Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI'

RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
82
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti / raqamli texnologiyalar / digital economy / Organization for Economic Cooperation and development / digital technology

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umirova Gulmira Shodiboyevna

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmunmohiyati, uning nazariy asoslari va uning mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqida malumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF DIGITAL ECONOMY AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY

this article presents information about the content and essence of the concept of digital economy, its theoretical foundations and its role in the economy of countries

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI»

RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O'RNI

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Jizzax politexnika instituti assistenti umirovagulmira2@gmail. com

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmun-mohiyati, uning nazariy asoslari va uning mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o'rni haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti, raqamli texnologiyalar.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ЕЕ МЕСТО В ЭКОНОМИКЕ СТРАНЫ

Умирова Гульмира Шодибоевна

ассистент Джизакского политехнического института umirovagulmira2@gmail. com

Аннотация: В данной статье представлена информация о содержании понятия цифровой экономики, его теоретических основах и роли в экономике стран.

Ключевые слова: цифровая экономика, Организация экономического сотрудничества и развития, цифровые технологии.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF DIGITAL ECONOMY AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Assistant of Jizzakh Polytechnic Institute

umirovagulmira2@gmail. com

Abstract: this article presents information about the content and essence of the concept of digital economy, its theoretical foundations and its role in the economy of countries.

Keywords: digital economy, Organization for Economic Cooperation and development, digital technology.

KIRISH

Dunyoda jadallik bilan rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishini, davlatning iqtisodiy siyosati va boshqaruv tizimini modernizatsiyalashni taqozo etmoqda. Chunonchi raqamli texnologiyalarning tez sur'atlarda joriy etilishi oqibatida mamlakatlar o'rtasidagi rivojlanish tafovutlarining yanada kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bunda har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, jamiyatning axborotlashganlik darajasi katta ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - AKTga asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) uni elektron ma'lumot almashish, uni qayta ishlash va boshqarishni ta'minlaydigan yoki yaratadigan korxonalar deb tasniflaydi1.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to'ldiradigan virtual muhit" - deb ta'rif bergan. M.L. Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir deb ta'riflagan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mutaxassislari: "Raqamli iqtisod - axborot va kommunikatsiya sohasida yangi umumiy maqsadli texnologiyalarning transformatsion ko'rinishidir"2. Agar biz iqtisodiyotning konsepsiyasini jamiyatning iqtisodiy faolligi va ishlab chiqarish, tarqatish, almashinuv va iste'mol tizimida rivojlanib boradigan munosabatlarning jamiyati sifatida qabul qilsak, Internet, mobil telefonlardan foydalanishni «iste'mol» deb qarash mumkin.

R. Meshcheryakovning fikricha raqamli iqtisod tushunchasining talqini bo'yicha 2 xil yondashuv mavjud3:

- klassik yondashuv: raqamli iqtisod - bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisod bo'lib, ayni paytda faqatgina elektron mahsulotlar va xizmatlar sohasini tavsiflaydi. Klassik misollarga teletibbiyot, masofaviy ta'lim, media-kontentni keltirish mumkin (kino, televizor, kitoblar va boshqalar).

1 Ефимушкин В.А., Ледовских Т.В., Щербакова Е.Н. Инфокоммуникационное технологическое пространство цифровой экономики // Телекоммуникации и транспорт. 2017. Том 11. №5. С.15-20

2Цифровая экономика: как специалисты понимают этот термин. Режим

доступа:https://ria.ru/science/20170616/1496663946.html.

3 Калужский М.А. Маркетинговые сети ва электронной коммерции: нституциональный подход: монография / изд.3-е, перераб. и доп. - ОмГТУ. - М.-Берлин: Директ-Медиа, 2015. - 338 с.

- zamonaviy yondashuv: raqamli iqtisod - raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir. Iqtisodchi-sotsiologlarning ta'rifiga ko'ra "raqamli iqtisod bizning haqiqatimizni to'ldiruvchi virtual muhitdir".

Rossiyalik olim A.A.Engovatova fikriga ko'ra: "Raqamli iqtisod - bu ma'lumotni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va uzatishning yangi usullari, shuningdek, raqamli kompyuter texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan iqtisodiyotdir. Ushbu iqtisodiy model doirasida mavjud bozorga asoslangan biznes modellari radikal o'zgarishlarga duch keladi, qo'shilgan qiymat modeli sezilarli darajada o'zgaradi, iqtisodiyotdagi barcha darajadagi vositachilarning qiymati keskin kamayadi. Bundan tashqari, mahsulotni shakllantirishga alohida yondashuvning ahamiyati ortib bormoqda, chunki endi biz hamma narsani simulyatsiya qilishimiz mumkin"4.

Akademik S.G'ulomov fikricha: "Raqamli iqtisodiyot - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo'jalik faoliyatidir"5

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes bo'lib, elektron tijorat bilan bog'langan hamda raqamli ko'rinishga ega bo'lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat turi hisoblanadi. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar bevosita elektron pul orqali amalga oshiriladi.

Ya'ni, raqamli iqtisodiyot bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy qilish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning belgilari ma'lum bo'lib, u quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:

- yuqori darajada avtomatlashtirilganlik darajasi;

- elektron hujjat almashinuvining amalga oshirilishi;

- buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining o'zaro elektron integratsiyalashuvi;

- ma'lumotlar elektron bazalarining mavjudligi;

- CRM (mijozlar bilan o'zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

- korporativ tarmoqlarning rivojlanishi va undan foydalanish.

Raqamli iqtisodiyotning bir qator qulayliklarga ega bo'lib, u quyidagilar bilan ajralib turadi:

- to'lovlar uchun xarajatlar qisqaradi;

4 А.А.Энговатова, Т.В.Поспелова Цифровая экономика: рекламный лозунг или реальность? Трансформация бизнес-моделей в условиях цифровой экономики, серия Сборник материалов научно-практической конференции «Неделя инноваций» 12-18 декабря 2017г.

5 G'ulomov S.S. va boshqalar. "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar". O'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-Moliya, 2019 y. 29 bet.

- tovar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi;

- aqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari yuqori bo'ladi;

- iste'molchi fikrini tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi;

- tezroq, sifatliroq va qulayroq imkoniyatlarga ega bo'ladi.

METODOLOGIYA

Maqoladagi tadqiqot ma'lumotlari rasmiy manbalardan olingan, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyot mmm^^^ ilmiy-nazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish bo'yicha olingan natijalarga tayangan holda raqamli texnologiyalarning joriy etish bo'yicha bir qancha iqtisodiy islohotlarga erishilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli texnologiyalarning rolini global miqyosda ham, mahalliy darajada ham ko'rish mumkin. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyot yangi tarmoqlar to'plami sifatida global iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan qismini ifodalaydi. So'nggi yillarda zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi Internet xizmatlari, uyali aloqa, onlayn o'yinlar sanoati, elektron savdo va boshqalar uchun katta bozorlarni yaratishga olib keldi. Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyotga asoslangan iqtisodiyotdir. Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyotdan farqli o'laroq, jamiyatni tezkor axborotlashtirishga qaratilgandan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet orqali yangi raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga asoslangan sohalarni va ish jarayonlarini ham qamrab oladi (1-rasm).

1-rasm. An'anaviy iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning bog'liqligi

Raqamli iqtisodiyotning o'sishiga mobil hamda raqamli texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qancha bozorlarning o'sishi kata ta'sir ko'rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyot kelgusi 15-20 yil davomida an'anaviy iqtisodiyotga bog'liqligi saqlanib qoladi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi bosqichi va bozorlarning hozirgi holatida raqamli iqtisodiyotga maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida qarash o'rinlidir.

Raqamli iqtisodiyot

Axborot texnologiyalari

Internet va raqamli texnologiyalar

Аn'anaviy iqtisodiyot

Zamonaviy raqamli iqtisodiyot o'zgaruvchan tendenstiyalarga mos ravishda boshqaruv mexanizmlarini o'zgartirish zarurligini ko'rsatmoqda, shuningdek, yangi biznes modellarini taklif qilmoqda. Ba'zi sohalarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish ayniqsa tez sodir bo'lmoqda.

"Raqamli iqtisodiyot" ning ijobiy taraflari to'g'risida fikr yuritsak, uning natijasida

- mehnat unumdorligini oshadi;

- kompaniyalar raqobatdoshligini oshadi;

- ishlab chiqarish harajatlari kamayadi;

- yangi sohada yangi ish joylari yaratiladi;

- qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham beriladi.

Raqamli iqtisodiyotning hayotimizga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi jihatlari juda ko'pdir. Bu turdagi iqtisodiyot iste'molchiga ko'plab imkoniyatlar berib, o'z navbatida bozorning ham imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bir qator olimlar, muaxassislar tomonidan ijobiy tomonlari to'g'rsida juda ko'p fikrlar bildirilgan.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi xalqaro biznesning ichki va tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida katta o'zgarishlar ro'y bermoqda, bu esa kompaniyalar faoliyatining turli yo'nalishlarida aks ettirilishi mumkin emas. Internet orqali butun dunyo bo'ylab o'z mahsulotlarini sotishlari mumkin. Kichik investistiyaga ega bo'lgan kompaniyalar tezda paydo bo'lib, tez o'sib rivojlanishi mumkin.

Axborot texnologiyalari yordamida xarajatlarni kamaytirish hamda ayni paytdagi iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish uchun bunday imkoniyatlar mavjuddir. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni hisobga olgan holda bozorda kompaniyalarning pozitsiyasi tobora murakkablashib bormoqda. Strategik bir qancha qarorlar qabul qilish jarayonida xavf va noaniqlik darajasi ortib boradi. Bu holat texnologik darajadagi dinamik o'zgarishlar, raqobatning o'sishi va iqtisodiyotga davlat ta'siri tufayli barqaror bozor holatiga bog'liq bo'lmaydi.

Raqamli iqtisodiyotga xos bo'lgan texnologik o'zgarishlar ishlab chiqaruvchilar hamda xaridorlar uchun yangi bozor qoidalarini yaratishi mumkin. Bunday jarayonda kompaniyalar yangi raqobat strategiyalarini qidirishi va raqobat samaradorligini oshirishlari kerak bo'ladi. Omon qolish hamda ayni paytda yangi sharoitda rivojlanish uchun kompaniyalar raqamli axborot texnologiyalar sohasida o'z ulushlarini kengaytirishlari kerak.

Raqamlashtirish bo'yicha 246 mamlakatda olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlarga ko'ra, raqamli iqtisodning rivojlanish ko'rsatkichlari turli mamlakatlarda turlicha tendensiyaga ega. Dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning ko'rsatkichlari va shuningdek rivojlanish yo'llarining turlicha bo'lishiga qaramasdan,

unga faol innovatsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli texnologiyalar hamda infratuzilmaga investisiya harajatlarini sezilarli darajada oshirish kabi umumiy bo'lgan xususiyatlarni kiritish mumkindir.

Qisqa vaqtdagi tarixiy taraqqiyot davriga qaramay, raqamli iqtisodiyot birinchi navbatda savdo va internet xizmatlarida - elektron tijorat, internet -banking, elektron to'lovlar, internet-reklama, internet-o'yinlar va boshqalarda raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgandir. Ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda dunyoda raqamli platformalar "Amazon", "Alibaba", "Facebook", "Ebay", "Uber", "Didi Chuxing" yoki "Airbnb" kabi yirik korporatsiyalar uchun asosiy biznes modeliga aylandi. Bu korporatsiyalar vositachilar va infratuzilma platformalari sifatida muhim bo'lgan afzalliklarga ham egadir. Ular raqamli platformalardan foydalanuvchilar o'rtasidagi barcha jarayonlar bo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish va qabul qilish imkoniga egadir.

Elektron tijoratning jadal rivojlanishi virtual olamda bozor mexanizmi asoslarini yaratdi va bu bitimlar sonining barqaror o'sishiga ham olib keldi. XX-asr boshida, axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki guruhi samarali faoliyat yuritganlar:

1) fundamental fani rivojlangan ilg'or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va boshqalar);

2) birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar.

Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlari ham paydo bo'ldi: Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta'lim, ilm-fan va axborot texnologiyalari tizimlarini samarali modernizatsiya qilish orqali jahon bozorlariga chiqishga imkon topdilar.

Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg'or va yetakchi mamlakatlarga Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariyani kiritish mumkin. TOP 10 talikka AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong ham kiradi.

Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, davlat budjeti va mahalliy budjetlarni shakllantirish, xarajatlar monitoring va bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli jamg'armalar mablag'larini ulardan yordam oluvchilarga tarqatish, sarflash, monitoringini yuritish va hisobotini topshirish kabi moliya tizimi bilan bog'liq turli bo'g'inlar o'rtasida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishda raqamli iqtisodning ahamiyati ortib boradi. Bunda Click, Payme, Humo va boshqa dasturlar orqali pul o'tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish ko'lamlarini kengaytirish raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini oshiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes bo'lib, elektron tijorat bilan bog'langan hamda raqamli ko'rinishga ega bo'lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat turi hisobalandi. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar bevosita elektron pul orqali amalga oshiriladi.

Davlat budjeti va mahalliy budjetlarni shakllantirish, xarajatlar monitoring va bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli jamg'armalar mablag'larini ulardan yordam oluvchilarga tarqatish, sarflash, monitoringini yuritish va hisobotini topshirish kabi moliya tizimi bilan bog'liq turli bo'g'inlar o'rtasida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishda raqamli iqtisodning ahamiyati ortib boradi.

Biroq, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy qilish bilan bog'liq muammolardan asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

- mamlakatning "raqamli suvereniteti"ga tahdid;

- davlatning raqamli iqtisodiyotni transchegaraviy rolini qayta ko'rib chiqish;

- ma'lumotlar xavfsizlik darajasining pasayishi;

- past hamda o'rta malakali ish o'rinlari sonining keskin kamayishi;

- biznes-modellar va o'zaro aloqa sxemalari murakkablik darajasining ortishi;

- iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobatning keskin kuchayishi;

- ma'muriy va soliq kodekslarini qayta ko'rib chiqish zaruriyatining paydo bo'lishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Цифровая экономика: как специалисты понимают этот термин. Режим доступа:https://ria.ru/science/20170616/1496663946.html.

2. Калужский М.А. Маркетинговые сети ва электронной коммерции: нституциональный подход: монография / изд.3-е, перераб. и доп. - ОмГТУ. - М.Берлин: Директ-Медиа, 2015. - 338 с.

3. А.А.Энговатова, Т.В.Поспелова Цифровая экономика: рекламный лозунг или реальность? Трансформация бизнес-моделей в условиях цифровой экономики, серия Сборник материалов научно-практической конференции «Неделя инноваций» 12-18 декабря 2017г.

4. Ефимушкин В.А., Ледовских Т.В., Щербакова Е.Н. Инфокоммуникационное технологическое пространство цифровой экономики // Телекоммуникации и транспорт. 2017. Том 11. №5. С.15-20

5. G'ulomov S.S. va boshqalar. "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar". O'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-Moliya, 2019 y. 29 bet.

6. Paul Vigna, Michael Casey. The Age of Cryptocurrency: How Bitcoin and the Blockchain Are Challenging the Global Economic Order. 2015, 384 p

7. Saidahmedova D., Hoshimova M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga ta'sir etuvchi omillar. Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari to'plami -Jizzax: O'zMU Jizzax filiali, 2022-yil 14-15-oktyabr.119-123-bet.

8. www.banks.cnews.ru

9. www.risk-manage.ru

10. https://worldcompetitiveness.imd. org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.