Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA TIBBIY TA‘LIM TIZIMINING BARQAROR RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA TIBBIY TA‘LIM TIZIMINING BARQAROR RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
17
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taʼlim tizimini rivojlantirish / tibbiy taʼlim / raqamli texnologiyalar / simulyatsion o‘qitish.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Ulug‘bekova Gulrux Jo‘rayevna, Adhamov Shohjahon Abdullajon O‘g‘li

Maqolada respublikamizda tibbiy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida izchil olib borilayotgan islohotlar, ularning maqsadi, oliy tibbiy taʼlim tizimida ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning tutgan roli, taʼlimning turli sohalarida raqamli texnologiyalarining imkoniyatlari, tibbiy ta’limda simulyatsion o‘qitishning tutgan roli haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA TIBBIY TA‘LIM TIZIMINING BARQAROR RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA TIBBIY TA'LIM TIZIMINING BARQAROR RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

1Ulug'bekova Gulrux Jo'rayevna, 2Adhamov Shohjahon Abdullajon o'g'li

1Andijon davlat tibbiyot institute, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.n, 2Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11208547

Annotatsiya. Maqolada respublikamizda tibbiy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida izchil olib borilayotgan islohotlar, ularning maqsadi, oliy tibbiy ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning tutgan roli, ta'limning turli sohalarida raqamli texnologiyalarining imkoniyatlari, tibbiy ta'limda simulyatsion o'qitishning tutgan roli haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimini rivojlantirish, tibbiy ta'lim, raqamli texnologiyalar, simulyatsion o'qitish.

Аннотация. В статье описаны реформы, последовательно проводимые в целях дальнейшего развития системы медицинского образования в нашей республике, их цель, роль цифровых технологий в повышении качества образования в системе высшего медицинского образования, возможности цифровых технологий в различных областях образования, а также роль симуляционного обучения в медицинском образовании.

Ключевые слова: развитие образовательной системы, медицинское образование, цифровые технологии, симуляционное обучение.

Abstract. The article describes the reforms that are consistently being carried out in order to further develop the medical education system in our republic, their purpose, the role of digital technologies in improving the quality of education in the higher medical education system, the possibilities of digital technologies in various fields of education, and the role of simulation training in medical education.

Key words: development of the educational system, medical education, digital technologies, simulation training.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-yanvardagi PQ-38-sonli "Sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarorining qabul qilinishi ham tibbiyot sohasini xususan, tibbiy oliy ta'lim tizimini ham yangi bosqichga olib chiqilishiga turtki bo'ldi. Xususan, sog'liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot muassasalari faoliyatini ilg'or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, tibbiyot kadrlarining salohiyatini oshirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida qator istiqbolli say-harakatlarni amalga oshirish belgilandi.

Jumladan yetakchi xorijiy ekspert va konsultantlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiyotning birlamchi bo'g'ini, hududlar va respublika darajasida tibbiy xizmatlar ko'rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish va uning sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, sohada samaradorlik va shaffoflikni ta'minlash bo'yicha 40 ta amaliy harakatni o'z ichiga olgan mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi ma'lumot uchun qabul qilish belgilandi.

Hozirgi vaqtda simulyatorlar tibbiyot sohasida ta'lim olayotgan talabalarni o'qitish va inson faoliyatini obyektiv baholash uchun keng ko'llanilib kelmoqda. Asosan simulyatorlar zarur klinik ssenariyalarni ko'p marotaba va aniq tasavvur etish va har bir talabani o'quv jarayoniga adaptatsiya qilish imkonini beradi. O'quv jarayonida mashg'ulotlarni olib borishni simulyatorlar, manekenlar, fantomlardan foydalanish talabalarda kasbiy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi. O'qitish jarayonida interaktiv usullarni qo'llashga tayangan o'quv jarayoni, guruhning barcha talabalarini o'quv materialini o'zlashtirishga jalb etish asosida tashkil qilinadi.

Simulyasion vositalaridanfoydalanish ko'plab tibbiy ta'lim muassasalarida mutaxassislar uchun ta'lim va treningning odatiy qismiga aylandi. Bu usulning ta'limda qo'llashning asosiy afzalligi shundaki, mutaxassisning tibbiy malakasi va bilimlari kamolotga yetguncha ro'y berishi mumkin bo'lgan yatrogeniyalar oldini olish imkonini beradi. Ushbu ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi simulyasion ta'limning talablarda klinik malakalari, bilimlari va o'ziga ishonch darajasini ortishiga olib keladi. Talabalar amaliy mashg'ulotlar vaqtida tematik mavzu bo'yicha turli manipulyatsiyalarini bajarishni, keyinchalik esa interaktiv o'quv dasturi bo'yicha kompyuterli imitatsiya jarayonini ko'rib o'rganishadi. Talabalar birinchi bosqich - nazariy tayyorgarlikdan o'tib, ikkinchi bosqich - amaliy ko'nikmalarni va shoshilinch holatlarni davolashning virtual algoritmini o'zlashtirib, keyingi bosqichda - markazning simulyatsion (imitatsion palatalar) qismiga qadam qo'yishadi. Ya'ni haqiqiy hayotga yaqinlashtirilgan real holat, real jihozlar, manekin va uning aralashuviga mustaqiljavob beradigan, ko'p marotaba takrorlash va yo'l qo'ygan xatolarini o'zining psixomotor ko'nikmalarini rivojlantirish yo'li bilan bartaraf etish, patsent va komanda bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi.

Tibbiy ta'limning zamonaviy rivojlanish tendensiyasi turli klinik ssenariylarni imitatsiyasida maksimal darajada realizmga erishish imkonini beradigan simulyatsion texnikalarni qo'llashni talab etadi. Shuningdek, ba'zi diagnostik va davolash manipulyatsion texnik ko'nikmalarni o'zlashtirish imkonini beradi.Amaliyot shuni ko'rsatdiki, simulyatsiya talabalarda topshirilgan kompetensiyalarni o'zlashtirish va keyinchalik real hayotga tadbiq etishni osonlashtiradi.

Ta'limning turli sohalarida kompyuter telekommunikatsiyalarining qo'llanilish tajribalaridan shuni ko'rish mumkinki, axborot texnologiyalari bizga bir qator ijobiy imkoniyatlarni yaratib berayapti, quyidagilar shular jumlasidandir:

- professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning har xil turdagi hamkorlik ilmiy tadqiqotlarini (har xil ilmiy-amaliy loyihalar yordamida chinakam ij odiy tadqiqot, mustaqil amaliy faoliyat, mustaqil bilim orttirish, amaliy ij odiy faoliyat va boshqa turdagi hamkorliklarni) tashkil etish;

- ilmiy-uslubiy markazda ta'lim olayotgan keng ommaga tezkor mutaxassis maslahatlarini tashkil etish va yetkazish;

- masofaviy ta'lim va pedagogik kadrlar malakasini oshirish tarmog'ini tashkil etish;

- tezkor axborot almashinuvi;

- ta'limda-gi sheriklarning, bu talaba, o'quvchi, o'qituvchi, ilmiy xodim bo'lishidan qat'iy nazar, ularga o'zaro fikr almashin-ish ko'nikmalarini hosil qilishni, muomala madaniyatini va o'z fikr-mulohazalarini tez, lo'nda va aniq ifoda etishni o'rgatish;

- madaniy, etnik, inson parvarlikning keng qamrovli ijobiy axborotlari bilan fikr almashinish natijasida yoshlarning madaniy va ijtimoiy qobiliyati va layoqatini o'stirish.

Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashda talabalarni faqatgina ekrandagi axborotlarni ko'rishiga va ularni qabul qilishgagina emas, balki ularning o'zlari ham bu jarayonda ijodiy ishtirok etishlariga o'rgatishimiz lozim. Loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, bir raqamli texnologiyalardan foydalanib ta'lim sifatini tushirmagan holda talaba yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Dalillar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar ta'limida simulyasion mashg'ulotlardan foydalanish bilim, ko'nikma va talabaning o'ziga bo'lgan ishonch darajasi sezilarli darajada yaxshilaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2.01.2024-yildagi PQ-38-sonli "Sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori.

2. Ulug'bekova G.J.,Adhamov Sh.A. Anatomiya va klinik anatomiya fanlarini o'rganishda zamonaviy o'quv texnologiyalarining ahamiyati. "Ta'lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to'plami//Toshkent,2023-yil. 532-536 b.

3. Ulug'bekova G.J.,Adhamov Sh.A. Klinik va morfologik fanlarni o'rganishda simulyatsion o'quv laboratoriyalarining o'rni. "Sifatli ta'lim-taraqqiyot poydevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami// Toshkent, 2023-yil. 1053-1056 b.

4. Xudayberdiyev X.B., Xudaybergenov U.A. Tibbiy ta'limda simulyasion darslarning ahamiyati. "Oliy tibbiy ta'lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro o'quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 71-b.

5. Tagayeva M.X., Salayeva M.S.tibbiyot oliygohi talabalari uchun simulyatsion o'qitish. "Oliy tibbiy ta'lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro o'quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 69-70-b.

6. Parpibayeva Dinara Ayupovna, Salimova Nargiza Djuraboyevna, Ergashov Nodirbek Shermuxamat o'g'li. Tibbiyotda simulyatsion o'qitish: muammodan yechimgacha. "Oliy tibbiy ta'lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro o'quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 68-69-b.

7. Iskanova G.X. Simulyatsion ta'limning imkoniyatlari. "Oliy tibbiy ta'lim sifatini oshirishda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro o'quv-uslubiy anjuman materiallari, Toshkent-2024, 65-66-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.