Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FALSAFA FANINI O’QITISHNING INNOVATSION YO’LLARI'

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FALSAFA FANINI O’QITISHNING INNOVATSION YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
24
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / falsafa / globallashuv / pedagogika / ta’lim metodlari / zamonaviy ta’lim / pedagogik oliy ta’lim / innovatsion taʼlim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samatov Dilshodbek Toxirjonovich

Ushbu maqolada mamlakatimiz pedagogik oliy ta’lim tizimida falsafa fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq bir qator muammolar va ularning yechimi borasida so’z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda so’nggi yillarda jahon miqyosida innovatsion taʼlim texnologiyalarini O’zbekiston pedagogik oliy ta’lim tizimida qo’llashning dolzarb muammolari bayon etilgan. Innovatsion taʼlimning asosiy maqsadi taʼlim oluvchilarda kelajakkka masʼuliyat hissini va o’z-o’ziga ishonchni shakllantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan. Shuningdek mana shu zamonaviy jamiyatda xar tomonlama yangilanayotgan mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida falsafa fanini o’qitishning dolzarb zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy taxlil qilingan hamda falsafaning predmetini o’rganish zarurati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FALSAFA FANINI O’QITISHNING INNOVATSION YO’LLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MUAMMOLI TA'LIM - BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O 'RGATISH VOSITASI SIFATIDA

Dilshoda Jalilova Ural qizi

Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 330-sonli umumiy o 'rta ta lim maktabi boshlang ich

ta lim fanlar o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10038453

Annotatsiya. Bugungi kunda jadal rivojlanayotgan jamiyatda yoshlardan erkin va ijodkorona fikrlash talab etilmoqda. Shu boisdan ham bu masalada boshlang'ich sinfdanoq o ' quvchilarga ijodiy fikrlashni o ' rgatmoqlik joizdir.

Mazkur maqola boshlang' ich sinf ona tili darslarida o ' quvchilarni muammoli ta'lim orqali ijodiy fikrlashga o ' rgatish haqida bo ' lib, bunda boshlang' ich sinf ona tili darslarida ijodiy fikrlashga o ' rgatish pedagogik muammo sifatida qaraladi. Shu jumladan, bu borada Sharq va G' arb olimlarining tarixda bildirgan fikrlari hamda qarashlari haqida ham so ' z borgan. Bulardan tashqari o' quvchi ushbu maqola orqali boshlang' ich sinf ona tili darslarida o' quvchilarni muammoli ta'lim orqali ijodiy fikrlashga o' rgatishning ahamiyati va uning nechog' lik zaruriy ekani, ona tili darslarida ijodiy fikrlashga o'rgatishda muammoli ta'limning tutgan o'rni to'g'risida ham ma'lum ma' lumotlarga ega bo'ladi.

Kalit soizlar: ijodiy fikrlash, erkin fikrlash, muammoli ta'lim, DTS, ona tili ta'limi, izchillik, ta'lim samaradorligi.

Аннотация. В современном быстро меняющемся обществе от молодежи требуется свободное и творческое мышление. Вот почему важно обучать творческому мышлению учащихся начальной школы.

Эта статья посвящена обучению учащихся творческому мышлению посредством проблемного обучения на уроках родного языка в начальных классах, где обучение творческому мышлению в начальных классах родного языка рассматривается как педагогическая проблема. В нем также обсуждаются взгляды и мнения восточных и западных ученых об истории. Кроме того, из этой статьи читатель узнает о важности обучения творческому мышлению посредством проблемного обучения на уроках родного языка в начальных классах и о том, насколько важно преподавать проблемное обучение на уроках родного языка. о месте.

Ключевые слова: творческое мышление, свободное мышление, проблемное обучение, Государственный образовательный стандарт(ГОС), обучение на родном языке, связность, эффективность обучения.

Abstract. In today's rapidly changing society, young people are required to think freely and creatively. That's why it's important to teach creative thinking to primary school students. This article is devoted to teaching students creative thinking through problem learning in their native language lessons in primary classes, where teaching creative thinking in primary classes of their native language is considered a pedagogicalproblem.It also discusses the views and opinions of Eastern and Western scientists on history. In addition, from this article the reader will learn about the importance of teaching creative thinking through problem learning in native language lessons in primary classes and how important it is to teach problem learning in native language lessons. about the place.

Keywords: creative thinking, free thinking, problem learning, State educational standard (SES), native language training, connectivity, learning efficiency.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Bugun jamiyatimiz tobora taraqqiy etib borar ekan, bizga bu borada asosiy ko'makchi vazifasini o'taydigan erkin hamda ijodiy fikrlaydigan kadrlarga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyojni jamiyatga boshlang'ich sinfdanoq ijodiy fikrlashni mukammal o'rganib voyaga yetgan hamda uni davomli qilgan kadrlar qoplab beradi. Shu sababli ham uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimlarini oshirish, tahsil oluvchilarning ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, madaniyatli va o'z e'tiqodiga sodiq yoshlarni tarbiyalashga bo'lgan e'tiborni har qachongidan ham kuchaytirish zarurligiga alohida urg'u bermoqlik darkor.

Jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligi ularning ilmiy salohiyati va albatta, ilmiy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Hozirgi paytda barcha sohalarda taraqqiy etgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy ravnaqi fan taraqqiyotiga chambarchas bog'langan deyish mumkin. Davlatimizning millliy modelida ham fanning tabiat va j amiyat to'g'risidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yuqori malakaga ega bo'lgan kadrlarni yetishtirish, tayyorlash jarayonini ilmiy jihatdan ta'minlash infrastrukturasini vujudga keltirish, davlatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasini tashkil etish singari qator vazifalar ustuvor qilib olingan.

Yuqorida ta'kidlangan dolzarb vazifalar tizimida bizga mustaqil, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlar tirgak bo'ladi. Ayni shu sababli ham bu vazifalar tizimida yosh avlodni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish masalasi juda ahamiyatlidir. Chunki ta'lim sohasida ro'y berayotgan islohotlar faqatgina malakaga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qilib qolmay, chunonchi, fuqarolik jamiyatining ilmiy salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgandir.

Hayot jumboqlarini, tabiat tug'dirgan muammolarni o'rganish, ularga tegishli va munosib javobni izlab topish istagi, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, baxt-saodatga erishish muammosi, insonning o'zini va albatta, olamni bilishga bo'lgan qiziqishi tarixan o'rganilgan jarayondir. Asrlar mobaynida fikrlashga, o'z fikrlarini mantiqiy asoslashga da'vat ham tarixdan amalga oshirilib kelingan. Sharqning buyuk allomalari o'z asarlarida ushbu muammoga alohida to'xtalganliklarini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Zero, ijodiy, ongli faoliyatni yurgizgan insongina o'z xalqi, Vatani, ota-onasi va oliasi oldidagi burchni uddasidan chiqadi. Har qanday yot ta'sirlar uni domiga tortishidan o'zini himoya eta oladi, inson deya nomlanmish ulug 'nomga munosibkorona ish ko'radi.

Ayni ijodiy fikrlash masalasida boshlang'ich sinfdanoq o'quvchilarda ko'nikma hosil qilish kerak. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida bu borada unumli ishlarni amalga oshirish keng imkon darajasida bo'ladi deyish mumkin. Ona tili darslarida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishda muammoli ta'limga urg'u berish ham natijakor sanaladi.

Ona tili darslarida muammoli ta'lim o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini, savodxonlik darajasini oshirishda hamda eng asosiysi, ijodiy fikrlashga o'rgatishda muhim o'rin tutadi.

Pedagogik-psixologik tadqiqotlarning tahliliga, tajribasi yuqori bo'lgan o'qituvchilarning ish tajribalariga nazar solsak, boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limiga muammoli yondashuvning ayrim xususiyatlariga e'tibor qaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Bu yondashuv quyidagicha o'ziga xos xususiyatlarni belgilash imkoniyatini yaratadi:

* ona tilining o'quv predmeti sifatida ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan yaqin aloqasiga ko'ra boshqa fanlardan keskin farqlanishidir;

* faqat boshlang'ich sinflarning ona tili darslari darslari uchun xarakterli bo'lgan metodik usullarda ish ko'rilishida;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

* boshlang'ich sinflarda yuzaga kelgan o'quv muammolari o'zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon etmog'I lozim. Dars jarayonida o'quvchilar diqqatini jalb qilish uchun hech bo'lmaganda bir dona muammoli savolni markazga tashlash lozim bo'ladi. Shundan keyin yuzaga kelgan muammoli vaziyatning xarakterli belgisi — bir vaziyatdan tabiiy ravishda ikkinchisiga o'tish, bazi holatlarda yangi vaziyatlarning paydo bo'lishidir;

* boshlang'ich sinflar ona tili ta'limida nafaqat muammoli ta'lim, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi (hattoki, bilimlarni o'qituvchi muammoli bayon qilgan sharoitda ham), chunki o'quvchilar bunday bayonni qabul qilishga oldindan psixologik jihatdan ham, mantiqan ham tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi joiz;

* faqat ona tili darslaridagi paydo bo'luvchi muammoli vaziyatlar tipologiyasida;

* boshlang'ich sinflardagi muammoli ta'limda mashg'ullik elementi muhim rol o'ynashi bilan bog'liq. Mashg'ullikni muammoli vaziyat holatiga qadar olib borish ahamiyatlidir.

Boshlangэich sinf ona tili darslarida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishda ta'lim maskanlarida muammoli ta'lim ish turi samarador o'qitish texnologiyasi sifatida qaraladi. Bu bilan o'quvchilarda faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini ham shakllantirish mumkin. Muammoli o'qitish o'quvchilarning ijodiy fikrlash borasidagi ko'nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda faol shaxs sifatida tarbiya olishida ham o'rni yuqori.

Yana aytish joizki, o'quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo'lgan yo'llar bilan o'stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo'lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi. Muammoli ta'lim jarayonida esa o'quvchilar tahlillar asosida qo'llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o'zi mustaqil yangi axborotni oladi. Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o'zlashtiradi va eng muhimi, barchasini amalda qo'llay bilishga harakat qiladi.

Olgan bilimlarini hayotda qo'llashda o'qituvchi qo'llanma yoki darsliklardan tayyor bilim olishni bermaydi, u o'quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holatdagina izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko'nikmalari o'z shakllanishini namoyon qiladi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida muammoli ta'lim orqali o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishda qator metodlarga murojaat qilish mumkin. Masalan, muammoli ta'lim sohasida tadqiqot ishlarini amalga oshirgan M.I.Maxmudov, M.N.Skekin, A.M.Matyuvgikven, I.Y.Lanker singari olimlarning xulosalariga asoslanib, quyidagi muammoli ta'lim metodlarini dars jarayonlariga o'z o'rnida qo'llash mumkin:

- tushuntirish, namoyish etish;

- muammoli bayon qilish;

- reproduktiv;

- ilmiy izlanish.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda, shu jumladan, boshlang'ich sinf o'quvchilarini ijodiy fikrlashga o'rgatishda, bu borada ularda muayyan tushuncha va ko'nikmalarni hosil qilishda muammoli o'qitish ham uning metodlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki muammoli ta'lim o'quvchini izlanishga, ijodkorlikka, erkin fikr yuritishga yo'naltiradi. O'quvchida ushbu sifatlarning tarkib topishi esa o'z navbatida o'quv-biluv ma'suliyatining oshishiga sabab bo'ladi. Shuning barobarida mustaqil bilim olish, izlanish uning kundalik hayotida odatiy ish tarziga aylanib ulguradi. Bu bilan ta'lim mazmunini takomillashgan standartlar, modernizatsiya qilingan dasturlarni to'la o'zlashtirib olishiga kafolat yaratiladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Agarda o'qituvchi o'quvchilarning fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni bosh maqsad qilib olsa, unda ona tili darslarida o'quvchilarning muammoli ta' lim asosida faoliyat yuritish ko'nikma va malakalarini shakllantirishi darkor. O'quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta'lim va o'quv-biluv hamda ona tili darslaridagi ma'lum jarayonlarga «muammoli o'qitish» didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanishi joizdir.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

2. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com).

3. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ ОБУЧЕНИЯ. Вопросы психологии и педагогики, (2), 61-64.

4. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ В ОБУЧЕНИИ (на тадж.). Вестник Педагогического университета, (3-2), 156-158.

5. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.