativ oquv muhiti, o zini oszi ijodiy rivojlantirish

Hayot davomida o'qishning asosiy xususiyatlari cheksiz o'rganish; tezkorlik; eng yangi texnologiyalardan foydalanish; o'z-o'zini boshqarish; kechiktirmasdan amalda qo'llash; keng qamrovlilik; dinamiklik; boshqalar bilan ulashish; ishlash mezonlarini erkin tanlanishi; ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishdan iborat bo'lib, yangi bilimlar uzluksiz, ixtiyoriy ravishda o'rganiladigan shaxsiy ta'lim tizimini nazarda tutadi.

Pedagogning shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirishning bosh g'oyasi hayot davomida o'qish konsepsiya bo'lib, eskirgan g'oyalar va yondashuvlarni yangi usullar va ilg'or qarashlar bilan almashtirish uning bosh maqsadi hisoblanadi hamda shaxsiy ta'limni amalga oshirishda zamonaviy ta'limiy va axborot texnologiyalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi.

O'z-o'zini rivojlantirish, mustaqil kasbiy rivojlanish jaaryonlarini tashkil etish uchun yetarli pedagogik, metodik, texnik va tashkiliy shart-sharoitlar mavjud bo'lganda pedagogning individual kasbiy rivojlanish dasturini samarali amalga oshirish imkoniyatlari yuqori bo'ladi.

XXI asrning boshida rivojlangan Yevropa va Osiyo davlatlari hamda AQSH ta'lim tizimida raqamli gumanitar fanlar tushunchasi paydo bo'lgach, Yevropa miqyosida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, AKTdan foydalanishda bugungi kunda ham o'qituvchilar dars berishdan ko'ra darsga o'quv materiallarini tayyorlashga ko'proq vaqt sarflashadi (European Schoolnet and University of Liège, 2013).

Raqamli gumanitar ta'lim- bu ijtimoiy va gumanitar fanlarni o'qitish va ilmiy tadqiqotlarni olib borishda raqamli texnologiyalar va kompyuter usullaridan foydalanish bilan bog'liq zamonaviy fan sohasi bo'lib, ijtimoiy-gumanitar fanlar kesimida raqamli mahsulotlar-onlayn kurs, onlayn dars, vebinarlar, interaktiv onlayn ma'ruzalar, elektron darslik, o'quv qo'llanma va kitoblar, onlayn ta'lim resurslari, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunini 3D modellashtirish, elektron formatdagi mahsulotlarni va internet orqali taqdim etiladigan ta'lim xizmatlarini yaratish, tarqatish va o'qitishni o'z ichiga oladi.

Raqamli texnologiyalarni ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish jarayoniga joriy etilishi pedagoglardan yangi bilim, ko'nikma va malakalarni, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishni talab etadi.

Raqamli texnologiyalar va raqamlashtirilgan gumanitar ta'lim ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglarining ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshiradi, pedagogik mahoratning yuqori darajasini ta'minlab, o'qituvchilaming kreativ kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratadi.

Bugun raqamli gumanitar ta'lim muhiti:

-ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunini va o'quv materiallarini vizualizatsiya qilish zarurati mavjudligi (gumanitar fanlarda o'rganilayotgan obyektning qisqacha vizual ko'rinishini yaratish eslab qolishni osonlashtiradi, ma'lumotlarni tezda baholashga imkon beradi va bilimlarni tarqatish, ommalashtirishga hissa qo'shadi)ni yuzaga keltirmoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida katta hajmdagi ma'lumotlarning paydo bo'lishi, ularni saqlash, tahlil qilish va auditoriyaga taqdim etishning bugungi talabiga muvofiq pedagoglardan yangi bilim, ko'nikma va kompetensiyalarga ega bo'lish (raqamli ma'lumotlarni tahlil qilish, matnni avtomatik qayta ishlash, nazariya tarmoqlari va geoinformatikani o'rganish, raqamli gumanitar ta'lim resurslaridan foydalanish)ni talab etadi.

Ijtimoiy sohalar va ta'lim-tarbiya jarayonlariga raqamli o'qitishni kirib kelishi natijasida rivojlanib borayotgan raqamli pedagogikaning imkoniyatlaridan (ta'lim oluvchilarga onlayn yaratish, tahrirlash, aks ettirish va rivojlantirish, metakognitsiya, tanqidiy tahlil, nashr etish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi) keng foydalanib, kreativ yondashuv asosida o'z-o'zini rivojlantirish, individual kasbiy rivojlanishning axborot maydonini shakllantirishni va raqamli gumanitar fanlar doirasida ilmiy tadqiqotlarni olib borishning asosiy yo'nalishlari, metodikalari va usullarini o'zlashtirishni talab etmoqda.

Raqamli gumanitar fanlarda ma'lumotlar bazalaridan foydalanishga misol sifatida 2008 yilda Kaliforniya, Indiana va Illinoys universitetlarida tashkil etilgan Hathitrust (HathiTrust raqamli kutubxonasi) loyihasini keltirish mumkin. Bu loyiha AQSHning 60 ta tadqiqot kutubxonalaridan to'plangan uch milliondan ortiq tadqiqot yozuvlarining (kitoblar, hisobotlar, nashrlar va boshqa hujjatlar) elektron nusxalarini birlashtirgan bo'lib, loyiha doirasida kiritilgan manbalar tadqiqotchilarga izlash, o'qish, tahlil qilish va umumlashtirishda qulaylik yaratish, manbalarni asl variantlari bilan ishlash imkoniyatini taqdim etish maqsadida to'liq shaklda raqamlashtirilgan.

Bugungi kunda insoniyat qo'lida kamida 130 milliondan ortiq kitob mavjud. Millionlab manbalarni o'rganish va adabiyotlarni keng jamoatchilikka tushunarli va ochiq qilish uchun ma'lumotlar tahlili va falsafani birlashtirgan holda raqamli muzeylar, yangi media kontent yaratish talab etiladi. Oddiy qilib aytganda, an'anaviy gumanitar (tarix, tilshunoslik, adabiyot, pedagogika yoki musiqa) fanlarni o'qitish metodikalarini axborot texnologiyalari bilan birlashtirishni talab etadi.

Adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik, san'at tarixi va ijodiy sohalarda ma'lumotlarni tahlil qilish, raqamli nashriyot, loyihalarni xaritalash, madaniy tendensiyalarni aniqlash, vizuallashtirish, gumanitar fanlar bo'yicha tarmoqlar va grafiklar yaratish gumanitar fanlarning raqamli asrdagi muammolari hisoblanadi.

To'liq raqamlashtirish dunyosida tilshunoslik, filologiya, tarix, san'at tarixi, pedagogikada bugungi kunda "raqamli burilish" sodir bo'lmoqda. Texnologiyaning rivojlanishi tufayli yangi tadqiqot obyektlari: millionlab matnlar to'plami, tarixiy ma'lumotlar bazalari, raqamli arxivlar, elektron muzeylar paydo bo'lmoqda. Ushbu obyektlar til, madaniyat va jamiyat haqida juda ko'p ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, ammo ularni an'anaviy gumanitar usullar bilan yetarli darajada o'rganib bo'lmaydi. "Raqamli burilish" tubdan yangi tadqiqot malakalarini talab qiladi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmuni va o'qitish metodikalaridagi bu o'zgarishlar ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglarining quyidagi texnik-texnologik bilim, ko'nikma va kompetensiyalarga ega bo'lishini talab etadi:

asosiy texnologik tushunchalar: texnologiya, texnologik madaniyat, texnologik muhit, transformatsion faoliyat usullari, texnologik etika, texnologik estetikani bilish;

texnika va texnologiyani insonning intellektual, hissiy, aqliy va mehnat faoliyati natijasi sifatida tushunish;

ta'limga oid amaliy va istiqbolli texnologiyalar haqida ma'lumotga ega bo'lish; kasbiy o'z-o'zini belgilash va shaxsni rivojlantirishning raqamli texnologiyalarini bilish va ular bilan ishlash malakalariga ega bo'lish;

texnologik va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilim sohalarining aloqadorligi va o'zaro rivojlanishini tushunish;

texnikaning inson, tabiat va jamiyatga ijobiy va salbiy ta'sirini hamda sivilizatsiya mavjudligining sharti sifatida texnosferaning optimal rivojlanishi zarurligini asoslash;

texnologiyalarning iqtisodiy jihatlarini shaxsning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga tayyorligi ko'rsatkichlari bilan uyg'unlashtirish.

Ma'lumki, oliy ta'lim tizimida pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi 3 yillik davriy muddatda takrorlanib boradigan jarayon sifatida qaraladi, ya'ni bevosita malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchi keyingi malaka oshirishgacha bo'lgan davrda mustaqil ta'limning mazmunini to'g'ri shakllantirishi uchun uch yillik muddatga mo'ljallangan o'z-o'zini individual kasbiy rivojlantirish dasturiga ega bo'lishi talab etiladi. Chunki uch yillik mustaqil ta'limning natijalari keyingi malaka oshirish shaklini (bevosita yoki muqobil) belgilashda asos hisoblanadi. Ushbu davriy muddatda ta'limning norasmiy va informal shakllari asosida o'z-o'zini kasbiy rivojlantirishni maqsadli tashkil etish, raqamli gumanitar ta'lim muhitida pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanish trayektoriyasi va kasbiy axborot maydonini individual-kasbiy rivojlanish dasturi asosida shakllantirish maqsadga muvofiq. Quyida ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglari uchun tavsiya etiladigan individual kasbiy rivojlanish dasturining mazmuni aks ettirilgan.

Raqamli gumanitar ta'lim muhitida ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagogining shaxsiy-kasbiy rivojlanish trayektoriyasi

Maqsad: pedagogning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, kreativ potensiali, kasbiy mahorati va

kompetensiyalarini takomillashtirish

JL

Kasbiy rivojlanishga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlash

Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qi-tishning o'ziga xos xususiyatlari

I

"Lifelong learning" hayot davomida o'qish

An' anaviy va raqamli gumanitar ta'lim integratsiyasi talablari

IE

Evtagogika tamoyillari asosida individual kasbiy rivojlanish dasturi

j l- Vositalari j L- Manbalari j l Bosqichlari 1

Ochiq ta'lim resurslari (Open Educational

Smart-ta'lim (smart education)

Individual ta'lim muhiti (Personal learning nvironment)

Kroudsorsing loyihalari qo'shma ishlanmalar

Dastlabki bosqich

Ta'lim muassasalarining veb-saytlari. O'quv jarayonini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi veb-loyihalar. Ta'lim ma'lumotlarini tarqatuvchi veb-saytlar.

Tadqiqot veb-saytlari. Ma'lumot veb-saytlari. Raqobatbardosh internet-loyihalar veb-saytlari.

Ilmiy tadqiqot muassasalari veb-saytlari. Ijtimoiy tarmoqlardagi ta'lim jamoalari; Ta'lim veb-xizmatlari __

Л Л

Natija: ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglari kreativ kompetensiyalari (gnostik, loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, kommunikativ, tashkilotchilik, texnik-texnologik. qaror qabul qilish, raqamli ko'nikma va malakalar)ning rivojlanishiga yordam beradi

1-rasm. Raqamli gumanitar ta'lim muhitida ijtimoiy-gumanitar yo'nalish o'qituvchisining individual-kasbiy rivojlanish dasturi mazmuni

Ijtimoiy-gumanitar yo'nalish pedagoglarining shaxsiy-kasbiy ta'lim trayektoriyasi individual kasbiy rivojlanish dasturini tuzish uchun asos bo'ladi, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltiriladi. Bunda kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini namoyon etish, texnologik bilimlarni, kasbiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan hayot davomida ta'limni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish ustivorlikka ega bo'ladi.

Yangi media, multimedia loyihalari, interaktiv xizmatlar va xaritalar, ma'lumotlar bazalari, muzeylarda immersiv tajriba olish imkoniyati - bularning barchasi raqamli gumanitar fanlar sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Raqamli gumanitar ta'lim ko'nikma va malakalarini rivojlantirish raqamli muhitda ilmiy tadqiqotlarni olib borishga imkon yaratadi.

Gumanitar fanlarni o'qitishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish pedagoglarga ta'limni raqamlashtirish sharoitida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi va o'quv jarayoni sifatiga, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va qobiliyatlariga, mehnat bozorida kelajakdagi mutaxassislarga bo'lgan raqobat va talabga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Maria-Luisa Schmitz, Tessa Consoli, Chiara Antonietti, Alberto Cattaneo, Philipp Gonon, Dominik Petko. / Why do some teachers teach media literacy while others do not? Exploring predictors along the "will, skill, tool, pedagogy" model, Computers in Human Behavior, Volume 151, 2024, 108004, ISSN 0747-5632, https://doi.org/10.1016/j.chb.2023.108004.

2. Schrum, Kelly. Developing student capacity to produce digital scholarship in the humanities./. Arts and Humanities in Higher Education. Tom 21, Выпуск 2, Стрaницы 158 - 175April 2022. ISSN 14740222, DOI: 10.1177/14740222211045246

3. Jumaniyozova, M. (2023). CREATION INSTRUCTIONAL DESIGN OF THE LESSON AS AN ELEMENT OF THE INNOVATIVE EDUCATION.

4. Jumaniyozova, M. (2021). Oqituvchining kasbiy kreativligi va uni rivojlantirishning ilmiy-n azariy asoslari. SamDU Samarqand Viloyat Matbuot Boshqarmasida ro'yxatdan o'tish Tartib i 09-25. Jurnal 1999-Yildan Chop Qilina Boshlagan Va OAK ro'yxatiga Kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.