Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING BANK FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI'

RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING BANK FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
29
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli bank / transformatsiya / zamonaviy bank xizmatlari / texnologiyalar / dasturlar / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shamsiyeva Yulduz Olimovna

Raqamli iqtisodiyot va banklar faoliyatini transformatsiyalash mijozlarga yoʻnaltirilgan zamonaviy xizmat koʻrsatish orqali banklar faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Bundan tashqari, raqamli banklar istalgan vaqtda va istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berib, iqtisodiy faoliyatga tezlashtiruvchi ta’sir koʻrsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING BANK FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI»

RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING BANK FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA'SIRI Shamsiyeva Yulduz Olimovna

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi doktoranti +998 94 254 02 62 olimovnayulduz@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10774552

Annotatsiya. Raqamli iqtisodiyot va banklar faoliyatini transformatsiyalash mijozlarga yo'naltirilgan zamonaviy xizmat ko'rsatish orqali banklar faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Bundan tashqari, raqamli banklar istalgan vaqtda va istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berib, iqtisodiy faoliyatga tezlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli bank, transformatsiya, zamonaviy bank xizmatlari, texnologiyalar, dasturlar, innovatsiya.

Абстрактный. Цифровая экономика и трансформация деятельности банков позволят существенно повысить эффективность деятельности банков за счет предоставления современных клиентоориентированных услуг. Кроме того, цифровые банки оказывают ускоряющее воздействие на экономическую деятельность, позволяя осуществлять финансовые операции в любое время и в любом месте.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровой банкинг, трансформация, современные банковские услуги, технологии, программы, инновации.

Abstract. The digital economy and the transformation of banks' activities will significantly increase the efficiency of banks' activities through the provision of modern customer-oriented services. In addition, digital banks have an accelerating effect on economic activity by allowing financial transactions to be carried out at any time and in any place.

Keywords: digital economy, digital banking, transformation, modern banking services, technologies, programs, innovation.

Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko'rilmagan darajada o'zgartirib, ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ko'plab qulayliklarni yaratib bermoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda moliyaviy munosabatlarda ilg'or texnologiyalarni qo'llash AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi.

So'nggi yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to'lqini raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya'ni sun'iy ong, robototexnika, simsiz aloqa texnologiyalari yordamida ro'y bermoqda. Yangi texnologiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo'shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar biz raqamli texnologiyalarning to'liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo'lsak, kutilmagan oqibatlarga yo'l qo'ymagan holda davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev 2018-yil

28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturini amalga oshirishni taklif etdi.1

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon professori tomonidan qo'llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning "Цифровая экономика: обещание и onacHocib в эпоху сeтeвoй рaзвeдки" asari va 1995-yil Nikolas Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo'llanilgan2

So'nggi o'n yillikda butun dunyo bo'ylab raqamli ma'lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalangan holda ko'plab raqamli platformalar paydo bo'ldi va ular mavjud sanoat tarmoqlari o'rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor kapitallashuvi bo'yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.

Jug'rofiy jihatdan, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi juda notekis. Hozirgi vaqtda dunyo raqamli iqtisodiyotga o'tmagan va giperraqamli mamlakatlar o'rtasidagi keskin farq bilan ajralib turadi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan to'rttasi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa har besh kishidan bittasi Internetdan foydalanadi.

Raqamli platformalar dunyo iqtisodiyotida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bozor kapitallashuvi 100 million AQSh dollaridan oshgan platforma kompaniyalarining umumiy qiymati 2017-yilda 7 trln dollardan oshiqroq baholandi - bu 2015-yilga nisbatan 67 foizga yuqori. Ba'zi global raqamli platformalar ma'lum sohalarda juda kuchli bozor pozitsiyalariga erishdilar. Masalan, Alphabet (Google) Internetda qidirish bozorining 90 foiziga egadir. Facebook global ijtimoiy media bozorining uchdan ikki qismini tashkil qiladi va dunyo iqtisodiyotining 90 foizidan ortig'ida eng yaxshi ijtimoiy media platformasi hisoblanadi. Amazon dunyodagi onlayn chakana savdo faoliyatining qariyb 40 foiz ulushiga ega va uning Amazon Web Services global bulut infratuzilmasi xizmatlari bozoridagi ulushi ham shuncha ulushni tashkil etadi. Xitoyda WeChat (Tencentga tegishli) bir milliarddan ortiq faol foydalanuvchilarga ega va Alipay (Alibaba) bilan birgalikda uning to'lov yechimi deyarli butun Xitoy bozorini mobil to'lovlar uchun egallab oldi. Shu bilan birga, Alibaba Xitoy elektron tijorat bozorining qariyb 60 foiziga ega.

Dunyo bo'ylab 26% banklar foydalanadigan birinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni to'liq raqamli transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha sifatida tadbiq qilishni ko'zda tutadigan yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish asosida va ko'plab loyihalarni amalga oshirgan holatda bosqichma-bosqich tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u qarib 42% banklar tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli davrda mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo'nalishlar bo'yicha ixtisoslashgan mutaxassislar ya'ni marketologlar, dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar kabilarni o'z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi hamda yangi faoliyat yo'nalishlarini tezlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli trnsformatsiyaga bo'lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki va

1 http://xs.uz/uzkr/post/davlatimiz-rahbari-2030-jilgacha-raqamli-ozbekiston-2030-dasturini-amalga-oshirishni-taklif-etdi

2 https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_economy

tashqi jarayonlarning to'liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani 32% banklar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini saqlab turish uchun kerakli bo'lgan muhim tadbir hisoblanadi va bank operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga oshirilayotganligi buning dalilidir. Bunday holat raqamli zamonaviy texnologiyalarning afzalliklarini tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Ta'kidlash joizki, raqamli transformatsiya jarayoni aniq bankning xususiyatlar va talablarini hisobga olgan holdagi mukammal strategiyaga asoslangan bo'lishi kerak. Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo'llashga imkon beradi.

"Challenjer banklar" deb ataladigan neobanklar foydali biznes integratsiyalari bilan mustahkamlanadi ammo oddiy foydalanuvchi tajribasi bilan ham amaliyotlar bajarish uchun bank xizmatlarini moliyaviy dasturiy ta'minot bilan birlashtiradi. Raqamli tarmoq raqamli bankning tayanchi bo'lib, call-markaz, internet-banking, mobil banking va filiallar qo'yilgan poydevorga qo'shimchalar hisoblanadi. 1989-yil oktabr oyida ish boshlagan First Direct (Buyuk Britaniya) filialsiz bank yaratishda birinchilardan bo'lgan. Mijozlarga xizmat ko'rsatish bank tomonidan telefon orqali amalga oshirilgan. Birinchi kun davomida bank 1000 ta qo'ng'iroqlarni qabul qilgan va 1995-yilga kelib First Direct portfelida 5GG GGG dan ortiq mijozlar bor edi. Birinchi marta "raqamli bank" yoki neobank atamasi 2G14-yilda AQShda nashr etilgan Kris Skinnerning "Digital bank" kitobida batafsil tavsiflangan va keyinchalik 2015-2G2G yillar davomida Yevropada rivojlangan.3 Shuni ta'kidlash kerakki, ko'pchilik neobanklar bank litsenziyalarini cheklovchi to'siqlar tufayli texnik jihatdan to'liq "banklar" hisoblanmaydi.

Aytish joizki, raqamli transformatsiya iqtisodiyot uchun ko'plab imkoniyatlarni ochib beradi. Avvalo, banklar tushumini o'sadi. Bu mahsulot va xizmatlarning yangi tur va yo'nalishlarini ishga tushirish hisobiga yuz beradi. Bundan tashqari operatsion xarajatlarning kamayishi va jarayonlar samaradorligi oshishiga ham erishiladi. Buxgalteriya, soliq va kadrlar hisobini yuritishni avtomatlashtirish axborotning katta hajmini tez va sifatli boshqarish imkonini beradi. Ma'lumotlarni "Big Data" usuli bilan qayta ishlash maqsadli mijozlarni muayyan mezonlar bo'yicha o'ta aniqlik bilan ajratib olish (targetlash) imkoniyatlarini ochib beradi. Bu esa marketing tadbirlarining muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, boshqaruv qarorlarining sifati ham oshadi. Rahbar endi mas'ul bo'limlar to'playdigan hisobotlarga bog'liq bo'lib qolmaydi, balki tizimni ochishi va umumiy ma'lumotlardan aniq ko'rsatkichlarga o'tishi, olingan natijalarni esa darhol oldingi davr natijalari bilan solishtirishi mumkin bo'ladi. Jarayonlarni avtomatlashtirish tufayli prognoz modellari ancha aniq va soddalshib boradi. Bundan tashqari, ma'lumotlarning tartibga solinganligi va shaffofligi tufayli korxonaning xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlari oshib, xalqaro loyihalarda ishtirok etish uchun sharoit yaratiladi. Raqamli banking iste'molchilarga yaratadigan eng yaxshi qulayligi bu navbat kutishning hojati yo'qligi ya'ni keksa odam, ish bilan band bo'lgan ishchi yoki tashrif buyurishni istamaydigan oddiy odam bo'lsin, o'z uyida qulaylik bilan bank funksiyalaridan foydalanishlari imkonini beradi va bu 24/7(kun davomida 24 soat, haftaning 7 kunida) kechayu kunduz bank xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi.

O'zbekistonda davlat ishtirokidagi kompaniyalar iqtisodiyotning anchagina ulushini egallaydi. Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM o'sishiga bevosita ta'sir qiladi.

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_bank#cite_note-1

Boshqacha qilib aytganda, davlat sektorining raqamli transformatsiyasi O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning muhim drayverlaridan biri bo'la oladi. Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Raqamli Qozog'iston" davlat dasturini ko'rishimiz mumkin. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, uni amalga oshirishdan jami iqtisodiy samaradorlik 2018-2019-yillarda 2 mlrd. AQSH dollaridan ko'proqni tashkil etgan. Birgina shuning o'zi ham axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga joriy etish foydasiga salmoqli dalil bo'la oladi.

An'anaviy bank faoliyatining eng katta kamchiliklaridan biri hujjatlarning qog'oz shaklda aylanishidir. Raqamli banklarda xizmat tezligiga va ortiqcha hujjat aylanishiga yo'l qo'ymaslik alohida ahamiyatlidir. Bundan tashqari, raqamli banklar foydalanuvchiga kommunal to'lovlar, telefon uchun va kredit qarzdorliklarni so'ndirish kabi muntazam to'lovlar uchun avtomatik to'lovlarni o'rnatish imkonini beradi. Mijoz endi to'lov sanalarini eslab qolish uchun harakat qilishi shart emas. Mijoz kelgusi va to'lanmagan to'lovlar haqida ogohlantirishlarni tanlashi mumkin.

Raqamli banking xizmatlarini chekka hududlarga kengaytirish har tomonlama rivojlanish sari qadam hisoblanadi. Qishloqning chekka hududlarida bank ofislarini ochish ko'p xarajatlarni talab qiladi va bunda ham raqamli banklar faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir. Raqamli bank orqali pul o'tkazmalari qalbaki valyuta xavfini kamaytiradi.Raqamli banklar yordamida foydalanuvchi bir tugmani bosish orqali noto'g'ri joylashtirilgan yoki yechib olingan mablag'lar haqida xabar berishi va bloklashi mumkin. Ushbu imtiyoz bank mijozi uchun mavjud bo'lgan maxfiylik va xavfsizlikni sezilarli darajada mustahkamlaydi. Naqd pulsiz jamiyatni targ'ib qilish orqali raqamli bank qora pullarning aylanishini cheklaydi, bu orqali Hukumat fondlar harakatini kuzatib borishi mumkin. Uzoq muddatda raqamli banklar faoliyati esa valyutaga bo'lgan talabni kamaytirishi iqtisodchilar tomonidan tasdiqlangan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida»gi Qonuni. O'RQ-578-son 01.11.2019. https://www.lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasi

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" https://www.lex.uz

4. Vahobov A.V., Malikov T.S. "Moliya" Darslik.-T.:"Sharq" nashriyoti, 2010.

5. Xodiyev B.Y., Shodmonov Sh.Sh. "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent, 2017.

6. O.M.Abdullayev, A.A.Fattaxov, K.Axmedov "Raqamli iqtisodiyot", Toshkent, 2018.

7. R.H.Ayupov "Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar", O'quv qo'llanma, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.