Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABI O‘QUVCHILARIDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABI O‘QUVCHILARIDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh. B. G‘Oziyeva

Ta'lim olish huquqi insonning eng muhim ijtimoiy-madaniy huquqidir, chunki ta'lim inson taraqqiyotiga eng katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy hayot sohasidir. Hozirgi vaqtda nogironlarning ta'lim olish huquqini amalga oshirish imkoniyatlari huquqiy, tashkiliy, texnik, moliyaviy va ijtimoiy xarakterdagi barcha muammolar mavjudligi bilan bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABI O‘QUVCHILARIDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI O'QUVCHILARIDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH

Sh. B. G'oziyeva

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10982321

Ta'lim olish huquqi insonning eng muhim ijtimoiy-madaniy huquqidir, chunki ta'lim inson taraqqiyotiga eng katta ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ijtimoiy hayot sohasidir. Hozirgi vaqtda nogironlarning ta'lim olish huquqini amalga oshirish imkoniyatlari huquqiy, tashkiliy, texnik, moliyaviy va ijtimoiy xarakterdagi barcha muammolar mavjudligi bilan bog'liq.

Ko'plab yillar davomida inklyuziv ta'limning global maqsadi - uning asosini inklyuziv madaniyat tashkil etgan chinakkam gumanistik jamiyat sifatida inklyuziv jamiyatni yaratishga hissa qo'shadigan inklyuziyaning nazariy asoslarini amaliy tadbiq etishning samarali strategiyasini topish muammolari ko'plab xorijiy ilmiy va pedagogik munozaralar bo'lib kelgan. Hozirgi kunga qadar samarali xalqaro hamkorlik va o'qituvchilarning ilmiy-amaliy faoliyati natijasida inklyuziv ta'limni insoniyatning global rivojlanishining muhim bosqichi sifatida amalga oshirishda umumiy samarali yo'nalishlar ishlab chiqilgan.

Dunyo mamlakatlarida nogironligi bo'lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, ularning jamiyatda o'ziga munosib o'rinni egallashlariga ko'maklashish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi, "Ta'lim hamma uchun" reja-dasturi to'g'risidagi Dakar deklaratsiyasi va boshqa xalqaro miqyosda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy maqsadi nogiron bolalarni himoyalashga qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayoniga inklyuziv yondashuvni samarali joriy etish ham shular jumlasidandir. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish qadriyatli yondashuv asosida umumiy o'qitish tizimi bilan inklyuziv ta'limni integratsiyalash, o'quv-tarbiya jarayonini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Inklyuziv ta'limni o'rganish pedagogika fanida yangi, eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Muammoga doir tadqiqot ishlarini o'rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida ma'lum bo'ldiki, imkoniyati cheklangan yoshlarning tarbiyaviy muhiti hamma vaqt yaxshi, mo'tadil bo'lishi, hamisha alohida e'tiborda tutilishi, kattalarning nazaridan chetda qolmasligi lozim.

G'arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog'liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo'nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma'lum darajada imkoniyati cheklangan bolalarning pedagogik psixologiyasining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Bu borada, Dj.Bruner , J.Piaje , A.Vallon , S.Xoll , K.Byuler , Ye.Dyurkgeym , D.Lokk va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e'tirof etish mumkin.

Umumjahon miqyosida alohida e'tiborga muhtoj bolalarning ruhiy holatini inobatga olgan holda psixologik korreksiyalash metodlari, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish, texnologik ko'maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirish borasida samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umumiy o'qitish tizimida inklyuziv ta'limning pedagogik psixologik jihatlari, nogironligi bo'lgan bolalarning ta'limiy ehtiyojlarini qondirish, ularning huquqiy tengligi sharoitini yaratish, jamiyat a'zosi sifatidagi o'rnini mustahkamlashga oid muammolar bu izlanishlarning asosini tashkil etib, ular nogiron bolalarning individual xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini inobatga olish,

ijtimoiy moslashuvini texnologik ta'minlash hamda qo'llab-quvvatlash, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik tizimini takomillashtirishda alohida o'rin egallamoqda.

Inklyuziv ta'lim - inglizcha so'zdan olingan bo'lib, inclusive, inclusion - uyg'unlashmoq, uyg'unlashtirilgan, o'ziga tortuvchi, qamrab oluvchi ma'nolarini, lotinchada esa includ - qamrab olaman, jalb qilmoq, ya'ni alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan va oddiy bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etishdir . Inklyuziv ta'lim - davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan masalalardan biridir. Alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan, voyaga yetayotgan o'smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'i nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan o'quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta'lim tizimidir.

"Inklyuziv ta'lim" tushunchasi xorijiy adabiyotlarda turli pozisiyalardan kelib chiqqan holda ko'rib chiqiladi:

-falsafiy kategoriya sifatida, uning fundamental asoslari jamiyat va maktab tomonidan har bir bolaning individual farqidan qat'iy nazar o'ziga xosligi va qadr-qimmatini tan olishdir (A.Renzaglia) ;

-nogiron o'quvchilar va ularning tengdoshlari, shuningdek, o'qitish jarayonida va umumta'lim maktablarida darsdan tashqari ishlarda o'qituvchilar o'rtasida to'liq va yetarli o'zaro munosabat sifatida (D.L.Voltz) ;

-yashash joyi yaqinida joylashgan umumta'lim maktablarida kerakli yordamni taqdim etgan holda ta'lim jarayoni va amaliyoti sifatida (R.Arends, C.A.Kochar, L.L.West, J.M.Taymans, Y.R.Shemesh) ;

-barcha bolalar bitta ta'lim dasturi asosida o'qiydigan yagona tabiiy ta'lim muhiti sifatida bevosita umumiy sinfda nogiron bolalarga zarur yordam ko'rsatiladi, barcha bolalar noyob deb tan olinadi va bir-birlari tomonidan qabul qilinadi, rejalashtirish va amalga oshirish ta'lim strategiyalari o'quvchilar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi (D.L.Ryndak, L.Jackson, F.Bilingsley) ;

-o'ziga xos missiyasi, falsafasi, qadriyatlari, usullari va faoliyatiga ega bo'lgan, maktab ichidagi tashkilotning asosi, uning maqsadlari, qarashlar tizimi va kundalik faoliyati sifatida tushuniladigan zamonaviy ta'lim paradigmasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida (H.Levin) ;

-nogiron bolalarning umuta'lim maktablarida optimallashtirilgan va keng rivojlangan integratsiyasi sifatida, bu jarayonda to'siq sifatida qaralmaydi, balki barcha pedagogik faoliyatning boshlang'ich nuqtasi va maqsadidir (A.Sander) ;

-"inklyuziv" va "integratsiya" - bu bir xil jarayonning ikki bosqichi bo'lib, unda maxsus ta'lim ehtiyojlari barcha pedagogikaning asosini tashkil etadi (T.Booth, M. Ainscow, D.Kingstone)

Inklyuziv ta'limning eng muhim xususiyatlarini aniqlashtirish, "inklyuziv ta'lim" tushunchasiga muallif tomonidan aksiologik, kulturologik va jarayon yondashuvlari nuqtai nazaridan ta'rif berishga imkon beradi. "Inklyuziv ta'lim - bu ko'p o'lchovli pedagogik hodisa bo'lib, uning asoslari barcha bolalarning o'ziga xosligini, qadr-qimmatini va xilma-xilligini tan tolish va har qanday diskriminasiya shakllarini yo'q qilish, har bir bolaning umumiy ta'lim tizimiga samarali qo'shilish va ishtirokini ta'minlash, uning yanada to'liq ijtimoiylashuviga hissa qo'shish". Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bolalarning integratsiyalashuv shakli sifatida inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish sabr-toqat va bag'rikenglik, izchillik, bosqichma-bosqichlik va uni amalga oshirish uchun kompleks yondashuvni talab qiladigan uzoq muddatli strategiyadir. Shu bilan birga, keng ma'noda - integratsiya (lotincha integratio - ulanish), rivojlanish jarayoni bo'lib, uning alohida ixtisoslashgan elementlarining o'zaro bog'liqligiga asoslangan tizim ichida birlik va yaxlitlikka erishishdir.

Shunday qilib, inklyuziv madaniyat inklyuziv jamiyat madaniyatini yaratishning muhim asosi bo'lib, unda ehtiyojlar xilma-xilligi jamiyat tomonidan ma'qullanadigan, qo'llab-quvvatlanadigan, to'plangan, inklyuziv ta'lim maqsadlariga muvofiq yuqori natijalarga erishish imkoniyatini ta'minlaydi. Pedagogik hamjamiyat va butun jamiyatning xavfsizligi, qabul qilinishi, hamkorligi va doimiy takomillashtirishni rag'batlantirishga hizmat qiladi.

REFERENCES

1. Bruner J. S. Personality dynamics and the process of perceiving. In: R. R. Blake & G. V. Ramsey (eds.). Perception: an approach to personality. New York: Ronald, 1951, 121—147.

2. Piaje J. Rech' i mishlenie rebenka. — Pedagogika - Press, 1999. — S. 173.

3. Wallon, H. (1957/1968). La mentalite'primitive et la raison dans l'oeuvre de Le'vy-Bruhl. Enfance,21, 111-117.

4. Xoll S. Istoriya odnoy kuchi pesku // Xoll S. Ocherki po izucheniyu rebenka. - B. m.: Puchina, 1925. S.125-141.

5. Bühler, Karl, Psychologe, *Meckesheim (Rhein-Neckar-Kreis) 27. 5. 1879, |Los Angeles (Kalifornien) 24. 10. 1963. Émile Dürkheim // Indiana Philosophy Ontology Project

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.