INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
FАNLАRАRO АLOQАDORLIKDА TАLАBАLАRNING АXBOROT KOMPETENTSIYASINI RIVOJLАNTIRISHDА IT-TEXNOLOGIYALАRINING IMKONIYATLARI Raxmonov Bo'ron Normamatovich
QarMII o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7370560 Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarida fanlararo aloqadorlik asosida axborot kompetentsiyasini shaklantirishda o'sib kelayotgan avlodga axborot texnologiyalari vositalari bilan ishlash, ulardan samarali foydalanish jarayonlarini puxta o'zlashtirishni ta'minlashdan iborat. Oliy ta'lim muassasalari talabalarining ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, ijodiy faoliyatini shakllantirish, aqliy rivojlanishi, o'z-o'zini anglash, intellektual salohiyatini o'sishi ko 'p jihatdan axborot kompetentsiyasini rivojlanishi bilan bog'liqdir.
Kalit so^zlar: IT-industriya, axborot kompetentsiyasi, raqamli ta'lim, raqamlashtirish, axborot savodxonlik, integratsiyalashgan axborot-ta'limi, onlayinplatformalar.
СТУДЕНТОВ В МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ КОММУНИКАЦИЯХ В РАЗВИТИИ ИНФОРМАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ ВОЗМОЖНОСТИ IT-ТЕХНОЛОГИЙ Аннотация. Данная статья призвана обеспечить подрастающему поколению основательное овладение процессами работы со средствами информационных технологий и их эффективное использование при формировании информационной компетентности на основе междисциплинарной коммуникации у студентов высших учебных заведений. Научное мировоззрение студентов высших учебных заведений, способность к логическому мышлению, формирование творческой активности, умственное развитие, самосознание, рост интеллектуального потенциала во многом связаны с развитием информационной компетентности.
Ключевое CMoea: ИТ-индустрия, информационная компетентность, цифровое образование, цифровизация, информационная грамотность, интегрированное информационное образование, онлайн-платформы.
STUDENTS IN INTERDISCIPLINARY COMMUNICATIONS IN THE DEVELOPMENT OF INFORMATION COMPETENCE POSSIBILITIES OF IT-TECHNOLOGIES Abstract. This article aims to provide the growing generation with thorough mastery of the processes of working with information technology tools and their effective use in the formation of information competence based on interdisciplinary communication among students of higher educational institutions. The scientific outlook of students of higher educational institutions, the ability to think logically, the formation of creative activity, mental development, self-awareness, and the growth of intellectual potential are largely related to the development of information competence.
Keywords: IT industry, information competence, digital education, digitization, information literacy, integrated information education, online platforms.
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida fanlararo aloqadorlik asosida axborot kompetentsiyasini shaklantirishda o'sib kelayotgan avlodga axborot texnologiyalari vositalari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bilan ishlash, ulardan samarali foydalanish jarayonlarini puxta o'zlashtirishni ta'minlashdan iborat. Oliy ta'lim muassasalari talabalarining ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, ijodiy faoliyatini shakllantirish, aqliy rivojlanishi, o'z-o'zini anglash, intellektual salohiyatini o'sishi ko'p jihatdan axborot kompetentsiyasini rivojlanishi bilan bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda o'z aksini topmoqda.
Inson o'z hayotida davomida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishida kasbiy va axborot kompentsiyasini rivojlanmaganligi uchun turli muammolarga uchraydi. Shu sababli jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh kadr bo'lishi uchun zarur bo'lgan tayanch kompetentsiyalarga ega bo'lishi lozim[1].
Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonida har bir o'quv fanini o'zlashtirish uchun talabalarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetentsiyalar ham shakllantiriladi.
Axborot kompetentsiyasini shaklantirishning maqsadi talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetentsiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Oliy matematika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o'qitishda talabalarning axborot kompetentsiyasini rivojlantirishning asosiy maqsadi:
Oliy ta'lim muassasalari talabalarining zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash, ijodiy qobiliyatilarini rivojlantirib olgan bilimlarini hayotda tadbiq etishga o'rgatishdan iborat.
Onlayn kurslarni o'rganish yoki yaratish, sotish imkoniyatini beradigan ko'plab onlayn ta'lim va kurs platformalari mavjud. Bu onlayn kurslarning joriy etilishi mutaxassislar, murabbiylar va talabalar uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Lekin, bunday mavjud bo'lgan ko'plab variantlar orasidan eng yaxshi va qulay bo'lgan onlayn ta'lim platformasini tanlash biroz mushkul. Sababi, har bir onlayn platformalar bugungi bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda bir-biridan qolishmaydigan imkoniyatlar va qulayliklar bilan o'z takliflarini bildishmoqda.
Olimlarimiz D.O.Ximmataliev va R.X.Fayzullaevlarning ta'kidlaganidek "O'rganishda (onlayn ta'lim, "fanlararo aloqadorlik asosidagi ta'lim"), turli kasbiy muammolarni hal qilish uchun talabalarning loyiha faoliyatini tashkil etish texnologiyasi jamiyatni raqamlashtirish sharoitida pedagogik ishning mazmuni va mohiyati ochib beradi deb ta'kidlaydi[2].
A.A.Xasanov o'z tadqiqotida Fanlararo aloqalar ostida fanning dialektik tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan, doimiy ravishda o'z-o'zini o'rganishga, kasbiy faoliyatda to'liq tasavvurini shakllantiradigan va talabalarning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan ob'ektiv aloqalar majmuasi deb fikr bildirgan [3].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Biz ham onlayn kurs platformalaridan biri wix.com ning imkoniyatlari bilan tanishib, o'z onlayn kurs platformamizni yaratamiz.
wix.com - bu bulutli tizimga asoslangan platforma bo'lib, u noyob, interaktiv va ijtimoiy ta'lim tajribalarini yaratishda sizga, onlayn kursni yaratish imkoniyatini taklif qiladigan majmua sifatida taqdim etiladi.
Bu platforma kerakli hamma narsani bir joyga to'playdi, shu bilan birga onlayn kurslarni yaratish jarayonini ham oson va hamyonbop bo'ladi.
Buning ustiga, bu sizga onlayn kurslarni reklama qilish va sotishda yordam beradigan to'g'ri marketing vositalarini taqdim etish uchun mo'ljallangan.
Qulayliklari:
• Kurslarni tashkil yetish va yaratish juda oson va 30 kunlik bepul sinov muddati mavjud.
Uni ishlatish uchun har qanday texnik ko'nikmalar talab qilinmaydi. Bu ichki o'rnatilgan mualliflik qobiliyatlari bilan birga keladi. Bu zamonaviy va moslashtiriladigan kurs pleerini taklif etadi. U o'rnatilgan elektron tijorat, marketing va sheriklik xususiyatlariga yega. U turli xil o'quv vositalari va baholash mexanizmlarini o'z ichiga oladi. Bu mustahkam shartlar tizimini taqdim etadi. SCORM va HTML5 fayllarini qo'llab-quvvatlaydi.
wix.com shuningdek, veb-sayt, sahifa va zona shablonlari, to'liq moslashtiriladigan brendlash, qaysi zonalarni, sahifalarni kim ko'rishini nazorat qilish va foydalanuvchilarning navigatsiya tajribasini boshqarish bilan bir qatorda, eng yaxshi veb-saytlarni yaratuvchisi bilan ta'minlanadi.
Quyda biz wix.com - platformasiga o'xshash milliy .uz domenga ega bo'lgan sayt manziliga quyidagi havola http://mathenergy.uz/ yordamida o'tiladi va ushbu platformada "Oliy matematika fannining fanlararo aloqadorligi" nomli onlayn kursi yaratildi.
1- rasm.
http://mathenergy.uz/ havola orqali oliy ta'lim muassasasi talabalari onlayn kurs
platformasiga o'tadi.
Onlayn kursda tashkil etilgan ma'ruza, amaliy mashg'ulot, taqdimot, video dars, test savollari yordamida oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimlarini mustahkamlaydilar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2-rasm.
http://mathenergy.uz/ onlayn kurs platformasi.
Oliy matematika, Energetikada matematik masalalar hamda Axborot texnologiyalari fanlarining bir-biriga aloqador bo'lgan mavzulari asosida yaratildi.
3- rasm.
Energetikada matematik masalalar bo'limida oliy matematika fani bilan aloqador
mavzular keltirilgan.
Oliy matematik; э fanining amaliy ahamiyati
Energetikada Matematik Masalalar
Energetikaning matematik masalalarini yechishda oliy matematika fanining ahamiyati va tadbiqi keltirilgan.
Energetikaning matematik masalalari bo'limida Oliy matematika faniniga tegishli mavzularining energetika masalarini yechishda qo'llanilishi va tadbiqlari keltiriladi. Energetikaning matematik masalalarini yechishda oliy matematika fanining fanlararo aloqadorlik masalasi ko'rsatilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
4- rasm.
Axborot texnologiyalari bo'limida dasturiy vositalardan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
keltirilgan.
Axborot texnologiyalari bo'limida Oliy matematika va Energetikaning matematik masalalari bo'limlari bilan o'zaro aloqadorligi asosida dasturiy vositalar yordamida o'rganilishi asoslab berildi.
5- rasm.
Talabalar olgan bilimlarini test topshirish orqali sinab ko'rish uchun, avvalo telefon raqam
yordamida ro'yxatdan o'tishi lozim.
Xulosa qilib aytganda bo'lajak muhandislarni kelajakda yetuk kadrlar bo'lishida raqamlashtirilgan ta'lim muhitiga ta'sir ko'rsatuvchi pedagogik shart-sharoitlarning aniqlanganligi; talabalarga onlayn ta'lim olish imkoniyatlari yuqorililigi; raqamlashtirilgan ta'lim muhitida zamonaviy dasturiy vositalarning mavjudligi bilan izohlanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Ярмахов Б.Б., Сотникова А.Л., Патаракин Е.Д. Базовые фреймворки Некомпетентности в структуре профессионального стандарта учителя //Психологическая наука и образование 2018. Т. 23. //№ 3. C. 67—76//doi: 10.17759/pse.2018230306, ISSN: 1814-2052, ISSN: 2311-7273 (online), © 2018 ФГБОУ ВО МГППУ
2. Химматалиев Д.О., Файзуллаев Р.Х. Фанлараро интеграция оркали техника олий таълим муассасалари талабалари касбий компетентлигини шакллантириш. "Irrigatsiya va melioratsiya" jurnali №4(6). ISSN: 2181-8584. T.2016 y. 76-78 betlar.
3. Хасанов А.А. Межпредметные связи как дидактическое условие повышения эффективности учебного процесса / А.А.Хасанов, К.З.Маматкаримов. // Молодой ученый. - 2016. - № 20 (124). - С. 738-741.
4. B.N.Raxmonov. Talabalarning AKT kompetensiyasini shakllantirishda fanlararo aloqadorlikni hisobga olib mustaqil ta'limni tashkil etish modeli. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. September 2022, Paje.285-288 https://doi.org/10.5281/zenodo.7036657