Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNIK OLIY TA’LIM TALABALARINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNIK OLIY TA’LIM TALABALARINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Axborot / axborot kompetensiya / model / elementlar / raqamli ta’lim texnologiyalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, Azamxonov Baxodir Sayitkamolxonovich

Ushbu maolada texnik oliy ta’lim muassaslarida raqamli ta’lim texnologiyalari va faol o’qitish jarayonida talabalarning axborot kompetentsiyasini shakllantirish zaruriyati, ishlab chiqilgan modelning mazmuni va elementlari tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNIK OLIY TA’LIM TALABALARINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNIK OLIY TA'LIM TALABALARINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

1Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, 2Azamxonov Baxodir Sayitkamolxonovich

1PhD, Namangan muhandislik-qurilish instituti professori, 2Mustaqil tadqiqotchi, TATU

Farg'ona filiali [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10726517

Annotatsiya. Ushbu maolada texnik oliy ta'lim muassaslarida raqamli ta'lim texnologiyalari va faol o'qitish jarayonida talabalarning axborot kompetentsiyasini shakllantirish zaruriyati, ishlab chiqilgan modelning mazmuni va elementlari tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Axborot, axborot kompetensiya, model, elementlar, raqamli ta'lim texnologiyalari

Аннотация. В данной статье объясняется необходимости формирования информативной компетентности учащихся в процессе цифровых образовательных технологий и активного обучения в технических высших учебных заведениях, содержание и элементы разрабатываемой модели.

Ключевые слова: Информация, информационная компетенция, модель, элементы, цифровые образовательные технологии

Abstract. This article explains the need for the formation of students' information competence in the process of digital educational technologies and active learning in technical higher educational institutions, the content and elements of the model being developed.

Keywords: Information, information competence, model, elements, digital educational technologies

Kirish. Hozirgi vaqtda zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy va texnik vositalarini keskin rivojlanishi natijasida foydalanuvchilar va ta'lim oluvchilarga sifat jihatidan yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda, bu esa oliy texnik ta'limda muxandislik fanlari bo'yicha talabalarning axborot kompetentsiyasini takomillashtirish zarurligini talab qilmoqda [1,2,4].

Zamonaviy mehnat bozorida yuqori darajadagi axborot kompetentsiyasiga ega bo'lgan muhandislik mutaxassislariga talab yildan-yilga ortib bormoqda, bu esa doimiy o'zgaruvchan yashash sharoitlariga va ish muxitlariga muvaffaqiyatli moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha yangicha yondashuvlarni zarurligini ko'rsatib bermoqda [3,5]. Axborot kompetentsiya kasbiy kompetentsiyaning tarkibiy qismi bo'lib, zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni, matematik hisob-kitoblarni bajarish, eksperimental ma'lumotlarni qayta ishlash, kerakli ma'lumotlarni qidirish uchun axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish, kompyuter texnikasi bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish kabi amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi.

Elektron ta'lim platformalari, masofaviy o'qitish texnologiyalari, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videoaloqa va virtual texnologiyalari rivojlanmoqda, ta'limni virtualizatsiya qilish raqamli tengsizlikni yengib o'tishga imkon beradi va butun dunyo bo'ylab odamlarga yetakchi universitetlarning o'quv materiallaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Raqamli texnologiya natijalari ba'zi kasblar ehtiyojlarining o'zgarishiga, yangi mehnat bozorlarining shakllanishiga olib keladi. Raqamli texnologiya sharoitida zamonaviy oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayonini rivojlantirishning asosiy omillariga ommaviy onlayn kurslar, bulutli texnologiyalar, katta ma'lumotlar, virtual haqiqat va boshqalar kiradi.[4,5]

Tahlil. Ushbu yangiliklarning barchasini "Yangi raqamli texnologiya" yoki "Raqamli texnologiyaning zamonaviy bosqichlari" kabi atamalar bilan bog'lash mumkin. Ya'ni 1980-yillarning boshlarida boshlangan analog tizimlardan raqamli texnologiyalarga o'tish jarayoni ta'lim muhitiga ham ta'sir ko'rsatdi.

Pedagogik tadqiqotlar ko'ra (S.I. Arxangelskiy, YU.K. Babanskiy, A. A. Verbitskiy, I. YA. Lerner, M. N. Skatkin, V. A. Slastenin, V.D.Shadrikov va boshqalar) texnik oliy ta'lim muassaslari talabalarining axborot kompetentsiyasini shakllantirishning ilmiy asoslangan modellari zarurligini ko'rsatmoqda. [4,5,6]

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'quv va ilmiy adabiyotlarda "raqamlashtirish", "axborot madaniyati", "IT kompetensiyasi", "kompyuter savodxonligi" kabi tushunchalarga katta e'tibor berilmoqda. Axborot jamiyatida yashaydigan bo'lajak mutaxassis nafaqat kerakli ma'lumot va dasturlash texnikasini o'zlashtirishi kerak balki ijodiy-kreativ salohiyat, olingan bilimlarni jamiyatning innovatsion rivojlanishi sharoitida iqtisodiy, ekologik, axloqiy va estetik jihatlarni hisobga olgan holda muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda samarali qo'llashni xam amalga oshirish zarur. [4,6]

Avvalo, bo'lajak mutaxassis intellektual bilimlarni o'zlashtirish va rivojlantirish uchun axborot va axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishni o'rganishi kerak. Shundan kelib chiqib bugungi zamonaviy raqamlashtirish sharoitida ta'limni axborotlashtirish juda muhimdir.

Texnik oliy ta'lim o'z faoliyati doirasida talabalarning taxlil qilish, bilish, boshqaruv va axborot faoliyati kabi qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga katta axamiyat berishi zarur. Va bu o'qitish mazmuni va o'qitish texnologiyalarining o'zgarishiga olib keladi, shuning uchun tanlangan muammodan kelib chiqib:

- axborot to'plashning doimiy oqimlari va zamonaviy axborot dunyosida bilimlarning tez eskirishi natijasida ularni qayta o'zlashtirishda bilim imkoniyatlari yetarli darajada bo'lmagan shaxslarni axborot kompetentsiyasini shakllantirish;

- jamiyatning axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlash darajasiga va texnik oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining axborot kompetentsiyasi darajasini oshirish talablarini aniqlash;

- faol ta'lim texnologiyalari asosida muxandislik yo'nalishi ta'limini modernizatsiya qilishning amaliy ahamiyati va ilmiy asoslanmaganligi bo'yicha texnik oliy ta'lim muassasalari talabalarining axborot kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida ularni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Oliy texnik ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quv jarayonida talabalarning axborot kompetentsiyasi darajasini takomillashtirish va ta'minlashdir. An'anaviy usullardan foydalanish orqali bu muammoni to'liq hal qilib bo'lmaydi, shuning uchun texnik va texnologik fakul'tetlarda axborot texnologiyalariga tegishli fanlarni o'qitish sifatini o'zgartirish natijasida nafaqat umumiy bilimlar mazmunini, balki yetarli darajada axborot kompetentsiyasini xam rivojlantirish zarur [5,6].

Maqolada faol o'qitish sharoitida talabalarning axborot kompetentsiyasini shakllantirishning sinovdan o'tgan va ishlab chiqilgan tarkibiy va funktsional modeli muhokama qilinadi, bu esa amalga oshirilgan eksperimental ishlar natijalarining samaradorligini ta'minlaydi.

Taklif etilayotgan model quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga olgan yaxlit tizimdir: maqsadli, tarkibiy, tashkiliy, funktsional va baholovchi.

Modelning birinchi elementi maqsadli bo'lib, u o'quv jarayonining optimal tashkillashni ta'minlaydi va maqsadni shakllantirishning uchta darajasini ifodalaydi:

global (talaba shaxsining axborot madaniyatini rivojlantirish), bosqichma-bosqich (axborot faoliyatining optimal uslubini rivojlantirish) va tezkor(kompyuterli o'rganishni rivojlantirish). Yaratilgan model ierarxik tuzilishga ega bo'lib, unda quyi bosqichning har bir elementi yuqori darajadagi elementlarga yetishishning vositalaridir.

Modelning keyingi komponenti tarkibiy bo'lib, u faol ta'lim tizimidagi barcha narsalarni o'z ichiga oladi: ya'ni elementlar, ularning munosabatlari, aloqalari, jarayonlari, rivojlanish tendentsiyalari.

Modelning tashkiliy komponenti uzluksizlik, muammolarni hal qilish, shaxsga yo'naltirilgan va tabaqalashtirilgan yondashuvlar tamoyillariga asoslangan faol mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi.

Modelning funktsional tarkibiy qismlari loyixalash, motivatsiya, tashkil etish, boshqarish, aloqa elementlaridan tashkil topgan. Loyixalash o'qituvchi va talabalar oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatini belgilaydi.

Ishlab chiqilgan talabalarning axborot kompetentsiyasini rivojlantirishning tarkibiy va funktsional modelidagi yakuniy tarkibiy qism baholash komponentidir. Baholashning mohiyati axborot kompetentsiyasining shakllanish va xulosa chiqarish darajasini aniqlashdan iborat.

Strukturaviy va funktsional model quyidagi xususiyatlarga ega: moslashuvchanlik (talabalarning aloxida xususiyatlariga moslashuvchanlik), ochiqlik (tarkibiy qismlarni o'zgartirish imkoniyati, ularning munosabatlari), dinamiklik (o'quv materialining mazmunini to'liq o'zlashtirish uchun texnologiyalarning o'zgaruvchanligi va faol o'qitish usullarini tanlash imkoniyati).

"Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari" fanini o'qitishda kiritilgan raqamli ta'lim resusrlari va faol usullar talabalarning bilim faolligini faollashtirish, axborot kompetentsiyasini rivojlantirish, ularning qiziqishi va motivatsiyasini kuchaytirish, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, yuqori darajada talabalar va o'qituvchi o'rtasidagi mumkin bo'lgan aloqani ta'minlashga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiya sharoitida oliy ta'lim muassasalari ta'lim faoliyatining muvaffaqiyati talabalarning AKT kompetensiyalari darajasiga va ulardan raqamli amaliy faoliyatda foydalanish tayyorgarligiga bog'liqdir. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun pedagoglar AKT texnologiyalari bilan ishlashda yuqori malakaga ega bo'lishi, pedagogning tafakkuri AKTni (gadjetlarni) talabani chalg'ituvchi vosita sifatida emas, balki ta'lim sifatini oshirish vositasi sifatida qabul qilishga tayyor bo'lishlari kerak. Ta'limdagi raqamli texnologiya resurlarini to'laqonli virtual muhitlari axborot va pedagogik jarayon uchun o'zaro aloqa sharoitlarni yaratishni anglatadi. Hozirgi kunda mamlakatimizning yetakchi oliy ta'lim muassasalari o'zlarining virtual ta'lim platformalarini yaratdilar, bu yerda elektron ta'lim resurslaridan tashqari, vebinarlar, telekonferensiyalar, masofaviy murabbiylik, guruh ishi uchun loyihalar, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va onlayn kompyuter simulyatorlar kabi vositalarni xam ko'rsatish mumkin. [

Xulosa. Taklif qilgan model faol o'qitish jarayoni asosida aniq ishlashi va texnik oliy ta'lim ta'lim mussasalari talabalari o'rtasida axborot kompetentsiyasini shakllantirishning samarali natijalarini berishi mumkin. Modelni amalga oshirish natijasida mutaxassislar malakasini xam sifat xam miqdoriy o'zgarishlarni rivojlantiradi, talabalarning moslashuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi, haqiqiy sanoat va ijtimoiy sharoitlarda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga hissa qo'shadi. Bu o'z navbatida, oliy texnik ta'lim muassaslarida sifatli bo'lajak muhandislik mutaxassislarini tayyorlashga amaliy ko'mak bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasalari talabalarining AKT kompetensiyalari yangi raqamli texnologiyalar g'oyalariga moslashtirish zaruriyati mavjud. Bugungi kunda talabalarning AKT kompetensiyalarini rivojlantirish ta'lim va sanoat uchun muxim pedogogik jarayonlardan xisoblanadi. Bizning fikrimizcha, raqamli texnologiyalari sharoitida talabalarning AKT kompetensiyalari turli fanlarni o'zlashtirish jarayonida maqsadli va rejali asosda shakllantirilishi kerak. Bunda xar bir oliy o'quv yurtlarining yo'nalishlari va ish beruvchilarning AKT kompetensiyalari bo'yicha talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan o'quv rejalari, fan dasturlari muxim ahamiyatga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Antsibor M.M. Aktivnie formi i metodi obucheniya: nauchno-metodicheskoe posobie. Izd. 2. Tula, 1993.

2. Arxangel'skiy S .I. U chebniy protsess v visshey shkole, ego zakonomernosti i metodi: uchebno-metodicheskoe posobie. M.: Visshaya shkola, 1980. 368 s.

3. Babanskiy YU. K. Optimizatsiya protsessa obucheniya (obshedidakticheskiy aspekt). M.: Pedagogika, 1977. 256 s.

4. Bespalov P. V. Kompyuternaya kompetentnost v kontekste lichnostno-orientirovannogo obucheniya // Pedagogika. 2003. № 4. S. 41-45.

5. Bolotov V.A., Serikov V.V. Kompetentnostnaya model: ot idei k obrazovatelnoy programme // Pedagogika. 2003. № 3. S. 8-14.

6. Verbitskiy A. A. Aktivnoe obuchenie v visshey shkole: kontekstniy podxod. M. : Visshaya shkola, 1981. 224 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.